tgindex
Boshqaruv samaradorligi agentligi ǀ Namangan viloyati

Boshqaruv samaradorligi agentligi ǀ Namangan viloyati

Статистика

Мазкур канал Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Бошқарув самарадорлиги агентлиги Наманган вилояти филиалининг расмий канали ҳисобланади. Канал орқали янгиликлар, хабарлар, эълонлар ва таҳлилий маълумотлар билан танишишингиз мумкин.

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
63
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Политика
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 181
−38 за 4 дн.
Сутки
−20
−1,67%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
270
40 постов
Вовлечённость
22,9%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 63
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
142
1/48двое суток
162
1/72трое суток
175

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 12 авг.1413из BSA_uz

    Davlatobodda islohotlar ijrosi: elektr ta’minoti tizimidagi ishlar joyida o‘rganildi Energetika tizimini takomillashtirish, elektr ta’minoti sifatini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Namangan viloyati Davlatobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Hududdagi jarayonlarni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Ishchi guruhi, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali mas’ullari tomonidan Davlatobod tumanida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida hudud elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi texnik va tijoriy yo‘qotishlarni kamaytirish, mavjud muammoli nuqtalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, transformator punktlarining texnik holati, ularni ta’mirlash va yangilash ishlari, elektr uzatish tarmoqlarining sozligi hamda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, iste’molchilarda o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarini aloqa tizimiga chiqarish, masofadan monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirish, aloqa o‘rnatilmagan yoki texnik nosoz hisoblagichlarni aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish jarayonlari ham ko‘rib chiqildi. Elektr energiyasi iste’molini to‘g‘ri hisobga olish, noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish va hisob-kitob tizimining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish hamda Davlatobod tumanida elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish topshirildi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Namanganda gulchilik sohasida mavjud salohiyatni yangi daromad manbaiga aylantirish imkoniyatlari o‘rganildi Namangan viloyatida Ishchi guruhi tomonidan hududning mavjud salohiyatidan samarali foydalanish, aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish hamda mahalliy tajribani kengaytirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan korxonalarning manzarali gullar yetishtirish, ko‘chat tayyorlash va gulchilikni sanoat asosida tashkil etish borasidagi tajribasi tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Namanganda gulchilikni shunchaki xo‘jalik faoliyati emas, balki aholi bandligi, oilaviy tadbirkorlik va hudud iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha o‘sish nuqtasiga aylantirish imkoniyati mavjud. Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, gulchilikni rivojlantirishning yangi mexanizmlari yuzasidan takliflar ishlab chiqilmiqda. Xususan, ▫️ issiqxonalarda manzarali gullar yetishtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish; ▫️ xonadonlarni gulchilikka jalb etish orqali oilalarning qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish; ▫️ aholining zamonaviy agrotexnologiyalar va gul yetishtirish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish; ▫️ yetishtirilgan mahsulotni yagona tizim asosida sotish, bozorga chiqarish va qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirish; ▫️ mavjud ilg‘or tajribani boshqa hududlarga bosqichma-bosqich keng yoyish masalalariga e’tibor qaratildi. Muhimi, gulchilik orqali faqat mahsulot yetishtirish bilan cheklanilmaydi. Issiqxona — ish o‘rni, xonadon — daromad manbai, mahalliy iqtisodiy faollik drayveriga aylanishi mumkin. Bu esa hududda mavjud salohiyatni aniqlashdan uni real daromad, bandlik va yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishgacha bo‘lgan boshqaruv yondashuvini amaliyotga tatbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 7 авг.2701из BSA_uz

    Pop tumanida yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar o‘rganildi Namangan viloyatida Islohotlar shtabi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda. Navbatdagi o‘rganishlar Pop tumanida olib borilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud resurslar tahlil qilindi. Xususan, tumanda amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, ularni ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, tumanda iqtisodiy va tadbirkorlik yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni tezlashtirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni loyihalarga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. O‘rganishlar davomida: ▫️hududning mavjud iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, yangi loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari; ▫️ishga tushirilishi yoki kengaytirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalarni jadallashtirish masalalari; ▫️aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar; ▫️ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlari mavjud salohiyatidan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan istiqbolli loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • 6 авг.2543из BSA_uz

    Chustda hunarmandchilikni yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirish masalalari o‘rganildi Namangan viloyatida Islohotlar shtabi tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solish, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda. Xususan, ishchi guruhi Chust tumanida barpo etilayotgan hunarmandlar markazi bilan tanishib, hunarmandchilikni rivojlantirish, mahalliy ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu yo‘nalishning hudud iqtisodiyotidagi o‘rnini yanada kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rgandi. O‘rganish davomida hunarmandchilikni faqat an’anaviy kasb sifatida emas, balki barqaror daromad manbai, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududning turizm salohiyatini oshiruvchi muhim iqtisodiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hunarmandlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish, zamonaviy dizayn va texnologiyalarni an’anaviy hunarmandchilik bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi. Tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish, ularning brend qiymatini oshirish, elektron savdo platformalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuvlarni kengaytirish, hunarmandchilik mahsulotlarini hududning turistik brendi bilan integratsiya qilish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar davomida yoshlar va xotin-qizlarni hunarmandchilikka keng jalb etish, ularni amaliy kasbga o‘qitish, tajribali ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish orqali yangi bandlik imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha ham takliflar shakllantirilmoqda. Ishchi guruhi tomonidan aniqlangan muammolarni infratuzilma, ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, marketing va realizatsiya zanjiri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Ishchi guruhning hududdagi o‘rganishlari davom etmoqda. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • Kosonsoyda sun’iy intellekt asosidagi rivojlanish modeli muhokama qilindi Ishchi guruhi Namanganda “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman(shahar)lar"da zamonaviy boshqaruv modelini joriy etish, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Kosonsoy tumanidagi “IT-Park”ning yosh salohiyatli mutaxassislari, tuman(shahar) hokimlarining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida: 🗄Kosonsoy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha loyiha va takliflar; 🗄turizm, qishloq xo‘jaligi, sanoat hamda boshqa ustuvor sohalarda innovatsion yechimlardan samarali foydalanish masalalari; 🗄suv toshlarini qayta ishlab, yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori sifatli (premium) tog‘ buloq suvlari va tog‘ giyohlari ekstraktli funksional ichimliklar korxonasini ishga tushirish; 🗄hududning yangi imkoniyatlarini ishga solish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, yangi iqtisodiy drayverlarni shakllantirish va natijadorlikni ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. O‘rganishlar davom etmoqda. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa