tgindex
Boshqaruv samaradorligi agentligi | Navoiy viloyati

Boshqaruv samaradorligi agentligi | Navoiy viloyati

Статистика

Mazkur kanal orqali davlat xizmatiga oid yangiliklar, xabarlar, e’lonlar va tahliliy ma’lumotlarni, bundan tashqari test va suhbat bosqichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin. Murojaat uchun: t.me/argos_navoiy_murojaat_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
294
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
80
34 постов
Вовлечённость
27,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 34
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
42
1/48двое суток
48
1/72трое суток
51

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.291из siyosiy_marifat_soati

    #31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

  • 11 авг.661из DSBA_official

    MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KUN, VAQT VA MANZIL MA’LUM QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 18-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi. 📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. 1- va 4-o‘quv binolari) Test sinovlari vaqti: 1-smena — soat 09:00 da; 2-smena — soat 15:00 da. ❗️Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart: ❗️Talabgorlarning qaysi smenada test sinovlarida ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumot ularning qabul.dsba.uzga hamda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta (e-mail) manzili va belgilangan telefon raqamlariga sms xabar orqali yuboriladi. ❗️Diqqat: Talabgorlar belgilangan tartib-taomillardan o‘tishlari uchun test boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan manzilda bo‘lishlari so‘raladi. Murojaat uchun: +998712326070, +998712326144 (Qo‘ng‘iroqlar ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.) Barcha talabgorlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz! Website | Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 📌 Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan seminar tashkil etildi Boshqaruv samaradorligi agentligi Navoiy viloyati filiali tomonidan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda uning hududiy tizimi va davolash muassasalari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi. Seminarda davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi, ochiq va shaffof tanlovlarni tashkil etish mexanizmlari hamda hrm.argos.uz platformasi orqali vakant lavozimlarni e’lon qilish, nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tanlov jarayonlarini yuritish va platformadan samarali foydalanish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar va batafsil javoblar taqdim etildi. |Telegram |YouTube|Facebook |

  • 7 авг.651из siyosiy_marifat_soati

    #30_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram

  • Nurota tumanida davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida vakant lavozimlarga qabul qilish jarayonlari, xususan, tanlovning suhbat bosqichi yuzasidan bildirilgan murojaatga munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Nurota tumanida davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida vakant lavozimlarga qabul qilish jarayonlari, xususan, tanlovning suhbat bosqichini o‘tkazishda qonunchilik talablariga rioya etilmayotganligi haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi. Mazkur Nizomga muvofiq, tanlov jarayoni vakant lavozim to‘g‘risida e’lon berish, nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va saralash, test sinovi hamda suhbat bosqichlaridan iborat. Nizomga ko‘ra, tanlovning suhbat bosqichini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli davlat organida Tanlovlarni tashkillashtirish va o‘tkazish komissiyasi tuziladi. Tanlov komissiyasining raisi tegishli davlat organi rahbari hisoblanadi. Komissiyaning ishchi organi vazifasini esa mazkur davlat organining inson resurslarini boshqarish bo‘linmasi amalga oshiradi. Tanlov komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, qonuniylik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Tanlovning test va suhbat bosqichlari oshkoralik hamda xolislikni ta’minlash maqsadida ovozli videoyozuv orqali qayd etiladi va videoyozuvlar davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Shu bilan birga, tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzod Nizomda belgilangan tartibda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida yuqori turuvchi organga, Boshqaruv samaradorligi agentligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Boshqaruv samaradorligi agentligi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish jarayonlarida ochiqlik, shaffoflik va teng imkoniyatlar tamoyillarining ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida asosli ma’lumotlar va dalillar taqdim etilgan taqdirda, murojaatlar vakolat doirasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatlar uchun: 79 223 84 16 |Telegram |YouTube|Facebook |

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.42из BSA_uz

    Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, uzluksiz ta'limni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. ⚡️Platforma statistikasi: 🔒 9 ta o‘quv kursi; 🔒 186 803 nafar foydalanuvchi; 🔒 624 459 ta elektron sertifikat. 👍Platformada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar mavjud: • Ma'muriy tartib-taomillar islohoti; • Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun kiberxavfsizlik asoslari; • Energiya tejamkorligi; • Davlat xizmatchisiga zarur kompetensiyalar; • Yashil energetika; • Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi; • Iqtisodiy bilim asoslari; • Davlat xizmatiga kirish; • Har bir davlat xizmatchisi – ma'naviyat targ‘ibotchisi. Platformaning afzalliklari: ➡️video darslar, o‘quv materiallari va test sinovlari; ➡️kurslarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati; ➡️kurs yakunida elektron sertifikat olish; ➡️mobil qurilmalarda qulay foydalanish; ➡️"Mustaqil ta'lim" bo‘limida ekspertlarning dolzarb mavzulardagi videomateriallari bilan tanishish imkoniyati. 👍Platformadan davlat fuqarolik xizmatchilari, rahbar kadrlar va davlat tashkilotlari xodimlari foydalanishi mumkin. Ayrim kurslar davlat xizmatiga kirishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun ham ochiq. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

  • 4 авг.441из BSA_uz

    Davlat xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi Soʻnggi yillarda davlat xizmatida kadrlarni tanlash, ishga joylash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan alohida qonun qabul qilindi. Davlat organlarida boshqaruv xodimlarining shtat birliklari 2016-yildagi 73 mingdan 54 mingtaga maqbullashtirildi. Taqdimotda amaldagi mehnatga haq toʻlash tizimida saqlanib qolayotgan nomutanosibliklar tahlil qilindi. Bugungi kunda davlat xizmatchilari ish haqi tarkibida lavozim maoshining ulushi 15 foizdan oshmaydi. Ish haqi fondining 70 foizgacha qismini xodimning aniq natijasiga bogʻlanmagan turli ustama, mukofot va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tashkil qiladi. Natijada bir xil lavozimda va oʻxshash vazifalarni bajarayotgan xodimlarning ish haqi oʻrtasida katta farq yuzaga kelgan. Ayrim vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari xodimlari viloyat, tuman va shahar hokimliklaridagi xuddi shunday lavozim egalari bilan solishtirganda tenglik prinsiplariga amal qilinmayotgani qayd etildi. Mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Aksariyat davlat organlarida qoʻllanilayotgan mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha 50 dan ortiq alohida normativ hujjat amal qilmoqda. Shu bois, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning yagona, ochiq va natijaga asoslangan tizimini joriy etish taklif qilindi. Yangi tizim bilan 54 ming nafar davlat xizmatchisini qamrab olish koʻzda tutilgan. Davlat organlari milliy, respublika, hududiy hamda tuman va shahar darajalariga, xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab maʼmuriy boshqaruv, asosiy va qoʻllab-quvvatlash guruhlariga ajratiladi. Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta pogʻonadan iborat yangi ish haqi setkasini joriy etish taklif qilindi. Oʻndan ortiq ustama va mukofotlar oʻrniga uchta asosiy ragʻbatlantirish toʻlovi joriy etiladi. Jumladan, malaka darajasi, xodimning funksional vazifalarni bajarishi, ijro va mehnat intizomi, tashabbuskorligi asosida baholanadigan samaradorlik koʻrsatkichlari – KPI uchun ustama toʻlanadi. Shuningdek, muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondashuvlarni joriy etgan hamda yuqori natija koʻrsatgan xodimlarga hisobot davri yakunlari boʻyicha bonus toʻlovlari berish nazarda tutilmoqda. Hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi tegishli hokimliklardagi oʻxshash lavozimlar maoshidan yuqori boʻlmaydi. Tuman va shaharlarda ish haqi hamda shtat birliklarini belgilashda aholi soni va hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Eng muhimi, har bir davlat xizmatchisi ish haqi qanday shakllanishi, qaysi natija uchun ustama yoki bonus olishini oldindan biladi. Bu xodimlarning samaradorligi, tashabbuskorligi va masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari mehnatga haq toʻlash tizimida adolat va shaffoflikni taʼminlash, ish haqini xodimning malakasi, masʼuliyati hamda erishgan natijalari bilan bogʻlash muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, bonus toʻlovlari xodimning ilgʻor axborot texnologiyalarni, jumladan, sunʼiy intellekt, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirgani, tajriba va malakasini oshirgani kabi aniq mezonlar asosida toʻlanishi belgilandi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 4 авг.58из BSA_uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatchilarining oylik ish haqi tizimi va mehnatga haq toʻlash shartlarini muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Navoiy viloyati davlat xizmatchilari ishtirokida navbatdagi Siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda siyosiy-ijtimoiy hayotga oid dolzarb xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar taqdim etildi. |Telegram |YouTube|Facebook |