tgindex
"

"Булоқариқ" МФЙ Хоким ёрдамчиси - Миркамилов М.Г.

Статистика
@bumfyhyрусский

Инсон кадри учун

Последний пост
21:36
Последнее чтение
ещё не заходили
Постов за неделю
20
Всего постов
146
Тип
открытый
Язык
русский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
142
0 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
50
40 постов
Вовлечённость
35,2%
к подписчикам
Постов в день
2,9
всего 146
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
44
1/48двое суток
50
1/72трое суток
54

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇺🇿 MUROJAATDAN — NATIJAGACHA ATIGA BIR YARIM KUN! 📍 Bekobod shahrining “Buloq-ariq” mahallasida xalq murojaati yana bir bor amaliy ishga aylandi. 🗓 Joriy yilning 14-avgust kuni shahar hokimi N.Ismailov “Buloq-ariq” mahallasida aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. 💬 Uchrashuv davomida 6-sonli ko‘p qavatli uy aholisi hokimga murojaat qilib: “Bizga ham mahallamizda o‘tirib, suhbatlashib, dam oladigan besedka qilib bering”, — deya iltimos bildirishdi. 🤝 Murojaat tinglandi. Ammo eng muhimi — murojaat ortidan amaliy harakat boshlandi. Shahar hokimi aholi bilan suhbatdan so‘ngning o‘zidayoq masalani joyiga chiqib o‘rgandi. Mutasaddilarga aniq topshiriq berilib, ishni ortga surmasdan, zudlik bilan boshlash va qisqa muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi. ⚡️ Va natija — bir yarim kun ichida! Bugun yangi besedka tayyor holga keltirilib, shahar hokimi N.Ismailovning shaxsan o‘zi tomonidan mahalla aholisiga topshirildi. 🌳 Endi 6-sonli ko‘p qavatli uy aholisi uchun o‘z hududida shinam, obod va fayzli dam olish maskani bor. ❤️ Bir qarashda oddiydek tuyulgan murojaat — aslida xalqning kundalik hayotiga qulaylik olib kiradigan ezgu tashabbusga aylandi. Bu voqea shuni ko‘rsatadiki: Xalq bilan muloqot - faqat suhbat emas. Xalq murojaati - shunchaki qog‘ozdagi masala emas. Murojaat - albatta natijaga aylanishi kerak! 🇺🇿 Bekobodda xalq murojaati e’tiborsiz qolmaydi. Muammo ko‘tarildimi — yechim izlanadi. Topshiriq berildimi — ijrosi ta’minlanadi. Natija esa xalqning o‘ziga ko‘rsatiladi! Xalq roziligi — eng katta natija! 🤝🇺🇿 🌐Web sayt 📱YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ⚽ Buloqariq MFY jamoasi mini futbol bo‘yicha "Mahallalar ligasi" g‘olibi. Bekobod shahrida sportning mini futbol turi bo‘yicha "G‘olib mahalla" shiori ostida o‘tkazilgan "Mahallalar ligasi" sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Muxlislar e'tiboriga havola etilgan final bahsida jamoalar yuqori tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. 📊 Final uchrashuvi natijasi: ⚽ Buloqariq MFY – Sementchi MFY 5:0 🌐Web sayt 📱YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

  • 🏛️ Bekobod shahar hokimi Buloq ariq mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi 📍 Bugun Bekobod shahar hokimi N.Ismailov “Buloq ariq” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 🤝 Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. 🗣️ Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ularni tezkor hal etish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. ✅ Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, hududni yanada obod etish, infratuzilmani takomillashtirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿 Xalq bilan ochiq muloqot qilish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tamoyillaridan biridir. 🌐Web sayt 📱YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

  • 14 авг.57из Mirkomil Fayziyev

    📣 MUHIM E’LON! AZIZ HAMSHAHARLAR, SIZNING XOTIRALARINGIZ BIZ UCHUN QADRLI! 🏛️ Ayni kunlarda shahrimizning Do‘stlik mahallasida joylashgan “Vatanparvarlar bog‘i” hududida Bekobod shahar tarixi muzeyi o‘z faoliyatini boshlash arafasida. Muzeydan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahrimizning tarixi, ajdodlarimizning hayoti va bebaho merosini kelajak avlodga yetkazish, o‘tmishimizga oid noyob ashyolarni asrab-avaylashdir. Shu munosabat bilan barcha aziz hamshaharlarimizdan bir iltimosimiz bor. 👇 Agar xonadoningizda ota-bobolaringizdan meros bo‘lib qolgan qadimiy hujjatlar, suratlar, kitoblar, turli buyumlar, medallar, mukofotlar yoki shahrimiz tarixiga oid boshqa qimmatli ashyolar bo‘lsa, ularni muzeyga olib kelishingizni so‘raymiz. 🕰️ Balki bugun uyingizning bir chetida, sandiqda yoki chang bosib yotgan oddiygina bir buyum — ertaga butun bir avlod uchun qimmatli tarixiy yodgorlikka aylanishi mumkin. Eng muhimi, siz olib kelgan ushbu meros umrbod asrab-avaylanadi. Yillar o‘tib, farzand va nabiralaringizni muzeyga boshlab kelib: ❤️ “Mana bu — mening bobomdan qolgan meros!” deya faxr bilan ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi. Ajdodlar xotirasini asrash — kelajak avlod oldidagi burchimizdir! 📍 Manzil: Do‘stlik mahallasi, “Vatanparvarlar bog‘i” hududi — Bekobod shahar tarixi muzeyi. 📞 Qadimiy va tarixiy ashyalarni topshirish bo‘yicha ma’lumot uchun tegishli mutasaddilarga murojaat qilishingiz mumkin. +998 99 017 02 78 Tarix — bu bizning xotiramiz. Xotira esa avloddan avlodga o‘tib yashaydi! 🇺🇿 🌐Web sayt 📱YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

  • Президент Администрацияси тўғрисидаги қонун имзоланди Давлат раҳбарининг матбуот хизмати изоҳига кўра, Администрация фаолиятини қонун билан тартибга солиш бўйича ҳуқуқий бўшлиқ мавжуд эди. Янги қонун билан ушбу масалалар тартибга солинди. 👉 https://kun.uz/kr/24240880 Kun.uz расмий канали

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ⚽️ Yarim final bahslari murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi! Bekobod shahrida “G‘olib mahalla” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mahallalar ligasi” sport musobaqalarining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yarim final bahslarida jamoalar maydonda bor kuch va mahoratini namoyish etib, final yo‘llanmasi uchun keskin kurash olib bordilar. Uchrashuvlar davomida muxlislar uchun qiziqarli va hayajonli lahzalar ko‘p bo‘ldi. 📊 Yarim final natijalari: ⚽️ Nurli yo‘l MFY – Buloqariq MFY — 0:0 🥅 Penaltilar seriyasi — 2:3 ⚽️ Sementchi MFY – Do‘stlik MFY — 2:1 🔥 Shu tariqa, Buloqariq MFY va Sementchi MFY jamoalari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar! Jamoalarga omad va g‘alaba tilaymiz! 📣 “Mahallalar ligasi” — sport, birdamlik va g‘alaba sari! 🌐Web sayt 📱YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram