tgindex
BUXORO VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI📚rasmiy telegram kanali

BUXORO VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI📚rasmiy telegram kanali

Статистика

Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi. Web saytimiz: 🌏 www.https://buxorovbk.uz Kanal: t.me/Buxorovbkuz Elektron kitoblar:📚 https://t.me/Elektron_kitob_buxorovbk @kichkintoybuxvbk Guruh:https://t.me/buxorovbk_uz

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
16
Всего постов
88
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
782
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
 
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
213
40 постов
Вовлечённость
27,2%
к подписчикам
Постов в день
2,3
всего 88
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 AZIZ ONAJONLARIMIZGA MUROJAAT! 💐 🌱 Farzandlarimizning kelajagi bugungi tarbiyasidan boshlanadi. Ularni kitob o‘qishga qiziqtiraylik! 📖 Birgalikda kitob o‘qing, ertaklar aytib bering, qiziqarli asarlarni birga tanlang. Chunki kitob — bolaning tasavvuri, tafakkuri va bilimini boyitadigan eng yaxshi do‘st. 👩‍👧 Aziz onajonlar! Bugun farzandingiz bilan birga bir necha sahifa kitob o‘qing. Balki aynan shu kichik odat uning katta orzulariga yo‘l ochar! ✨ 🏛 Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi siz aziz kitobsevar oilalarni kutib qoladi! 📚 Farzandingizga kitob bering — kelajagiga nur bering! 🌟 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 AZIZ ONAJONLARIMIZGA MUROJAAT! 💐 🌱 Farzandlarimizning kelajagi bugungi tarbiyasidan boshlanadi. Ularni kitob o‘qishga qiziqtiraylik! 📖 Birgalikda kitob o‘qing, ertaklar aytib bering, qiziqarli asarlarni birga tanlang. Chunki kitob — bolaning tasavvuri, tafakkuri va bilimini boyitadigan eng yaxshi do‘st. 👩‍👧 Aziz onajonlar! Bugun farzandingiz bilan birga bir necha sahifa kitob o‘qing. Balki aynan shu kichik odat uning katta orzulariga yo‘l ochar! ✨ 🏛 Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi siz aziz kitobsevar oilalarni kutib qoladi! 📚 Farzandingizga kitob bering — kelajagiga nur bering! 🌟 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 “BADIIY KITOBXONLIK KUNI” — MA’NAVIYAT VA TAFAKKUR BAYRAMI!📚 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan Yoshlar kuni doirasidagi tadbirlarning 11-bandiga asosan, “Mutolaa” loyihasi doirasida Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Badiiy kitobxonlik kuni” tashkil etildi. 📖 📌 Tadbir davomida: 📚 o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish; ⏳ bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish; 💡 badiiy adabiyotning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashildi. 🗣 Yoshlar tomonidan sevib mutolaa qilinayotgan badiiy asarlar, ularning mazmun-mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan qiziqarli suhbatlar tashkil etildi. 📖 🇺🇿 O‘quvchilar O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li, xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlarimiz va bugungi taraqqiyotimiz haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. 🌱🏛 📜 Muhokamalar jarayonida tarixiy asarlar mazmuni o‘rganilib, ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikrlar almashildi. 🌟 Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa ma’naviy kamolot sari yo‘ldir! 📚 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi "BAXTLI BOLALIK" — YORUG' KELAJAK GAROVI! 📚🎉 "Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun!" shiori ostida Buxoro Viloyat Bolalar Kutubxonasida ajoyib bayram tadbiri bo'lib o'tdi! 🌟 Umummilliy Birdamlik Festivali doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda: 🎭 Iqtidorli bolalarimizning san'at namoyishlari 🎤 Qiziqarli chiqishlar va tantanali nutqlar 👧🧒 Milliy liboslardagi kichkintoylarimiz 👨‍👩‍👧‍👦 Ko'plab mehmonlar va ota-onalarning ishtiroki 📚 Kutubxonamiz zallarini quvonch va baxt bilan to'ldirdi! ✨ ➡️ Kelajak markazlari va "Marifat" targ'ibotchilar jamiyati hamkorligida o'tkazilgan bayram bolalarimiz qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. 🔄 Baxtli bolalik — yorug' kelajak garovi! 📖🌈 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ☯️ RUS TILINI CHUQUR O'RGANISH KURSLARI 🎤 Rus tilini chuqur o'rganish kurslari barcha xohlovchilarni o'qishga taklif qiladi! YO'NALISHLAR: 1️⃣ Og'zaki nutq 2️⃣ To'g'ri muloqot qilish va dialog yuritishni o'rgatamiz (ish, do'stlar, o'qish, uy, ko'cha mavzularida) 3️⃣ Savodli yozuv 4️⃣ Natija — rus tilida erkin so'zlasha olish 🛜 Sizni qiziqarli konkurs va viktorinalar kutmoqda! 🎭 Turli xil qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi! TALABLAR: 🎓 I-guruh — 7 - 8 - 9-sinf 👨‍🎓 II-guruh — 10 - 11-sinf 👨‍🎓 III-guruh — 18 yoshdan 70 yoshgacha 📞 Telefon: 90 511 55 70 ✅ Rus tili bilan imkoniyatlar dunyosini kashf et! 📍 Manzil: Buxoro Viloyat Bolalar Kutubxonasi 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 KUTUBXONA — ZIYO VA MA'RIFAT MASKANI ✨ Bugun viloyat Bolalar kutubxonasi chinakam ma'rifat va ziyo maskaniga aylandi! Muassasamizga kitobxonlikni o‘z hayotining ajralmas qismiga aylantirgan eng faol va intiluvchan kitobxonlarimiz tashrif buyurishdi. 🔍 Tashrif davomida: 📖 Yosh kitobxonlar kutubxonamiz fondiga yangi keltirilgan badiiy adabiyotlar, jahon durdonalari va zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan yaqindan tanishdilar. 💬 O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan eng sevimli asarlari, undagi qahramonlar xarakteri hamda mutolaaning inson ma'naviy kamolotidagi o‘rni haqida o‘zaro samimiy fikr almashdilar. Bu kabi tashrif va uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularni ilm-ma'rifatga chorlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 📌 Biz bilan birga bo‘ling va kitob mutolaasidan uzilmang! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📢📢📢📢📢 🛜 Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan maxsus kitob ko'rgazmasini o'tkazishini ma'lum qiladi! 🙂 "Mustaqillik – eng ulug' ne'mat" mavzusidagi ushbu ko'rgazmada Vatanimiz tarixi, istiqlol yillari yutuqlari va vatanparvarlik g'oyalarini aks ettiruvchi kitoblar namoyish etiladi. 📚 Ko'rgazma quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi: 💠 Vatan tarixi 🏆 Istiqlol yutuqlari 👥 Vatanparvarlik g'oyalari 📖 Zamonaviy adabiyotlar ⭐️ Ilm va ma'rifiyat ✔️ Barcha kitobxonlar va yoshlarimizni ushbu ma'rifiy tadbirimizga taklif qilamiz! 🤝 Kelajakni birga quramiz! 📍 Manzil: Buxoro Viloyat Bolalar Kutubxonasi 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Buxoro Viloyat Bolalar Kutubxonasi "Kelajak markazlari" bilan hamkorlikda o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishni oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida hududiy Axborot-kutubxona markazlari bilan birgalikda tadbir o'tkazilishini e'lon qiladi! 🗓 Sana: 2026-yil 24–27-avgust kunlari ➡️ Maqsad: ✅ Kitobga bo'lgan qiziqishni oshirish ✅ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish ✅ Bilimli va yetuk avlodni tarbiyalash 💙 "Kitob – ziyo va tafakkur chashmasi" 💙 "Mutolaa – ma'naviy o'sish asosi" 💙 "Kitob sevarga dunyo eshiklari ochiladi" 💙 "Bilimli avlod – yuksak kelajak bunyodkori" 🙂 Aziz o'quvchilar va ota-onalar! Barchangizni ushbu ma'rifiy tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! 📍 Manzil: Buxoro Viloyat Bolalar Kutubxonasi 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi #Amaliy_uslubiy_yordam 📚 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! 📕 Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorlash, maktab kutubxonalari faoliyatini o‘rganish va ularga amaliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida navbatdagi amaliy ishlar Shofirkon tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi. 🤝 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi hamda viloyat “Kelajak markazi” mutaxassislari tomonidan maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. 📖 Jumladan: 🔹 kitob ko‘rgazmalarini zamonaviy va mazmunli tashkil etish; 🔹 kitob fondini to‘g‘ri joylashtirish va tartibga keltirish; 🔹 kutubxona faoliyatini yangi o‘quv yiliga mos ravishda tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. ✨ Bunday amaliy-uslubiy ko‘maklar maktab kutubxonalarining faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy mutolaa muhitini yaratishga xizmat qiladi. 📚 Kitob – ziyo va tafakkur chashmasi! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚✨ KITOBXONLIK FESTIVALI — BUXORODA! ✨📚 🎉 Kitobsevar bolajonlar, siz kutgan “KITOBXONLIK FESTIVALI” Buxoroda bo'lib o'tadi! 🤝 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan Buxoro maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi , Buxoro bolalar kutubxonasi hamda Viloyat kelajak markazlari hamkorligida tashkil etilgan Respublika kitobxonlik festivali barchani bir joyda jamlaydi. 📅 Sana: 2026-yil 20-avgust 📍 Manzil: Buxoro shahar, Yoshlar markazi 📖 Festivalda kitob, mutolaa, ijod va ma'naviyatga oid qiziqarli dasturlar, turli tanlovlar hamda ko'ngilochar dasturlar tashkil etish. 🌟 Kitob bilan do'stlashgan avlod — kelajak bunyodkori! 🤔 20-avgust kuni Yoshlar markazida uchrashamiz! 📌 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 KITOB TAQDIMOTI YAKUNLANDI! 📚 🌟 Viloyat bolalar kutubxonasi kutubxona Milliy kutubxonasi ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan, Shaxnoza Muhamadiyevaning Yusuf Muhamadiyev xotirasiga bag'ishlangan “Otamning harbiy qiziman” nomli kitob taqdimotida faol ishtirok etdilar. 📖 Mazmuni, samimiyligi va hayotiy voqealarga boyligi bilan ushbu kitob barcha ishtirokchilarning ko'nglidan chuqur joy oldi . 🕊 Yusuf Muhamadiyevning xotirasi abadiy shod bo'lsin! 📚 Kitob — xotirani, tarixni va inson qalbidagi ezgu tuyg'ularni avlodlarga yetkazuvchi bebaho ma'naviy merosdir. 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 KASB TANLASH — KELAJAKKA QO'YILGAN MUHIM QADAM! 📓 Viloyat bolalar kutubxonasi 🤝 Viloyat Kelajak markazi bilan hamkorlikda bolalarni kasbga yo'naltirish, mehnat va mehnat resurslarini rivojlantirish turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 🌟 👩‍💼👨‍💼👨‍💻 Uchrashuvda yoshlar: 🔹 turli kasblar haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar; 🔹 mutaxassislarning hayotiy va kasbiy tajribalari bilan tanishdilar; 🔹 o'z ustida fikringizni baholash bo'yicha almashdilar; 🔹 shaxsiy kasb tanlovi haqida muhim tavsiyalar oldilar. 🌱 Har bir kirib o'z munosabati va orzusi bor. Uni to'g'ri yo' sizga yaqin — kelajak sari yo'l edi! 📚 Kitob + bilim + to'g'ri kasb tanlovi = kelajak! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI XODIMLARI 🇺🇿 💻 Milliy kutubxona tomonidan ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan onlayn tadbirda faol ishtirok etmoqdalar 🌟 ZOOM mavzusi: SHAXNOZA MUHAMADIYEVANING Yusuf Muhamadiyev xotirasiga bag'ishlangan 📕 “OTAMNING HARBIY QIZIMAN” nomli kitob taqdimoti 🤝 tadbirda VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI XODIMLARI faol ishtirok etmoqda. 📚 Taqdimot hayoti kitobning mazmun-mohiyati, muallifning ijodiy faoliyati hamda Yusuf Muhamadiyev xotirasi bilan bog'liq lavhalar haqida qimmatli ma'lumotlar berilmoqda 💙 Kitob — xotira, ma'rifat va ma'naviyat manbai! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi #Jarayon 🟢 2026/2027-o'quv yiliga birgalikda tayyorgarlik ko'raylik! 🙂 Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi yangi o'quv yiliga faol tayyorgarlik ko'rmoqda! 🏫 💠 Biz nimalar qilyapmiz: ✔️ Maktab kutubxonalarini yangi o'quv yiliga to'liq tayyorlaymiz — burchaklar, stendlar, ko'rgazmalar va tavsiya ro'yxatlarini yangilaymiz ✔️ Kutubxona faoliyatiga oid axborot stendlari va ko'rgazmalarni zamonaviylashtiramiz ✔️ Avgust kengashlarini mazmunli va samarali tashkil etamiz ✔️ Kutubxonachilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan trening va seminarlar o'tkazamiz ➡️ Bizning maqsadimiz: 🔵 Sifatli kutubxona — bilimli avlod kafolati! 🔵 Har bir kitob — kelajak sari qadam! 🔵 Faol kutubxona — ma'rifat manbai! 📖 Kitob — ma'rifat, bilim va yuksak kelajak garovi! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 🟢BIRGALIKDA — YUKSAK MA'NAVIYAT VA ZUKKO AVLOD SARI! ➡️ Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan umumiy o'rta ta'lim muassasalari kutubxonalariga uslubiy yordam ko'rsatish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hududiy "Kelajak" markazlari va maktab kutubxonalari o'rtasida samarali hamda tizimli hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. ✔️ Uslubiy yordam ko'rsatish — maktab kutubxonachilari uchun maxsus seminar va treninglar tashkil etildi ; ✔️ Faoliyatni muvofiqlashtirish — kutubxonalar faoliyati muntazam monitoring qilinib, amaliy tavsiyalar berildi; ✔️ Samarali hamkorlik — "Kelajak" markazlari va bolalar kutubxonalari o'rtasida qo'shma loyihalar amalga oshirildi; ✔️ Axborot resurslari — kutubxonalar yangi adabiyotlar bilan ta'minlandi, raqamli resurslardan foydalanish yo'lga qo'yildi; ✔️ Natijalar — o'quvchilarning kitobxonlik madaniyati va bilim olishga bo'lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. 🙂 Ushbu hamkorlik dasturi kelajakda ham davom ettirilib, farzandlarimizning ma'naviy dunyosini boyitish, ularda kitobxonlik ko'nikmalarini shakllantirish yo'lida izchil ishlar olib boriladi. 📚 Bilim — kelajak kaliti! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 🔄 Bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning qobiliyatini oshirish uchun o‘z ishining ustalari bilan uchrashuvlar tashkil etish muhim qadamdir. Bu tadbirlar yoshlarga kelajakda to‘g‘ri yo‘l tanlashga va o‘ziga bo‘lgan ishonschni kuchaytirishga yordam beradi. ✅ Joriy yilning 11 avgust kuni viloyat Bolalar kutubxonasi viloyat "Kelajak markazi" bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi "Bolalar" oromgohida muvaffaqiyatli mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 💠 Tadbir davomida bolalar tajribali mutaxassislar hayot yo‘li bilan tanishdilar va uchrashuvga tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan ularni aniq bir fanga yoki sohaga mehr uyg‘otish, aniq bir kasbni tanlashga doir tavsiyalar berdilar. Bolajonlar hali yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zllarini qiziqtirgan savollarga amaliy javoblar olishdi. Mutaxassislar o‘z kasbi, uning qiziq va qiyin tomonlari, qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani va qanday xatolardan saboq olgani haqida gapirib berdilar. ✅ Ushbu uchrashuv kelajakda bolalarni yangi va zamonaviy kasblar tanlashda, kelajakda kim bo‘lishni aniq rejalashtirishda yordam beradi. 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi #Tafakkuringizni_kengaytiring ❗️Kitob oʻqiydigan va oʻqimaydiganlar: 1️⃣ Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi. 2️⃣ Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan. 3️⃣ Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi. 4️⃣ Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi. 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 📚 Kitob — oilamiz chirog'i! Ota-onaning kitobga bo'lgan muhabbati farzandlarning dunyoqarashini shakllantiruvchi eng go'zal namuna. Bugun biz shinam kutubxonada farzandlarimiz bilan birga ertaklar olamiga sayohat qildik. Ularning ko'zlaridagi quvonch va qiziqish — biz uchun eng katta baxt! ✨ ➡️ Keling, farzandlarimizga kitob o'qishni odat qilaylik, zero ular bizning kelajagimiz. 👨‍👩‍👧‍👦 ⚡️ Bugun biz Buxoro viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurdik. Kutubxonaning har bir burchagi shinam va bolalar uchun juda jozibali! Biz bu yerda ajoyib vaqt o'tkazdik, yangi kitoblar bilan tanishdik. Rasmdagi milliy bezaklar va kutubxonaning shinamligi bizga juda manzur bo'ldi. Farzandlarimiz bu yerda o'zlarini haqiqiy ertaklar qahramoni kabi his qilishdi. ✅ Siz ham oilangiz bilan kitoblar olamiga sayohat qilishni istasangiz, albatta kelib ko'ring! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi 💡 Kitob - bilim va hikmat manbai 💡 O'tmishni bilgan inson kelajakka ishonch bilan qaraydi 💡 Yaxshi kitob - yaxshi hayot kalitidir 💡 Mutolaa qiling , kelajak sizniki! 💡 VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASIGA TASHRIF BUYURING! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site

  • #Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI VILOYAT KELAKAK MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA 👨‍👩‍👧‍👦 “OILAVIY MUTOLAA KUNI” 📖 📖 Ota-onalar va farzandlar ishtirokida “Oilaviy mutolaa kuni” mavzusida qiziqarli va mazmunli o‘qish mashg‘uloti tashkil etildi. 👨‍👩‍👧‍👦 Tadbir davomida ota-onalar va farzandlar birgalikda kitob mutolaa qilib, sevimli asarlari haqida fikr almashdilar. 💬 Qiziqarli suhbatlar, savol-javoblar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda kitobga mehr, mutolaa madaniyati va oilaviy kitobxonlik ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi. 🌟 Kitob o‘qilgan xonadonda — ma’rifat va mehr yanada ziyoda bo‘ladi! 📚❤️ Oilaviy mutolaa — baxtli bolalik va yorqin kelajak sari yo‘l! 📍 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇 ✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site