- Последний пост
- 6 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bitcoin narxi yer bilan bitta bo'lyapti. Oxirgi marta 2 yil oldin shu qiymatda bo'lgan ekan va shundan buyon faqat ko'tarilgan. Bosivorishli vaqtimikana) 🙂↔️ @byfozil
Apple bo'lsa bo'ldida 👆😂 @byfozil
Matnlar qirolini qarshi oling Google yangi sun'iy intellektni taqdim etdi. Endi siz bu bilan istalgan maqola, mustaqil ish, insho va hatto kurs ishini ham mukammal va professional darajada yoza olasiz. Bu AI har bir gapni tahlil qila oladi va professional darajada yoza olgani bilan ko'pchilikni hayron qoldirdi. Endi domlangiz yoki o'qituvchingiz so'ragan vazifaga ko'p vaqt sarflash ham shart emas. Foydalanish uchun quyidagi "link"ga kirsangiz bo'ladi: https://www.khanmigo.ai/writingcoach AI ko'z oldimizda yuksalyapti... @byfozil
GTA VI o'yinida yagona syujet liniyasi bo'lmasligini yaxshi bilasiz. Hattoki, ayrim manbalarda har bir NPC (bot)ning o'z syujet liniyasi bo'lishini taxmin qilishmoqda. Dasturchi sifatida aytishim mumkunki, bu deyarli imkonsiz. Chunki, har bir NPCdagi alohida syujet algoritmini ishlab chiqish umuman oson emas. Lekin, muhim jihat bor: sun'iy intellekt rivoji sababli voqealar kechish jarayonini AIga bemalol ishonib topshirsa bo'ladi. Ya'ni har bir NPCning syujet liniyasini aynan AI ishlab chiqishi mumkin, bu voqealarning kechish jarayoniga bog'liq bo'ladi. Nega endi yo'q? 2013-yildagi GTA V va 2018-yildagi RDR2 qilgan inqilobni inobatga olsak, 2026-yilda GTA VI dan bunday senariy kutsak bo'ladi nazarimda. Bekorga chiqish vaqtini uzaytirishayotgani yo'qdir har holda. PS5 larni tayyorlang) @byfozil
Blogim kuzatuvchilariga mendan sovg'a 😎👆 Uyalmasdan olavering... @byfozil
ChatGPTga captcha yuborgandim, topib beryapti javobini. 😂 Endi nima keragi bor ekan ortiqcha tekshiruvni) @byfozil
Janubiy Koreyada o'g'ri juda kuchli kompyuter joylashgan joyga keldi va katta kompyuter o'rniga ichida joylashgan 1000 dollarga teng 4 ta DDR5 modulidagi operativ xotirani o'g'irladi. Kompyuterdan ko'ra ichidagi kichkina narsa qimmatroq hozirgi kunda. Zamon o'zgarganini qarang. 😂 @byfozil
Bu Minecraft 😂 @byfozil
Instagram buzilishi: 17,5 million foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari darknetda paydo bo'ldi Malwarebytes tadqiqotchilari katta ma'lumot oqimi haqida xabar berishdi: darknetda 17,5 million Instagram foydalanuvchisining shaxsiy ma'lumotlari, jumladan elektron pochta va telefon raqamlari bazasi paydo bo'ldi. Parollar esa buzilmagan. Voqea fonida firibgarlar shoshilinch parolni o'zgartirish zarurligi haqida soxta bildirishnomalar yuborishni boshlashdi. Mutaxassislar bunday xabarlarga ishonmaslik va manbalarni diqqat bilan tekshirishni maslahat berishmoqda. @byfozil
Memni mushugi 👆😂 Deyarli hammamizda shuya, o'zbekchilik... 🙂 @byfozil
Yigit yaxshi ko'rgan qizi uchun Telegram akkauntiga sun'iy intellekt uladi va endi uning o'rniga AI gaplashyapti. Yigit esa dam olyapti. 😄 Qiziq tomoni shundaki, bu AI Telegramda xuddi o'sha yigit kabi muomala qiladi, reaksiya bosadi va turli o'yinlar o'ynaydi. Bu nazarimda juda band odamlarga mos keladi. Siz ishizni qilasiz, AI esa o'rningizga qiz do'stingizga javob beradi. Muhimi vaqtida javob bermadiz deb urishib qolmaydi. 😅 Aytgancha, kodi GitHubga joylashtirildi va dasturchi bo'lsangiz bemalol AI agent yasab ishlatsangiz bo'ladi: https://github.com/arlanrakh/talk-to-girlfriend-ai Qiz do'sti yo'qlarga ham 1 ta AI kerak shekilli, o'rnini bosishga. 😂 Kimga yuborishni yaxshi bilasiz... @byfozil
Yaqindagina TikTok bachkana deb yurganlar hozir TikTokda live qilib o'tirganmish. 😁 Qayerdan pulni hidi kelsa o'shatda bu o'zbeklar... 😂 Prosta live qilib odamlarni ushlab o'tirsez TikTok pul berarmish. Kimnidir basharasini ko'rib o'tirmoqchi bo'lsez bemalol TikTokka kirsez bo'ladi. Bashara ko'rishgayam pul berishyapti, tovba. @byfozil
Namuncha ko'p comment yozasizla, Telegram qotib qolmasin bunaqada 😄 Ma'lumot uchun, comment yozish tekin. Bu qaytanga motivatsiya. Yurakka tegadigan qilib so'kmasangiz bo'ldi) @byfozil
Mana bu o'yin esingizdami? Uydagi haligi brat baqirishi uchun ataylab o'tkazvorardika zombilarni 😂 Tishlagan ovozi haligacha esimda) @byfozil
ChatGPTga ham reklama qo'shishni rejalashtirishayotgan ekan. Ya'ni siz u bilan suhbat qurayotganingizda sizga shaxsiy reklama tavsiyalar beradi. Shunda suhbatlar bunday bo'ladimi: 👤: Salom ChatGPT 🤖: Salom Fozilbek, Salom Premium Cola G'alati... 🫤 @byfozil
Kripto valyutalar bozori qulamoqda Kecha kriptolar 240 million dollarga quladi va hozir ham qulashda davom etmoqda. ➖ Bitcoin $91,000 ga tushib ketdi va yil davomida erishgan barcha o'sishini yo'qotdi. ➖ Ethereum $3,000 dan pastga tushdi va barcha kriptovalyutalarni o'z orqasiga tortdi. ➖ TON 2023-yilning eng past darajasiga tushdi va bu yil 67% qadrsizlandi. @byfozil
Bugun butun internet ishdan chiqdi... Cloudflare xizmatining nosozligi sababli kutilmaganda internetdagi ko'plab tarmoqlar, xizmatlar, sun'iy intellektlar va bir qancha boshqa tizimlar ishdan chiqdi. Cloudflare aslida internetdagi tarmoqlarning xavfsizligini ta'minlash va hujumlarning oldini olish uchun mo'ljallangan tizim. Uning nosozligi butun boshli internetga ta'sir ko'rsatgani ajablantirdi. Hattoki, men ko'p foydalanadigan Faceit tizimi ham ishdan chiqqan. Xuddiki, butun boshli internet Cloudflare ustiga qurilgandek va uning nosozligi butun boshli internetni yiqib yubordi. Internetdagi oddiy nosozlik yaxshigina vahima uyg'otdi, endi internetning butunlay o'chib qolishini tasavvur qilib ko'ring... @byfozil
Ertalabdan qiziq yangiliklarga duch kelishni boshladim. Bulardan eng yoqqani endi Telegramda kompaniyalarga tegishli aksiyalar savdosini amalga oshirish imkoni paydo bo'lmoqda. Bu bir tomondan yaxshi, chunki O'zbekistonda kripto valyuta savdosi taqiqlangan, lekin aksiyalar savdosini amalga oshirish cheklanmagan. Endi qayerga sarmoya kiritishni bilamiz. Masalan, kriptoga sarmoya kiritish xavfli edi, foydaga chiqish imkoni juda kam. Lekin qaysi aksiyaga qachon sarmoya kiritish kerakligini bilsak, bu bizni katta foydaga olib chiqishi mumkin. Bu Telegram foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik. Chunki, messengerdan chiqmasdan turib cheklanmagan savdo mavjud. Aksiyalarni hamyondagi USD evaziga xarid qilishingiz mumkin. Endi birjalardagi juda qiyin registratsiyalardan o'tish shart emas. @byfozil
Windows 11 tarixdagi eng katta yangilanishni e'lon qildi Copilot tizim bilan to'liq bog'landi va endi kompyuteringizni buyruq berish orqali boshqarasiz. Copilot quyidagilarni qila oladi: — "Ey, Copilot" iborasi bilan faollashadi — yangi darajadagi ovozli yordamchi sifatida. — Vision yordamida ekrandagi hamma narsani ko'radi: nima bo'layotganini tushuntiradi, maslahatlar beradi, siz uchun matnlar yozadi, internetdagi sayohatni ta'minlaydi, YouTube videolarini tanlaydi. Siz shunchaki aytasiz, u bajaradi. — Yangi Copilot Actions juda zo'r: ish stolida ovqat buyurtma qiladi, uy ishlarida yordam beradi. — O'yinchilarni ham unutishmadi: Gaming Copilot Xbox ilovasiga o'rnatilgan va o'yin davomida maslahat beradi, go'yo jamoada xaker-analitik borga o'xshaydi. Bu yangilanish juda hayratlanarli, tasavvur qiling siz Counter-Strike o'ynayapsiz va raqib jamoani tahlil qilgan holatda sizga keyingi rejani tushuntiradi. Bu bilan kelajakda geymerlar uchun ham juda qulay bo'lishi aniq. 🔥 @byfozil
RTX 5090 video kartasi portlab ketdi Foydalanuvchilardan biri PNY ARGB OC 5090 kondensatorining portlashi haqida shikoyat qildi. Foydalanuvchi shunday dedi: "Tunda 2 soatdan buyon men video montaj qilayotgan edim, yonimda portlash sodir bo'ldi. Men stuldan sakradim — shunchalik baland ovoz chiqdi. Ekran o'chdi, korpusdan chaqmoqlar va tutun chiqdi, xona esa yonish hidiga to'ldi." Mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling. Hozirgi kunda hech bir mahsulotga kafolat yo'q, hattoki RTX 50-seriyali video kartalariga ham... 🤷♂ @byfozil