Yᴏᴢᴜᴠᴄʜɪ
СтатистикаManfaat va'da qilinmaydi ! Vaqtingizga rozi bo'lsangiz qo‘shiling)
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 329
- 1/48двое суток
- 377
- 1/72трое суток
- 406
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Postlarimizni miyasi ko‘tarolmaydiganlar chiqib ketsin kutib turamiz
ㅤ Agar sinov kutilganidan kòra qiyinroq bòlsa bilingki mukofoti ham shunday kutilganidan kattaroq bo‘ladi. ©YoungAysel
ㅤ Har bir narsaning o‘z ofati bor. Mol-dunyoning ofati — unga haddan ortiq bog‘lanish, vaqtning ofati — uni behuda sarflash, tilning ofati — noo‘rin so‘zlash bo‘lsa, ilmning ofati esa — uni unutishdir. Ilm faqat o‘rganish bilan emas, uni yodda saqlash, amal qilish va boshqalarga yetkazish bilan qadrlidir. O‘rganilgan ilm hayotda qo‘llanmasa, vaqt o‘tishi bilan xotiradan ko‘tarilishi mumkin. Shuning uchun inson bilganini takrorlab, unga amal qilib, foydali bilimni doimo yangilab borishi kerak. Zero, ilm — qalb va hayotga nur beradigan ne’mat. Uni asrashning eng go‘zal yo‘li esa uni unutmaslik, unga amal qilish va undan boshqalarga ham manfaat yetkazishdir.
ㅤ Yordam — kontent emas Bugun ayrim insonlarning holatidan foydalanib, “yordam beryapman” degan niqob ostida video va kontent qilish odat tusiga aylandi. Yordam berish — insonning ojizligidan foydalanib, undan aktiv yig‘ish emas. Haqiqiy yordam — uning sha’nini, qadr-qimmatini va insoniyligini asrashdir. Men yordam berma demayman, videoga olma ham demayman. Lekin insonning o‘zi anglamay aytib qo‘ygan xato gaplarini, noqulay holatlarini yoki ojizligini ataylab videoga olib, minglab odamlarga tomosha qildirish — bu adolat emas aqliy nosog‘lom bo‘lsa ham. Buni yaxshilikka chaqirish deb ham bo‘lmaydi. Chunki sening videongdan keyin odamlar uning ustidan kulsa, haqorat qilsa, masxara qilsa, sening “yordaming” unga foyda emas, zarar va isnod olib keladi darhaqiqat. Bir insonning holatini butun internetga yoyishdan oldin o‘zingdan so‘ra: “Agar shu holatda men bo‘lganimda, buni millionlab odam ko‘rishini xohlarmidim?” Agar javobing yo‘q bo‘lsa, demak, uning ham qadrini o‘yla. Yordam berish — faqat qo‘liga biror narsa tutqazish emas. Eng katta yordam — uning kamchiligini yashirish, sha’nini saqlash va odamlarning masxarasidan himoya qilishdir. Meni bu gapimni 500 kishi ko‘radimi, o‘qiydimi yoki yo‘qmi — bilmayman. Ammo shu 500 kishidan bittasi bo‘lsa ham o‘sha insonlarning ustidan kulishni to‘xtatsa, haqorat qilmasa, yomon o‘y-xayollardan qaytsa — men uchun shu kifoya. Maqsadimga erishgan bo‘laman.
Anonim O'zilardaqa farzandilar bo'lishini xohlaysizlarmi?
ㅤ Bugun qilayotgan ishing oxirgi amaling bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ko‘rganmisan? Balki bugun aytgan so‘zing oxirgi so‘zing, qilgan ishing oxirgi amaling, o‘qigan namozing oxirgi namozingdir. Biz esa go‘yo hali oldinda juda ko‘p vaqt bordek, tavbani ham, yaxshilikni ham, ibodatni ham keyinga qoldirib yashaymiz. O‘lim kelganda “yana bir imkon” berilmaydi. Shuning uchun bugungi kuningni shunchaki o‘tkazma — balki aynan shu kun sening oxirgi kuning bo‘lishi mumkinligini unutma.
ㅤ Eh, bizlar- ey... Biror kimning dilini sindirib, qalbini parchalab qo‘yib, uyalmay “hazil edi” deymiza. O‘zimizni oqlashimiz uning ko‘nglini tiklab qo‘yarmidi? Undan ko‘ra bir og‘iz “uzr” so‘rab, hech bo‘lmasa uning ko‘nglini biroz ko‘tarishni o‘ylamaymiz. Mayli, hazil qildik ham deylik. O‘n daqiqa kuldik, yarim soat kuldik — keyin-chi? Biz uchun tugagan hazil u insonning qalbida qancha vaqt qoladi? O‘n daqiqami, yarim soatmi? Yo‘q. Balki kunlar, oylar davomida o‘sha gapni eslab siqilib yuradi. — O'sha gap "Ko'ngil yuvsa kiri ketadigam mato emas, tilingizni tiying!"
ㅤ Qiyinchilikda Allohni izlab, yengillik kelganda Uni unutish — insonning eng achchiq noshukrligidir. Dard kelganda qo‘l duoga ochiladi, ko‘z yosh to‘kiladi, “Yo Robbim” deymiz. Ammo tashvish ketib, ishlarimiz yurishib ketgach, go‘yo o‘sha kunlarda bizni qutqargan Zotni unutib qo‘yamiz. Holbuki, seni qiyinchilikdan chiqargan Alloh yengillik berganingda ham seni kuzatib turibdi. Ne’mat paytida ham Unga muhtoj ekaningni unutma, chunki shukr — faqat til bilan aytiladigan so‘z emas, ne’matni bergan Zotni unutmasdan yashashdir.
ㅤ Oxiratni unutib, dunyoni abadiydek ko‘rish — insonning eng katta aldovlaridan biridir. Go‘yo bu hayot tugamasdek, mol-dunyo, martaba, go‘zallik va lazzatlar biz bilan abadiy qoladigandek yashaymiz. Ertaga nima bo‘lishini bilmay turib, yillar uchun rejalar qilamiz, ammo oxirat uchun tayyorgarlikni ortga suramiz. Bu dunyo — manzil emas, yo‘l; bu umr — qolish uchun emas, qaytish uchun berilgan. Bir kun qo‘limizdagi hamma narsa qoladi, biz esa qilgan amallarimiz bilan yolg‘iz qolamiz.
ㅤ Qalbim halovat neligini unutdi... Dunyo tashvishlari ko‘paygani sayin, qalbimning Robbimga muhtojligini yanada chuqurroq his qilyapman. Balki izlayotgan halovatim dunyoda emas, Allohga yaqinlikda, zikrda va Unga tavakkul qilishdadir. Qalb faqat Allohni eslash bilangina taskin topadi.
Va oʻsha harom sevgilarini goʻzallashtirib, yoshlarning ongini zaharlayotganlar ham, tarqatayotgan fitnasi uchun javob beradi. Siz havas qilayotgan serial va filmdagi oshiqlar rolini ijro etayotgan qahramonlar syomkasi tugagunicha insonning shaxvatini qoʻzituvchi kadrlar bilan yosh avlodni erta koʻzini ochayotgani, koʻp yigit-qizlarni harom sevgiga targʻib qilayotgani uchun javob beradi. Misol uchun Koreya va turk aktyor(aktrissa) lari bitta film uchun harom ishlar qilib yurgani, nomahramga tekkan har bir aʼzosi uchun javob beradi. Va siz ham oʻsha insonlarning muhlisi boʻlib, kuzatayotgan koʻzlaringiz uchun ham javob berasiz. Qimmatbaho vaqtni harom roliklar tomosha qilish bilan oʻtkazayotganingiz uchun javob berasiz. Nafsining quli boʻlgan ey banda, Allohga har bir ishing uchun javob berishingni, haqiqiy sud kuni Odil Hakamga javob berishingni oʻyla. Nafsing xohishlariga koʻnib, aldovlariga uchib haromni goʻzal sanama. Zero dinimizda 18+ degan tushunchani oʻzi yoʻq, harom 50 yoshga toʻlganingda ham haromligicha qolaveradi. Koʻzingni harom videolar bilan bulgʻab, halolni koʻrganda haromni tusaydigan qilib qoʻyma. Allohga tavba qil, gunohlaring uchun magʻfirat soʻra! ©olindi
ㅤ Anonimdagi oliy farosat egalari, biz bilmasak ham, Bilguvchi bor. “Yozganimni hech kim bilmaydi”, deb xohlaganingni yozaverma. Bizdan yashirgan narsangni Allohdan yashira olmaysan. Birovning ko‘nglini birgina gap bilan emas, ba’zan bitta so‘z bilan ham chilparchin qilish mumkinligini bilib qo‘y. Balki bu sen uchun oddiy bir gapdir, aytib bo‘lib unutarsan. Ammo qarshingdagi inson uchun u so‘z og‘ir jarohat bo‘lib qolishi mumkin. So‘kinish, haqorat qilish, birovning qalbini sindirish — bularning hech biri shunchaki “gap” emas. Har bir so‘zning javobi bor. Bugun tilingdan chiqqan so‘z ertaga o‘zingning ko‘nglingga qaytib tegmasin. Shuning uchun anonimlik ortiga yashirinib, o‘zingga ravo ko‘rmaydigan gapni boshqaga ravo ko‘rma. Odamlardan yashirinish mumkin, ammo Allohdan yashirinib bo‘lmaydi.
ㅤ Eslatma berish maqsadida yuritiluvchi har bir kanal Ab-u Dardo roziyallohu anhuning ushbu so'zlari mohiyatini tashlashi lozim: "Men sizlarga amri ma'ruf qilaman, lekin aytganlarimning hammasiga oʻzim ham amal qilishga qodir emasman. Ammo, shunga qaramay, sizga aytganlarim uchun Allohdan ajr-mukofot kutaman. ©Majhul (ikkinchi sahifasi)
ㅤ Ko‘ngling tusaganini qil, xohlaganingcha yasha, lekin javob berishni unutma. Bugun seni hech kim ko‘rmayotgandek, bilmayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin insonlardan yashirilgan narsa Allohdan yashirinmaydi. Har bir tanlovingning oqibati, har bir so‘zingning javobi, har bir amalingning hisobi bor. Nafs istagan narsaning ortidan ketish oson. Ammo o‘zingni to‘xtata olish, har bir qadamdan oldin oqibatini o‘ylash — mana shu haqiqiy kuch. Dunyo seni xohlaganingni qilishga qo‘yib berishi mumkin, ammo oxiratda qilganlaring uchun javob berishingni unutma.
ㅤ O'zingni boshqalar bilan taqqoslashni bas qil. Sen uning hayotidagi ko'rinib turgan bir necha sahifani, o'zingning butun kitobingga almashyabsan. Uning yutug'ini ko'rasan, lekin u shu yutuqqa kelguncha nimalardan o'tganini bilmaysan; uning bugunini ko'rasan, ammo o'zingning kechagi kuning bilan solishtirasan. Eng yomoni, taqqoslash insonni o'zidagi ne'matlarni ko'rmaydigan qilib qo'yadi. Birovning hayotiga qarab, o'zingdagi bor narsani qadrsizlantira boshlaysan. Keyin esa baxting kamligidan emas, ko'zing doim boshqalarning hayotida bo'lgani uchun baxtsiz bo'lib qolasan. Har kimning yo'li boshqa, vaqti boshqa, sinovi boshqa. Shuning uchun o'zingni birov bilan emas, kechagi o'zing bilan solishtir. Bugun kechagidan yaxshiroq bo'lsang — mana shu haqiqiy yutuq. Birovning nasibiga qarab o'z nasibingdan norozi bo'lma. Sen boshqa birovning hayotini yashash uchun emas, o'zingga berilgan umrni chiroyli o'tkazish uchun yaratilgansan.
ㅤ Inson bu dunyoda eng katta ne'matlar bilan yashayotganini hattoki sezmaydi ham. Sog'lig'ini oddiy deb biladi, vaqti cheksizdek yashaydi, tinchligini sezmaydi, yonidagi insonlarni esa doim bo'ladigandek qabul qiladi. Holbuki, qadriga yetilmagan har bir ne'mat bir kun sinovga aylanishi mumkin. Ne'matning haqiqiy qadri — u qo'lingizdaligida emas, uni yo‘qotganingizda bilinadi. Boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qiling.
⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀⠀ Ey Robbim, qalbimni O'zingning diningda sobitqadam qil. Meni O'zing sevgan va rozi bo'lgan amallarga yetakla. Dunyoni qo'limda qil, ammo qalbimga joylama, Robbim. Nafsimning yomonligidan va shaytonning vasvasasidan O'zing asra. Meni O'zingdan boshqaga muhtoj qilma. Irtijol
ㅤ Xatosini bilib turib ham uzr so'ramaydigan insonni ayb emas, kibr ushlab turadi. "Kechir" degan birgina so'z bilan tuzaladigan munosabatlar, aytilmagan uzr sabab butunlay buzilib ketadi. Xatoni tan olish insonni kichraytirmaydi, aksincha, nafsidan ustun kela olganini ko'rsatadi. Ba'zan insonni yo'qotishga birgina xato emas, o'sha xatodan keyingi sukut sabab bo'ladi.
ㅤ O'z xatosini tan olishga jur'ati yetmagan inson, aybni doim boshqalardan qidiradi. Har safar o'zini oqlab, boshqalarni ayblash bilan hech narsa o'zgarmaydi. Insonning o'sishi aybdorni topishdan emas, avvalo oynaga qarab: "Muammo menda ham bo'lishi mumkin," deya olishidan boshlanadi. Doim boshqalarni ayblaydigan inson esa xatolarini emas, faqat bahonalarini ko'paytiradi.
Tafakkur — faqat o'ylash emas. U qalbning uyg'onishi, haqiqatni izlash va har bir ne'mat ortida Robbisining hikmatini ko'ra olishdir. Inson qancha ko'p tafakkur qilsa, shuncha kam hukm qiladi. Chunki tafakkur shoshqaloqlikni emas, hikmatni o'rgatadi. Har bir sinovning, har bir uchrashuvning va har bir ayriliqning ortida bir ma'no borligini anglay boshlaydi.