Genomika va bioinformatika markazi!
СтатистикаO’zR FA Genomika va bioinformatika markazining rasmiy telegram kanali. 🔗Web sayt: https://uz.genomics.uz/ 🔗Facebook: https://www.facebook.com/genomics.uz
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 31
- 1/48двое суток
- 35
- 1/72трое суток
- 38
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇨🇳🇺🇿SHINJON VA MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI KONFERENSIYASIDA GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZINING ISHTIROKI 🗓9–12-avgust kunlari Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Boʻriyev Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon hududida joylashgan Korla shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo qishloq xoʻjaligi fanlari va texnologiyalar innovatsion alyansining 2026-yilgi yillik ilmiy almashinuv konferensiyasida ishtirok etdi. ✅ Konferensiya davomida qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchilik sohasida innovatsiyalar, paxtachilik tarmogʻini yuqori sifatli rivojlantirish, qurgʻoqchil hududlarda oʻsimliklarni ekologik xavfsiz himoya qilish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va uskunalari, qishloq xoʻjaligi mikroorganizmlari, ilmiy-texnologik yutuqlarini amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish. 🌍🌏🌏Turli mamlakatlardan kelgan yetakchi olimlar va mutaxassislar ilmiy tajriba almashish, ilgʻor laboratoriya texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
🇺🇿🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi Genomika va bioinformatika markaziga tashrif buyurib, markazning ilmiy-tadqiqot faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari hamda genomika va bioinformatika sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi. 🇺🇿🇨🇳Tashrif davomida mehmonlarga markazda molekulyar genetika, bioinformatik tahlillar bo'yicha olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo'shma tadqiqotlar olib borish, mutaxassislar almashinuvi va yosh olimlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 🇺🇿🇨🇳Uchrashuv yakunida tomonlar genomika, biotexnologiya va bioinformatika yo'nalishlarida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar
🇺🇿🇧🇭Genomika va bioinformatika markazida Qatar davlatidan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 🇺🇿🇧🇭Uchrashuv davomida tomonlar genomika, bioinformatika, molekulyar biologiya hamda zamonaviy biotexnologiyalar yo'nalishlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan fikr almashdilar. Mehmonlarga markazning ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriyalari, yuqori texnologik uskunalari va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi. 🇺🇿🇧🇭 Shuningdek, genomik tahlillar, bioinformatik ma'lumotlarni qayta ishlash hamda qishloq xo'jaligi va tibbiyot sohalarida genomik texnologiyalarni qo'llash bo'yicha erishilgan natijalar taqdim etildi. Suhbat davomida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, olimlar va yosh tadqiqotchilar almashinuvi, malaka oshirish dasturlarini tashkil etish hamda xalqaro grantlar doirasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
#Yosh_olimlar #CRISPR #IN_VITRO 🧬🍇🍅Genomika va bioinformatika markazi Yosh olimlar kengashining navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi 🗓 Joriy yilning 20-may kuni Genomika va bioinformatika markazi Yosh olimlar kengashi tomonidan yosh tadqiqotchilarning o‘zaro tajriba almashishini ta’minlash va ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida navbatdagi seminar yig‘ilishi tashkil etildi. Seminar doirasida 1-ma’ruzachi Markaz Yosh olimlar kengashi a’zosi, markaz tayanch doktoranti A.A. Murodov “Pomidor mevasini saqlanish muddatini oshirishda β-HEX genini CRISPR/CAS9 usulidan foydalanib yangi tizimlar yaratish” mavzusida chiqish qildi. Ma’ruza davomida 🔵CRISPR/Cas9 usulining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi hamda β-HEX geni funksiyasi va bu genni tahrirlash uchun yo‘naltiruvchi RNK (gRNA) larni tanlash bosqichlari tushuntirib berildi. Olingan transgen o‘simliklarda o‘tkazilgan molekulyar va morfologik tahlil ishlari taqdim etilib, off-target (mo‘ljaldan tashqari) lokuslar va ularni tahlil qilish bosqichma-bosqich yoritib berildi. 💸 2-ma’ruzachi Yosh olimlar kengashining yana bir faol a’zosi, tayanch doktorant A.N. Abdullayev “IN VITRO usulida yetishtirilgan mahalliy tok 🌱(vitis vinifera l.) navlarida nav bir xilliligi va virusdan xoliligini molekulyar tahlil qilish” mavzusida batafsil ma’ruza qildi. Seminar davomida tokzorlarda uchraydigan viruslarni aniqlashning morfo-biologik va molekulyar usullari, RT-PCR diagnostikasining nazariy va amaliy jihatlari hamda primer juftliklarini bioinformatik optimallashtirish bosqichlari keng yoritildi. Xususan, primerlarning target genomga mosligi, melting harorati (Tm), GC miqdori, hairpin va primer-dimer hosil bo‘lish ehtimolini in silico tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, in vitro usulida ko‘paytirishning ahamiyati, RT-PCR reaksiyasi sharoitlarini optimallashtirish orqali spesifik amplifikatsiya natijalariga erishish usullari hamda statistik tahlillar batafsil tushuntirildi. 🧠 Ilmiy bahs va munozaralarga boy o‘tgan seminarda yosh olimlar, doktorantlar va magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Yosh olimlar kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir markaz yosh izlanuvchilari o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik muhitini shakllantirish, tadqiqotlar integratsiyasini chuqurlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va fitosanitar xavfsizligini ta’minlashdagi global muammolarga innovatsion yechimlar topishda muhim turtki bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
🌏 Osiyo Xotin-Qizlar II forumi 📍 Buxoro shahri 📅 2026-yil 13–14-may 🔹 Mavzu: “Ayollarga investitsiya — barqaror o‘sish asosi: xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik imkoniyatlarini kengaytirish” Mazkur nufuzli xalqaro forumda Genomika va bioinformatika markazi, Transgenomika va to‘qimalar kulturasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori 👩🔬 Ubaydullayeva Xurshida Abdullayevna faol ishtirok etdi. Forum davomida: ✅ ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlarning o‘rni ✅ biologiya va biotexnologiyada zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari ✅ xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish ✅ yosh olima va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim fikr va tashabbuslar ilgari surildi. 🔬 Forumning eng samarali jihatlaridan biri — ilmiy markazlar, tadqiqotchilar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ayollarning ilm-fandagi faolligini yanada oshirishga xizmat qilganidadir. 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
#olimlarimiz_oav_da Genomika va bioinformatika markazi olimlar Madaniyat va Ma’rifat telekanalida efirga uzatiladigan ‘’Yangi uyg’onish yo’li’’ loyihasida efirga uzatildi. 🧬Genomika va bioinformatika markazi: @centerofgenomics
▫️ Ученые Центра геномики и биоинформатики совместно с Советом по хлопководству при президенте республики Узбекистан впервые в истории опубликовали в престижном журнале Scientific Reports группы Nature комплексный анализ масштабной трансформации хлопкового сектора страны. https://podrobno.uz/cat/obchestvo/uchenye-uzbekistana-dokazali-vsemu-miru-vozmozhnost-rezkogo-rosta-urozhaya-khlopka-pri-sokrashchenii/ Telegram / Instagram / Facebook / Читать на узбекском
🌾🌾🌾🌾🌾🌾 Хлопковая революция в Узбекистане: впервые опубликованы данные об историческом прорыве Ташкент, Узбекистан — Ученые из Центра геномики и биоинформатики, а также Совета по хлопководству при Президенте Республики Узбекистан впервые в истории опубликовали в журнале Scientific Reports (Nature Portfolio) всеобъемлющий национальный анализ выдающейся трансформации хлопкового сектора Узбекистана, предоставив его в открытом доступе. Благодаря указам Президента и знаковым реформам в аграрной политике хлопковый сектор Узбекистана достиг того, что ученые называют "вехой в устойчивой интенсификации", — значительно увеличив производство при одновременном сокращении используемых земель. Ключевые достижения (2021–2025 гг.): • Рост урожайности на 40,4% — с 3,24 до 4,55 т/га в среднем по стране • Сокращение посевных площадей на 15,1% — высвобожденные земли переданы под продовольственные культуры и для нужд молодежи Узбекистана • 38,51% посевных площадей в стране в настоящее время занято сортами, созданными с помощью передовых технологий (РНКи, МАС и Bt/Gt-сорта) • Снижение производственных затрат на гектар на 55,4% при интенсивных системах хозяйствования • Один из первых в мире коммерчески внедренных сортов хлопчатника на основе фитохромной РНКи (сорт "Porloq") продемонстрировал стабильные результаты во всех пяти агроклиматических зонах Узбекистана Эта трансформация, объединившая отечественные биотехнологии, импортные Bt/Gt-сорта и интенсивную агрономию по примеру Синьцзяна, предлагает воспроизводимую модель для Центральной Азии и мировых систем орошаемого хлопководства. "Узбекистан впервые на национальном уровне продемонстрировал, что генетические инновации и продуманная политика, работая в тандеме, способны преобразовать сельское хозяйство целой страны". — Эрик Трахтенберг, исполнительный директор Международного консультативного комитета по хлопку (ICAC), США. "Сельскохозяйственный сектор Узбекистана, несомненно, движется по очень позитивной траектории, и я считаю, что хлопковый сектор, в частности, в ближайшие годы добьется выдающегося прогресса". — Доктор Кешав Кранти, международный член Совета по хлопку от ICAC. Читать публикацию: Abdurakhmonov I.Y. et al. (2026). National-scale evidence for rapid cotton yield gains under sustainable intensification in Uzbekistan. Scientific Reports. https://doi.org/10.1038/s41598-026-51320-5 Контакт для СМИ: Центр геномики и биоинформатики Академии наук Узбекистана, Ташкент 100053, Узбекистан. i.abdurahmonov@agro.uz 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
🌾🌾🌾🌾🌾🌾 O‘zbekistonda paxtachilik inqilobi: tarixiy yutuq haqidagi ma’lumotlar ilk bor e’lon qilindi Toshkent, O‘zbekiston — Genomika va bioinformatika markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi olimlari O‘zbekiston paxtachilik sohasidagi ulkan o‘zgarishlarning keng qamrovli milliy tahlilini tarixda ilk bor “Scientific Reports” (Nature Portfolio) jurnalida chop etib, uni ochiq foydalanish uchun taqdim etdi. Prezident farmonlari va agrar siyosatdagi tub islohotlar tufayli O‘zbekiston paxtachiligi olimlar “barqaror jadallashtirishdagi muhim bosqich” deb atayotgan natijaga erishdi, ya’ni foydalanilayotgan yerlarni qisqartirgan holda paxta ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi. Asosiy yutuqlar (2021–2025-yillar): • Hosildorlik 40,4 foizga o‘sdi — mamlakat bo‘yicha o‘rtacha gektariga 3,24 tonnadan 4,55 tonnagacha yetdi • Ekin maydonlari 15,1 foizga qisqartirildi — bo‘shagan yerlar oziq-ovqat ekinlari ekish va O‘zbekiston yoshlari ehtiyojlari uchun ajratildi • Bugungi kunda mamlakatdagi ekin maydonlarining 38,51 foiziga ilg‘or texnologiyalar (RNKi, MAS va Bt/Gt navlari) yordamida yaratilgan navlar ekilmoqda • Intensiv dehqonchilik tizimlarida bir gektar uchun sarflanadigan ishlab chiqarish xarajatlari 55,4 foizga kamaydi • Dunyoda birinchilardan bo‘lib tijoriy asosda joriy etilgan fitoxrom RNKi texnologiyasiga asoslangan g‘o‘za navi (“Porloq” navi) O‘zbekistonning barcha beshta agroiqlim mintaqasida barqaror natijalar ko‘rsatdi. Mahalliy biotexnologiyalar, import qilingan Bt/Gt navlari va Shinjon tajribasiga asoslangan intensiv agronomiyani o‘zida jamlagan ushbu transformatsiya Markaziy Osiyo va dunyoning sug‘oriladigan paxtachilik tizimlari uchun takrorlanishi mumkin bo‘lgan namunani taqdim etadi. “O‘zbekiston genetik innovatsiyalar va puxta o‘ylangan siyosat birgalikda butun bir mamlakat qishloq xo‘jaligini o‘zgartirishga qodir ekanini milliy miqyosda ilk bor namoyish etdi”, — Erik Traxtenberg, Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) ijrochi direktori, AQSh. “O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasi, shubhasiz, juda ijobiy yo‘nalishda rivojlanmoqda va ishonchim komilki, ayniqsa, paxtachilik tarmog‘i yaqin yillarda ulkan yutuqlarga erishadi”, — Doktor Keshav Kranti, ICAC Paxtachilik kengashining xalqaro a’zosi. Nashrni o‘qish: Abdurakhmonov I.Y. et al. (2026). National-scale evidence for rapid cotton yield gains under sustainable intensification in Uzbekistan. Scientific Reports. https://doi.org/10.1038/s41598-026-51320-5 OAV uchun aloqa: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi, Toshkent 100053, O‘zbekiston. i.abdurahmonov@agro.uz 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи