- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Boʻlsa, menga oy kerak, Yulduzlarga hushim yoʻq. Muhammad Yusuf
Siz qargʻaysiz taqdiringizni, Ham aytasiz unga tashakkur: — Biz yoʻq qildik bir-birimizni... Biz yoʻq qildik... Xudoga shukur! Siz yurakni qilmaysiz tejam, “Olgin!” — borni tortiq qilasiz. Soʻngra xafa boʻlasiz mendan — “Qaytmayman”, deb yigʻlab ketasiz. Izlab yana kelasiz bir kech, Jilmayasiz: — Baxtlimanmi, boq!... Kulgingizga yarashmagay hech — Xitobingiz oʻrtagan titroq. Hijrondan soʻng savollar teran, Hijrondan soʻng javob — dafʼatan... Men hammadan pinhon saqlagan She’rlarimni sizga aytaman. Ayblamaymiz bir-birimizni, Tilda soʻzlar tugʻiladi — hur. ...Qargʻamaysiz taqdiringizni Va aytmaysiz unga tashakkur. Usmon Azim
Muhabbat – kelmasda kelish; – ketmasdan ketishdir! Shuhrat Orif
Faqat Sevgi yo‘q! Azob bor, qayg‘u bor faqat, Quvonchu shodliklar qilgan meni oq. Inkor etilmog‘u, haydalmoq bordir, Va yana... yo‘llarga tashlab ketilmoq. Sevgi yo‘q! Alamu afsus bor faqat, Kechir, ostonangda uzoq qoldim men. Shodliklar makoni edi yuraging, Mudom og‘u soldim, qayg‘u soldim men. Sevgi yo‘q deymanu... yig‘layotirman, Go‘yo manglayimga yozilmish bir xat: Ikki dunyoga ham termulib boqsam, Sevgi bor, Xudo bor, Sen borsan faqat! Guljamol Asqarova
Kimdir oxirgi 20 tacha postga, bir xil reaksiya qoldirib chiqibdi 😁
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 📢Shartlari: 1. @chegarasiz_fikrlar @ahmadali_writer @Botir_Bannop @shukurobbim hamkor kanallarda boʻlishingiz kerak. 2. Shu tanlov postini 3 ta yaqiningiz yoki bitta 100+ kanalga tashlab screnshotni @xxlllm_bot ga yuboring va men sizga raqam beraman. 🎁Gʻoliblar random orqali aniqlanadi va 5 ta boʻladi: ❤️-oʻrin. 5 talik kitoblar toʻplami. ❤️-oʻrin. "Qoʻzichoqlar sukunati" ❤️-oʻrin. "Uzrnoma" ❤️-oʻrin. "Noma'lum ayol maktubi" ❤️-oʻrin. "Bonu" Kitoblar pochta orqali yetkazib beriladi. Istasangiz pulini olishingiz mumkin. Qabul muddati 22-avgustgacha agar homiy kanallarda boʻlmasangiz boshqa gʻolib aniqlanadi.
Meni sendan so‘rar bo‘lsa gar, (Garchi umid haddan oshgandir.) Sen unga ayt holim haqida: “Yaxshiman”, deb hazillashgandim…
Men bo‘lmasam osmoningda, Oylar butun turarmi, ayt. Men bo‘lmasam dunyoingda, Joning zarra kuyarmi, ayt?! Men bo‘lmasam sochlaringni Barmog‘ida taraydi kim? O‘zi qolib Xudoyimdan, Senga umr tilaydi kim?! Men bo‘lmasam uylaringga, Sog‘inch ko‘chib kelmaydimi? Men yo‘q bo‘m-bo‘sh yuragingga Ega chiqib olmaydimi? Men bo‘lmasam oq tonglaring Qoralanib otmaydimi? Yana oqshom g‘arib Quyosh Quchog‘ingga botmaydimi? Kuydirmasmi qo‘llaringni Men uzatmas piyola ham? Topolmayin mendek fido, Izlab ikki dunyoda ham. Bog‘laringdan qumri qushlar Mangu ko‘chib ketmaydimi? Biron shoir senga atab, Bironta she’r bitmaydimi? Ko‘ngil yarim o‘zi asli, Choraktaga bo‘linmasmi? Men bo‘lmasam, yo‘qliklarim, Senga zarra bilinmasmi. Ko‘kragingni zirillatib, Yurak zarblar urmaydimi? Jon chiqarga joy axtarib, Tomog‘ingda turmaydimi? Yashay olding ishqsiz bir kun, Ooo, qanchalar havasdaman. Xayolimda sen bo‘lmasang, Bil, men so‘nggi nafasdaman! Malika Salimova
Tabassuming yodimda hamon... Tabassuming yodimda hamon, Yodimdadir xandon ko‘zlaring. Kulgularing eslayman bu on, Unutilgan yolg‘on so‘zlaring. Atirgulning bargiday qizil, Alvon edi tabassuming ham. Ey, ko‘zlari xandon urgan qiz, Nahot sendan qoldi faqat g‘am?! Men bilaman, eng so‘nggi palla, Jonsiz qolib, sirg‘alsa qo‘lim, Sening, sening tabassuming-la Ko‘zlarimga boqadi o‘lim. Xurshid Davron
Baxt bu — sensan, baxtsizlik bu — men, Ketmoqdaman, qochoqqa yoʻyma. Men oʻzimni topib kelguncha, Sen oʻzingni yoʻqotib qoʻyma. Vohid Luqmon
BIZ UCHRASHMADIK Tong chogʻi tun bilan kunduz uchrashdi, Tunda armon bilan yulduz uchrashdi, Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi, Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Bulut zamin bilan yigʻlab uchrashdi, Shamol kurtaklarni ilgʻab uchrashdi. Visol hijron bilan minglab uchrashdi, Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Oʻlik zil tuproqni otdi koʻtarib, Gʻofil tiriklarni topdi axtarib, Yoʻqlik va borliqni oralab, gʻarib — Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Sarxush ari bilan uchrashdi gullar, Erka shodlik bilan uchrashdi munglar, Nigohlar, bagʻirlar, lablaru qoʻllar, Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Yoningda turibman, dalli devona, Yorim-a, ketdimi ishq yona-yona? Men seni quchaman... Sovuq, begona — Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik. Usmon Azim
Hayot girdobiga tushaman har kun, Garchi men yodingga tushmayman qaytib...
METRO Quloqchindan yangrar musiqa, Kuylanadi eski bir retro. Bu gapimdan chiqarma siyqa, Seni menga eslatar metro... Manzil esa Novzaga yetar, Kichik ko‘ngil bo‘ladi katta. Seni ruhing ko‘rinib ketar, Novza degan metro bekatda... Metrodagi, – eng shirin xisku! Shamollarday dilga yelasan. Yer ustida uchrashganmiz-ku Xayolimga nega kelasan?! Almashardik onda-sonda xat, Isming yashar ko‘ngil qarida. Isming bilan atalar bekat, Xayolimning metrolarida... Quloqchindan yangrar musiqa, Kuylanadi eski bir retro. Bu gapimdan chiqarma siyqa, Seni menga eslatar metro... Erkin Hojimuhammad
Oy arshi aʼloning faromush farishtalar yopmay ketgan tuynugi. Faxriyor
...She’r o‘qima — Dunyoning torligini bilib qolasan. ...She’r o‘qima — Yurakning borligini bilib qolasan!... She’r o‘qima, deyapman senga! Bu bozor dunyoda Sotilmaydigan bo‘lib qolasan axir!.. Usmon Azim
Osmon bitta emas, Har yulduzning o‘z Osmoni bor. Usmon Azim
“Sen bormisan, orzumdagi ishq?!” Senga bagʻishlayman kechalarimni, kunlarimni senga beraman... Huzuringda boʻlmoqlik uchun osmonlardan yurib kelaman! Ishq yogʻdudir yurakka oqqan, qaydan bilsin zulmat sochganlar? Bizni anglar, bizni koʻrarlar koʻzni yumib, dilni ochganlar! Ovozingni eshitib turay! Tuproqlarga berma jismingni... Bu dunyoda borligingni ayt, ismingni ayt menga... Ismingni!.. Zebo Mirzo
Viqorlisiz o‘zgalar bilan, Mag‘rurlikning go‘zal arshida. Ammo ma’yus tortasiz, erkam, G‘ussalisiz mening qarshimda. Bosh egasiz mungligʻ bir tarzda, O‘tirgaysiz unutib o‘zni. Men bilan hech tushmaysiz bahsga, Aytolmaysiz keskin bir so‘zni. Umrim uzra uzun chaqinsiz, O‘zi yonib topgan qanoat. Yuragimga juda yaqinsiz, Hayotimdan olissiz faqat. Usmon Azim
Ikki dilda bir sir asradik, Fosh qilmadik shamollarga ham. Xayollarda birga yashadik, Ikki tanda chekdik bitta gʻam... Orifjon Komil
YURAKKA O‘zi yaratdiyu seni tabiat, Lekin tinchimadi sen yaralgandan. Bu tor siyna ichra bandisan abad, Tabiatning senga rashki kelgandan. Balli! Asirlikda kechgach umring ham Hikmatlar tikloldi fazodan yuksak. Sig‘dirolmas edi ko‘ksiga olam, Ozod o‘ylaringni bir-bir sanasak. Qanday moʻjizalar ko‘rardi bashar, Beqafas yaralgan bo‘lsayding agar. Omon Matjom