Chilonzor tuman Maktabgacha va Maktab ta'lim bo'limi
Статистикаhttps://www.facebook.com/chilonzormtb - facebook https://instagram/chilonzor_mtb/ - instagram 📩 Elektron pochta: info@chtmtb.uz 📝Murojaat uchun 👉 @chilonzormtbbot
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 52
- 1/48двое суток
- 59
- 1/72трое суток
- 64
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
✅✅✅✅ 🔴 Ayni damda Xorazmda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Hay’at yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati va tuman (shahar) bo’linmalari mas’ullari qatnashmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Хоrazm #2_kun ⏰ Seminarning ikkinchi kuni — amaliy o‘rganishlar va mazmunli mashg‘ulotlar Seminar ishtirokchilari kun davomida “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti, Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Urganch shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 📍 Ta’lim obyektlaridagi o‘rganishlardan so‘ng ishtirokchilar Ma’mun universitetida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅ #1_kun 🔴 “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning birinchi kun jarayonlaridan videolavha. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🇺🇿 KELAJAKDAN KELGAN XAT… ✉️ Chilonzor tumani 350-DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan videorolik. 🎬✨ Ba’zan kelajak bizga uzoqdek tuyuladi… Ammo aslida kelajak — bugun qilayotgan tanlovlarimizdan boshlanadi. ⏳✨ 🎬 “Kelajakdan kelgan xat” — shunchaki video emas. Bu bugungi kunimizga, farzandlarimiz kelajagiga va Vatanimiz taqdiriga berilgan kichik bir savol: “2046-yildagi O‘zbekiston qanday bo‘ladi?” Bu savolning javobi esa — bizning bugungi harakatlarimizda. 🇺🇿 Bolajonlarimizning beg‘ubor nigohi orqali biz: 🌱 tabiatni asrashni, 🤝 bir-birimizga befarq bo‘lmaslikni, 🇺🇿 Vatanimizni sevishni, ✨ kelajak uchun bugundan mas’ul bo‘lishni eslatmoqchi bo‘ldik. Chunki… KELAJAK — BIZNING BUGUNGI TANLOVIMIZ NATIJASIDIR 🇺🇿 Tarbiyachi: Kuldashova Mohina
📖 “UYG’ON, O’G’LIM!” 📚 350-DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida sahnalashtirilgan ushbu ma’naviy chiqish bugungi kunning dolzarb mavzusiga bag’ishlandi. Zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, farzandlarimiz qalbida kitobga muhabbat, ilmga intilish va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg’usini shakllantirish barchamizning muhim vazifamizdir. “Uyg’on, o’g’lim!” sahna ko’rinishi orqali jajji tarbiyalanuvchilarimiz buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, kitobning inson kamolotidagi o’rni hamda o’zligini anglagan, Vatan ravnaqiga hissa qo’shadigan barkamol avlod bo’lish g’oyasini badiiy talqin etdilar. Ajdodlarini tanigan avlod — kelajagini bunyod etadi. Kitobni sevgan bola esa kelajak sari ishonch bilan qadam tashlaydi. 🌿 350-DMTT jamoasi ma’naviy yetuk, bilimli va kitobsevar avlodni tarbiyalash yo’lida o’z hissasini qo’shishda davom etadi. 👩🏫 Tarbiyachi: Kuldashova Mohina
"Kichkina qoʻllarning katta va goʻzal ijodi" Chilonzor tumani 561-🌈 sonli DMTT da bolalarning har bir kuni, har bir daqiqasi mazmunli va har tomonlama rivojlantiruvchi qiziqarli mashgʻulotlar bilan oʻtmoqda.
#Maktabgacha_taʼlim 🌱Ekologik tarbiya va o‘yinga asoslangan ta’lim 🟢Tabiatni sevish va asrash tuyg‘usi bolalikdan shakllanadi. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik tarbiya elementlari o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtirilib, bolalarning tabiat haqidagi bilimlari qiziqarli va interaktiv usullar orqali boyitilmoqda. “Milliy safari bog‘i” ekologik-ma’rifiy loyihasi doirasida bolajonlar: ➡️yovvoyi va uy hayvonlari bilan tanishdi; ➡️qushlar hamda o‘simliklar olami haqida bilim oldi; ➡️oddiy tajribalar orqali tabiat sirlarini kashf etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🇺🇿 Chilonzor tumani FVB xodimlari tomonidan "DOLZARB 60" kunlik oyligi doirasida Chilonzor tumanida joylashgan “256-DMTT”da yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuv va taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. 🚒🚑 Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in sodir bo‘lgandagi tezkor harakatlar, bolalarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish, hamkorlikdagi xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi. Bundan tashqari ish jarayonida - Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi; -nosoz elektr uskunalaridan foydalanmaslik - Evakuatsiya chiqish eshiklari doimo ochiq holatda boʻlishi; -birlamchi o’t o’chirish vositalaridan foydalanish tartibini; Shuningdek, Yoz mavsumida choʻmilishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo’yicha profilaktik ishlar olib borildi. 📚Chilonzor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🏆Chilonzor tumani "Jajji nurli yulduzlar" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi 📢 Mamlakatimizdagi iste'dodli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda iste'dod va mahoratini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida Chilonzor tumani MMTB tasarrufidagi 37-sonli DMTTda "Jajji nurli yulduzchalar" festivali tashkil etildi. Bu haqiqatan ham bizning strategik rivojlanish yo'limizdagi muhim bir qadam! 🌟 Festivalda tumandagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Bu jamoaviy muvaffaqiyat va hamkorlikning ajoyib namunasidir! 🎭 Bolajonlarning qiziqarli va ijodiy chiqishlari festival tashkilotchilari tomonidan munosib baholanib, ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg'aları topshirildi. Biz bu yutuqlarimizdan xursandmiz va kelajakda ham shunday yorug' natijalarga erishishga intilamiz! 📚Toshkent shahar Chilonzor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi.
Inklyuziv ta’lim bilan amalga oshgan orzular! Har bir bolaning qalbidagi eng ezgu va beg‘ubor orzulardan biri — qo‘lida daftar va qalam tutib, tengdoshlari bilan birga maktab bag‘riga shoshilishdir. Kechagina deraza ortidan do'stlarining quvnoq kulgisini havas bilan kuzatgan farzandlarimiz bugun davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor hamda inklyuziv ta’lim sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli tengdoshlari safiga qo‘shilmoqda. Endi maktablarimiz eshigi har bir bola uchun ochiq. Sinfda bag‘rikeng ustozlar va mehribon tengdoshlar davrasida o‘tirgan har bir o‘quvchi o‘zini jamoaning ajralmas va qadrli bir bo‘lagi sifatida his etmoqda. Imkoniyatlar turlicha bo‘lishi mumkin, ammo bilim olish huquqi va orzular barcha uchun tengdir. Zero, inklyuziv ta’lim nafaqat teng imkoniyatlar sari tashlangan dadil qadam, balki hech bir bolani e’tibordan chetda qoldirmaydigan va ularga mehr ulashuvchi muhitdir. ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 Mustaqil Oʻzbekiston tarixida hozirgi kunga qadar Maktabgacha va maktab ta‘limi (Xalq) taʼlimi tizimida quyidagi vazirlar faoliyat yuritgan: 1-vazir – Joʻra Yoʻldoshev 9 yil 20 kun vazir lavozimida ishlagan. 1991-yil 22-iyul – 2000-yil 11-avgust. 2-vazir – Risoboy Joʻrayev 3 yil 8 oy 26 kun vazir lavozimida ishlagan. 2000-yil 11-avgust – 2004-yil 7-may. 3-vazir – Turopjon Roʻrayev 3 yil 10 oy 19 kun vazir lavozimida ishlagan. 2004-yil 7-may – 2008-yil 26-mart. 4-vazir – Gʻayrat Shoumarov 1 yil 9 oy 29 kun vazir lavozimida ishlagan. 2008-yil 28-aprel – 2010-yil 26-fevral. 5-vazir – Avazjon Marahimov 1 yil 3 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan. 2010-yil 2-mart – 2011-yil 30-iyun. 6-vazir – Temur Shirinov 1 yil 7 oy 3 kun vazir lavozimida ishlagan. 2011-yil 4-iyul – 2013-yil 7-fevral. 7-vazir – Ulugʻbek Inoyatov 5 yil 4 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan. 2013-yil 7-fevral – 2018-yil 20-iyun. 8-vazir – Sherzod Shermatov 3 yil 4 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan. 2018-yil 20-iyun – 2021-yil 17-noyabr. 9-vazir – Baxtiyor Saidov 1 yil 1 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan. 2021-yil 17-noyabr – 2022-yil 30-dekabr. 10-vazir –Hilola Uktamovna Umarova 2 yil 6 oy 14 kun vazir lavozimida ishlagan. 2022-yil 30-dekabr – 2025-yil 14-iyul. 11-vazir –E‘zoza Karimova Gapirjanovna 2025-yil 31-iyuldan Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. 😖 2023-yil 1-yanvardan boshlab “Xalq ta’limi vazirligi” tarkibi va nomi o‘zgarib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga aylantirilgan. ▬▬▬▬▬▬▬▬▬
“Yangi avlod” — yangi imkoniyatlar maskani! Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Yangi avlod” nomli 474-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ramziy ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tez kunlarda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tashkilot faoliyati yo'lga qo'yiladi. Veb-sayt | Telegram | Youtube | Instagram | Aloqa
#Chilonzor #400DMTT #OchilishMarosimi 🏫 400-sonli DMTT zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chilonzor tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ana shunday ezgu ishlarning mantiqiy davomi sifatida 400-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mukammal ta'mirdan chiqarilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo'jayev hamda tegishli mas'ul rahbarlar ishtirok etib, jamoa va ota-onalarni ushbu quvonchli voqea bilan samimiy tabrikladilar. Ta'kidlanganidek, tuman hokimligi tomonidan muassasa to'liq zamonaviy talablarga mos ravishda ta'mirlandi. Bog'chada tarbiyalanuvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi, qulay va xavfsiz muhitda ulg'ayishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mazkur yangilanishdan bolajonlar, ota-onalar hamda pedagoglar mamnun ekanliklarini bildirmoqdalar. 📹 Lavhamizda ochilish marosimidan yorqin lavhalar 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi