tgindex
Chizgilar...
@chizgi_larузбекский

So'z | Adabiyot | Hayot haqida... Maysara Bahor ijodiy kanali Bog'lanish: @hayot_satrim_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
37
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
396
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
201
36 постов
Вовлечённость
50,8%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 37
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
42
1/48двое суток
48
1/72трое суток
51

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • #qarz Allohumma solli ‘ala Muhammadiv va ‘ala ali Muhammad...

  • Tarannum boshqa-yu, maʼno ayni. Darmon izlardim dardima, dardim menga darmon emish, Burhon soʻrardim aslima, aslim menga burhon emish. “Men dardimga darmon izlash bilan ovora boʻlib yuribman, bilsam, dardimning oʻzi darmon ekan. Aslim nimaligi haqida hujjat…

  • Rüzgarın kalbı – shamolning qalbi

  • Har kimning dardi bor, har kimning baxti, So'nggacha umidda bardavom yurak. Inson bilib-bilmay buzsada ahdin, Xudoyim baribir asrasa kerak... Tabassum tutoldik samoga, yerga, Ozorlar qaladik ko'ngilga – beshak. Ba'zan turfa-turfa sinov-la tergab, Xudoyim bizlarni asrasa kerak... Uzoq xayollandik, ko'ngil –orzuzor, Halovat izladik – tuyg'ular sarak. Ismi qadariyni dunda qilib bor, Xudoyim baxtimiz asrasa kerak... °M.P https://t.me/chizgi_lar

  • Assalomu alaykum azizlarim. Mana bugun turk tilidan tezlashtirilgan guruhim bilan A1 grammatikalarini toʻliq tugatish arafasidamiz. Agarda kimdir grammatik maʼlumotlarga ega boʻlib, sertifikat olish uchun ustoz izlayotgan boʻlsa, yoki, avvalgi sertifikatini yangilamoqchi, B1 olganu B2 olmoqchi boʻlsa, kursimizga yozilishi mumkin . Darslar haftada 6 kun boʻladi. Toʻlov esa hech qayerda topilmas: 200 ming soʻm. Bogʻlanish uchun:@Sabina_Hamzayevna

  • #qiziq Oy to'libdi. Qishlog'imiz osmonidan juda chiroyli bo'lib ko'rinadi. Tarixiy nomi Zijikon bo'lgan Zachkana qishlog'ining osmoni rostdan boshqacha.✨ Rivoyatlarga ko'ra Mirzo Ulug'bek yurt kezib yurib Zachkana qishlog'ida tunab qolgan. Tunda yulduzlar ilmini o'rgangan. Boshqa hududlarga qaraganda bu qishloq osmonida yulduzlar turkumi aniqroq va ko'proq ko'ringan. Shu sabab bu hududga Zijikon ya'ni "Ziji" "yulduz", "kon" "ko'p, koni" deb nom bergan. Yillar o'tib qishloq nomi fonetik o'zgarishga uchrab Zachkana deb atala boshlagan. Bugun mehmonga kelgandik, to'lin oy, g'uj-g'uj yulduzlarni ko'rdik. Siz ham bir keling qishlog'imizga... Barchaning tug'ilgan yurti Rim shahri...

  • 31 июл.1 22313

    "Dunyo mamlakatlari" kitobi asosida tashkil etilgan tanlovning 2-bosqichi ertadan start olishidan xabardormisiz? Sharti kitob haqida 2 daqiqalik video tayyorlab ko'rsatilgan manzilga yuborasiz. Tanlovda ishtirok etish va kitobning elektron variantini sotib olish uchun quyidagi bot orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting: @bilimlarligasi_bot Kitobning bosma nashrini sotib olish uchun @kitobxonlik_admini telegram manziliga murojaat qiling! ⚡️ Tanlovga ijodiy ishlar 1-avgust kunidan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi. Videoda kitob haqida qisqacha ma'lumot berdim. Hisbelgilarni bosishni unutmang😇

  • без подписи

  • #lahzalik Siz o'zingizni baholay bilsangiz, boshqalarning bahosi muhim bo'lmaydi! Xayrli tun✨

  • Channel photo updated

  • без подписи

  • 📚Ilm yo'lida uchratgan eng yaxshi ustozlarim: 🎗Malika Sayfizoda ona tilidan qanday savol bermang, bittada javobini miyangizga joylab qo'yuvchi ustoz. 🎗Xondamir Akbaraliyev iste'dodli shoir, so'zga hurmati baland, she'rni shunchaki yozmaydigan ijodkor. 🎗Mirsanjar…

  • 📚Ilm yo'lida uchratgan eng yaxshi ustozlarim: 🎗Malika Sayfizoda ona tilidan qanday savol bermang, bittada javobini miyangizga joylab qo'yuvchi ustoz. 🎗Xondamir Akbaraliyev iste'dodli shoir, so'zga hurmati baland, she'rni shunchaki yozmaydigan ijodkor. 🎗Mirsanjar Sanayev adabiyotshunos, tezis, maqola, uslubiy qo'llanma va boshqa turdagi barcha ilmiy ishlar va hujjatlarni o'z o'rniga qo'yib qo'yadilar. Ulardagi bog'liqlik ilmga hurmat va insoniylikdir... Siz kabi ustozlar ko'paysin, rahmat sizlarga...💕

  • Bir-biridan bexabar, lekin doim eng yaxshi ustozni bir paytda tanlaydigan ikki talaba... Bizning ilmiy rahbarimiz ham bir inson – Mirsanjar Sanayev ustoz bo'ladilar. Va bir yilda ikkimiz ham Navoiy nomidagi davlat stipendiyanti bo'lganmiz.

  • ☄️ DIQQAT, DIQQAT, DIQQAT! 📆 Ertaga ko'p sonli kitobxonlar iltimosiga ko'ra, "Dunyo mamlakatlari" kitobi bo‘yicha o‘tadigan tanlovning ikkinchi davrasiga start beramiz! ▶️ Tanlov sharti: Videoroliklar shaklida o‘tkaziladi. Ertaga shartlar va mukofotlar e'lon qilinadi. 💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi: 150 MILLION SO‘M! 🎁 Gʻoliblarni nimalar kutmoqda? 💵 Turli miqdordagi pul mukofotlari; 📚 4 000 ta eng sara adabiyotlar! ✨ Imkoniyatni boy bermang! Biz bilan bo‘ling va "Dunyo mamlakatlari" kitobini mutolaa qiling! 🌍 KITOBXONLIK MADANIYATI TELEGRAM KANALI!

  • Bu taqdirning hukmida xato yo'qdir, ey do'stim, Yor hajrida Atodek ado yo'qdir, ey do'stim. Quloq solsang ichingda Haqqa chorlaydir bir sas, Tuymasang, dunda hech bir sado yo'qdir, ey do'stim. O'zni yengmasdan turib, O'ziga borib bo'lmas, Bunda zohiddek shoh-u gado yo'qdir, ey do'stim. Magar Behisht izlasang – oshiqlarning ko'nglidir, Zaminda undan sokin ma'vo yo'qdir, ey do'stim. Jabr yetsa, "Bu ne hol" deya hasrat chekarsan, Dardini suymaganga davo yo'qdir, ey do'stim. Izlasang dargohini mahzun ko'ngilga borgin, Kibri borning ko'nglida Xudo yo'qdir, ey do'stim. °M.P https://t.me/chizgi_lar

  • Yaldo kechalarni shabiston etgan, Bir kechada cho'lni guliston etgan, Boshimga mushkul tushibdir, oson etgil, Ey barchaning mushkulin oson etgan. °Yassaviy https://t.me/chizgi_lar

  • #mutolaa Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" asari sodda til, yuqori ruh bilan yozilgan asar. Farzandsizlik bilan sinalgan ikki qahramon taqdiri, baxtli, sinovli, umidli kunlaridan hikoya qiladi. Asarda folklor namunalari, o'tgan davr hayoti, kechmishlari…

  • без подписи