tgindex
Chust tumani 11-maktab

Chust tumani 11-maktab

Статистика
@chust11maktabузбекский

* таълимдаги янгиликлари * меъёрий ҳужжатлар * қонунчиликдаги янгиликлар * мактаб ҳаёти ҳақидаги хабарлар Мактаб маъмуриятига мурожаат қилиш: @chust11maktab_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
68
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
226
−1 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,44%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
158
40 постов
Вовлечённость
69,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 68
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
58
1/48двое суток
66
1/72трое суток
71

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.12из uztdi

    ❗️Yakuniy mandat natijalari ertaga e'lon qilinishi rejalashtirilgan 📌2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha yakuniy tanlov natijalarini ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinishi kutilmoqda. Oliygohga kirish uchun test sinovlarida qatnashgan va tanlovda ishtirok etgan abituriyentlar ertaga o‘zlarining qaysi oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganini bilib olishlari mumkin. ✈️Mandatga oldindan buyurtma berish imkoniyati mavjud. Buning uchun maxsus Telegram botda «Eslatmani yoqish» xizmatini faollashtiring. Natijalar e’lon qilinishi bilan bot sizga avtomatik ravishda xabar yuboradi. 👉 @e_uzbmb_mandatbot 👉 @e_uzbmb_mandat1bot 👉 @e_uzbmb_mandat3bot Hoziroq botlarni ishga tushiring va ‘‘Eslatmani yoqish’’ xizmatini faollashtiring. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • #diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

  • ❗️Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олади? Президент фармонига кўра, 31 август – душанба куни иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни деб белгиланган. Шунга мувофиқ, ҳафтасига 5 кун ишловчилар Мустақиллик байрамида кетма-кет тўрт кун (29 август – 1 сентябрь), 6 кун ишловчилар эса кетма-кет уч кун (30 август – 1 сентябрь) дам олади. ⏺ 29 август, шанба – одатий иш ёки дам олиш куни ⏺ 30 август, якшанба – одатий дам олиш куни ⏺ 31 август, душанба – барча учун қўшимча дам олиш куни ⏺ 1 сентябрь, сешанба – Мустақиллик байрами куни 2 сентябрь, чоршанба – барча учун одатий иш куни. 📺«Namangantoday» обуна бўлинг!

  • ❗️1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” 25-avgustga qadar yetkaziladi ✈️2026/2027-o‘quv yilida mamlakatdagi 10 225 ta umumta’lim maktabida 550 mingdan ortiq o‘qituvchi 6,7 milliondan ziyod o‘quvchiga ta’lim berishi kutilmoqda. Joriy o‘quv yilida 795 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. 5-avgust holatiga ko‘ra, ulardan 680 ming nafari yoki rejaning 85 foizi maktablarga qabul qilingan.   📂1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” to‘plami 12 nomdagi o‘quv qurolidan iborat. Unga o‘quv sumkasi, daftarlar, ruchka, oddiy va rangli qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlari, yelim va qalamdon kiritilgan.   📌Mazkur o‘quv qurollari 15-avgustga qadar barcha hududlarga, 25-avgustga qadar esa maktablarga qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda to‘liq yetkazilishi rejalashtirilgan.   ✔️“Prezident sovg‘alari” “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlaridan so‘ng 1-sinf o‘quvchilariga tantanali ravishda topshiriladi. Shuningdek, ular nodavlat maktablar hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ham beriladi.   📑Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, har bir 1-sinf o‘quvchisini o‘z vaqtida o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida adm.maktab.uz elektron platformasi orqali maktablar kesimida o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • ‼️Биринчи синф ўқувчилари учун тайёрланган "Президент совғаси" 12 турдаги ўқув қуролидан иборат бўлади. Булар: 🔵Ўқув сумкаси; 🔵12 та дафтар; 🔵ручка; 🔵2 та оддий қалам; 🔵рангли қаламлар тўплами; 🔵рангли қоғоз; 🔵пластилин; 🔵расм дафтари; 🔵2 та ўчирғич; 🔵рангли акварел бўёқлари; 🔵елим; 🔵қаламдон. Бундан ташқари бу йил биринчи марта давлат рамзлари тасвирланган брелок ҳам берилади. ⚡️ДУНЁ🌐УЗ - ТВ ДА КЎРСАТМАЙДИГАН ХАБАРЛАР КАНАЛИ!

  • ⚡️Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi 📌Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi: ✔️Ingliz tili ✔️Nemis tili ✔️Fransuz tili ✔️Turk tili ✔️Arab tili 🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. ✅ Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi. 📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz. 📍 Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. ‼️ Shuningdek, abituriyentlar qabul jarayoniga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga “Janob Donish” sun’iy intellekt asosidagi virtual maslahatchi orqali javob olishlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • Namangan davlat pedagogika institutida 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim (bakalavriat) yo‘nalishi bo‘yicha Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlandi. Dastur bitiruvchilariga O‘zbekiston va Belarus davlat namunasidagi diplomlar beriladi. Dastur afzalliklari: 🎓 Ikki davlat diplomi; 🌍 Xalqaro ta’lim imkoniyatlari; 👨‍🏫 Malakali professor-o‘qituvchilar; 📚 Ta’lim tili – rus tili; 📝 Kirish imtihoni – rus tili fanidan. 📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni onlayn topshirish: https://namspi.uz/joint-program/application Qo‘shimcha ma’lumot: 📞 +998 91 347 81 71 (Alisher Tursunpulatov) 📨 Telegram: @namdpiqoshmatalim 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube

  • #Eslatma #Qabul_2026 #Ikkinchi_mutaxassislik NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA IKКINCHI MUTAXASSISLIK UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA! Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirish jarayonlari davom etmoqda. Talabgorlar hujjatlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali — my.edu.uz orqali onlayn topshirishlari lozim. ❗️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirish joriy yilning 10-avgust kuniga qadar davom etadi. ▪️Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlar: ➖ pasport va JSHSHIR ma’lumotlarini kiritadi; ➖ diplom hamda uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖ o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi, ta’lim shakli va yo‘nalishini tanlaydi. 📚 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸Maktabgacha ta’lim; 🔸 Boshlang‘ich ta’lim; 🔸Kimyo; 🔸 Geografiya; 🔸Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; 🔸 Jismoniy madaniyat; 🔸Maxsus pedagogika: logopediya; 🔸 Matematika; 🔸Amaliy matematika; 🔸 Fizika; 🔸O‘zbek tili va adabiyoti; 🔸 Ona tili va adabiyoti: rus tili; 🔸Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili; 🔸 Biologiya; 🔸Psixologiya; 🔸 Tarix; 🔸Ijtimoiy ish; 🔸 Turizm va mehmondo‘stlik. 🌙 Kechki ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 🔸Maktabgacha ta’lim; 🔸 Boshlang‘ich ta’lim; 🔸O‘zbek tili va adabiyoti; 🔸 Ona tili va adabiyoti: rus tili; 🔸Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili; 🔸 Tarix; 🔸Matematika; 🔸 Ijtimoiy ish. 📊 Qabul kvotalari: ☀️Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha — 525 ta; 🌙 Kechki ta’lim shakli bo‘yicha — 200 ta. ☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Namangan davlat pedagogika instituti — kasbiy bilim va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam! 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • Namangan davlat pedagogika institutida 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim (bakalavriat) yo‘nalishi bo‘yicha Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabuli boshlandi. Dastur bitiruvchilariga O‘zbekiston va Belarus davlat namunasidagi diplomlar beriladi. Dastur afzalliklari: 🎓 Ikki davlat diplomi; 🌍 Xalqaro ta’lim imkoniyatlari; 👨‍🏫 Malakali professor-o‘qituvchilar; 📚 Ta’lim tili – rus tili; 📝 Kirish imtihoni – rus tili fanidan. 📅 Hujjatlar 2026-yil 15-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni onlayn topshirish: https://namspi.uz/joint-program/application Qo‘shimcha ma’lumot: 📞 +998 91 347 81 71 (Alisher Tursunpulatov) 📨 Telegram: @namdpiqoshmatalim 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube

  • ❗️Endi o‘z o‘rningizni ko‘rish yanada oson! Endi uzun ro‘yxatni titkilab, ismingizni izlashingiz shart emas! Ruxsatnomangizdagi ID raqamni maxsus Telegram-botga yuboring va mandat ro‘yxatida nechanchi o‘rinda turganingizni bilib oling: 👉 @e_uzbmb_mandatbot 👉 @e_uzbmb_mandat1bot 👉 @e_uzbmb_mandat3bot 📌Bot orqali o‘tgan yilgi o‘tish ballari hamda titul varaqangizdagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • ⚡️Abituriyentlar uchun o‘z o‘rnini ko‘rish imkoniyati ishga tushdi 📌Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan xizmat ishga tushirildi. Endilikda abituriyentlar o‘zining reytingdagi o‘rnini onlayn tarzda bilishi mumkin. Mazkur xizmat orqali abituriyentlar mutaxassislik fani va ta’lim tili kesimida nechanchi o‘rinda turganini ko‘ra olishadi. ✈️ Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi Telegram botlarni ishga tushirish lozim: 👉 @bmb_natijabot 👉 @bmb_natija1bot Botlar yordamida abituriyentlar o‘z natijalari hamda mutaxassislik fani bo‘yicha reytingdagi o‘rnini qulay tarzda tekshirishi mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • #Диққат #Шошилинг ⚡️Атиги 56.7 балл тўплаб ҳам талаба бўлишингиз мумкин 😲 Наманган Давлат техника университетида "Енгил саноат муҳандислиги"номли таълим йўналиши бор. Бу йил 100 нафар талаба қабул қилади. Сўнги йилларда кириш баллари 56,7-контракт учун, Давлат гранти 68 баллни ташкил қилган. Бу йўналишга математика ва физикадан имтиҳон топширганлар топшира олади.Ўқишни битириб ишлашга келсак, умуман муаммо йўқ. Cабаби Наманганда 2800 дан ортиқ корхоналар бор Университетни битириб иш қидиришга ҳожат йўқ. Шошилинг!!! Мурожат учун: +998932689290, +998990444092 Абитуриент танишларга юбориб қўямиз!

  • ⚡️Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi. ✅ Qarorga ko‘ra: 🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi. 🔹 Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi. 🔹 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi. 🔹 Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • ❓Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari uchun ajratilgan grant qanday ishlaydi? ✈️ Xabaringiz bor, 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarining 10 foiziga teng qoʻshimcha grant oʻrinlari ajratilgan. Ushbu qoʻshimcha davlat granti faqat abituriyent tanlagan birinchi (1-ustuvor) bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga nisbatan qoʻllaniladi. Abituriyent tanlagan ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi ustuvor yoʻnalishlarga mazkur imtiyoz tatbiq etilmaydi.   ❗️Shuningdek, qoʻshimcha grant faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun amal qiladi. Kechki, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.   Qabul parametrlarida, masalan, “Ona tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishi uchun 54 ta qoʻshimcha grant oʻrni koʻrsatilgan boʻlsa, bu alohida universitet uchun emas, balki respublika bo‘yicha ushbu taʼlim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy grant o‘rinlari sonini anglatadi.   ✈️Qoʻshimcha grantga tavsiya etish respublika miqyosida amalga oshiriladi. Yaʼni, abituriyentlar birinchi tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻplagan ballari ketma-ketligiga qarab saralanadi.   Bunda abituriyent davlat granti uchun belgilangan oʻtish ballining kamida 80 foizini toʻplagan boʻlishi shart. Ushbu talabni bajarganlar orasidan eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlar qoʻshimcha grant oʻrinlariga tavsiya etiladi.   ➡️Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari bir vaqtning oʻzida ushbu toifa hamda boshqa imtiyozli davlat grantlari boʻyicha tanlovda ishtirok eta olmaydi. Yaʼni, ular faqat bitta imtiyozli grant turi boʻyicha talabgor boʻlish huquqiga ega. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • ❗️Bugundan oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha (shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.   Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.   Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.   Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.   Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.   Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.   Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.   Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.   Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • 📚 DIQQAT! TARIX FANIDAN KUZGI IMTIHONLARGA TAYYORGARLIK BOSHLANDI! 📚 🏛 Tarix fanidan yangi guruhga qabul boshlandi! 👨‍🏫 Axmedov Alisher Muxammad oʼgʼli– tarix fani o‘qituvchisi tomonidan olib boriladi. ✅ Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ✅ Test va tahliliy darslar asosida samarali ta’lim ✅ Tarixiy sanalar, xaritalar va murakkab mavzularning oson tushuntirilishi ✅ Kuchli nazorat va yuqori natijaga yo‘naltirilgan tayyorgarlik 🎯 Natijalar Darsi vaqtlari: Seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14:00-16:00ga qadar Manzilimiz: Chust shahrida joylashgan Bilimni baholash oʼquv markazi Kelajagingiz uchun bugundan tayyorgarlikni boshlang! Telegram kanalimiz: TarixBBM

  • ❗️Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi   ✈️ Joriy yilgi qabul jarayoni ham ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Dastlab abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etadi, undan keyin esa oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlaydi.   ✔️Ertaga esa test sinovlarining 23-iyul kuni topshirilgan natijalari ham e’lon qilinadi. Shu bilan barcha abituriyentlarning test natijalari to‘liq ma’lum qilingan bo‘ladi.   ✈️Shundan so‘ng, taxminan 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.   Yo‘nalish tanlash jarayoni yakunlangach, 8–17-avgust kunlari yakuniy mandatni shakllantirish ishlari olib boriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, mandat natijalari 17-avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.   🎓Shundan so‘ng, 18–27-avgust kunlari oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.   Muhim sanalar: ➖14–23-iyul — test sinovlari; ➖25-iyul–8-avgust — oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash (taxminiy muddat); ➖8–17-avgust — yakuniy mandatni shakllantirish (taxminiy muddat); ➖17-avgust — mandat natijalari e’lon qilinishi kutilayotgan sana; ➖18–27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlar uchun texnikumlarni tanlash bosqichi (taxminiy muddat).   Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yili qabuli bo‘yicha mandat natijalari 13-avgust kuni e’lon qilingan edi. Ya’ni mandat qonunchilikda belgilangan muddatdan oldin, 5 kunda chiqqan. Joriy yilgi qabulda esa abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 54,5 ming nafarga kamayib, 677 ming 907 nafarni tashkil etdi. O‘tgan o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 732 ming 411 nafar bo‘lgan. Mandat natijalari bu yil ham belgilangan muddatdan oldinroq e’lon qilinish ehtimoli bor.   ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • ⚡️ 1-kun natijalari e’lon qilindi! 📆 2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ Quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda bilishlari mumkin: 👉@e_uzbmb_mandatbot 👉@e_uzbmb_mandat1bot 👉@e_uzbmb_mandat3bot Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

  • #Qabul2026 #Abituriyent2026 Hurmatli abituriyentlar! 😎 Maʼlum qilinganidek, bugun respublikamizning barcha hududlarida 2026–2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlanmoqda. 🔶 Test sinovlari har kuni ikki smenada: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 👨‍💻 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi! ⏰ Shu sababli test sinovlariga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta)ning asli va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishni unutmang! 📹 Test sinovlari jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida va onlayn translyatsiya qilish orqali o‘tkaziladi. Onlayn translyatsiya test2026.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ✔ @mandat_javobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2025-2026-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin. ❇️ @sinovtestuz_bot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin. 🤳 @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin. 📝 Barchangizga omad tilaymiz! ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Chust tumani 11-maktab — tgindex