ICE BERG | Coding club*
СтатистикаCoding club - learn by building startups. Ushbu sahifa orqali oʻquvchilarga: 🔸Online darslar; 🔸Foydali materiallar; 🔸Qiziqarli sinovlar amalga oshirib boriladi. Yordam: @ibyvtnq https://codingclub.uz
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 41
- 1/48двое суток
- 46
- 1/72трое суток
- 50
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📚 “Takrorlash — bilimning onasi.” Bir marta o‘qish — tanishish. Ikki marta o‘qish — tushunish. Qayta-qayta takrorlash esa — bilimni mustahkamlash. 🧠✨ Bugun o‘rgangan narsangiz ertaga esdan chiqishi mumkin. Ammo uni muntazam takrorlasangiz, bilim asta-sekin xotirangizning bir qismiga aylanadi. 💡 Ko‘p bilish emas, bilgan narsani unutmaslik muhim. Shuning uchun o‘rganing, takrorlang va rivojlanishda davom eting! 🚀 @codingclub_edu
Izoxlarda yozing
Assalomu alekum Kelasi hafta uchun qaysi mavzularda ochiq dars qilishimizni istaysiz?
Video sifatini yaxshilash uchun bizni youtubeda kuzatib boring. https://youtube.com/@codingclub_edu?si=F2yO0EA0afUZD2W0
Bu hali boshlanishi. Kamchiliklar uchun uzur soraymiz. Yozim olingan videoni koʻra olmaganlar uchun tez orada tashlab qoyaman. Ulashishni unutmang 😉 @codingclub_edu
Live stream finished (1 hour)
Yordam: @ibyvtnq
Live stream started
Javoblar 30 daqiqadan so'ng boshlanadi.
💡 BUGUNGI FAKT Siz hozir foydalanayotgan kompyuter bir soniyada milliardlab hisob-kitoblarni amalga oshira oladi. Ammo u buni o’zi “o’ylab” qilmaydi — faqat 0 va 1 ko’rinishidagi buyruqlarni bajaradi. 🤔 Xo’sh, oddiy 0 va 1 lar qanday qilib video, o’yin, internet va dasturlarga aylanadi? 🖥 Bugun soat 21:00 da bo’lib o’tadigan “Kompyuter qanday ishlaydi?” online darsida aynan shu savollarga sodda va tushunarli javob olasiz. @codingclub_edu
Live stream scheduled for Aug 7 at 16:00
💻 KOMPYUTER QANDAY ISHLAYDI? Kompyuter ichida aslida nimalar sodir bo’ladi? Dasturlar qanday ishlaydi? Protsessor, xotira va boshqa qismlar qanday vazifa bajaradi? Agar siz ham shu savollarga sodda va tushunarli javob olishni istasangiz, ushbu online darsni o’tkazib yubormang! 🎙 Darsni olib boradi: Muhammad Abduvali — 6 yillik tajribaga ega ustoz. 🗓 Sana: 7-avgust ⏰️ Vaqt: 21:00 💻 Format: Online Kompyuterning ishlash prinsiplari bilan tanishing va IT olamiga mustahkam qadam qo’ying! 📲 Dars havolasi tez orada kanalimizga joylanadi.
🤖 Android OS haqida Bugungi kunda dunyodagi smartfonlarning 70% dan ortig’i Android operatsion tizimida ishlaydi. Lekin Android qanday paydo bo’lganini bilasizmi? 📅 2003-yil Android Inc. kompaniyasi Andy Rubin, Rich Miner, Nick Sears va Chris White tomonidan tashkil etilgan. Dastlab ular smartfon emas, raqamli kameralar uchun operatsion tizim yaratishni rejalashtirishgan. 💰 2005-yil Google Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. Aynan shu qaror mobil texnologiyalar tarixidagi eng muhim qadamlardan biri bo’ldi. 📱 2008-yil Birinchi Android smartfon — HTC Dream (T-Mobile G1) taqdim etildi. Shu bilan Android davri rasman boshlandi. 🍩 Android nomlari Ko’p yillar davomida Android versiyalari shirinliklar nomi bilan atalgan: • Cupcake • Donut • Eclair • Froyo • Gingerbread • Honeycomb • Ice Cream Sandwich • Jelly Bean • KitKat • Lollipop • Marshmallow • Nougat • Oreo • Pie Android 10 dan boshlab esa Google oddiy raqamli nomlash tizimiga o’tdi. ⚙️ Nima uchun Android mashhur? ✅ Ochiq kodli (Open Source) ✅ Millionlab ilovalarni qo’llab-quvvatlaydi ✅ Turli ishlab chiqaruvchilar (Samsung, Xiaomi, Google Pixel, OnePlus va boshqalar) foydalanadi ✅ Juda moslashuvchan va dasturchilar uchun qulay platforma 👨💻 Dasturchilar uchun Android ilovalarini asosan: • Kotlin • Java • C++ • Flutter (Dart) • React Native (JavaScript/TypeScript) yordamida yaratish mumkin. 💡 Qiziqarli fakt: Android logotipi oddiy eskiz sifatida yaratilgan va uni dizayner Irina Blok ishlab chiqqan. Bugungi kunda esa u dunyodagi eng taniqli texnologik logotiplardan biridir. 🚀 Siz ham android dasturlar qurishni istasangiz kursga yoziling. @codingclub_edu
Assalomu alaykum, ICE BERG Coding Club kuzatuvchilari! 👋 Xushxabar! 🎉 Online darslarimiz shu hafta juma kunidan rasman boshlanadi. Dasturlash olamiga birgalikda ilk qadamlarni qo’yamiz. Qiziqarli darslar, amaliy mashg’ulotlar va foydali loyihalar sizni kutmoqda. 📍 Bizni kuzatishda davom eting. Tez orada darslar, jadval va boshqa muhim ma’lumotlarni e’lon qilamiz. ICE BERG Coding Club — kelajagingizni bugundan boshlang! 💻🚀 🚀@codingclub_edu
# 💻 Kompyuterlar qanday ishlaydi? — 1-qism Ko'pchilik kompyuterlar sonlar, harflar yoki dasturlash tillarini tushunadi deb o'ylaydi. Aslida esa unday emas. Kompyuter faqat ikkita holatni tushunadi: 1 0 Bu raqamlar aslida raqam emas. Ular elektr kuchlanishini ifodalaydi. 1 = Elektr toki bor (High Voltage) 0 = Elektr toki yo'q (Low Voltage) Kompyuter ichidagi milliardlab simlarda har soniyaning o'zida elektr toki paydo bo'ladi yoki yo'qoladi. Masalan: 10110010 Bu aslida quyidagini anglatadi: Elektr bor Elektr yo'q Elektr bor Elektr bor Elektr yo'q Elektr yo'q Elektr bor Elektr yo'q Ya'ni kompyuter uchun hammasi elektr signalidir. --- ## ⚡ Elektr qayerdan keladi? Elektrni boshqaradigan juda kichik qurilmalar mavjud. Ular tranzistorlar (Transistors) deb ataladi. Tranzistorni oddiy elektr kaliti deb tasavvur qiling. Uyimizdagi chiroq kaliti kabi. Kalit o'chirilsa: Batareya ----X---- Lampa 💡 O'chgan Kalit yoqilsa: Batareya -------- Lampa 💡 Yongan Kompyuterdagi tranzistor ham xuddi shunday ishlaydi. Farqi shundaki, u juda-juda kichik. Hozirgi zamonaviy protsessorlarda 20–100 milliarddan ortiq tranzistor bo'lishi mumkin. --- ## 🤔 Kim ularni yoqib-o'chiradi? Hech kim. Bir tranzistor boshqa tranzistorni boshqaradi. U esa boshqasini. Keyingisi yana boshqasini. Shu tariqa milliardlab tranzistorlar bir-biriga ta'sir qilib ishlaydi. ---
Channel name was changed to «Iceberg | Coding club»
https://youtube.com/@codingclub_edu?si=1K9Man5VA7eCOW-p Youtubeda ochiqdarslarni yo’lga qo’ymoqchimiz. Kanalimizga obuna bolinglar
Arafa muborak ✨ ispeak.uz
без подписи
без подписи