Computer_simulations_Uz
СтатистикаUshbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 18
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Познавательное (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 110
- 1/48двое суток
- 126
- 1/72трое суток
- 135
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌱Sirdaryo viloyatida topshiriq ijrosi amalda! 📅 Joriy yilning 7-may sanasida “TIQXMMI” MTU rektori va Sirdaryo viloyati hokimi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi asosida ishlab chiqilgan **“Yo‘l xaritasi”**ning 6-bandida belgilangan 📌 “Kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarda takroriy mosh urug‘larini plazmali nurlantirib ekish texnologiyasini joriy qilish” vazifasi amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda. 🌱 Takroriy ekin sifatida plazmali nurlantirishdan o‘tkazilgan mosh urug‘lari ekilib, ularning o‘sishi va rivojlanishi an’anaviy usulda, ya’ni plazmali nurlantirilmasdan ekilgan moshga nisbatan oldinda ekanligi kuzatilmoqda. ⏱️ Ayniqsa, muhim jihati shundaki, plazmali nurlantirilgan urug‘lar 5 kun kechroq ekilgan bo‘lishiga qaramay, 11-avgustdagi kuzatuvlarda ularning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari 5 kun oldin an’anaviy usulda ekilgan mosh bilan solishtirganda yuqori holatda qayd etilmoqda. Bu holat plazmali nurlantirish texnologiyasining: 🌱 Urug‘larning unib chiqishi va dastlabki rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish; 📈 O‘simliklarning vegetativ rivojlanishini faollashtirish; Takroriy ekinlarni qisqa vegetatsiya davrida samarali yetishtirish; ♻️ Kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish uchun istiqbolli texnologiya ekanligini ko‘rsatmoqda. 🎯 Asosiy maqsad — ilmiy ishlanmalarni bevosita ishlab chiqarishga joriy etish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda Sirdaryo viloyatida takroriy ekinlar yetishtirish samaradorligini oshirish. 🧑🔬📚 Ilm-fan ➕💡 innovatsiya ➕ amaliyot = 📈 YUQORI SAMARADORLIK! #Sirdaryo #TIQXMMI 🎓 #TIIAME #Innovatsiya 💡 #PlazmaliNurlantirish #Mosh #TakroriyEkin 🌱 #QishloqXo‘jaligi #AgroInnovation #IlmFan #Samaradorlik
Hamkorlikdagi yangi ilmiy maqola chop etildi! Xalqaro ilmiy jamoamizning tadqiqoti Oxford University Press nashryotining Endocrinology jurnalida (IF: 3.8 ) chop etildi. Tadqiqotda University of Florida, Åbo Akademi University, University of Maine at Farmington, Eberhard Karls University Tübingen, University of Liège va boshqa ilmiy muassasalar olimlari ishtirok etdilar. PhD talabam Muhriddin Makhkamov bilan birgalikda tadqiqotning hisoblash qismida ishtirok etib, molekulyar dinamika va erkin energiya hisoblashlari yordamida A8535 va PT-91 ligandlarining SREB1 retseptori bilan bog‘lanish mexanizmlarini o‘rgandik. Natija ligandlar SREB1 ning bir xil bog‘lanish sohasida joylashishini hamda Y302/Y301, F78/F77 va V326/V325 kabi aminokislotalar ligandni barqaror ushlab turishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Eng muhimi, hisoblash natijalari tajribada kuzatilgan gen ekspressiyasi va metabolik javoblarning molekulyar mexanizmlarini tushuntirishga yordam berdi. Bu topilmalar metabolizm, reproduktiv biologiya va SREB retseptorlarini nishonga oluvchi yangi biologik faol birikmalarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega. Ilm-fanning eng katta kuchlaridan biri — turli mamlakat va turli yo‘nalishdagi olimlarning bilimlarini birlashtira olishidadir. Bunday xalqaro va fanlararo tadqiqotlarda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Maqola open access: https://doi.org/10.1210/endocr/bqag089
[Uz] Shogirdimning navbatdagi xalqaro yutug‘i! Javohir Xursandovni Yangi O‘zbekiston universitetining Zamonaviy fizika (Modern Physics) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagani hamda xalqaro miqyosdagi muhim ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklayman. Javohir Yevropa Ittifoqining eng nufuzli ilmiy dasturlaridan biri — Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) doirasidagi MS-RADAM Doctoral Network loyihasining DC4 doktorantura pozitsiyasiga sazovor bo‘ldi. Ushbu tanlov yuqori ilmiy salohiyatga ega yosh tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropaning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlarini birlashtiradi. Mazkur muvaffaqiyat natijasida u Germaniyaning Frankfurt shahridagi MBN Research Center ilmiy markazida faoliyat olib boradi hamda Goethe University Frankfurt doktorantura (PhD) dasturida tahsil oladi. Javohirning ilmiy tadqiqotlari radiatsiya ta'siriga uchragan biomakromolekulyar tizimlarning nanokimyosi yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda reaktiv molekulyar dinamika, ko‘p masshtabli modellashtirish (multiscale modelling), stoxastik dinamika va boshqa zamonaviy hisoblash usullari yordamida biologik muhitlarda radiatsiya ta'sirida yuz beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotlar radioterapiya, zarrachalar terapiyasi hamda radiatsiyadan himoyalanish sohalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yutuq Javohirning ilm-fanga bo‘lgan intilishi, mehnatsevarligi va izlanishlari natijasidir. Ishonamanki, u kelgusida ham xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib o‘rin egallab, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Javohirni ushbu ulkan yutug‘i bilan yana bir bor tabriklayman! Ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi kashfiyotlar va omad tilayman! [En] Proud of My Student’s Outstanding Achievement! It is with great pride that I congratulate my student, Javohir Xursandov, on successfully completing his Master’s degree in Modern Physics at New Uzbekistan University and taking the next major step in his academic career. Javohir has been selected as a Doctoral Candidate (DC4) in the highly competitive Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA) Doctoral Network – MS-RADAM, one of the European Union’s most prestigious doctoral training programmes. Through this achievement, he has secured a fully funded PhD position at the MBN Research Center in Frankfurt, Germany, where he will conduct his doctoral research while being enrolled in the PhD programme at Goethe University Frankfurt. His doctoral research project, "Nanochemistry of Irradiated Biomacromolecular Systems," focuses on modelling radiation-induced chemical processes in biologically relevant media using advanced computational methods, including reactive molecular dynamics, stochastic dynamics, and multiscale modelling. This research aims to improve our understanding of radiation effects at the molecular level, with potential applications in radiotherapy, particle therapy, and radiation protection. Being selected for an MSCA Doctoral Network is a remarkable achievement that reflects Javohir’s dedication, scientific ability, and strong research potential. I am confident that he will continue to make meaningful contributions to science and proudly represent Uzbekistan within the international research community. Congratulations, Javohir! I wish you every success in your PhD journey and future scientific career. #NewUzbekistanUniversity #ModernPhysics #MSCA #MarieCurie #MSRADAM #GoetheUniversity #MBNResearchCenter #PhD #ComputationalPhysics #Science #Research #Uzbekistan
видео или голосовое, без подписи
Yangi grantlar muborak bo‘lsin! Institutimizning “Iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini baholash” laboratoriyasi mudiri, Dr. Muhiddin Juliev O‘zbekiston–Belarus qo‘shma tanlovida g‘olib deb topildi. Ushbu grant doirasida ikki yillik amaliy loyiha bajariladi. Shuningdek, hamkasbimiz PhD Nodira Azimova “Olima ayollar” tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bir yillik innovatsion loyiha doirasida bioo‘g‘it ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Jamoamiz nomidan grant sohiblarini samimiy tabriklaymiz! Har bir yangi grant: yangi ilmiy izlanishlar; xalqaro va mahalliy hamkorliklar; yuqori saviyali ilmiy maqolalar; salohiyatli yosh kadrlarni tayyorlash; ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun yangi imkoniyatdir. Ilm-fan va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlayotgan Innovatsion rivojlanish agentligiga alohida minnatdorlik bildiramiz. Grantlar bardavom, natijalar esa yanada salmoqli bo‘lsin! Congratulations on the new grants! The Head of our Laboratory for Assessing the Impact of Climate Change on Agricultural Production, Dr. Muhiddin Juliev, has been selected as a winner of the Uzbekistan–Belarus joint research competition. A two-year applied research project will be implemented within the framework of this grant. We are also pleased to congratulate our colleague, PhD Nodira Azimova, who was selected as a winner of the “Women Scientists” competition. Her one-year innovation project will focus on establishing the production of biofertilizers. On behalf of our entire team, we sincerely congratulate the grant recipients! Every new grant creates opportunities for: new scientific research; national and international collaboration; high-quality scientific publications; training talented young researchers; commercialisation of scientific developments. We also express our sincere gratitude to the Agency for Innovative Development for supporting science, innovation and promising research initiatives. May these projects bring meaningful scientific results, successful partnerships and practical innovations! #ResearchGrant #Science #Innovation #Agriculture #ClimateChange #Biofertilizer #InternationalCollaboration #Commercialization
✈️🇨🇳 Ilmiy tashrif bilan Xitoyning Harbin Texnologiyalar Institutiga yo‘l oldim! Sovuq atmosferik plazma texnologiyalari bo‘yicha xalqaro hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda. 🤝⚡️ Ilmiy izlanishlar, qo‘shma loyihalar va innovatsion ishlanmalar orqali yangi natijalarga erishishni maqsad qilganmiz. Nasib qilsa, ushbu hamkorlikni yosh olimlar va shogirdlarimizni jalb etish orqali yanada mustahkamlaymiz. Bilim almashish, qo‘shma tadqiqotlar va xalqaro tajriba kelajakdagi yirik ilmiy yutuqlar uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. #HarbinInstituteOfTechnology #China #PlasmaScience #InternationalCollaboration #Science #Innovation #Research #YoungScientists #IFAR #TIIAME #PlasmaTechnology 🇺🇿🇨🇳
https://www.facebook.com/share/r/18332t7Jz2/ -funny ....
🇹🇷 Turkiyada grant asosida tadqiqot olib borishni istagan yosh olimlar diqqatiga! 🔬🎓 O‘zbekistonlik yosh olimlar, PhD doktorantlar va Postdoc tadqiqotchilar uchun ajoyib imkoniyat! TÜBİTAK va Turkiya Fanlar Akademiyasi (TÜBA) hamkorligida "2216C – TÜBA-TÜBİTAK Uzbekistan Aziz Sancar Research Fellowship Programme" granti uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu nufuzli dasturning maqsadi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ilmiy va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdir. Yiliga jami 8 nafar eng iqtidorli tadqiqotchi ushbu grant g‘olibiga aylanadi. 💰 Grant qatnashchilariga qanday imkoniyatlar beriladi? 💸 Oylik stipendiya: - PhD doktorantlar uchun: oyiga 32 500 turk lirasi. - Postdoc tadqiqotchilar uchun: oyiga 43 500 turk lirasi. ✈️ Turkiyaga borish va kelish aviachiptalari xarajatlari qoplanadi. 🔬 Turkiyadagi laboratoriya infratuzilmasidan foydalanish xarajatlari to‘liq ta’minlanadi. 👨o‘qituvchi Turkiyadagi ilmiy maslahatchiga ham yillik to‘lov to‘lab beriladi. ⏳ Dasturning davomiyligi: -PhD doktorantlar uchun: 6 oydan 12 oygacha. -Postdoc tadqiqotchilar uchun: 12 oydan 36 oygacha. 🌿 Qaysi yo‘nalishlar hujjat topshira oladi? -Tabiiy fanlar (Biologiya, Fizika, Kimyo, Matematika, Molekulyar biologiya va genetika). -Muhandislik fanlari. -Astronomiya, Yer va Koinot fanlari. -Axborot texnologiyalari (IT). -Qishloq xo‘jaligi fanlari (Agro, oziq-ovqat, chorvachilik va veterinariya). -Ijtimoiy fanlar (Xalqaro munosabatlar, Siyosiy tarix, Pedagogika hamda Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha tadqiqotlar — Navoiyshunoslarga ustuvorlik berilishi mumkin). 📌 Asosiy talablar va muhim eslatma: -Nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi va shu yerda doimiy yashashi kerak. -Yosh chegarasi: PhD uchun 35 yoshgacha, Postdoc uchun 45 yoshgacha. -Hujjat topshirish paytida O‘zbekistondagi universitet yoki vazirliklardan tavsiyanomaga ega bo‘lish lozim. ⚠️ MUHIM: Oldindan Turkiyadagi universitetlardan "Acceptance letter" (Taklifnoma) olish talab etilmaydi! Mezbon universitet va ilmiy maslahatchi grant komissiyasi tomonidan mustaqil taqsimlanadi. 📅 Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 14-avgust soat 17:30 gacha. Hujjatlar faqat ingliz tilida va TÜBİTAK (TYBS/ARBİS) tizimi orqali onlayn qabul qilinadi. Barcha yosh hamkasblarimiz va shogirdlarimizga ushbu xalqaro grantda ishtirok etishni tavsiya qilaman. Ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish va tajribalarni bajarish uchun qulay imkoniyat! 🚀📈 Batafsil ma’lumot va havola: https://tubitak.gov.tr/en/scholarships/postgraduate/international-scholarships/2216c-tuba-tubitak-uzbekistan-aziz-sancar-research-fellowship-programme
BBC Audio | BBC Inside Science | Are we one step closer to creating life in a lab? https://share.google/FSrk39mYLjUoTltjY
Ilmiy hamkorligimizning navbatdagi natijasi! 🚀 O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti olimi, hamkasbimiz Dr. Tohir Akramov bilan hamkorlikdagi maqolamiz "Journal of Physics D: Applied Physics" (Q1; IF-3.2) jurnalida chop etildi! 👏 Toxirning ilmiy jamoamizga qo‘shilganiga 2 yildan oshdi. U qisqa muddat ichida molekulyar modellashtirish sirlarini puxta egallab, jamoamizning yetakchi xodimiga aylandi. 🔬 Tadqiqot nima haqida? Maqolamiz "Mechanisms of Plasma-Induced Oxidative Degradation of L-Proline and trans-4-Hydroxy-L-proline: A Computational Study" deb nomlanadi. Unda sovuq atmosferik plazmasi ta’sirida proline aminokislotasining qanday qilib oksidlangan formaga o‘tish mexanizmlari molekulyar darajada o‘rganilgan: - DFTB+ va DFT nazariyalari asosida gaz va suv fazasidagi kimyoviy o‘zgarishlar simulyatsiya qilindi. - L-proline tarkibidagi halqaning ochilishi, parchalanishi va yangi funksional guruhlar (–OH, C=O) hosil bo‘lish mexanizmlari aniqlandi. - Maqolaning kimyoviy jihatlarini, uning ilmiy qiymatini oshirishda faol ishtirok etgan shogirdim Davronjon Izzatulla Õğli yoritib berdi. Barcha mualliflarni va jamoamizni ushbu ajoyib natija bilan tabriklayman! 🎓📈 Maqolani o‘qish uchun havola: https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1361-6463/ae8bbb #ComputationalChemistry #ComputationalPhysics #PlasmaMedicine #coldatmosphericplasma #DFTB+ #DFT #ResearchCollaboration 🇬🇧 Another milestone for our research group! 🚀 We are happy to announce that our collaborative research with Dr. Toxir Akramov, a talented scientist from the Faculty of Physics at the National University of Uzbekistan, has been published in the prestigious "Journal of Physics D: Applied Physics" (Q1; IF-3.2)! 🥳👏 Tohir joined our research team over 2 years ago and rapidly mastered the complexities of molecular modeling, proving himself to be an outstanding asset to our group. 🔬 About the Research: Our paper, titled "Mechanisms of Plasma-Induced Oxidative Degradation of L-Proline and trans-4-Hydroxy-L-proline: A Computational Study", provides molecular-level insights into how cold plasma-generated reactive species modify biomolecules: - Using DFTB+ and DFT calculations, we simulated the dynamic evolution of L-proline and trans-4-hydroxy-L-proline in both the gas phase and aqueous solution. - The simulations revealed key structural changes in L-proline (such as ring opening and fragmentation), while trans-4-hydroxy-L-proline showed higher resistance due to the stabilizing effect of its hydroxyl group. - The chemical aspects of this complex mechanism were excellently described and integrated by my student, Davronjon Abduvokhidov. Congratulations to all co-authors and the entire team on this high-impact publication! 🎓📈 Read the full paper here: https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1361-6463/ae8bbb #ComputationalChemistry #ComputationalPhysics #PlasmaMedicine #coldatmosphericplasma #DFTB+ #DFT #ResearchCollaboration
https://www.instagram.com/reel/DaEfAlTCGvt/?igsh=bzA4M3ZsMHM4c3g1
видео или голосовое, без подписи
[Uz] Institutimizda samarali uchrashuv Kurbonov Azizbek institutimizga tashrif buyurdi. Azizbek startup loyihalar bo‘yicha tajribali mutaxassis bo‘lib, venchur fondlar va banklarda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. Uchrashuvimiz qariyb 3 soat davom etdi. Suhbat davomida institutimizda olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, ayniqsa tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar batafsil muhokama qilindi. Xususan: plazma texnologiyalarining turli sohalardagi qo‘llanilishi, bioo‘g‘itlar, hamda qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar bo‘yicha taqdimot qilindi. Mutaxassis sifatida Azizbek ishlanmalarimiz uzoq muddatda sezilarli ijobiy natijalar berishini alohida ta’kidladi. Azizbek bilan hamkorligimiz samarali bo‘lishiga ishonaman. Ushbu uchrashuvni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan shogirdim Khikmatillo Gulyamovga alohida minnatdorchilik bildiraman. [En] A productive meeting at our Institute Kurbonov Azizbek has visited our institute. Azizbek is an experienced specialist in startup projects and works as an advisor to venture funds and banks. Our discussion lasted for nearly three hours. During the meeting, we presented the research and innovations being developed at our institute, with particular attention to projects that have strong commercialization potential. In particular, we discussed: applications of plasma technologies in various fields, biofertilizers, and the scientific results achieved so far. As an expert, Azizbek noted that our developments have strong long-term potential and could lead to significant positive impact. This gives us even greater confidence in the practical value of our work. I believe our cooperation with Azizbek will be productive and mutually beneficial. I would also like to sincerely thank my student Khikmatillo Gulyamov for organizing this meeting. #Innovation #Startups #Commercialization #Science #PlasmaTechnology #Biofertilizers #Collaboration #IFAR
#science_interview Sovuq atmosferik plazma: uch sohada samarali yechim Sovuq atmosferik plazma bugungi kunda ilm-fanning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Ushbu innovatsion texnologiya surunkali yaralarni davolash, saraton kasalligini davolash bo‘yicha tadqiqotlar, sanoat oqova suvlarini ekologik tozalash hamda qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshirish yo‘nalishlarida keng o‘rganilmoqda. Sovuq atmosferik plazma qanday ishlaydi? Uning afzalliklari nimada? Kelajakda yana qaysi sohalarda keng qo‘llanilishi kutilmoqda? 🗣 Ushbu va boshqa savollarga mutaxassis ishtirokidagi navbatdagi intervyuda javob topasiz. 🔥 Batafsil YouTube da tomosha qiling. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи