Kontakt markazi xizmatlari | Uztelecom
Статистика🔹 Qulay tariflar 🔹 24/7 tarzda xizmat ko‘rsatish 🔹 Malakali operatorlar 🔹 Xalqaro hamkorlik ⚙️ Murojaat uchun: @ucc_outsource (71 200 97 79)
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 823
- 1/48двое суток
- 943
- 1/72трое суток
- 1 017
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
#Mirziyoyev #PresidentUZ #XalqPrezidenti Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti! Sizni tavallud kuningiz munosabati bilan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Sizning dono va uzoqni ko‘zlagan rahbarligingiz tufayli mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishib, jahon maydonida o‘z nufuzini mustahkamlab bormoqda. Yurtimizda davlatchilikni rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirish va zamonaviy islohotlarni izchil amalga oshirish borasida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlaringiz barcha yurtdoshlarimiz qalbida chuqur hurmat va yuksak e’tirof qozonmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi IT hubga aylantirish – mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini modernizatsiya qilish va aholiga zamonaviy xizmatlarni keng joriy etishga qaratilayotgan e’tibor “O‘zbektelekom” jamoasini yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Shu qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda bardavomlik tilaymiz.
😀 Kontakt markazi xodimlari o‘rtasida “UzQuiz” o‘tkazildi 🏆 “Kontakt markazi” MChJ xodimlaridan iborat jamoalar o‘rtasida navbatdagi “UzQuiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. 🥇 Tadbirning asosiy maqsadi – xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim doirasini kengaytirish hamda soha yoshlarini ilmiy-ma’rifiy faoliyatga rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
O‘zbekiston Davlat Gerbi – Milliy Qadriyat Ramzi 🇺🇿 Bugun, 2-iyul kuni, yurtimiz mustaqilligining muhim ramzlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Davlat Gerbi qabul qilingan kun. 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
🇺🇿 Butun O‘zbekistonni bir jamoa, bir bayroq va g‘alabaga bo‘lgan yagona ishonch birlashtiradi! Ertaga butun mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega kun. Tarixda ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA 2026™ Jahon chempionati maydoniga chiqib, Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. ⚽️ Biz futbolchilarimizga ishonamiz, ular bilan faxrlanamiz va ularga ishonchli o‘yin, mustahkam iroda hamda yorqin g‘alabalar tilaymiz. 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Sizlar bilan butun mamlakat va Uztelecom jamoasi birga! 📱 O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvining jonli translyatsiyasini 18-iyun kuni soat 07:00 da TelecomTV xizmati orqali tomosha qiling. 😀Uztelecom Barcha uchun texnologiyalar - - - 🇺🇿 Весь Узбекистан объединяет одна команда, один флаг и одна вера в победу! Завтра для всей страны особенный день. Впервые в истории сборная Узбекистана выйдет на поле Чемпионата мира FIFA 2026™ и проведёт матч против Колумбии. ⚽️ Мы верим в наших футболистов, гордимся ими и желаем им уверенной игры, несгибаемого характера и яркой победы. 🇺🇿 Вперёд, Узбекистан! С вами — вся страна и весь коллектив Uztelecom! 📱 Смотрите прямую трансляцию матча Узбекистан — Колумбия 18 июня в 07:00 в сервисе TelecomTV. 😀Uztelecom Технологии для каждого MyUZTELECOM | Telegram | Facebook | Instagram | Website
🏆 3 kunlik mashaqqat va munosib g‘alaba! Sportning futzal turi bo‘yicha tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada “Kontakt markazi” MChJ jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi! 🥇 Uch kun davom etgan qizg‘in va murosasiz bahslarda jamoamiz o‘zining birdamligi, matonati hamda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. 😀 G‘alaba bilan jamoa a’zolarini tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
😀 Sport va do‘stlik uyg‘unlashgan sayohat 🥇 “Kontakt markazi” MChJning faol va tashabbuskor xodimlari uchun so‘lim tabiat qo‘ynida sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida turli sport musobaqalari, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan team building tadbirlari hamda qiziqarli seminar-treninglar o‘tkazildi. 💪 Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida jamoaviy ruhni yanada kuchaytirish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qildi. 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
➡️MA’LUMOT OLISH!⬅️ 🤝 Murojaat uchun: +998 71 200 80 80; +998 71 200 97 79. Litsenziya (№ 698204, 03.04.2025 y.) 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!👧👦 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Tili kabi samimiy va kulgisidek beg‘ubor jajji qalb sohiblarini har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir oila, har bir ota-onaning eng oliy istagidir.🥰 ➖➖➖ 1 июня – Международный день защиты детей👧👦 Дети — наше будущее и продолжатели нашей жизни. Стремление каждого родителя — воспитать детей с добрыми сердцами и чистыми помыслами.🥰 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
💫 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! “Kontakt markazi” MChJ va uning koʻp sonli jamoasi yurtdoshlarimizni ushbu muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi! Bayram munosabati bilan jonajon yurtimiz aholisiga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va baxtu saodat tilaymiz! ✨ Istagimiz muqaddas ayyomda xalqimiz tomonidan qilingan barcha ibodatlar qabul bo‘lsin va xonadonlarimizdan tinchlik-farovonlik arimasin! ➖➖➖ 💫 Поздравляем с благословенным праздником Курбан хайит! ООО «Контакт центр» и его многочисленный коллектив сердечно поздравляют соотечественников со священным праздником – Курбан хайитом! По случаю праздника желаем всем жителям нашей любимой страны крепкого здоровья, семейного благополучия, счастья и процветания! ✨ Пусть в этот священный праздник все молитвы, возносимые нашим народом, будут приняты, а в наших домах всегда царят мир и спокойствие! 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
⚡️ “Kontakt markazi” MChJ – CS turniri! 🚀 Tashkilotda kibersport yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida jamoaviy muhitni mustahkamlash maqsadida “Kontakt markazi” MChJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Counter-strike” bo‘yicha turnir tashkil etildi. 🏆 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi. Turnir qiziqarli va murosasiz bahslarga, hayajonli lahzalarga boy tarzda o‘tdi hamda barcha qatnashchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
✨ 9-may — Xotira va qadrlash kuni! Har bir millat tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Zero, tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Shu bois ham mamlakatimizda ajdodlar xotirasi doimo ulug‘lab kelinadi. ☺️ “Kontakt markazi” MChJ jamoasi bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun ajdodlarimizning xotirasini chuqur hurmat bilan yodga olib, barcha yurtdoshlarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi! ➖➖➖ ✨ 9 мая — День памяти и почестей! Каждый народ живёт опираясь на свою историческую память, потому что без неё не может быть настоящего и будущего. В нашей стране память о предках всегда чтится с уважением. ☺️ Команда ООО «Контакт центр» с уважением чтит память наших предков, выражает благодарность за эти мирные и спокойные дни и искренне поздравляет граждан нашей страны с Днем памяти и почестей! 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
😀 “Kontakt markazi” MChJ xodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi 🏓 “Kontakt markazi” MChJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 7-may – Aloqachilar kuniga bag‘ishlab sohada faoliyat yuritayotgan ayollar va erkaklar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. 🏆 Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash hamda xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazildi. 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
без подписи
без подписи
“Kontakt markazi” MChJ xodimlariga tashakkurnomalar topshirildi 😀 Tashakkurnomalar Aloqachilar kuni munosabati bilan kasbiy mahorat, samarali mehnat va telekommunikatsiya sohasini milliy hamda xalqaro darajada rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun berildi. 🤝 Biz hamkasblarimiz bilan faxrlanamiz va ularning fidoyiligi hamda sohaga qo‘shayotgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz! 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
🎉 Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 📶 Mamlakatimizning raqamli salohiyati va telekommunikatsion jozibadorligi yildan-yilga ortib bormoqda. Bugun yurtimizdagi har bir xonadonga yetib borgan aloqa xizmatlari Sizning mehnatingiz samarasidir! 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni barchangizga muborak bo‘lsin! ☺️ “Kontakt markazi” MChJ jamoasi Sizlarga mustahkam sog‘liq va sharafli kasbingizda muvaffaqiyatlar tilaydi! ➖➖➖ 🎉 С профессиональным праздником! 📶 Цифровой потенциал и телекоммуникационная привлекательность нашей страны с каждым годом неуклонно растут. Сегодня качественные услуги связи доступны в каждом доме — и в этом прямая заслуга вашего труда! Поздравляем вас с Днём работников сферы информационно-коммуникационных технологий Республики Узбекистан! ☺️ Коллектив ООО «Контакт центр» искренне желает вам крепкого здоровья и успехов в вашей благородной профессии! 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
📚 “Kontakt markazi” MChJda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida Ma’naviyat burchagi tashkil etildi. ✅ Bu tashabbus xodimlarning bilim va dunyoqarashini oshirish hamda ma’naviy merosimizga bo‘lgan hurmatni kuchaytirishga xizmat qiladi. 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site
🚀 Virtual raqam orqali qoʻngʻiroqlarni nazoratga oling! 🤝 Murojaat uchun: +998 71 200 80 80; +998 71 200 97 79. Litsenziya (№ 698204, 03.04.2025 y.) 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube | 📱Web-Site