Cosmos Books
СтатистикаCosmos Books nashriyotining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Fikrlashga Jurʼat Et! Aloqa uchun: @cosmosbooks_admin
- Последний пост
- 17 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sun’iy intellekt insoniyatga xizmat qiladimi yoki inson undan ortda qoladimi? 📖 Ba’zi kitoblar kelajak haqida gapiradi, lekin aslida bugungi kunimizni tushuntirib beradi. Styuart Rassellning “Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi” asari ham shunday kitoblardan. Unda sun’iy intellektning imkoniyatlari, xavflari va eng muhim savol – inson uni nazorat qila oladimi, degan masala chuqur tahlil qilinadi. Bu kitob qarorlarimiz, qadriyatlarimiz va kelajak oldidagi mas’uliyatimiz haqida. Muallif sun’iy intellekt rivoji insoniyat uchun ulkan imkoniyat bo‘lishi mumkinligini, ammo nazoratsiz qolsa, jiddiy xavfga aylanishini tushunarli tarzda ochib beradi. 💡 Agar sizni texnologiya, kelajak, inson tafakkuri va sun’iy intellektning jamiyatga ta’siri qiziqtirsa, bu kitob siz uchun muhim tanlov bo‘ladi. Chunki kelajakni tushunish uchun avvalo uni boshqarayotgan kuchlarni anglash kerak. Muqova: fleksibl Sahifa: 384 bet Narxi: 109 000 so‘m Buyurtma bering va sun’iy intellekt davrida inson o‘rni haqida chuqurroq o‘ylab ko‘ring: https://asaxiy.uz/u/suniy-intellekt Telegram | Instagram | YouTube | Do‘konlar
Navbatdagi manzil – Navoiy! Ertaga “Tashabbuslar marafoni”ning “Devon” ma’rifiy muloqoti doirasida “Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi” (Styuart Rassel) kitobi taqdimotini o‘tkazamiz. Sun’iy intellekt insoniyat uchun ulkan imkoniyatmi yoki yangi xavf? Tadbir davomida aynan shu savolga javob izlaymiz. Tadbirda filologiya fanlari doktori, dotsent Nargiza G‘ulomova ishtirok etadi. Sun’iy intellektning til va tafakkurga ta’siri xususuda ham fikr yuritamiz. Barchani taqdimotda kutamiz. Boshlanish vaqti: 8-iyun, soat 16:00 Manzil: Navoiy shahri, A.Navoiy istirohat bog‘i. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Munozara o‘tkazgan edik. Sun'iy intellekt mavzusida. Xo‘sh, uni jilovlash mumkinmi yoki nazoratdan chiqib ketadimi? Mutaxassislar nima deydi? Videoni tomosha qiling 👉 https://youtu.be/7BNRYHNUNwo?si=Pa-s7SlJM0d_Sgio
Suhbatning yozib olingan qismi. Davomi boshqa kuni boʻlib oʻtadi.
Telegramdagi nosozliklar tufayli suhbatni yakunlashimizga toʻgʻri keldi. Suhbatni boshqa kuni qayta oʻtkazamiz va bu haqida tez orada kanalda e’lon qilinadi. Qatnashgan barchaga rahmat. Suhbatning shu qismigacha yozib olingani kanalga tashlab yuboriladi.
📚 Kitobxonlar, bugun ovozli suhbat bor! Bugun soat 21:00 da Styuart Rasselning “Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi” kitobi yuzasidan maxsus audio-chat o‘tkazamiz. Suhbatimiz mehmoni — huquqshunos Hamid Sodiq. Sun’iy intellekt insoniyat uchun imkoniyatmi yoki xavf? Aqlli tizimlar hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotgan bir paytda ularni kim va qanday nazorat qilishi kerak? Texnologiya, huquq, xavfsizlik va insoniy qadriyatlar kesishgan nuqtada bizni qanday savollar kutmoqda? Bugungi suhbatda aynan shu mavzular atrofida fikr almashamiz, kitobdagi asosiy g‘oyalarni muhokama qilamiz va sizni qiziqtirgan savollarga javob izlaymiz. Vaqt: 21:00 Sana: Bugun (1-may) Format: Onlayn audio-chat Mehmon: Hamid Sodiq Siz ham suhbatga qo‘shiling. Savollaringizni tayyorlab qo‘ying — bugun sun’iy intellekt kelajagi haqida birgalikda fikrlashamiz. @cosmosbooks
🗞 The Guardian: Shubhasiz, bu yil sun'iy intellekt haqida yozilgan eng muhim kitob. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Sun‘iy intellekt 100 yilda ham insonning o‘rnini bosolmaydi” #tez_kunda
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#munozara #1000kitobdan_bir_kitob “Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi” (Styuart Rassel) asari yuzasidan munozaraga kirishdik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari, siyosatshunos Hamid Sodiqov, O‘zbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, xotirani rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ekspert Davronbek Turdiyev, “Cosmos Books” nashriyoti rahbari Hasan Mehmonov, soha mutaxassislari, OAV vakillari, talaba-yoshlar – barcha faol ishtirok etdi. Qatnashchilar sun’iy intellektning rivojlanish sur’ati, uning hayotga ta’siri, axloqiy chegaralar va xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashdi. Tadbir tafsilotlarini batafsil joylaymiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#munozara Sun’iy intellekt imkonmi yoki xavf? “Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi” (Styuart Rassel) kitobi bo‘yicha munozaraga taklif etamiz. 🗓18-aprel, soat 11:00 da 📍Founders Cafe (Mo‘ljal: Yoshlar ishlari agentligi) 🚫 Bahsda sun’iy intellektdan foydalanish taqiqlanadi! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Одамлар компютердан "Худо борми?" деб сўрашибди. Компютер уларга жавобан "Энди бор!" дебди-да, ўзини розеткадан суғyриб ташлабди. Стивен Хокинг "Мураккаб саволларга оддий жавоблар" китобидан 1000KITOB лойиҳаси доирасида таржима қилиниб, нашр қилинган "Инсонга хос сунъий интеллект ва назорат муаммоси" китоби кенг омма учун сотувга чиқарилди. Мазкур китобда сунъий интеллект тараққиёти билан боғлиқ энг муҳим саволлардан бирини — инсон ва ақлли машиналар ўртасидаги назорат масаласини чуқур таҳлил қилади. Муаллиф сунъий интеллектни фақат технологик ютуқ сифатида эмас, балки инсоният келажагига таъсир қиладиган глобал ижтимоий ва ахлоқий масала сифатида кўради. Китобда сунъий интеллект инсон мақсадлари ва қадриятларига мос равишда ишлаши учун қандай тамойиллар ва ёндашувлар зарурлиги тушунарли мисоллар орқали баён қилинган. PS.: Китобни менга ҳадя этган Cosmosbooks нашриёти жамоасига миннатдорчилик билдираман. Китобни ҳарид қилиш учун: @cosmosbooks_admin Китоб нарҳи 99 минг сўм. "Психоблог" промокодини айтиш орқали китобни 10 фоизлик чегирма асосида ҳарид қилишингиз мумкин. @psixobloguz
Agar siz santexnik bo'lmasangiz bu kitob siz uchun emas. Aksincha bo'lsa... So'nggi paytlarda kadrlar bozori va kontent yaratish sohasida kuzatayotgan tendensiyalarim shuni ko'rsatmoqdaki, kompyuter qarshisida, ekranga qarab bajariladigan deyarli har qanday aqliy mehnat bugun xavf ostida. Sun'iy intellekt bilan integrallashib ketiladigan hayot uzoq kelajak hayoti emas, balki kundalik realligimizga aylandi. U reklama matnlari, she'rlar hatto butun boshli ssenariylar yozyapti, ma'lumotlarni tahlil qilyapti, realistik rasmlar chizyapti va hatto butun boshli kompaniyalarning rivojlanish strategiyalarini tuzishda qatnashyapti. Bizni xavotirga solishi kerak bo'lgan narsa Gollivud kinolaridagi kabi qizil ko'zli, qurollangan robotlar emas. Haqiqiy xavf biz yaratgan ammo bizdan-da tezroq va samaraliroq fikrlaydigan, shu bilan birga insoniy qadriyatlardan yiroq bo'lgan aqlli algoritmlarning jimgina ishimiz va nazoratimizni o'zlashtirib olayotganidir. Shunday ekan, agar sizning kasbingiz jismoniy mehna bilan bog'liq bo'lmasa, SI ertami-kechmi sizning ham eshigingizni taqillatib kelishi aniq. Aynan shu globallashayotgan xavotirlar va javobsiz savollar fonida Styuart Rassellning "Insonga mos Sun'iy intellekt va nazorat muammosi" kitobi qo'limga tushib qoldi. Rassell bu kitobida juda fundamental bir savolni o'rtaga tashlaydi: Agar biz o'zimizdan aqlliroq narsani yaratsak, uni qanday qilib o'zimizga bo'ysundirib tura olamiz? Mashinalar nima xohlayotganimizni bizdan ko'ra yaxshiroq tushunib yetishi va ko'r-ko'rona buyruq bajarish o'rniga, inson farovonligi haqida qayg'uradigan tizim yaratishimiz kerakligini juda tushunarli, dalillarga boy va hatto biroz kinoyali tilda tushuntirgan. Kitobni o'qirkansiz, insoniyat o'z qo'li bilan yasayotgan qudratli "sehrli tayoqcha" aslida qanday ishlashi kerakligi haqida butunlay boshqacha xulosalarga kelasiz. Eng quvonarlisi shundaki, shunday murakkab va ayni paytda o'ta dolzarb bo'lgan asar bizning kitob bozorimizga ham kirib keldi. Ushbu asar Cosmos books nashriyoti tomonidan o'quvchilarga taqdim etilmoqda. Nashriyot kitob bozorida nisbatan yangi, biroq ularning o'zbek kitobxonlari uchun darhol shunday dolzarb, global miqyosdagi ilmiy-tahlili asarni tarjima qilib, maqsadni katta olganliklari chinakamiga tahsinga sazovor. Shunday qimmatli asarni javonimizga olib kirganlari uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! @kitob_ombori
1000KITOB loyihasida ellikdan ortiq kitob tarjima qilindi. Bari muhim sohalarga oid ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar. Muammo shuki, kitoblarni topib boʻlmaydi. Kitoblar kutubxonalar, taʼlim dargohlari, tashkilotlarga yuborilgan. Ammo hammasiga ham emas. Buni loyiha sahifalaridagi fikrlardan ham bilish mumkin, koʻpchilik oʻz hududidagi axborot resurs markazlaridan bu kitoblarni topa olmaganini yozgan. Shaxsan oʻzim ham oʻzimning tarjimamdagi kitobdan boshqasini qoʻlimga olmadim. Sababi hech qayerda yoʻq. Sanoqli joylar va sanoqli odamlarga tarqatilgan. Ulardan keng omma bahramand boʻlolmaydi. Albatta, bunda shartnomada koʻzda tutilgan oʻrinlar bor. Hukumat bu loyihani tijoriy maqsadda amalga oshirmadi. Shuningdek, nashriyotlar shartnomaga qoʻshimcha band kiritib, kitobni sotuv uchun nashr qilishlari mumkin. Ammo shu damga dovur faqat bitta nashriyot shunday qildi. Cosmos Books nashriyoti Styuart Rasselning sunʼiy intellekt haqidagi kitobini Turkiyada bostirib kelib, sotuvga chiqaribdi. Bugun qoʻlimga keldi. Sifat zoʻr. Lekin eng zoʻri, uni xohlagan odam topa oladi. Ammo boshqa nashriyotlar ilmiy kitobni sotishga koʻzlari yetmagani uchunmi bilmadim, bu ishga qoʻl urishmayapti. Mutolaa ilovasida kitoblarning aksari bor, ayrim kutubxonalarda ham. Ammo bugungi kitobxon kitobni shaxsan oʻziniki boʻlishini, uni chizib, boʻyab, choʻzilib oʻqishni, keyin javoniga terib qoʻyishni xohlaydi. Qolaversa bu badiiy kitob emas, kutubxonadan olib, sharillatib oʻqib, keyin qayta murojaat qilinmasa. Loyiha koʻzlagan maqsad ommani kerakli kitoblar bilan taʼminlash boʻlsa, bu maqsad bajarilmadi. Chunki nashriyotlar sotilmagani uchun ilmiy kitobga pul tikishmasdi, davlat pul tikdi, lekin baribir sotuvda yoʻq. Kitoblarni sotuvga chiqarish uchun yangi shartnomalar tuzish, nashriyotlarni ragʻbatlantirish kerak. Yoʻqsa shuncha mehnat bekor ketgan boʻladi. @salimov_blogi
без подписи
без подписи