Ochildi : 16.08.23 Manfat va'da qilinmaydi. Vaqtingizga rozi bo'lsangiz qo'shiling‼️
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 19
- 1/48двое суток
- 21
- 1/72трое суток
- 23
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
بسم الله الرحمن الرحيم💕 Тиллодан қасрни килмайман хавас, Кулбамда тотувлик, мехр бўлса бас. Дастурхонда сочилган минг турли неъмат, Халолдан топганим бир нонча эмас. ©ulimni_eslang
Замон тез, фурсат оз, ҳар лаҳза зиқдир, Ҳар лаҳза зиқлиги билан қизиқдир. Ҳаёт йўли надир? Қабр тошида, Икки сана аро қисқа чизиқдир.
Belgi 🪧 Maqtanchoqlik qarilikning birinchi belgisidir 🚩🤥. O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📜✨
Daho ekan-siz! 😲 "Ayol qavmini ipidan ignasigacha bilaman", deysizmi? Ooo, siz daho ekansiz! 😮 Ayting-chi, sharqdan sekundiga besh-yetti metr tezlikda esayotgan shamol o'n daqiqadan keyin shimolga buriladimi, janubgami? 🌬️ Yarim soatdan keyin izg'iringa aylanadimi, bo'rongami? 🌪️ ... O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📚🖊️
Daʼvo 🗣️ Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha koʻp daʼvo qilsa, shuncha nodon boʻladi! 🤔 O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📖
Baxtli va baxtsiz 😊😔 Baxtli odam xudbin boʻladi: baxtsizlarga achinmaydi 🙄. Baxtsiz odam ham xudbin boʻladi: baxtlilarga gʻayirligi keladi 😠. O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📖✨
Koʻzgu 👁️ Ayol kishi huda-behudaga oʻzini koʻzgu ✨ ga solaversa, hushyor boʻling: bir gap bor... 🤫 O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📝
☝️ «2000 та китоб ёзганман» Буюк ҳофиз, муҳаддис Ибн Ражаб раҳматуллоҳи алайҳ айтадилар: «Ўз қўлим билан 2000 та китоб ёзганман». ҳатто кунига 9 та китоб ёзган пайтлари ҳам бўлган экан. Амр Холид айтади: «Булар қандайин зотлар эди! Вақтининг қадрини билган мана шундай зотлар сабабли уммат 1300 йил турди. Охирги 100 йилнинг умматлари нима бўлди? Бу замон умматининг дарду ғами уй қуриш бўлди...» 📖 «Ҳаммаси китоб ҳақида» китобидан ☎️ +998-71-217-59-99 📥 @hilol_reception @hilolnashr
Maymuniyat 🐒 Olimlar yer yuzida odamsimon maymunlar kamayib ketyapti, deb bong urmoqda 🔔. Ular tashvishlanmasa ham boʻladi. Yer yuzida maymunsimon odamlar koʻpayib bormoqda... 🤔 O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📝
Gumroh bandalar 🌧️ Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki ogʻiz shirin soʻzni tekinga aytmaydi-da, ular oʻlganidan keyin ming-ming pul sarflab, oʻsha soʻzlarni qabrtoshga yozdirib qoʻyadi... 🪦💸 O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📖✨
Ming bo’lakka bo’lindi jonim… ©sad
Insof va iymon 🌟 Odam oʻz manfaatiga mos kelish-kelmasligidan qatʼi nazar ezgu amallarni bajarsa va qilish mumkin boʻlmagan ishlardan tiyilsa, insofli boʻladi. Buning uchun u mukofot olmasligi mumkin. Ammo iymoni toʻkis boʻladi. Shu boisdan bunday insonni iymonli deydilar. ✨ Odam ezgu amallardan manfaat topmagani uchun ulardan voz kechsa va qilish mumkin boʻlmagan ishlarni qilsa, noinsof boʻladi. Buning uchun u jazolanmasligi mumkin. Ammo iymonga shikast yetadi. Shu boisdan bundaylarni iymonsiz deydilar. ⚠️ Iymonsizlik esa qabohatlar uchun darvozani lang ochib qoʻyish bilan teng! 🚪🔓 Insof iymon darvozasining posbonidir! 🛡️ O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📜
Maslahat va nasihat 🗣️ Koʻmak tilab yoki maslahat soʻrab borganingda yordam berish yoki toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatish oʻrniga “otangdan aʼlo” nasihat qiladigan doʻst – doʻst emas, shunchaki tanish xolos 👋. O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📜
#Mahmud_Afandi_QS Ey, Muhammadﷺ ummati, Tark etmangiz sunnatni! Vallohi, Muhammadsiz Bermagaylar jannatni! 📌Mujaddid Mahmud Afandi quddisa sirruhu
Duo va qargʻish 🤲😤 Dunyoda xalq duosini olishdan ortiq savob yoʻq ✨. Dunyoda xalq qargʻishiga qolishdan ortiq gunoh yoʻq ⚠️. O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📜
Yuk koʻtargan… 🎒 “Yuk koʻtargan odam yuzaga chiqadi”, deydilar... Chiqadi. Albatta chiqadi! ✅ Faqat yuk koʻtarganni koʻtarib yuboradigan Qoʻl boʻlsa bas! 🤲✨ O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📝📖
Sopol va oltin 🥇✨ Sopol tovoğing sinasa, doda sol: kesakka aylanadi 🔥. Tilla idishing sinasa, parvo qilma: bahosi tushmaydi 💰💎! O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📜🖊️
Hushyor boʻling! ⚠️ Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor boʻling. Otashin muhabbat rashkka, rashk shubhaga, shubha xudbinlikka, xudbinlik dushmanlikka aylanishi mumkin. 💔🔥 O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📜✨
Evrilish 🔄 Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor 📜. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin 🏚️. Buning ilk belgilari hozirdan koʻrinyapti: kitob oʻqiydiganlar kamayib boryapti 📚📉. O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" ✍️
Qush uyasida koʻrganini... 🐦🏠 Bolaligida qush uyasini buzishga odatlangan odam katta boʻlganda birovning oilasini bemalol buza oladi. 💔🏚️ O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" 📖✍️