Ro'ziboy Erdanayev | Rasmiy kanali 📚
СтатистикаToshkent davlat tibbiyot Universiteti | 2 - son Davolash fakulteti | Ro'ziboy Erdanayev | Rasmiy kanali Barcha kurslar uchun.
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 419
- 1/48двое суток
- 3 918
- 1/72трое суток
- 4 225
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 RASMIY E’LON Hurmatli 6-kurs talabalari! So‘nggi vaqtlarda 6-kurs talabalari uchun dars mashg‘ulotlari online yoki offline shaklda o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Shuni ma’lum qilamizki, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab 6-kurs talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari to‘liq OFFLINE shaklda tashkil etiladi. 📌 Sentabr oyidan boshlab barcha 6-kurs talabalari dars mashg‘ulotlarini offline shaklda davom ettiradilar. Shu sababli, talabalardan ijara masalalari, yo‘l chiptalarini xarid qilish va boshqa tashkiliy ishlarni mazkur tartibga ko‘ra oldindan rejalashtirishlari so‘raladi. ❗️Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab barcha bitiruvchi kurslar uchun o‘quv mashg‘ulotlari offline shaklda olib boriladi. Barcha talabalardan mazkur ma’lumotni inobatga olishlari va o‘quv jarayoniga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishlari so‘raladi. Dekanat.
https://t.me/boost/davolash2tdtutf
Bugun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli uchun oxirgi kun. E'lon 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha onlayn arizalar qabuli bugun, 2026-yil 5-avgust (shu kuni ham) yakunlanadi. 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarning o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish hamda bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali quyidagi holatlar bo‘yicha yuboriladi: respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishni ko‘chirish (2 ta uzrli sabab asosida); bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni ko‘chirish; bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash.
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
❓Grant taqsimotida o‘rtacha GPA bali bir o‘quv yili bo‘yicha hisoblanadimi yoki butun o‘qish davri olinadimi? Ayni kunlarda oliygohlarda grantlarni taqsimlash jarayoni ketmoqda. Grant taqsimlash — bu har yili yaxshi o‘qigan va faol bo‘lgan kontraktdagi talabalar grantga chiqadi, yaxshi o‘qiy olmagan grantdagi talabalar kontraktga tushadi, degani. Shu jarayonda talabalar bir savol bilan tez-tez murojaat qilishmoqda. Ya’ni grant taqsimotida bir o‘quv yilidagi o‘rtacha GPA bali olinishi kerakmi yoki butun o‘qish davridagi (bir necha bosqich baholari) o‘rtacha GPA bali olinishi kerakmi? Ayrim oliygohlar butun o‘qish davrini olib hisoblayotgan ekan. ✅ JAVOB: amaldagi qonunchilikka ko‘ra, grant taqsimotida faqat muayyan bir o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi olinishi kerak. Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom. Nizomdan ko‘chirmalar: 2-bob. Ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlash tartibi 13. Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha muayyan o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi. 3-bob. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga qo‘shimcha davlat grantini taqdim etish tartibi 24. Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi. 4-bob. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grant taqdim etish tartibi 30. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2024/2025 o‘quv yilidan o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi. Ko‘rib turganingizdek, barcha grant turlarida, ya’ni to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantida ham, qo‘shimcha davlat grantida ham, oliy ta’lim tashkiloti grantida ham faqat joriy (muayyan) o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichiga qarash kerakligi belgilab qo‘yilgan. ❓Nega joriy (muayyan) o‘quv yili olinishi kerak? Bundan ko‘zlangan g‘oya shundaki, aytaylik 1-bosqichda juda yomon o‘qigan talabada ham har doim yaxshi o‘qish uchun motivatsiya saqlanib qolinishi kerak. Balki u 2-bosqichda xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z ustida ishlab, hammadan yaxshi o‘qisa, unga grant berilishi lozim. Agar butun o‘qish davri uchun hisoblansa, unda grant taqsimotining ma’nosi qolmaydi. Masalan, 3-bosqichda mendan yomonroq o‘qigan qaysidir talaba shunchaki 1 va 2-bosqichdagi ballari evaziga yana grant olaveradi. Vaholanki, kichik bosqichlardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchun avvalgi yillarda grant taqsimlanib bo‘lingan, har yili hisob yangidan boshlanishi kerak edi. 🔄 Grant taqsimoti va kursdan kursga o‘tkazish boshqa-boshqa tushunchalar Bu joyda yana bir masalaga izoh berish kerak. Talabani kursdan kursga o‘tkazishda bir yillik emas, balki butun davr uchun GPA olinishi kerak. Chunki o‘zi GPA to‘liq ta’lim dasturining o‘zlashtirish ko‘rsatkichini anglatadi. Agar kursdan kursga o‘tkazayotganda faqat bir yillik GPA ga qaralsa, unda talaba bitiruvchi kursga borganda bir nechta fandan qarzdor bo‘lib borib qolish ehtimoli katta. Ana unda tomoshaning va tushunmovchilikning kattasi bo‘ladi. ✅ Xulosa: grant taqsimotida — muayyan bir o‘quv yili bo‘yicha GPA olinadi; kursdan kursga o‘tkazishda — butun ta’lim dasturi bo‘yicha GPA olinadi. Agar grant taqsimoti natijasida grantga o‘tgan talaba kursdan kursga o‘ta olmay qolsa, unda mantiqan olganda, grant bekor qilinadi va kontraktga tushganlarning eng yuqorisida turgan talaba grantga chiqadi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Have your say on the best goals of the FIFA World Cup 2026™! https://play.fifa.com/share/gott/option/eyJvcHRpb25JZCI6MTIsInR5cGUiOiJvcHRpb24iLCJzYyI6Im5hdGl2ZSIsInQiOiI0NTczIiwibG9jYWxlIjoiZW4ifQ==
E'LON Hurmatli bitiruvchilar! 6-kurs bitiruvchilarining diplomlari tayyor bo‘ldi. Diplomlarni olish uchun Kadrlar bo‘limiga murojaat qilishingiz so‘raladi. Shuningdek, magistratura bosqichiga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan bitiruvchilar bemalol hujjatlarini topshirishlari mumkin. Bitiruvchilar bo‘yicha barcha rasmiy o‘quv jarayonlari yakunlangan.
❗️Ariza berish tizimda ochildi! Kanalga ulanish: 👉https://t.me/SharipovAbror
Bugun grantlarni qayta taqsimlashga ariza berishning oxirgi kuni!
E`slatma: Talabalar o‘zlariga ajratilgan to‘liq ta’lim granti yoki to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti kvotasini bilishlari mumkin.
E`slatma: Talabalar o‘zlariga ajratilgan to‘liq ta’lim granti yoki to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti kvotasini bilishlari mumkin.
E'lon Hurmatli talabalar! 1–2-kurs talabalari uchun GPA ballari hisoblandi. Natijalarni HEMIS platformasi orqali ko'rishingiz mumkin. Savol yoki texnik muammolar yuzaga kelgan taqdirda, mas'ullarga murojaat qilishingizni so'raymiz.
без подписи
без подписи
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 20.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.
Sherabot tibbiyot birlashmasida 13 iyul kuni soat 8:30 deb
Malakaviy amaliyot imtihoni bo'yicha bahosi mavjud bo'lmagan talabalar ham kursdan-kursga o'tkazilmaydi. Malakaviy amaliyot imtihoni HEMIS platformasida ko'rsatilgan doimiy yashash manzili bo'yicha o'tkaziladi. Talaba amaliyotni aynan shu hududda o'taydi va imtihonni ham o'sha yerda topshiradi. Malakaviy amaliyot bo'yicha baho tegishli hududdagi amaliyot rahbari tomonidan HEMIS tizimiga kiritiladi.
E'LON Hurmatli 2-son Davolash fakulteti talabalari! HEMIS platformasida ro'yxatdan o'tgan doimiy yashash manzilingiz haqidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin. Malakaviy amaliyot va boshqa tegishli jarayonlarda aynan HEMIS tizimida ko'rsatilgan doimiy yashash manzili asos qilib olinadi. Shu sababli, ma'lumotlaringizni oldindan tekshirib chiqishingiz tavsiya etiladi. 2-son Davolash fakulteti dekanati