tgindex
Davolash ADTI | Rasmiy kanali.

Davolash ADTI | Rasmiy kanali.

Статистика
Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
49
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 057
+1 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
573
40 постов
Вовлечённость
54,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 49
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
361
1/48двое суток
413
1/72трое суток
446

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

  • 📌Yo'nalish tanlashga shoshilmang! Har yili minglab abituriyentlar bilimiga va to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani uchun o'qishga kira olmaydi. 📉 Avval o'tgan yilgi o'tish ballari bilan tanishib tahlil qiling. Buning uchun maxsus telegram-bot(@DTM_Mandat_Bot)dan foydalaning. 🦷 "Stomatologiya" yo'nalishi bo'yicha 2025-yilgi kunduzgi (o'zbek) kontrakt o'tish ballari: 1️⃣ Toshkent davlat tibbiyot universiteti 📊 170.3 ball 2️⃣ Samarqand davlat tibbiyot universiteti 📊 170.0 ball 3️⃣ Andijon davlat tibbiyot instituti 📊 168.7 ball 4️⃣ Buxoro davlat tibbiyot instituti 📊 165.6 ball 5️⃣ Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 📊 164.4 ball 6️⃣ Urganch davlat tibbiyot instituti 📊 163.8 ball 7️⃣ Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti 📊 156.2 ball ✅ Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2025-2026-o'quv yilidagi o'tish ballarini @DTM_Mandat_Bot orqali bilishingiz mumkin! ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

  • 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

  • Har bir tanlov kelajagingizni belgilaydi. 🚫💊 Narkotiklar sog'liq, erkinlik, oila va orzularni tortib olishi mumkin. Ammo tanlov doimo Sizning qo'lingizda. 🤝 💬 Siz uchun haqiqiy erkinlik nimani anglatadi? #NarkotiklargaYoq 🚫 #SoglomHayot 🏃‍♂️ #Tanlov ⚖️ #Kelajak 🔮 #Profilaktika 🛡 #Ozbekiston 🇺🇿 #Yoshlar 🎓 #Reels 🎬 🌟🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring 🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

  • 💸 Oson topilgan pul erkinligingizdan mahrum qilishi mumkin. ⚖️ Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatda hatto bir marta ishtirok etish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. ❗️Narkotiklarni saqlamang, tashimang va tarqatmang. 🛡O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ogohlantiradi: bitta noto‘g‘ri qadam butun hayotingizni izdan chiqarishi mumkin. ✅ Kelajagingizni asrang. Qonunga rioya qiling. 🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook

  • # tabrik # tavvalud kun Hurmatli Abdullayeva Maftuna Muzaffar qizi Davolash fakulteti jamoasi nomidan Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ustozlikdek sharafli va mas’uliyatli kasbga sadoqatingiz, yoshlarga ilm berish borasidagi mehnatingiz, samimiy yondashuvingiz va mehr-muhabbatingiz biz uchun yuqori qadriyatdir. Sizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch, ilhom va barakaga boy bo‘lsin. Shogirdlaringizning yutuqlari doimo Sizni shod etib, kelgusi faoliyatingizda yangi marralarga yetaklasin. Hurmat bilan, Davolash fakulteti jamoasi.

  • #XorijiyAtama #MilliyMuqobil O‘zbek tilida yangi so‘z va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi O‘zbek tilining zamonaviy rivojlanishini ta’minlash, uning ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy o‘zlashmalarning o‘zbek tili qoida va me’yorlariga mos milliy muqobillari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tavsiya etildi. Mazkur tashabbus: ⚫️ o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish; ⚫️ terminologik tizimni milliylashtirish; ⚫️ atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash; ⚫️davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 📌📌📌📌📌📌 ISSIQ KUNDA ENERGIYANI HAM, SOG‘LIG‘INGIZNI HAM ASRANG Yozning issiq kunlarida elektr energiyasidan oqilona foydalanish nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki elektr tarmoqlaridagi yuklamani ham pasaytiradi. Konditsionerni optimal haroratda ishlatish, keraksiz jihozlarni o‘chirib qo‘yish va energiya tejamkor texnikalardan foydalanish orqali sezilarli natijaga erishish mumkin. Batafsil tavsiyalar infografikada ⚡️ Telegram

  • 🏆 «ЭНГ НАМУНАЛИ ВИЛОЯТ ҲОКИМИ» Жорий йилнинг 6 ойида «Энг намунали вилоят ҳокими» номинацияси учун жамоатчилик сўровномаси эълон қилинади. Энг фаол ишлаган, халқ билан яқин мулоқот қилган ҳамда аҳолининг муаммо ва таклифларини ҳал этишда етакчилик кўрсатган вилоят ҳокимига овоз беринг. Қайси раҳбар қандай ишлаганини айнан сизнинг эътирофингиз белгилайди! 🗳 Сўровнома 7 кун давом этади ва 18 июль куни соат 22:00 да якунланади.

  • #Soʻragan_edingiz ❓Abituriyent ruxsatnomasi qanday beriladi? Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasi quyidagi tartibda taqdim etiladi: ✅ Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi yakunlangach, ikki hafta ichida ruxsatnoma Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi. 📝 Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, vaqt va manzil bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadi. ⚠️ Eslatma: Ruxsatnomada belgilangan sana va vaqt qat’iy hisoblanadi. 🚫Abituriyentlarga test sinovlarini boshqa kun yoki boshqa vaqtda topshirishga ruxsat berilmaydi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • #Qabul2026 #Abituriyent2026 📊 2026/2027-o‘quv yili qabuli: asosiy statistik ko‘rsatkichlar 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi. 📝 Joriy yilda 677 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: 🔹 451 744 nafari (66,6%) — joriy yil bitiruvchilari; 🔹 226 163 nafari (33,4%) — avvalgi yillar bitiruvchilari. 👩‍🎓 Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9%) ayollar, 312 711 nafari (46,1%) erkaklarni tashkil etdi. 📚 Test sinovlarida 664 609 nafar abituriyent ishtirok etadi. 🎭 36 500 nafar abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlarini, 10 581 nafari esa oliy harbiy ta’lim muassasalarini tanlagan. 📄 Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida 24 526 ta xalqaro sertifikat tasdiqlandi. 🏅 Shuningdek: 🔹 193 186 nafar abituriyent umumta’lim fanlari; 🔹 125 354 nafar abituriyent chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tdi. ✅ Barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod etilib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. 🏢 Test sinovlari 64 ta yirik sig‘imli binoda tashkil etiladi. Bir smenada 35 490 nafar, bir kunda esa 70 980 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan. 📅 Kirish test sinovlari 10 kun davomida o‘tkaziladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov soha xodimlari va keng jamoatchilikni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda yanada faol bo‘lishga hamda hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Murojaatda ta‘kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda "favqulodda holat" e‘lon qilinishi munosabati bilan: - ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi; - korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi kengaytirilib, Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasiga aylantirildi; - joriy yilning dastlabki besh oyida vazirlik tizimidagi tashkilotlarda masofaviyaudit.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali 979 ta holatda jami 514,9 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar erta aniqlanib, bartaraf etildi; - “suyunchi” puli yoki kesarcha kesish amaliyoti uchun noqonuniy haq talab qilish holatlarining oldini olish maqsadida tibbiyot tashkilotlari, jumladan, tug‘uruq komplekslarida “Sirli mijoz” tadbirlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Joriy oydan boshlab "Raqamli komplayens" axborot dasturiy kompleksi sinov tariqasida ishga tushiriladi. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati esa “E-Komplayens” elektron moduli orqali to‘liq raqamlashtiriladi. Bundan tashqari, sun‘iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan samarali yechimlar ishlab chiqiladi. Murojaatda vazirlik faoliyatiga oid korrupsiyaviy xatti-harakatlar yoki qonunbuzarliklar haqida 1203 qiqa raqami hamda info@ssv.uz elektron manzili orqali xabar berish mumkinligi eslatib o‘tildi. Ma‘lumot uchun: Huquqiy eksperiment doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 🟦🟦🟦 30-IYUN – YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI Hurmatli aziz talabalar, yosh olimlar va institutimizning faol yoshlari! Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Yurtimiz kelajagi, taraqqiyoti va ravnaqi sizlarning bilim, salohiyat, tashabbuskorlik hamda fidoyiligingiz bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda sizlar ilm-fan, ta'lim, innovatsiyalar, sport, madaniyat va jamoat hayotidagi faol ishtirokingiz bilan mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Institutimiz jamoasi sizlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashingiz, o‘z iqtidor va qobiliyatingizni to‘liq namoyon etishingiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga intiladi. Ishonchim komilki, sizlar yuksak maqsadlar sari dadil intilib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida yetuk, mas'uliyatli hamda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib voyaga yetasiz. Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, cheksiz g‘ayrat-shijoat, ilm olish va izlanish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu orzu va maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman. Yoshlarimizning intilishi va yutuqlari bardavom bo‘lsin! Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Madamin Madazimov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori. ❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷 Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤 Twitter

  • 🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi. ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32; ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

  • #magistratura 📌 Qaysi mutaxassislikka C1 shart? Qaysi mutaxassislikka B2 kerak? Qaysilariga B1 ham bo‘ladi? Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari

  • 🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-iyunga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi. ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32; ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

  • ЭШИТДИНГИЗМИ? АНДИЖОН ДАВЛАТ ТИББИЁТ ИНСТИТУТИДА ҚАБУЛ БОШЛАНДИ! 2026–2027 ўқув йили учун Андижон давлат тиббиёт институтига қабул жараёнлари расман бошланди. Абитуриентлар қуйидаги таълим йўналишлари бўйича ҳужжат топширишлари мумкин: ✅ Даволаш иши ✅ Тиббий профилактика ✅ Стоматология ✅ Фармация ✅ Педиатрия иши ✅ Олий ҳамширалик иши ✅ Фундаментал тиббиёт ✅ Биотиббиёт муҳандислиги (янги йўналиш). Тиббиёт соҳасида таҳсил олишни орзу қилаётган ёшлар учун имконият эшиклари очилди. Ҳужжатларни ўз вақтида топшириб, келажакда малакали шифокор ва тиббиёт мутахассиси бўлиш сари қадам қўйинг! Абитуриент танишларингиз ва уларни ота оналарига юбориб қўйинг — эҳтимол, айнан шу хабар уларнинг келажак касбини танлашда муҳим қадам бўлар! 👉 Vodiy1.uzга уланиш учун   https://t.me/Vodiy1uzofficial.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

  • 📚 “TOP-100 KITOBXON” TANLOVI Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda eng faol kitobxonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Top-100 kitobxon” tanlovi tashkil etilmoqda. 👥 Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi va talabalar ishtirok etishlari mumkin. 📌 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 🔹 1-bosqich – “Mutolaa” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish, belgilangan kitoblarni o‘qish va test sinovlarida qatnashish; 🔹 2-bosqich – Respublika yakuniy bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 📖 Har oy ishtirokchilar: • 1 ta majburiy kitobni o‘qib test topshiradilar; • 4 ta ixtiyoriy kitob mutolaa qiladilar; • “Davra” tizimida kitoblar bo‘yicha tahliliy fikr va sharhlar yozadilar; • “Marra” tizimi orqali muntazam mutolaa olib boradilar. 🏆 Saralash bosqichida eng yuqori natija qayd etgan 200 nafar ishtirokchi (har bir yosh toifasidan 100 nafardan) respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 🎁 Yakuniy bosqich g‘oliblari diplom hamda BHMning 25 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📚 Kitob mutolaa qiling, bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va Top-100 kitobxonlar safidan o‘rin egallang!

  • ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ "Talaba Fest”ga shoshiling — eng yorqin iste’dodlar va eng katta imkoniyatlar sizni kutmoqda! Joriy yilning 3-iyun kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual va sport salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida unutilmas taassurotlarga boy “Talaba Fest” festivali bo’lib o’tadi. 🩵 Festival dasturidan quyidagi qiziqarli tadbir va tanlovlar o‘rin olgan: 🟢“Eng yaxshi fotosuratlar” ko‘rgazmasi 🟢“Liboslar” ko‘rgazmasi 🟢“Eng mazali taomlar” tanlovi 🟢Sport musobaqalari 🟢Musiqiy chiqishlar va karaoke kechalari 🟢Shoir, yozuvchi va ijodkorlar bilan uchrashuvlar 🟢Robototexnika ko‘rgazmalari 🟢“Talabalar teatr studiyalari”ning sahna chiqishlari 🟢“Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari shoulari 🟢“Zakovat” va “Munozara” o‘yinlari 🟢“Qalqon” jamoatchilik guruhi ishtirokidagi harbiy-ko‘rgazmali chiqishlar ✨Barcha talaba-yoshlarni festival tadbirlarida faol ishtirok etishga, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga hamda unutilmas lahzalar guvohiga aylanishga chorlaymiz! 🔗Talaba Fest tadbirlari ro'yxati

  • #birgalikda_bir_kuchmiz Gʻalaba sari olgʻa!