tgindex
Agro info
@dehqongayordamузбекский

🌾 Qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalardan asrashga bag‘ishlangan kanal. 🧑‍🔬 Ilmiy asoslangan tavsiyalar, muammolarga amaliy yechim. 📷 Savolingiz bormi? Rasm va video yuborish uchun tugmadan foydalaning.

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
987
−4 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
404
33 постов
Вовлечённость
40,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 34
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
274
1/48двое суток
314
1/72трое суток
338

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Etefon_samara #new_opportunity_cotton #tarqating Etefon qo‘llangan g‘o‘zada 7 kunda qanday o‘zgarish bo‘ldi? Qo‘shtepa tumanidagi “Hamidullaev Rixsitilla” fermer xo‘jaligida g‘o‘zani ertaroq pishirish maqsadida 72 foizli Etefon preparati bilan ishlov berildi. Oradan 7 kun o‘tib, dalada qanday natija kuzatilmoqda? Buni videoda ko‘ramiz. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

  • Pomidor — meva yoki sabzavot? Videoni oxirigacha ko‘ring, so‘ng o‘z fikringizni yozib qoldiring. ⬇️ 🛫Telegram 📷Instagram 📞Facebook 📺Youtube

  • 🟦🟦🟦🟦 🍅Pomidor — sabzavotmi yoki meva? ✔️Pomidorni xush ko‘rmaydigan odamni topish qiyin. Ammo kundalik dasturxonimizdan o‘rin olgan bu mahsulot haqida qanchalik ko‘p bilamiz? ➡️Pomidor — botanika nuqtayi nazaridan meva. Oshxonada u sabzavot sifatida ishlatiladi, ammo botanik jihatdan urug‘ hosil qilgani uchun meva hisoblanadi. ➡️Pomidor yetishtirish dunyo miqyosida ulkan hajmga ega. 📆2024-yilda dunyoda 190 million tonnadan ortiq pomidor yetishtirilgan. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar qatorida 🇨🇳 Xitoy, 🇮🇳Hindiston va 🇹🇷Turkiya turadi. FAO ma’lumotlari asosidagi 2024-yil pomidor statistikasi ➡️O‘zbekiston ham yirik pomidor yetishtiruvchilardan. 2024-yilda mamlakatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2,3 million tonna pomidor yetishtirilgan. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ➡️Pomidorning minglab navlari mavjud. Ular hajmi, shakli, rangi, ta’mi va yetilish muddati bilan bir-biridan farq qiladi. 🔴Qizil rangdan tashqari 🟡sariq, ✏️pushti, 🟢yashil va boshqa rangdagi pomidorlar ham bor. ➡️Dunyodagi eng og‘ir pomidor 7,661 kilogramm kelgan. 📊Bu rekord 2025-yil 19-iyulda 🇺🇸AQSHning Vashington shtatida qayd etilgan. Pomidorning aylanasi 99 santimetr bo‘lgan. Guinness World Records — eng og‘ir pomidor ➡️Bitta shoxda 1 269 dona pomidor bo‘lgan. Bu rekord 2021-yilda 🇬🇧Buyuk Britaniyada Douglas Smith tomonidan qayd etilgan. Guinness World Records — bitta shoxdagi eng ko‘p pomidor ➡️Bir tupdan bir yilda 32 194 dona pomidor olingan. Bu rekord 🇺🇸AQSHdagi Epcot ilmiy loyihasida qayd etilgan. Hosilning umumiy og‘irligi 522,464 kilogramm bo‘lgan. Guinness World Records — bir tupdan bir yilda eng ko‘p pomidor ➡️Pomidor o‘simligi 19,8 metr balandlikka ham o‘sgan. Bu rekord 2000-yilda 🇬🇧Buyuk Britaniyada qayd etilgan. Guinness World Records — eng baland pomidor o‘simligi ➡️O‘zbekiston pomidorni xorijga ham katta hajmda sotmoqda. 2025-yilda mamlakatimiz 45,2 ming tonna pomidorni 12 ta davlatga eksport qilgan. Eksport qiymati 36 million dollarni tashkil etgan. Eng katta xaridorlar — 🇷🇺Rossiya, 🇰🇿Qozog‘iston va 🇰🇬Qirg‘iziston. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi — 2025-yil pomidor eksporti ➡️Demak, pomidor shunchaki dasturxon mahsuloti emas. U dunyoda yuz millionlab tonna yetishtiriladigan ulkan qishloq xo‘jaligi mahsuloti. Uning yetishtirish hajmi ham, eksport bozori ham, hatto jahon rekordlari ham hayratlanarli. ❕Xo‘sh, siz pomidorni sabzavot deb bilarmidingiz yoki meva? 🍅 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

  • 6 авг.2782из uzagroministry

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 Etefonning o‘zi yetarli emas: keyingi agrotexnik tadbirlar nega muhim? 🌿 Paxtachilikda yuqori hosil olish faqat etefon gormonini qo‘llash bilan cheklanmaydi. Kutilgan natijaga erishish uchun defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida hamda ilmiy tavsiyalar asosida amalga oshirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 🎙 Ushbu videoda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov etefon qo‘llangandan so‘ng bajarilishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik tadbirlar, defoliatsiya va desikatsiyani qachon hamda qanday sharoitda o‘tkazish kerakligi, shuningdek, ularning hosildorlik va paxta sifatiga ta’siri haqida batafsil tushuntirish beradi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

  • 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🍈Nega Xorazm gurvagi ham dunyo brendiga aylanmasligi kerak? 📆Shu kunlarda yurtimizda pishiqchilik mavsumi boshlandi. Bozorlarimiz shirin qovunlarga to‘ldi. Ular orasida esa Xorazmning mashhur gurvagi alohida o‘rin tutadi. 🏢Xorazmda "Gurvak pishibdi!" degan xabarning o‘ziyoq odamlarning ishtahasini ochadi. Chunki gurvak nafaqat qovun, balki Xorazmning haqiqiy brendi hisoblanadi. 🇯🇵Endi Yaponiyaga nazar tashlaylik. Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi Yubari shahrida yetishtiriladigan Yubari King qovuni dunyodagi eng mashhur qovunlardan biri hisoblanadi. U cheklangan miqdorda yetishtiriladi, har bir meva alohida parvarish qilinadi va eng saralari auksionga chiqariladi. Hattoki, 2019-yilda mavsumning ilk auksionida bir juft Yubari King qovuni 5 million iyenga, ya’ni o‘sha vaqtda taxminan 💵45 minga sotilgani bor gap. Bu mazkur qovun uchun qayd etilgan eng yuqori narxlardan biri hisoblanadi. 🇯🇵Yaponiyada Yubari King oddiy meva emas. U bayramlar, tantanalar va muhim uchrashuvlarda eng nufuzli sovg‘alardan biri sifatida taqdim etiladi. Oddiy savdo tarmoqlarida ham bu qovunning bir donasi sifatiga qarab o‘nlab, hatto yuzlab dollarga sotiladi. ❓Shunda bir savol tug‘iladi. Xorazm gurvagi nimasi bilan kam? ➡️Ta’mi bilanmi? ➡️Hidi bilanmi? ➡️Ko‘rinishi bilanmi? Albatta, yo‘q. ✔️Balki bizga yetishmayotgan narsa mahsulot emas, balki uning brendi, tarixi, geografik maqomi va xalqaro marketingidir. Axir, mahsulotning qiymatini faqat uning sifati emas, balki u haqida yaratilgan hikoya, ishonch va brend ham belgilaydi. ❗️Siz nima deb o‘ylaysiz? Xorazm gurvagi ham xalqaro brendga aylanishga munosibmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • 🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 Mo‘l hosil sari: Etefon qo‘llashning amaliy natijalari 🌿Buxoro viloyati Romitan tumani Nurafshon hududidagi “Abror Sardor Nokzorlari” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida etefon preparati qo‘llanilishi natijasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda. 🌱Mazkur preparat g‘o‘zaning bir maromda pishib yetilishi va ko‘saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish uchun qulay sharoit yaratadi. 🚜 Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon preparatini belgilangan me’yorlar va agrotexnik tavsiyalar asosida qo‘llash ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

  • 🟦🟦🟦 🚜Fermerlarga dizel yoqilg‘isi uchun 2 million so‘mgacha subsidiya! 💥Paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar uchun muhim yangilik! 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi narxi 1 tonnasi uchun 13 mln so‘mdan oshgan bo‘lsa, oshgan summaning 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan subsidiya sifatida qoplanadi. ✅Eng qulay tomoni — ariza topshirish shart emas! 📎Subsidiya Agroportal ma’lumotlari asosida avtomatik (proaktiv) tarzda hisoblanadi. ❗️Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: ➡️Dizel yoqilg‘isi birja savdolari orqali xarid qilingan bo‘lishi; ➡️Fermerning ekin maydonlari va ekin turlari Agroportal tizimiga kiritilgan bo‘lishi; ➡️Xarid qilingan dizel yoqilg‘isi agrotexnologik xaritada belgilangan aprel–iyun oylaridagi agrotexnik ishlarda ishlatilgan bo‘lishi. 💳Hisoblangan subsidiya mablag‘lari Agentlik tomonidan fermerning tijorat bankidagi maxsus hisobvarag‘iga 3 ish kuni ichida o‘tkaziladi. 📌Agar texnik nosozlik yoki ma’lumotlar almashinuvidagi uzilish sababli ma’lumotlar Agentlikka yetib bormasa, fermer Agentlikka yozma ravishda yoki Agroportal orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • #AGRO_TAVSIYA 1-avgustdan barcha g‘o‘za maydonlariga etefon sepiladimi? Bu yil 1-avgustdan boshlab g‘o‘zaga etefon preparati bilan "qaritish" signali berish rejalashtirilgan. Ushbu preparat g‘o‘zadagi yetuk ko‘saklarning tezroq pishib yetilishiga yordam beradi, vegetatsiyani to‘xtatadi va hosilni ertaroq yig‘ib olish imkonini yaratadi. Ammo fermerlarni bir savol o‘ylantirmoqda: 1-avgustdan barcha g‘o‘za maydonlariga yoppasiga etefon bilan ishlov beriladimi yoki har bir maydonning holati inobatga olinadimi? Ushbu muhim savolga qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov aniq javob berdi. 📹 Videoni albatta tomosha qiling va uni tanish fermerlar bilan ham ulashing. Bu ma'lumot ko‘pchilikning xatoga yo‘l qo‘ymasligiga yordam beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

  • Август ойида ҳарорат фони аста-секин пасая бошлайди. Ўзбекистон ҳудуди бўйича август ойининг ўртача ойлик ҳарорати июль ойига нисбатан 1,5-2,5 даражага паст бўлади. Республика ҳудудининг катта қисмида ўртача максимал ҳарорат +35…+37 даражани, жанубда ва чўл ҳудудларда +38…+40 даражани ташкил этади. Ойлик ёғингарчилик миқдори меъёрдан кўп, баъзи жойларда меъёр атрофида бўлиши тахмин қилинмоқда. Аммо август ойида ойлик ёғингарчилик меъёри жуда камлигини унутмаслик керак. Telegram | YouTube

  • 🟦🟦 📹 "Oʻzbekiston 24" telekanalida "Prezidentimiz ixtiro qilgan paxta terish mashinasi haqida eksklyuziv kadrlar va 100 yillik "paxta qulligi"ga nuqta" sarlavhasi bilan maxsus koʻrsatuv efirga uzatildi. 📺Koʻrsatuvda Prezidentimiz tomonidan paxta yakkahokimligiga barham berish, qoʻl mehnatini kamaytirish maqsadida paxta terish mashinasini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar, paxtani faqat tola sifatida emas, balki tayyor mahsulot sifatida jahon bozoriga olib chiqish, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, shuningdek, mamlakat tarixida ilk bor xorijiy serhosil gʻoʻza navlarini ekishga ruxsat berilgani va bu islohotlarning bugungi natijalari haqida hikoya qilinadi. 📱Ushbu koʻrsatuvni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • 🖥🖥🖥 🟦🟦🟦 G‘o‘zaning mahalliy va Xitoy seleksiyasiga mansub navlari o‘rtasida hosildorlik va yetishtirish xarajatlari bo‘yicha qanday farq bor? Bu haqda "Buxoro agroklaster" rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi Azamat Sultonov "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida atroflicha fikr bildirdi. Agar bu mavzu siz uchun ham qiziq bo‘lsa, videoni oxirigacha tomosha qiling. Yoqgan bo‘lsa, layk bosing va uni fermer do‘stlaringiz bilan ham ulashing. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

  • #Agro_Tavsiya Dehqonchilikda eng muhim omil — navni to‘g‘ri tanlash 📌Sharq taqvimi bo‘yicha yurtimizda Asad oyi boshlandi. Bu davr dehqon va fermerlar uchun eng mas'uliyatli pallalardan biri sanaladi. G‘o‘za hosildorligini oshirish, takroriy ekinlarni sifatli undirib olish va ularga dastlabki agrotexnik ishlov berish, pishib yetilgan hosilni nes-nobud qilmasdan iste'molchiga yetkazish — ayni kunlarning eng muhim vazifalaridir. Bejizga dono xalqimiz: "Asad ekiningni yasat", deb aytmagan. ⏰Vaqt esa hech kimni kutmaydi. Oradan ko‘p o‘tmay kuzgi g‘alla ekish mavsumi ham boshlanadi. Ayni kunlarda urug‘chilik korxonalarida kuzgi ekish uchun urug‘lik don tayyorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. G‘alladan mo‘l va sifatli hosil olish esa, avvalo, navni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Chunki har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos navni tanlash yuqori hosildorlik, kasalliklarga chidamlilik va barqaror natijaning muhim omili hisoblanadi. Noto‘g‘ri tanlov esa kutilgan hosilni bermasligi mumkin. ✔️Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Zohidjon Ziyodullayev ayni mavzuda fermer va dehqonlar uchun muhim tavsiyalarini ulashdi. Ishonamizki, ushbu videoni tomosha qilish orqali siz g‘alla navini tanlashda asqatadigan foydali tavsiyalarga ega bo‘lasiz. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • 22 июл.35472из AKIS_milliy_markaz

    #Agro_Tavsiya 🌾 Urug‘lik donni dorilashda aspirinni qo‘llash bo‘yicha tavsiya 📌Urug‘lik donni kimyoviy fungitsid va insektitsidlar bilan dorilashda aspirin (atsetilsalitsil kislotasi) qo‘llash yuqori hosil olishga xizmat qiladigan samarali agrotexnik usullardan biri hisoblanadi. Kimyoviy preparatlar urug‘ni tashqi kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilsa, aspirin o‘simlikning tabiiy immunitetini faollashtirib, qurg‘oqchilik, sovuq, sho‘rlanish kabi stress omillariga chidamliligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, u kimyoviy preparatlar ta'siridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fitotoksik stressni kamaytirib, niholning tezroq rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. ✔️Aspirin qo‘llanilganda: ➡️ ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi; ➡️urug‘ning unib chiqish energiyasi ortadi; ➡️nihollar kuchli va sog‘lom o‘sadi; ➡️kasalliklarga chidamlilik oshadi; ➡️antioksidant fermentlar faolligi kuchayib, tashqi stress omillariga bardoshlilik ortadi; ➡️keyingi bosqichlarda boshoq uzunligi, don soni va don massasi oshishi mumkin. 📎Qo‘llash tartibi: 1 tonna urug‘lik don uchun 50 gramm toza atsetilsalitsil kislotasi (500 mg li 100 ta tabletka) tavsiya etiladi. Uni avval 2–3 litr +30–35°C haroratli iliq suvda to‘liq eritib, so‘ng 10 litrli ishchi suyuqlikka qo‘shish lozim. Shu ishchi suyuqlik 1 tonna urug‘ni dorilash uchun ishlatiladi. ⚠️Muhim qoidalar: Aspirin va kimyoviy preparat aralashmasida urug‘ni ivitib qo‘yish mumkin emas. Ishchi eritma faqat urug‘ yuzasiga purkalishi lozim. Eritmada aspirin konsentratsiyasi 0,005–0,01% bo‘lishi, pH ko‘rsatkichi esa 6–7 atrofida saqlanishi tavsiya etiladi. Yuqori dozalar aks ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Aspirin arzon va oson topiladigan immunitet stimulyatori bo‘lib, tavsiya etilgan me'yorlarda qo‘llanilganda kimyoviy dorilash samarasini kuchaytirishga yordam beradi. Biroq uni qo‘llashda belgilangan me'yor va texnologiyaga qat'iy rioya qilish zarur. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • 22 июл.26552из AKIS_milliy_markaz

    #Agro_Tavsiya G‘o‘zaga etifon preparatini qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiya Joriy yilning 1-avgustidan boshlab 8–12 ta ko‘sak hosil qilgan, dastlab hosil bo‘lgan 2–3 ta ko‘sagi ochila boshlagan g‘o‘za maydonlarida o‘simlikka “qaritish” signali berish maqsadida etifon preparati bilan ishlov berish tavsiya etiladi. Xo‘sh, preparatni 1 gektar maydonga qanday me’yorda qo‘llash lozim? Bu savol ko‘plab fermerlarni qiziqtirishi tabiiy. Agar sizni ham ushbu savolning javobi qiziqtirsa, videoni oxirigacha tomosha qiling. Videoda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Shuhrat Abdulalimov ushbu masala yuzasidan batafsil ma’lumot beradi. Tavsiya siz uchun foydali bo‘lsa, videoga like bosing va uni fermer tanishlaringiz bilan ulashing. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube

  • 21 июл.32052из Respublika_AKIS

    #VazirdanTavsiya Paxtachilikda yangicha yondashuv Bu yil respublikamizda ilk bor 1- avgustdan boshlab g‘o‘za maydonlarida Ethephon preparati asosida “qaritish” jarayoni amalga oshiriladi. Bu paxtachilikda qanday natija beradi ? Bu savolga qishloq xo‘jaligi vaziri akademik Ibrohim Abdurahmonov bevosita g‘o‘za maydonida batafsil izoh berdi. Bizni kuzating ❤️Facebook |❤️Instagram |❤️YouTube |❤️Telegram|🌐web-sayt

  • #AGRO_TAVSIYA Hozirgi bosqichda g‘o‘za parvarishida qanday agrotexnik choralar amalga oshirilishi kerak? G‘o‘zani parvarishlashning joriy bosqichida qanday agrotexnik choralar amalga oshirish lozim? Kultivatsiya jarayonida qanday omillarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi? Ushbu savollarga Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Feruza Hasanova bevosita g‘o‘za maydonida amaliy tavsiyalar berdi. Tavsiyalar siz uchun ham foydali bo‘lsa, videoni albatta tomosha qiling. 👍 Videoga yoqtirish tugmasini bosishni va uni fermer hamda dehqon tanishlaringiz bilan baham ko‘rishni unutmang! ⬇️ 🛫Telegram 📷Instagram 📞Facebook 📺Youtube

  • #AGRO_TAVSIYA G‘o‘za rivojida bor elementi qanday ahamiyatga ega? Ushbu savolga Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Shuhrat Abdualimov javob beradi. Ma’lumot siz uchun ham foydali bo‘lsa, videoni oxirigacha tomosha qiling. Yoqsa, layk bosing va fermer tanishlaringiz bilan ulashing! ⬇️ 🛫Telegram 📷Instagram 📞Facebook 📺Youtube

  • 17 июл.44632из tezkor24official

    #Диққат #Тезкор Термик депрессия бугун яна ҳам иссиқ, харорат салкам +50° бўлади 🥵 Ўзгидромет бугун чўл ва жануб ҳудудларда +46...+48 даражагача иссиқ ҳаво ҳарорати кузатилишини маълум қилди. Бошқа ҳудудларда ҳам ҳаво ҳарорати +43...+45 даражагача иссиқ бўлади. Тоғларда ҳам ҳaво ҳарорати максимумлари +36 даражагача кўтарилади. Ёғингарчиликдан асар ҳам йўқ. Ҳатто тоғларда ҳам... 👉 @Tezkor24official

  • 🟦🟦🟦🟦 G‘o‘zada qaysi paytda hosil bo‘lgan ko‘saklar iqtisodiy ahamiyatga ega emas? Bu savolga Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Shuhrat Abdualimov batafsil javob berdi. Fermerlar uchun muhim bo‘lgan ushbu ma’lumotni bilishni istasangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling. 👍 Ma’lumot foydali bo‘lsa, videoga layk bosing va uni boshqa fermer tanishlaringiz bilan ham ulashing! ⬇️ 🛫Telegram 📷Instagram 📞Facebook 📺Youtube

  • 15 июл.32262из uzagroministry

    🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱 Jaziramada hosilni saqlab qolishning muhim sirlari ☁️Yozning jazirama kunlarida paxtani issiqdan himoya qilish va namligini saqlab qolish yuqori hosilning muhim omillaridan biridir. 🗣Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov paxtani salqin va suvga to‘yingan holda saqlash, namlikni yo‘qotmaslik hamda issiq stressining salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladigan agrotexnik tavsiyalar bilan bo‘lishdi. Batafsil – videoda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

Agro info — tgindex