DAVOLASH ISHI FAKULTETI
Статистика- Последний пост
- 6 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
SHOSHILINCH! O‘zbekiston Respublikasi So‘g‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi tizim tashkilotlariga Vazirlikka Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan kelgan xatda, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bosh qarorgohi tomonidan Koreya universitetlari bilan hamkorlikda uzoq yillik magistrlik hamda Phd o‘quv dasturlari tashkil etilayotganligi ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan, joriy yilning 6-iyul kuniga qadar mazkur o‘quv dasturlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan salohiyatli va xorij tomonidan belgilangan barcha talablarga mos nomzodlarni tavsiya qilishingiz hamda ular tomonidan tegishli hujjatlar o‘rnatilgan tartibda to‘ldirilishini ta’minlab, Vazirlikka kiritishingiz so‘raladi. O‘quv dasturlari haqidagi batafsil ma’lumotlar ilova qilinmoqda.
без подписи
30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida Payshanba Yoshlar kuni doirasida Davolash fakultetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Kitob almashish aksiyasi” tashkil etildi. Aksiya davomida talabalar o‘zlari o‘qigan foydali kitoblarni tengdoshlari bilan almashib, asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur tashabbus yoshlarning bilim doirasini kengaytirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga qiziqishini kuchaytirish hamda o‘zaro ma’naviy muloqot muhitini shakllantirishga zamin yaratadi. Ushbu aksiya bo‘lajak shifokorlarning kitobga mehrini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va doimiy ilmiy izlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
без подписи
Tibbiy kitobxonlik va mutolaa kuni munosabati bilan Davolash ishi fakulteti talabalari ishtirokida “Milliy qadriyatlar hamda tibbiy kitobxonlik va ilmiy mutolaa” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda tibbiy adabiyotlarga qiziqishni oshirish, ilmiy mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda milliy qadriyatlar asosida kasbiy va ma’naviy tarbiyani mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida bo‘lajak shifokorlar uchun kitobxonlik, ilmiy manbalar bilan ishlash, klinik fikrlash va kasbiy mas’uliyatning ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shuningdek, Milliy qadriyatlar, xususan, insonparvarlik, mehr-oqibat, halollik va bemorga mas’uliyat bilan yondashish shifokorlik kasbining muhim mezonlari sifatida e’tirof etildi. Mazkur tadbir talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kasbiy-ma’naviy tayyorgarligini oshirishga zamin yaratadi P.S. Davolash ishi fakulteti.
Hurmatli Davolash ishi fakulteti talabalari, Aziz ota-onalar, qadrli hamkasblar! Sizlarni 2026-yil 25-iyun kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadigan 2026-yil Bitiruvchilarining tantanali bitiruv tadbiriga taklif etamiz. 📌Tadbir manzili: Farg‘ona Eko shahar Amfiteatri. 📍 Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/5aRewrn1h6Fr5JV16
без подписи
без подписи
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2026-yil 13-apreldagi 221-I-05-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Davolash ishi fakultetida iyun oyi davomida “Kurs qo‘mitasi” faoliyati doirasida tizimli ishlar olib borildi. Tadbirlar sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, talabalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, davomati, akademik qarzdorligi, kontrakt to‘lovlari va mavjud muammolarini o‘rganishga qaratild
“Men – Yangi O‘zbekiston bunyodkoriman” shiori ostida Davolash ishi talabalari o‘rtasida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi! Nominatsiyalar: 😄1.“Kelajak shifokori — xalq xizmatida” Shior: “Mening bilimim — xalq salomatligi uchun!” 😄2.“Sog‘lom jamiyat — Yangi O‘zbekiston poydevori” Shior: “Sog‘lom yoshlar — kuchli kelajak!” 😄3.“Innovatsion talaba — zamonaviy tibbiyot sari” Shior: “Zamonaviy bilim — zamonaviy tibbiyot kafolati!” Tanlovda talabalar amaliyot jarayoni, bemorlar bilan muloqot, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti hamda zamonaviy tibbiyot texnologiyalari aks etgan qisqa videoroliklar bilan ishtirok etishlari mumkin. Ijodkor, tashabbuskor va faol talabalarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz! Videoroliklarni ❗️ Men – Yangi O‘zbekiston bunyodkoriman guruhiga yuboring. O‘z tashabbuskorligi va ideal videorolik kontentlari bilan g‘olib bo‘lgan talabalarga Yangi o‘quv yili boshida, talabalar davrasida Fakultetning esdalik sovg‘alari hamda Euroformatdagi maxsus sertifikatlari bilan mukofotlanadilar.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи