tgindex
Последний пост
25 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
134
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 282
20 постов
Вовлечённость
956,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 347
1/48двое суток
1 543
1/72трое суток
1 664

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 25 июл.1 284313

    Qulga balo kelmas, Haq yozmaguncha! Haq balo yozmas, Qul yoʻldan ozmaguncha! Haq quldan intiqom, Qul ila olur! Dinu irfon bilmagan, Buni quldan deb bilur... Rumiy @devonayi_bedor

  • 20 июл.1 754920

    Seni sevganlar oldida tabassum qil-ki, sening ham muhabbating sezilsin! Dushmaning qarshisida ham tabassumli boʻlki, u oʻzini zaif va nochor ekanidan ezilsin! Seni tashlab ketganning ortidan ham tabassum qilki, nadomat cheksin! Tabassum qil va butun olamni tabassum ila fath et! Tabassumni ibodat sanagan Robbimga hamd boʻlsin! Mahbubiy @devonayi_bedor

  • 15 июл.1 520916

    "Agar og‘riqni his qilayotgan bo‘lsang, demak tirik ekansan. Agar boshqalarning og‘rig‘ini his qilayotgan bo‘lsang, demak insonsan". Mubashshir Ahmad @devonayi_bedor

  • 14 июл.1 33298

    Chunki sen Allohsan! Qo'rqinchu gʻam yoʻq, Sen borsan Bizlarda gʻussa alam yoʻq, Koinot boʻlolmas hukmingdan nari, Har ne jon amringa boʻysunar bari, Toki bor ekansan Robbim sen Vohid... Yashaydi qalblarda shodlik va umid... @devonayi_bedor

  • 20 июн.60631из sutuur_uz

    Bizning kanallarimiz Fikr, adabiyot va hayotdan lavhalar: @Sutuur_uz Ruhiy va ma’naviy yo‘l: @Nurulyaqin_uz ✍️ Shaxsiy blogim: @Safarov Fikr va farosat maydoni: @farosatdaan Kitoblar va mutolaa olami: @mutolaachidan She’r va tafakkur oqshomlari: @devonaiy_bedor @Masalan manfaatli bo'lishi mumkin! Manfaatli kitoblar tavsiyasi: @sutuur_kitoblari She'r yoki matnlar o'qisangiz foydali bo'lishi mumkin: @satrlar_ohangi Vaqti kelsa ishlatarmiz: @Xayol_Olamim @samimiylik_istab

  • 29 мая2 50075

    Bilaman, men endi go‘dakmas, Ammo sevgiga mast, yor vaslida bedor, bedavo Ona allasini unutgan beg‘am, bevafo... Bilaman, men endi go‘dakmas, Ammo uyqudan kechgan, xastalikka chalingan tanam. Lekin tun qa’rida, sokin va beg‘am, Oy nuriga hamon alla aytadi onam: "Meni ko‘rmasang-la, eslamasang ham, Oy nurida mehrim nuri, bag‘rimning tafti, Jon bolam, alla bolam, tinch uxla, bolam..." Bilaman, endi ko‘ngil ishonchsizlik dardidan behol, Ko‘zda yo‘q zavq, yurak haroratin asta yo‘qotib, har dam Sovuq kengliklarda so‘nib bormoqda sabrim. Lekin qahraton qa’ridan sergak muallim, Yillar qamchiniga sokingina allasini shivirlar onam: "Kun yildanmas, yil kundan bahra oladi, bolam, Shohu gado bari bir xok, G‘ururni o‘zga xushomadga alishma hech ham. Ruhing asra, qahratonga qul emas, erkning aksi, Jon bolam, alla, bolam, bir umrga erkak bo‘lgan bolam..." Sog‘inch daryosining parisi — onam, Abad haqiqatni yengmoqlik mushkul. Bugun o‘tkinchi hislarning quliman butkul, Koshki edi sizning mehringizni o‘zgadan bilsam... Zavjayu farzandim ko'zidan topsam. Yillar qamchisidan dil pora onam, Menga chin, yotga yolg‘on bu bir kam olam, Onam allasi-la mukammal olam, Olam allasidan mukammal onam! @devonaiy_bedor

  • 25 мая57742из sutuur_uz

    Imom Avzoiy rahimahulloh aytadilar: Men shunday insonlarni ko‘rganmanki, ular hojat-istaklarini Arafa kuni uchun saqlab qo‘yishar, o‘sha kunda Allohdan so‘rashardi. Ulardan baʼzilari shunday der edi: Men ellik yildan beri Arafa kuni duo qilib kelaman. Bir yil o‘tmasidanoq uni huddi tong yorishgandek ro‘yobga chiqqanini ko‘raman. “Latoiful-maʼorif”dan

  • 25 мая58032из sutuur_uz

    BU YILGI TAKBIR TASHRIQ AYTISH KUNLARI QAYSI KUNLARGA TO‘G‘RI KELADI? اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد O‘qilishi: Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillaahil hamd. Maʼnosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir. Takbiri tashriq 26-may bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, yaʼni 30-may asr namoziga qadar aytiladi: • 26-may — 5 mahal • 27-may — 5 mahal • 28-may — 5 mahal • 29-may — 5 mahal • 30-may — 3 mahal 🟢Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi. Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi. Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar. Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq o‘qib bo‘lganidan keyin takbiri tashriqni aytadi.

  • 25 мая45831из sutuur_uz

    🔤rafa muborak bo’lsin!

  • Tashqarida yomg‘ir yog‘ar, Ko‘z yoshdan ham og‘ir yog‘ar. Bu yuraksiz dunyo uzra Yurak yog‘ar, bag‘ir yog‘ar. Ayriliqqa ko‘nim yo‘qdir, Nahot, ishqqa o‘lim yo‘qdir. Ko‘z yoshingni artmoqlikka Qo‘lim yo‘qdir, Ko‘nglim yo‘qdir... Usmon Azim @devonaiy_bedor

  • 17 мая2 200621

    Ey qalbi gul kabi nazokatli Ayol! Ey aqli tuyg'ular bo'ronida chirpirak bo'lguvchi Ojiza! Ey qarorlari doim o'zgarib, ikkilanishlar ichida qolguvchi Zaifa! Seni yuksaltirguvchi, buyuk maqom berguvchi Vazifang haqida eslatma bermoqchiman. Ey Ayol! Ey Ona! Ey mukarrama Zot! Oyog'i ostiga jannat to'shalgan munavvar Siymo! Sen tilloga qiziqasan, boylikka, chiroyga qalbing chopadi. Ba'zan istaklaring qayerdan boshlanib, qayerda tugashini bilmay qolasan. Kimgadir suyanish va kimgadir ishonish ilinji ila yashaysan, shu sababli ham Ayolsan! Ammo ishon! Ishonki, Sening buyuk Vazifang sadoqatli juft bo'lmoqdir. Erning rizosi ila jannat eshigining kaliti qo'lingga beriladi. So'ng Onalik maqomi! O'g'illar va qizlarni ulg'aytir. Ularni sev, parvarish qil. Ular uchun o'zingni fido et, ularning yaxshi inson, solih inson, halol va insofli inson bo'lishi uchun harakat qil. Bu bir muhoraba maydonidir. G'iybatlarga quloq solma. Kimdir seni pisand qilmasa, e'tibor berma. Kimdir ig'vo tarqatsa, ko'z solma. Sen KELAJAKNI QUR! Sen sherlarni tarbiya qil. Afifalarni ulg'aytir. Butun diqqating bilan chinakam ONA bo'lmoq uchun intil. Bolang qarshisida dunyoning hamma istaklariga o't qo'y. Mening nafsim, mening istaklarim-chi dema. Dugonalarim shundoq yurishibdi, men-chi dema. Zurriyodlaring – ana ular Sening Buyukliging ildizidir. Tasavvur qil: sen tarbiya qilgan o'g'illar yurt koriga yaraydigan, xalqning yukini ko'taradigan, mard va donishmand bo'lib yetishdilar. Kelinlar tushirding. Qizlar chiqarding. Nabiralar ko'rding. Qanchalar ehtirom va sevgi ichida bo'lishingni o'yla. Vaqtinchalik hoy-u havaslar, nafs ortidan chopgan qizlar bugun bu imkoniyatni boy beryaptilar. Karera qilaman, ilm olaman deb o'zini aldayotgan ojizalar o'z imkonlariga, o'zlarining ilohiy va fitriy baxtlariga o't qo'ymoqdalar. Bugungi qarsaklar, unvonlar, olqishlar, moliyaviy mustaqilliklar – hech biri senga mangu saodatni bermaydi, umringning qaymog'ini sen abadiy yo'lga tikmasang, yo'lning oxiri juda achchiq va og'riqli kechadi. Ey ayol! Ey ma'suma! Ayol jamiyatda faol bo'lsin, yana bir nimalar qilsin deb chopayotganlarga aldanma. Buyuk Ona bo'lish imkonidan ayrilma. Oyog'ingga jannat poyandoz qilib to'shab turilganida botqoqliklardan yurma. Bu fikrlarni yodlab ol. Uqib ol. Ichingga singdir va o'zingni sadoqatli jufti halol va Ona bo'lish uchun safarbar et! Umring, mehnating, sihhatingni bu yo'lga sarflaysan va olgan hosiling uchun aslo afsus qilmaysan, bil'laks, baxtiyorlik va rozilik ichida bo'lgaysan! Ammo boshqa so'qmoq va jinko'chalardan ketganlar, qizil bayroq-u oq bayroq bo'lib yurgan sho'rpeshonalarning oqibatlari ne bo'lishi yolg'iz Xudoga ayon! Sen tanlagan yo'lda natija kafolatlidir, ammo teskari tomonga daydiganlarning ne bo'lmog'i zulmat-u qorong'udlikdadir. Ularni qora bir tuynuk, sovuq tunlar, ajdaho kabi himoyasizlik va ayanchli oh-u nolalar kutib turgan boʻlishi ehtimoldir, Xudo saqlasin!.. Akrom Malik @devonaiy_bedor

  • #ishq Muhabbat ko‘zlardan g‘aniydir, bilsang, Ishq o‘ti qadalgan yurakning tafti, Maʼshuqin o‘ngida — olovli bir sang, Ilohiy sevgining keng erur kafti. @devonaiy_bedor

  • 11 мая1 9531113

    Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni, Bizda ham bor edi matonat, bardosh. Arslon chorlagandi qoshida bizni Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh. Abdulla Oripov @devonaiy_bedor

  • 6 мая785167

    Mening kimligimni Bilmaydi hech kim. Men bir g‘alatiman, Men alohida. Ko‘zimning yoshini Keladi ichgim, Tilimni chaynagim, Kelar gohida. Oy mening yelkamga O‘tirib olgan, Oftob g‘avg‘o solar Yurgan yo‘limga. Xayol tushovidan Chiqolmay qolgan Umrimni topshirib Qo‘ydim ko‘nglimga. Muhammad Yusuf @devonaiy_bedor

  • 4 мая694125

    Devorning tagida o‘ltiribman jim, Xayol girdobida. Ko‘zim yumilgan. Tubimga yetmayman - cho‘kkanim sayin, Garchi yo‘q men kabi chuqur ko‘milgan. Eng tubdan - bo‘g‘ilib - olaman nafas, Xo‘rsinib - dunyoga taralar o‘kinch. O‘limning borligi - qo‘rqinchli emas, Yashashning yo‘qligi - daxshatli qo‘rqinch!.. Usmon Azim @devonaiy_bedor

  • 27 апр.1 9201014

    Sening yo’qligingda men. Mening yo’qligimda sen. Men tomchiga hasrat. Dengizga hasrat sen. La adriy @devonaiy_bedor

  • 7 апр.2 710814

    Siz shu she’rni o’qiyotgan payt (yo men uni yozayotgan dam) allaqayda bukildi bir qad, tobut tutib egildi odam. Siz shu she’rni o’qir mahali (yomen uni yozgan yoz kuni) aravaning tagida qolib buzildi bir chumoli ini. Siz shu she’rni o’qiyotgan on (yo men uni yozgan shu fursat) xiyobonda ilk bor bargidan ayrilgandir yam-yashil daraxt. Go’zal dunyo hayratga arzir, go’zal edi u barg ham juda. Demak, kulmang, demak, men hozir yig’lamayapman, axir, behuda… Karim Bahriyev @devonaiy_bedor

  • 22 мар.1 8301619

    #iqtibos Asl gʻavvos boʻlsang durni koʼrgaysan, Pok boʻlsang ketar chogʻ hurni koʼrgaysan, Hammayoq zulmat deb shikoyat qilma, Oʻzingda NUR boʻlsa nurni koʼrgaysan! ©Abdulqodir Xoʻqandiy @devonaiy_bedor

  • #iqtibos Odamzod qiziq bo’ladi. O’y o’ylab topa olmagan, xayoligga ming uringaning bilan keltirolmagan umringni yo azob, yo quvonch, yo andisha paytida lop etib bir daqiqada ko’rasan. O’tgan umring ko’z oldingdan juda tiniq, juda aniq bo’lib o’tadi. Shu daqiqada o’tgan umringga baho berib ulgurasan. ©Said Ahmad ©Jimjitlik @devonaiy_bedor

  • Odam o'g'li, gar o'zingga ikki jahon, Dorul-omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi. Tirik joning nafas olgan har bir zamon, Nurli zamon bo'lsin desang Qur'on o'qi. Qur'on nurdir, zamiringni yoritgaydir, Rahmat, shifo, dardlaringni aritgaydir, Rabbim Alloh O'zin go'zal tanitgaydir, Umrim irfon bo'lsin desang, Qur'on o'qi. Halol-harom, haq va botil unda ayon, Va'da - va'id - xabarlardir yahshi yomon, Ikki jahon farqin ravon etmish bayon, Qalbim furqon bo'lsin desang, Qur'on o'qi. Qiyomat kun jonlar titraganda, Iymonsizlar najot topmay qaqshaganda, Iymon ahli qo'rg'on ichra yashaganda, Tegram qo'rg'on bo'lsin desang Qur'on o'qi. Ey, olamga ko'ngli ochiq manzurlarim, Dardu g'ami rahmatlarga arzirlarim, Dunyom obod, ham oxirat manzillarim, Ravhu rayhon bo'lsin, desang Qur'on o'qi. Kimki Qur'on o'quvchidir, azob bo'lmas,  Yana Qur'on o'rgatganga hisob bo'lmas, Ma'no bilgan zotga parda hijob bo'lmas, Vasli ayon bo'lsin desang, Qur'on o'qi. O'tdi necha Haq kalomin ho'rlaganlar, Qur'on istab, ohi ko'kka o'rlaganlar, Ey, siz mudhish zulmlarni ko'rmaganlar, Yurtim omon bo'lsin desang Qur'on o'qi. Qur'on, hikmat - Haqning fazlu atosidir, Ka'ba bunyod etgan Halil duosidir, To Qiyomat Haq Rasulni nidosidir, Iymon omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi. Mirzo, besh kun bu dunyoning zahmati bor, Rabbim Alloh, shafoatgoh Ahmadi bor, Baski, Haqning g'azabi ham Rahmati bor, Ma'vom rizvon bo'lsin, desang Qur'on o'qi... © Mirzo Kenjabek @devonaiy_bedor

devonayi bedor — tgindex