Dieta sirlari
СтатистикаOvqatni kam yeysiz, non va shakardan voz kechsangiz ham ozmayapsizmi? Ko‘p xarakatlar ham qorinni yo‘qotmayaptimi? Sizni qiynagan muammolarning yechimi shu kanalda. Kanalni boshidan o‘qing!
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 33
- 1/48двое суток
- 37
- 1/72трое суток
- 40
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🍯 Asalni tozaligini qanday bilasiz? Sutnining tabiiyligini-chi? Bozordagi boshqa mahsulotni tanlashda siz qanday layfhaklar ishlatasiz? Izohlarda bo‘lishing. P.S. Keyingi postlarimizda qora non tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida aytib beramiz. @dieta_sirlari
Siz bu borada qanday fikrdasiz? Chindan ham ratsionimizni oqsil bilan boyitish bizga qimmatga tushadimi? Iltimos, o‘z fikrlaringiz bilan bo‘lishishga albatta vaqt toping, axir gap sog‘liq va tashqi ko‘rinish haqida ketyapti. @dieta_sirlari
— Qorin to‘q, g‘am yo‘q, endi uxlasayam bo‘ladi: ovqatlangach uyquga tortadimi? Yo‘q, bu dangasalik emas. Bu — diabetga moyillik bor, degani. Sog‘lom inson kunduzi ovqatlangach, 10-15 daqiqa dam olib, birrovga internetga kirib, chalg‘isa miya "perezagruzka" bo‘lib, kundalik ishlarini davom ettirishga tayyorlikni his qiladi. Lekin ovqat yegach lanjlik his qilsa, kunning qaysi pallasi bo‘lmasin, doimiy charchoq holatidan qutulolmaslik — bu organizmdagi nojo‘ya jarayonlarning belgisi. Demak, taomnoma tarkibining 70-80% ni yengil uglevodlar tashkil qiladi (ishonmasangiz, o‘zingiz uchun tahlil qilib ko‘ring). Agar inson bolalikdan shirinliklar, fast-fud, gazlik ichimliklarni isteʼmol qilishni sevib, yoki achuchuk/tarvuz /murabboga non botirib yeyishga o‘rgangan bo‘lsa surunkali charchoq, uyquchanlik, ortiqcha vazn va 2-tip diabet turiga, gormonal buzulishlarga moyilligi bor odamlarda esa onkologiya rivojlanishiga olib keladi. O‘zingiz yoki yaqinlaringizda kunduzi ovqatlangach, darhol fikr hiralashib, uyquga tortayotganini sezsangiz kelajakda hayotingiz insulinga bog‘lanib qolmaslik uchun bugun qiladigan vazifangiz: hech bir taomni oqsilsiz isteʼmol qilmang! Tushlikka qovurilgan kartoshkami? Unga tuxum qo‘shamiz. Mantining to‘qlik darajasini dumba yog‘i emas, go‘shtning ko‘pligi oshiradi. Pitsaning kolbasaligini emas, qo‘ziqorin va qazi-go‘shtga boyini tanlaymiz. Har gal bozorliqdan qaytayotganimizda "Haltamda hozir oqsildan nima bor?", deb o‘zimizga savol beramiz. P.S. Bu postni uyquga moyilligi kuchli do‘stlarga yo‘llab qo‘yishni unutmang. @dieta_sirlari
bo‘g‘doy uni qo‘shilmagan javdar unidan yopilgan non
без подписи
без подписи
🍞 Non semirtiradimi? Aksariyat odamlar ozish uchun non, kartoshka va shakardan butunlay voz kechish kerak, deb hisoblaydi. Ammo bu qanchalik to‘g‘ri? Muammo nonning o‘zida emas, balki uning qaysi undan tayyorlanishida. 🌾 Bo‘g‘doy doni ikki qismdan iborat: ichki qismi va kepak, yaʼni tashqi qobig‘i. Aynan kepak, yaʼni donning eng ustki qismi A, E, B guruhi, PP vitaminlari, shuningdek rux, yod, magniy, kaliy, kaltsiy, temir va boshqa foydali elementlarga boy bo‘lib, ularning ularning tanqisligi soch, tirnoq va teri holatiga salbiy taʼsir qiladi. 🤩 Bugun bozorda oppoq, yumshoq va do‘mboq nonga talab kuchli. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar unni oqartirish va yengil, "pux" holatiga keltirish uchun jon kuydirib, zamonaviy texnologiyalar yordamida ustki qatlamni obdin shilib, tozalayapti. Natijada bug‘doyning eng foydali qismi ko‘pincha chorva uchun yemga yuboriladi, dasturxonimizga esa asisan kraxmaldan iborat, foydali xususiyatlardan butunlay mosuvo ichki qismi qoladi. 🫓Non — aziz neʼmat. Undan voz kechish soch to‘kilishi, teri elastikligining yo‘qolishi, hatto yurak qon-tomir kasalliklariga sabab bo‘ladi. Lekin nonni ham to‘g‘ri tanlash juda muhim. Xo‘sh, Siz non xaridida nimalarga eʼtibor berasiz? @dieta_sirlari
без подписи
без подписи
без подписи
100 gr. makaronning o‘rtacha 70 grammi uglevod ekanligini bilasizmi? Bugun Sizlar bilan makaron tanlashni o‘rganamiz! Eslab qoling, makaronning 3 turi mavjud: • A guruhi; • B guruhi; • V guruhi 🍜 Sog‘lom makaron — bu "A" guruhidagi makaron. U faqat qattiq navli bug‘doydan tayyorlangan bo‘lib, tarkibi murakkab uglevodlardan iborat. Uni qanday topamiz? Avvalo, qoplarda kilolab sotiladigan makaronlarni unuting. ✅ Rastalardagi pachkalik mahsulotni olib, paketning orqa tomonidan makaron guruhi (rus tilida "группа макарона"), degan yozuvni izlaymiz. Maqsadimiz, "A" gruppa, yoki "qattiq navli bo‘g‘doy navi", degan yozuvni topish. ❌ "B guruhi" yozuvini ko'rsangiz avval o‘ngga, keyin chapga qariysiz-da, pachkani seekiiingina joyiga qo‘yib qo‘yasiz. ❌ "V guruhi", yoki guruh/navi yozilmagan makaron tomon qayrilib ham qaramaysiz. Qanchalik arzon yoki qadog‘i kaaatta bo‘lmasin, ulardan uzoqroq yuravering. U oddiy un va suvda qorilib, tarkibi puch uglevodlarga boy, semirtirish, qon tomirlarda" blyashka"lar hosil qilish, yurakni charchatish bo‘yicha chempionlar hisoblanadi. 🌑 Aytgancha, milliy taomi makaron bo‘lgan Italiya xalqi "B" va "V" guruhidagi makaronlar haqida chet elliklardan eshitib, xayron bo‘lishgan ekan. Ular qattiq navli "A" dan boshqasini makaron, deb tan olishmaydi. Taomlari shundan betakror. @dieta_sirlari
🔝 Uglevodlar 2 turda (oddiy va murakkab) bo‘lib, ular molekulyar birikmalari bilan farqlanadi. Oddiy uglevodlar (mono- va disaxaridlar) 1 yoki 2 qand molekulasidan iborat. Ular oson hazm boʻladi va qondagi shakar darajasini tez oshiradi. Isteʼmoldan keyin jismoniy harakat bo‘lmasa, aynan shu uglevod turiga boy taomlar 1-galda yog‘ga aylantirilib, terosti cho‘ntaklarga "qora kun"ga deb yashiriladi. Murakkab uglevodlar (polisaxaridlar, masalan, kraxmal va kletchatka) uzun molekulalar zanjiridan iborat. Organizm ularni parchalab, hazm qilishi uchun ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. Shu sababdan ular qorinni ancha vaqtgacha to‘q tutadi, tanaga uzoq muddatli energiya beradi. ⚠️ Oddiy uglevodlar tabiatda nisbatan kam uchraydi. Masalan, asaldagi glyukoza, mevalardagi fruktoza va sut mahsulotidagi laktoza. Ularning meʼyordagi isteʼmoli ortiqcha vazn chaqirmaydi. ⚠️ Murakkab uglevodlarga boy tabiiy mahsulotlar bu barcha donli ekinlar va yormalar — bug‘doy, gurch, mosh va loviya, grechka, no‘xot, urug‘ va yong‘oqlar, kletchatkaga boy sabzavotlar. ☘️ Vaznga ularning taʼsiri haqida bu hafta davomida batafsil suhbatlashamiz. @dieta_sirlari
❗️❗️❗️❗️ Ha, taomlanishda oqsil qanchalik muhim bo‘lmasin, bugundan boshlab biz uglevod mavzusini molekulalarga ajratib, non, gurch va makaron kabi o‘zbek oshxonasi xonzodalaridan voz kechishga hojat bormi-yo‘qmi, bilib olamiz. ❓ Qaysi neʼmatlar uglevodga boy, nima deb o‘ylaysiz? @dieta_sirlari
🫓 — Ozish uchun nondan voz kechishim shartmi? — Makaron-chi, ular ham taʼqiqlanganmi? Bolaligimizdan bizga "Non — aziz neʼmat", deb bejiz o‘rgatishmagan. Chunki un tanamiz uchun muhim mikro- va makroelrmentlar, "B" vitaminining barcha turlari, K, PP, magniy, kaliy va folat kislotalariga boy. 🫓Unda nega non ozishga xalaqit qiladi, deb hisoblanadi? Bu savolga javob topish uchun uglevodlar mavzusini chuqurroq o‘rganib chiqishimiz kerak. @dieta_sirlari
Endi keyingi savol: nimjon yoki kasallikdan keyin holsiz odamga odatda nima maslahat beramiz? — Baquvvat-baquvvat ovqatlardan yesang-chi! — Bunga qo‘y go‘shtidan sho‘rva pishirib, issiqqina ichirish kerak! — Bedana tuxumidan har kuni 2ta dan yesa kuchga kiradi! Nimaga? Nega aynan qaynatma sho‘rvalar, tuxum va go‘sht kuch manbai hisoblanadi? Buning sababi — ular oqsil manbayi. Oqsil esa tanamiz uchun qurilish materiali, g‘ishtchalari. Miya, yurak, buyrak, jigar, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi, jinsiy, ko‘rish va eshitish aʼzolari, qo‘l, oyoq, bel, tanamizni qoplab turgan teri, hatto tirnoq plastinasi va soch tolalari oqsildan yasaladi. Oqsil hech qachon "zapas" ga jamg‘arilmaydi, tanaga tushdimi, bas! Uning ish joyi darhol topiladi. Betob yoki tabiatdan nimjon odam go‘sht qaynatmasi, tuxum yoki sut-qatiq ichsa mushaklari oqsilga to‘yinib, asta kuchga kiradi. Esimizda qolish uchun yana bir bir takrorlaymiz: uglevod yog‘ga, yog‘ esa uglevodga aylanib, terosti zahiralarda g‘amlanadi. Oqsil hech qachon yog‘ga aylanmaydi, organizm uni darhol ishga soladi. @dieta_sirlari
Semirmoqchi bo‘lgan insonga nima maslahat berasiz? Yog‘li ovqat ye. Chindan ham ortiqcha vaznga olib keladigan ovqatlanishning 2 ta asosiy turi bor: 1. Yog‘li taomlar isteʼmoli. 2. Shirinliklar. Nimaga? Chunki yog‘ (kelib chiqishi bo‘yicha o‘simlik va xayvon yog‘i turlari bor) va uglevod — bu tana uchun yoqilg‘i (energiya) manbayi. Siz qancha ko‘p xarakat qilsangiz ular o‘tin kabi shuncha tez yonib bitadi. Agar jismoniy xarakat kam bo‘lsa bu unsurlar tana "omborxona"si — teri osti qatlamlarga joylanaveradi. @dieta_sirlari
— Yeb ozasan. Qancha ko‘p yesang, shuncha tez va chiroyli ozasan. ... Rostan ham shunday mo‘jizaviy ham tabiiy neʼmat dunyoda bormi? Yoki bu — biror BAD (biologik faol qo‘shimchalar) reklamasimi? 😊 Siz qanday fikrdasiz? @dieta_sirlari
♥️ Keto-dieta nima? Oddiy qilib aytganda bu — yog‘larga asoslangan dieta. Unga rioya qilgan odam taomnomasining 80% — yog‘lar, 10% — xayvon oqsili (go‘sht, tuxum, sut-qatiq), 10% — uglevod va kletchatka (ko‘kat, tarkibida kraxmalsiz meva va sabzavot, ziravorlar) (Yozning jaziramasini achichuk va tarvuzsiz o‘tkazish hech qaysi o‘zbekning xayoliga kelmas edi. Agar xitoyliklar bo‘lmasa...) Rostan ham qo‘y dumbasini to‘yib yeb, ozsa bo‘ladimi? Ha. Tassavur qiling, elektr choynakda suv qaynatmoqchisiz. Choynak bu vazifani tok (yoqilg‘i) hisobiga baharadi. Tanangiz yoqilg‘isi — energiyasi — bu uglevodlar. Ularning kuchi bilan yurak uradi, qo‘l-oyoq qimirlaydi, til so‘zlaydi. Agar tanada uglevod (yoqilg‘i) kamayib ketsa, organizm b) rejani ishga solib, boshqa yoqilg‘i manbaini izlashga tushadi. 3-darsimizdan taom 3 unsur — oqsil, uglevod va yog‘lardan iborat bo‘lib, uglevod — yog‘ga, yog‘ esa uglevodga aylanish xususiyatiga ega. Inson uglevod isteʼmol qilmasa yegan yog‘i energiyaga aylanadi. Qizig‘i, bu jarayon ishga tushirilganida jigar nafaqat yegan yog‘ini, balki organizmda yig‘ilib qolgan boshqa yog‘larni ham parchalab, keton tanachalariga aylantiradi va uglevod tanqisligida shu ketonlar yoqilg‘i sifatida ishlatiladi va inson ozadi. ❗️Lekin 2018-yilning avgust oyida Myunxen shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Kardiologlar Jamiyati (European Society of Cardiology, ESC) ketodieta yurak-qon tomir kasalliklari va insultga sabab bo‘lishini inobatga olib, xavf darajasi balandligi uchun semizlik davo chorasi sifatida uni to‘liq taʼqiqlagan. ‼️ Ayniqsa O‘zbekistonda, yozning jaziramasida keto-parhez salomatlik uchun ikki baravar xavfga aylanadi. Chunki yog‘li ovqatlar qonning xavfli darajada quyuqlashishiga va tromb hosil bo‘lishiga sababchi bo‘lib, insult va infarkt xavfini oshiradi. Bundan tashqari kletchatka kamligi oshqozon-ichak trakti faoliyatini sustlashtirib, qabziyat va uning asoratlari yuzaga kelishiga, ratsionda meva va sabzavot kamaytirilgani bois vitamin, mikro- va makroelementlar tanqisligi, kamqonlik, uyquchalik va lohaslik kuzatiladi. Yana eʼtiborli jihatlardan biri, agar ozdiruvchi BADning isteʼmoli davrida biror dietaga rioya qilish talab etilsa o‘ylab ko‘ring: sizni dieta ozdiradimi yoki BAD? Chunki nimalardandir voz kechib, dietaga rioya qilgan odam BADsiz ham ozadi. Faqat ozishning ham to‘g‘ri va noto‘g‘ri, sog‘liqqa zarar yo‘llari bor. @dieta_sirlari.
— Tog‘angiz daladan eng sara uzum berdirib yuboraman deganlar, Gulzor yangangizni ko‘rishga boramiz — deb qoldi yaqinda buvim. Gulzor yangam bor-yo‘g‘i 45ni qoralagan, qo‘ng‘ir ko‘zlari hind aktrissasi Madhurinikidek yirik va beg‘ubor, kulguchlari mitti yulduzchalardek chehrasini yoritgan quvnoq, xushchaqchaq ayol. Insult bo‘lib qolibti... Buvim bilan ularning yotoqxonasida o‘tirar ekanmiz, to‘shakdagi ayol Gulzor yangam ekanligini boshida tushunmabman. Qorayib-kichrayib, shiftga qarab yotgan, tomirlariga osma ukollar ulangan bu jussa menga begonadek ko‘rinib, ulardan ko‘zimni olib qochishga harakat qilardim. — Doktor dieta buyurtirgan edi — so‘zlab berdi kelini. — Yog‘li narsa, xamirli ovqat yemang, gazli ichimliklar ichmang, issiqda ko‘chaga chiqmang, deb tayinlagandilar. Oyijonim nega bu ahvolga tushganiga hammamiz hayron... — Eeee, nega hayronman, deysiz, bor gapni aytib qo‘ya qoling! — jahl bilan gapga aralashdi yig‘idan ishib ketgan yangamning qizi Gulzoda: — Hammasiga anu bozorchi Muhabbat aybdor! ... Muhabbat opa bozorda ko‘kat sotadi. To‘lachadan kelgan ayol, doim qizligidagi hipcha belligini eslab o‘kinadi. Shu opa qaysidir BADlarni reklamasiga ishonib, tashkilotiga aʼzo bo‘libti-yu, mahsulot va hizmatlarini sotishni boshlabti. BAD ham, uni ishlab chiqaradigan kompaniya ham Xitoyniki. Tushunishimcha, piramida: Muhabbat opa tashkilotga Gulzor yangani olib kelgani uchun daromad qiladi, Gulzor yanga yana kimnidir olib kelishi kerak... Lekin fojia hali bunda ham emas. Muhabbat opa bilan Gulzor yangani bu kompaniyaga ortiqcha vazn muammosi yetaklab kelgan va ular tanlagan BAD isteʼmoli natija berishi uchun maxsus keto dietaga amal qilishlari kerak boʼlgan ekan... ❓ Keto dieta haqida eshitganmisiz? (davomi bor). @dieta_sirlari
Kanalda non sevuvchilar bormi? Bugundan bor eʼtiborimiz Sizda bo‘ladi, azizim 🥰