DIGITAL | BUKHARA
Статистика- Последний пост
- 23 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 29
- 1/48двое суток
- 33
- 1/72трое суток
- 35
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
☄️ Buxoro global startap xaritasiga chiqmoqda: “Bukhara 100” dasturi yo‘lga qo‘yiladi ➡️ AQSHning San-Fransisko shahrida joylashgan dunyoning yetakchi innovatsion platformalari va venchur investitsiya ekotizimlaridan biri - Plug and Play Tech Center bosh ofisida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi hamda kompaniya rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅ Uchrashuv davomida Buxoro viloyatida startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy texnologik loyihalarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga qaratilgan “Bukhara 100” dasturini amalga oshirish bo‘yicha strategik hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi. 🌎 Muzokaralarda Plug and Play Tech Center bosh direktorining apparati rahbari Rebekka Rosser hamda Plug and Play Ventures hamkori Ivan Zgomba ishtirok etdi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196713 ______ ☄️ Uzbekistan and Plug and Play Launch the “Bukhara 100” Program to Accelerate Startup Growth ➡️ A new initiative aimed at strengthening Bukhara's startup ecosystem and connecting local innovators with global markets will be launched under the “Bukhara 100” program. ✅ The initiative is being implemented through a strategic partnership between the Ministry of Digital Technologies and Plug and Play Tech Center, one of the world's leading innovation platforms and venture capital ecosystems. 🌎 The negotiations were attended by Rebecca Rosser, Chief of Staff to the CEO of Plug and Play Tech Center, and Ivan Zgomba, Partner at Plug and Play Ventures. In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/196713 ________ ☄️ Бухара станет новым центром развития стартапов: будет запущена программа «Bukhara 100» ➡️ В штаб-квартире одной из ведущих мировых инновационных платформ и венчурных экосистем — Plug and Play Tech Center, расположенной в американском городе Сан-Франциско, состоялась встреча делегации Министерства цифровых технологий Республики Узбекистан с руководством компании. ✅ В ходе переговоров стороны достигли договоренности о стратегическом сотрудничестве по реализации программы «Bukhara 100», направленной на развитие стартап-экосистемы Бухарской области, поддержку инновационного предпринимательства и вывод перспективных технологических проектов региона на международные рынки. 🌎 В переговорах приняли участие руководитель аппарата генерального директора Plug and Play Tech Center Ребекка Россер и партнер Plug and Play Ventures Иван Згомба. Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/196713 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
❗️Bog‘chaga imtiyozli navbatga turish uchun onlayn ariza berish imkoni yaratildi my.gov.uz portali arizada ko‘rsatilgan imtiyoz ma’lumotlarini vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali o‘zi tekshiradi. ❓Kimlar imtiyozli navbatga qo‘yiladi? • Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari; • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari; • Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; • “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari; • Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar; • Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar; • Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari; • Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari; • Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari; • To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari; • Talabalarning farzandlari; • Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari. Arizani “Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish” xizmati (https://my.gov.uz/uz/service/285) orqali yuborish mumkin.
☄️Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar qabuli boshlandi! ❗️Agar oliy malaka toifasiga ega pedagog bo’lsangiz, ushbu imkoniyat aynan Siz uchun! 💰 Bugun, 20-aprel soat 14:00 dan boshlab, oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishga arizalar qabuli ochiq deb e’lon qilindi. 🏠 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga muvofiq, davlat budjeti hisobidan ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25% qismi qoplab beriladi. 🔄 Subsidiya olish uchun quyidagi mezonlarga mos kelish lozim: 🗄 Ish staji: Kamida 15 yil pedagogik faoliyat yuritgan bo‘lishi; 🗄 Malaka: Oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi; 🗄 Uy-joy: O‘z nomida (shu jumladan, turmush o‘rtog‘i bilan birga) 2 tadan ortiq uy-joyi mavjud bo‘lmasligi; 🗄 Kredit tarixi: Tijorat banklari talablariga mos, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi. 📱 Arizani navbatlarsiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz topshirish uchun quyidagi usullardan birini tanlang: ⏺MyGov mobil ilovasi orqali; ⏺my.gov.uz portali orqali; ⏺Istalgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurish orqali. 🏦 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, arizangizni hoziroq yo‘llang! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶️YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot
Umummilliy AI Hackathon endi Buxoroda! Joriy yilning 10-15 aprel kunlari Buxoro shahrida O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yirik loyihalaridan biri - "National AI Hackathon"ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu bosqich iqtidorli yoshlarga o‘z jamoalari bilan birgalikda innovatsion AI-yechimlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. O‘z bilmingizni ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ❗️Diqqat: Joylar soni chegaralangan! Xakatonda qatnashish uchun quyidagi talablarga mos keladigan nomzodlar taklifnoma oladilar. 🔗 Ishtirok etish uchun muhim shartlar: - Yoshingiz 16 yoshga to'lgan va undan yuqori bo‘lishi hamda fuqarolik pasportiga (yoki ID-kartaga) ega bo‘lishingiz shart. - Ishtirok etish faqatgina Buxoro viloyatida yashovchi yoshlar uchun ochiq. - talabgorlar bazaviy dasturlash ko'nikmalariga ega bo'lishlari lozim. Real hayotiy vazifalar, mentorlar ko‘magi va ekspertlar bahosi. Eng yaxshi loyihalar keyingi bosqichlarda rivojlantiriladi. 🖥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: ai-hackathon.uz Yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo‘ling! @ai_alliance_uz @aihackathon_uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” Prezident tashabbusi asosida tashkil etilgan “Milliy tanlov” natijalari e’lon qilindi Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari hamda yoshlar tanlovda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. 🔹 Jumladan: 🏛 “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” nominatsiyasida 2 ta oliy ta'lim muassasi: 🔅Buxoro davlat texnika universiteti — 50 mln so‘m, 🔅Buxoro davlat universiteti — 25 mln so‘m pul mukofotini qo'lga kiritishdi, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasida: ✈️1 nafar - Xorijga sayohat yo‘llanmasini, 💵7 nafar - 1000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo'lga kiritishdi. “Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasida: 🎓 6 nafar o'quvchilar - eng faol o‘quvchilar yo'nalishida, 🎓 6 nafar talabalari - eng faol talabalar yo'nalishida g‘olib bo'lishdi —————————————- Объявлены результаты «Национального конкурса», организованного в рамках инициативы Президента «Пять миллионов лидеров искусственного интеллекта» Высшие образовательные учреждения, школьные учителя, учащиеся и молодежь Бухарской области достойно приняли участие в конкурсе и добились высоких результатов. 🔹 В частности: 🏛 В номинации «Самое активное высшее образовательное учреждение» победителями стали 2 вуза: 🤔 Бухарский государственный технический университет — 50 млн сум 🤔 Бухарский государственный университет — 25 млн сум (денежная премия) 👨🏫 В номинации «Самый активный учитель информатики»: ✈️ 1 человек получил путёвку за рубеж 💵 7 человек получили денежную премию в размере 1000 долларов США 🎓 В номинации «Самый активный участник»: 🤔 6 учащихся стали победителями в категории «Самые активные учащиеся проекта» 🤔 6 студентов стали победителями в категории «Самые активные студенты проекта» 📱Telegram 📱 Linkedln 📱instagram
🌙Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklayman! Sizga sihat-salomatlik, muvaffaqiyat va farovonlik tilayman. 🗄🟢🗄🟢🗄🟢🗄🟢🗄🟢🗄🟢🗄
☄️ Oliy toifali pedagoglarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya beriladi 📝 Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra, 2026-yildan boshlab kamida 15 yil ish staji va oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega, 60 yoshgacha bo’lgan pedagoglarga qayta moliyalashtiriladigan ipoteka krediti uchun boshlang‘ich to‘lovning 25 foizini byudjetdan qoplab berish tartibi joriy etiladi. 🏡 Subsidiya birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ajratiladi. Buning uchun byudjetdan har yili 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi. 📍Bunda subsidiya ariza beruvchining doimiy yashash joyidagi uy-joylarni xarid qilish uchun ajratiladi. Yagona istisno: Toshkent shahrida yashovchilarga Toshkent viloyatidagi uylarni xarid qilishga ham subsidiya beriladi. 📱 Arizalar Yagona portal (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali bepul qabul qilinadi. 👉 ESLATMA: ta’limning barcha bosqichidagi tashkilotlarda, jumladan, maktab, akademik litsey, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagoglar subsidiya olishi mumkin. ⏱️ Ariza beruvchining quyidagi ma’lumotlari tekshiriladi: ⏺️ ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasida rasmiy nikoh tuzilgani; ⏺️ ular nomida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi; ⏺️ kamida 15 yil ish stajiga egaligi va ayni vaqtda faoliyat yuritayotgani; ⏺️ oliy malaka toifasiga egaligi; ⏺️ kredit tarixi banklar talablariga mosligi; ⏺️ avval er-xotindan biri uy-joy uchun subsidiya olmagani. 🌎 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
✨AI davri boshlandi: Kim moslashadi, kim ortda qoladi. 🥷19-asr: Yigit kishining belida qurol bo‘lmasa bo‘lmaydi… 🧑💻21-asr: Yigit kishining belida kompyuter bo‘lmasa bo‘lmaydi… — Aka, uyda bo‘lsangiz, Clawd (agentic AI)ni uyg‘otib yuboring. — Xo‘p bo‘ladi, uka. Uydaman. 🕓Yaqin yillarda shunaqa dialoglar kundalik hayotimizning oddiy qismiga aylanadi. 🖥 Zamonaviy kasblar evolyutsiyasiga tayyor bo‘ling. Tizimlar qanday ishlashini o‘rganing. Kompyuterning ichki mantiqini tushungan odamgina AI’ni to‘g‘ri yo‘naltira oladi. 🔆“AI kelib IT sohasidagilar ishsiz qoladi” deb o‘ylayotganlar bo‘lsa, aksincha — AI yangi ish o‘rinlari va ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Va bu imkoniyatlarni birinchilardan bo‘lib aynan texnologiyani tushunadiganlar egallaydi. ⌨️Bu yerda IT deganda Word yoki Excel’dan foydalanish emas, balki kompyuter va tizimlarning ishlash prinsipini tushunish nazarda tutiladi. 🤔Kelajakda har bir kasb AI bilan uyg‘unlashadi: operatorlar sotuv tahlilida, dasturchilar loyiha qurishda, pentesterlar xavfsizlik va himoya tizimlarida, hardware mutaxassislar test jarayonlarida, fiziklar simulyatsiyalarda, buxgalterlar hisob-kitoblarda va hokazo. 🤔Texnik tushunchaga ega bo‘lganlar bularning barchasiga tez moslashadi. Chunki AI’dan samarali foydalanish uchun uni texnik darajada tushunish kerak. Kelajak — AI’dan qo‘rqadiganlar emas, uni boshqara oladiganlarniki. ©️Saud Abdulwahed t.me/digitalbukhara
aileaders.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha bosqichma-bosqich video qo‘llanmalar tayyorladik. 📚 Qo‘llanmalar ro‘yxati: 1️⃣ AI Leaders platformasida ro‘yxatdan o‘tish va profilni sozlash Platformaga qanday kirish, akkaunt ochish va dastlabki sozlamalarni to‘g‘ri qilishni o‘rganasiz. 2️⃣ Coursera orqali ro‘yxatdan o‘tish va kurslarga ulanish Coursera’da akkaunt ochish va Courserani 5 ta kursini bepul o'qish uchun qo'llanma.
O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq maktabda internet sifati real vaqt rejimida monitoring qilinmoqda 🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida GIGA loyihasi amalga oshirildi. ➡Loyiha doirasida 10 417 ta maktab bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinib, barcha maktablarning geomanzillari, umumiy ma'lumotlari hamda internet tezligi, barqarorligi va mavjudligi bo‘yicha obyektiv hamda taqqoslanadigan ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi yagona monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi. 📑GIGA loyihasi umumta’lim maktablarining internetga ulanishini baholash va nazorat qilish bo‘yicha yirik milliy tashabbuslardan biriga aylandi. @digitalbukhara
🌲Hurmatli vatandoshlar! 🏪Kirib kelayotgan 2026 – Yangi yil barchangizga muborak bo'lsin. Yangi yil barchamizga tinchlik, baraka va yangi imkoniyatlar olib kelsin. Oilaviy baxt va sihat-salomatlik doimiy hamroh bo'lsin. Yurtimiz rivoji yo'lida qilayotgan mehnatlaringizga zafarlar yor bo'lsin. ✨ Yangi yil muborak bo‘lsin! @digitalbukhara
🇺🇿✨ Kelajagingizni aileaders.uz bilan bugundan boshlang! Yuqori daromad va zamonaviy kasb egasi bo‘lishni xohlaysizmi? Unda aileaders.uz orqali Sun’iy intellektni BEPUL o‘rganing! 🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan boshlangan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi — yoshlar uchun ulkan imkoniyat! Bugun Sun’iy intellektni bilgan yosh — ertaga eng talabgir mutaxassis. 🤔Oson. Qisqa. Bepul. 🤔 BAA bilan hamkorlikdagi AI prompt yozish kursi 🤔 Coursera va boshqa xalqaro kurslar 🤔 Bilimingizni oshiring, raqobatbardosh bo‘ling ⏰ Vaqtni boy bermang! Bugun boshlang — ertaga lider bo‘ling! 🌐 aileaders.uz BAA bilan hamkorlikdagi Sun’iy Intellekt Promptlarini yozish kursi juda oson va qisqa. Lekin u bilan kelgusida cheklanmay, ushbu saytimizdagi Coursera va boshqa hamkorlarimiz kurslarini ham tizimli o‘rganib boravering, shunda kelgusida shu sohada haqiqiy lider bo‘lasiz! ———————————————————— 🇷🇺✨ Начните своё будущее уже сегодня вместе с aileaders.uz! Хотите получать высокий доход и освоить современную профессию? Тогда изучайте искусственный интеллект БЕСПЛАТНО на платформе aileaders.uz! 🇺🇿 Проект «Пять миллионов лидеров искусственного интеллекта», запущенный по инициативе Президента Республики Узбекистан, — это уникальная возможность для молодёжи. Сегодня вы изучаете искусственный интеллект — завтра становитесь одним из самых востребованных специалистов! 🤔 Почему именно aileaders.uz? 🤔 Просто. Кратко. Бесплатно. 🤔 Курс по написанию AI-промптов в сотрудничестве с ОАЭ 🤔 Курсы Coursera и других международных партнёров 🤔 Повышение квалификации и конкурентные навыки ⏰ Не упустите время! Начните сегодня — станьте лидером завтра! 🌐 aileaders.uz Курс по написанию промптов для искусственного интеллекта, разработанный совместно с ОАЭ, простой и краткий. Не ограничивайтесь только им — системно проходите курсы Coursera и других партнёров на нашей платформе и станьте настоящим лидером в сфере искусственного интеллекта! @digitalbukhara
⌨️Nomingizga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilishidan xavotirdamisiz? Endi bu xavfning oldini olish juda oson: ⏺GooglePlay yoki AppStore orqali MyGov ilovasini yuklaysiz. ⏺MyID orqali pasport raqami va tug’ilgan kuningizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz. ⏺"Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish" xizmatini tanlaysiz va faollashtirasiz. ❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! 📱Faollashtirilgan taqiq haqidagi ma’lumotlar "Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri"ga kiritiladi, bu esa banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan sizga kredit berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. ——————————————————- ⌨️Опасаетесь, что мошенники могут оформить кредит на ваше имя? Теперь предотвратить это очень просто: ⏺Скачайте приложение MyGov через GooglePlay или AppStore ⏺Через MyID введите серию и номер паспорта и дату рождения, подтвердите свою личность. ⏺Выберите и активируйте услугу «Запрет на заключение кредитного договора» ❗️Услуга предоставляется абсолютно бесплатно! 📱Информация об установленном запрете будет внесена в реестр лиц, которым запрещено заключать кредитные договоры, что не позволит банкам и финансовым организациям оформить на вас кредит. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
📖 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! Davlat madhiyasi — O‘zbekiston suverenitetining ramziy timsoli, xalqimiz ma’naviyati, g‘ururi va birdamligini aks ettiruvchi muqaddas qo‘shiqdir. Madhiyamizning jarangi har birimizga Vatan oldidagi mas’uliyat, yurt ravnaqi va istiqlolimizni mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilish tuyg‘usini baxsh etadi. Ushbu qutlug‘ kun barchangizga muborak bo'lsin. Mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar yor bo'lsin. Yurtimiz tinchligi, milliy ramzlarimiz va istiqlolimiz doimo barqaror bo‘lsin! 📱Telegram 📱 Linkedln 📱instagram
#Uzbekiston24 🟢BUXOROLIK O’QUVCHI “AQLLI HASSA” IXTIRO QILDI 🔆Buxoro tumanidagi 34-umumta'lim maktabining 11-sinf ōquvchisi Javohir Murodov “Aqlli hassa“ixtiro qildi.
🗣Farzandingiz chet tilini biladimi? Buni rasman tasdiqlashni xohlaysizmi? ❗️ Endi 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ham chet tilini bilish darajasini aniqlash testlarida qatnashishga onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi. 📱 Bunda farzand uchun ota-onasi my.gov.uz orqali ariza yuborishi mumkin. 🟡 Hammasi oson — hujjat yig‘ish, navbat kutish yo‘q! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda o‘zingizga qulay hududni tanlaysiz — va farzandingiz aynan o‘sha yerda testdan o‘tadi. 📱Qaysi tillardan test topshiriladi, ariza berish muddati va sanalar — barchasi my.gov.uzda aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. 👨💻 Farzandingiz kelajagi uchun birinchi qadam — onlayn ariza bilan boshlanadi! ✨ Imtihonda ularga omad tilaymiz! Bu yangilikni boshqalarga ham ulashing! 👉 Bizni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun obuna bo‘lishni unutmang! ▶️ https://youtube.com/shorts/D4b9IIewFAo?feature=share 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
❗️ Kreditga taqiq qo‘yib, firibgarlardan himoyalaning! 🔐Hech kim sizning nomingizdan kredit ololmasligi uchun buni my.gov.uz orqali osongina cheklab qo‘ying! 🗣 Buning uchun: ✍️ my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kirasiz. ✍️"Kredit bitimiga taqiq qo‘yish" xizmatini tanlaysiz. ✍️ "Faollashtirish" tugmasini bosasiz. Tamom! ⌨️Shunda hech qaysi bank yoki kredit tashkiloti sizning ruxsatingizsiz nomingizga kredit ajrata olmaydi. 🛡Bu xizmat mutlaqo bepul va moliyaviy xavfsizligingiz uchun eng ishonchli himoya. 📱my.gov.uz da shunday imkoniyat borligini do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ham yetkazib qo‘ying. ▶️https://youtube.com/shorts/iwRgx-ojt5o?feature=share 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
🆕 Ajoyib yangilik! 📁 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan, bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi soddalashtirildi hamda raqamlashtirildi. 💰 Endi bank hisobvarag‘ini ochish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklini my.gov.uz portali yoki "Ijtimoiy karta" mobil ilovasi orqali taqdim etishingiz mumkin! 📱 my.gov.uz — bu nafaqat davlat xizmatlari, balki moliyaviy qulayligingiz kaliti hamdir! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot