Toshkent viloyati | Digital Edu
Статистика- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 69
- 1/48двое суток
- 79
- 1/72трое суток
- 85
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. 🏆 The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there. 🤝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles — Algorithm Cups — worth at least $117,000 in total. 🕌 It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm." Let the best algorithm win! 💪
АҚШ таълими энди Тошкентда. American International School of Tashkent ўқувчиларга: • Америка таълим дастури • Тўлиқ инглиз тилида дарслар • Халқаро ўқитувчилар • American High School Diploma ва Ўзбекистон давлат аттестати Дастур Cognia аккредитациясига эга Ivy Global School билан ҳамкорликда амалга оширилади. Шунингдек, Study Abroad дастури орқали кейинчалик АҚШда таълимни давом эттириш имконияти мавжуд. Ҳозирда 8, 9, 10 ва 11 синфларга қабул давом этмоқда. Ўринлар чекланган. 📞 +998 55 504 07 77 📍Тошкент шаҳри, Шарқ Тонги кўчаси, 8 🌐 aistashkent.uz
Бугун тарихий воқеа рўй берди: Марказий Осиё шаҳарлари орасида илк бор Самарқанд номи космосга кўтарилди Олти аср аввал Мирзо Улуғбек Самарқандни илм-фан ва астрономиянинг йирик марказига айлантирган эди. Бугун эса шу заминдан илҳом олган янги авлод Президентимизнинг қўллаб-қувватлашлари билан космос сари яна бир тарихий қадам ташламоқда. “Samarkand-2028” — Марказий Осиё шаҳри номи билан аталган тарихдаги илк сунъий йўлдош ва Ўзбекистоннинг энг йирик халқаро космик лойиҳасидир. “Samarkand-2028” сунъий йўлдоши “O‘zbekkosmos” агентлиги иштирокида яратилди ва 2026 йил 5 август куни Хитойнинг Хайянг космодромидан муваффақиятли учирилди. Илк бор ўзбекистонлик мутахассислар яратган сунъий интеллект модули “Samarkand-2028” бортига ўрнатилди. У маълумотларни орбитадаёқ қайта ишлаб, Ерга энг муҳим натижаларни узатади. Бу эса маълумотларни тезроқ олиш ва таҳлил самарадорлигини ошириш имконини беради. “Samarkand-2028” қишлоқ хўжалиги, сув ресурслари, атроф-муҳит мониторинги, табиий офатларни барвақт аниқлаш ва шаҳарлар инфратузилмасини ривожлантиришга хизмат қилади. Бу ном бежиз танланмаган. Самарқанд 2028 йилги Халқаро астронавтика конгрессига мезбонлик ҳуқуқини қўлга киритди. Бу нуфузли космик анжуман илк бор Марказий Осиёда ўтказилишини англатади. “Samarkand-2028”нинг муваффақиятли парвози Ўзбекистоннинг илм-фан, инновациялар ва халқаро ҳамкорликда янги босқичга кўтарилаётганини кўрсатади. Бу мамлакатимизнинг жаҳон космик ҳамжамиятида муносиб ўрин сари муҳим қадамдир. #IAC2028 #UzSpace #Samarkand #Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35
🏆 38-Xalqaro informatika olimpiadasi boshlanishiga 10 kun qoldi ⚜️Biz IOI 2026 ishtirokchilari bilan jamoaviylik va do‘stlik ruhini aks ettiruvchi chellenj eʼlon qildik. Endi navbat sizga! ✅Siz ham oʻz jamoangiz bilan IOI ruhiyatini aks ettiruvchi video tasvirga oling va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizda boʻlishing! ——— 🏆 There are 10 days left until the 38th International Olympiad in Informatics begins ⚜️We’ve launched a challenge with the IOI 2026 participants celebrating teamwork and friendship. Now it’s your turn! ✅Create a video with your team that captures the spirit of IOI and share it on your social media pages! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada
2018-2025 yillarda O’zbekiston 19 davlatdan o‘zib ketdi! Hurmatli Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimiz Yalpi Ichki Mahsulotini (GDP) oshirish uchun qilingan sa’y-harakatlarni natijasini oddiy shu faktni o‘zida yaqqol ko‘rsa bo‘ladi. Barcha davlatlar rivojlanishga va Yalpi Ichki Mahsulotini oshirishga harakat qiladi, lekin ko‘z tegmasin O‘zbekiston juda ko‘p boshqa davlatlardan tezroq rivojlanmoqda. PS. Barcha ma’lumotlar Jahon Banki saytidan olingan. #Mustaqillik35 #Uzb35
🇺🇿Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, ҳурматли Президент! 🇺🇿 Бугун, 24 июль куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев 69 ёшни қарши олдилар. Юртимиз тинчлиги, халқимиз фаровонлиги, эртанги кунимиз ва фарзандларимиз келажаги йўлида олиб бораётган фидокорона меҳнатларингиз, бедор тунларингиз ва улкан саъй-ҳаракатларингиз учун чуқур миннатдорлик билдирамиз. Халқимизнинг чин меҳри, юксак ишончи ва қўллаб-қувватлаши доимо сизга ҳамроҳ бўлсин! Ватанимиз дунёдаги энг ривожланган, қудратли ва тараққий этган давлатлар қаторидан мустаҳкам ўрин эгалласин. ✍ @popliklar
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa 97 dan ortiq davlatdan 386 nafar yosh dasturchini jamlaydi. Mezbon mamlakat sifatida O‘zbekiston olimpiadada 2 ta terma jamoa bilan ishtirok etadi. Olimpiada IT sohasini jadal rivojlantirayotgan respublikaning xalqaro hamjamiyatda oʻz mavqeyini yanada oshirishga xizmat qiladi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196681 ________ Международная олимпиада по информатике впервые пройдёт в Узбекистане С 9 по 16 августа 2026 года Ташкент станет площадкой 38-й Международной олимпиады по информатике (IOI 2026) – старейшего в мире состязания среди юных программистов, ежегодно проводимого с 1989 года. С 9 по 16 августа Ташкент соберёт 386 юных программистов более чем из 97 стран. Принимая олимпиаду впервые, Узбекистан примет участие в олимпиаде двумя национальными сборными. Проведение IOI 2026 станет важным шагом в укреплении международного имиджа Узбекистана и демонстрацией результатов проводимых в стране реформ в сфере информационных технологий и цифрового образования. Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/196681 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
🟦🟦🟦 Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga! 🗣Joriy yilning 6–10-iyul kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan “Fergana Digital Hub” majmuasida Oʻzbekistonda ilk bor iOS dasturlash yoʻnalishi boʻyicha mentorlar malakasini oshirish treningi tashkil etiladi. ✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan. ⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ➡️Python, Java, JavaScript, C#, Kotlin yoki boshqa dasturlash tillaridan birida 1–3 yillik professional tajribaga ega bo‘lish; ➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish. ➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. 🗺Manzil: havola. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, “iOS development center”larda mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
#TAYINLOV 📖 Xaydarov Ulugʻbek Ulkanbayevich - Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. ⚜Ulugʻbek Ulkanbayevich mazkur tayinlovga qadar Markazning Hududlar bilan ishlash va IT-shaharchalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan. ✅Shuningdek, faoliyati davomida hududlarda raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish, IT-shaharchalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasidagi bilim hamda koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni amalga oshirishda faol ishtirok etgan. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Hurmatli Prezidentimiz yoshlarga imkoniyat yaratishda nafaqat muvaffaqiyatga erishayotganlarga e’tibor qaratadilar, balki hayotidagi bir xato uchun qamoqqa tushib qolgan yoshlarimizni ham kelgusi hayotida qiynalmasligi uchun “Ikkinchi imkon” tashabbusini ilgari surib alohida qaror qabul qilgandilar. Prezidentimizning bunday ezgu g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun loyihaga jalb qilingan pedagog va mutaxassislar maoshini to‘lash, xonalarni zamonaviy kompyuterlar, elektron doskalar va barcha zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda kutubxonani o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan boyitish xarajatlarini to‘liq o‘z zimmasiga olgan “Unicon-Soft” MCHJning jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz. Bu kompaniya aynan Yangi O’zbekiston davrida tashkil etilib, hozir barcha tumanlardagi o‘z filiallari bilan respublikamiz hududlaridagi eng yirik tarmoqqa ega kompaniyaga aylandi. Albatta, Prezidentimiz tomonlaridan sohamiz rivoji uchun yaratilgan imkoniyatlar sababli shunday o‘sishga ega bo‘lganidan keyin, jamiyatimiz rivojiga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslarni qo‘llashi boshqa bu kabi o‘sayotgan IT kompaniyalarimiz uchun ham o‘ziga xos namunadir. Boshqa kompaniyalarimizni ham yoshlarimiz ta’limiga va kelgusi muvaffaqiyatiga investitsiya qilishlariga chaqiramiz!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️ “Ikkinchi imkon” loyihasiga start berildi, bu yoshlarning kelajakda yuqori daromadli ish bilan ta’minlanishiga zamin bo‘ladi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va hayotda munosib o‘rin egallashi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Mazkur muloqot davomida jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan yoshlarni ozodlikka chiqqanidan keyin jamiyatga tez va samarali moslashtirish maqsadida “Ikkinchi imkon” loyihasi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan. 🕹Loyiha doirasida yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitilishi, shu orqali ularning daromadli ishga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi belgilangan. 🔅 Shu maqsadda, 11-iyun kuni Zangiota tumanida joylashgan 24-son tarbiya koloniyasida “Ikkinchi imkon” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ✏️ Tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yurtimizda har bir o‘g‘il-qiz taqdiri davlat e’tiborida ekani, inson qadri va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasi ekanini ta’kidladilar. ⚜️ Unicon-Soft MChJ tomonidan beg‘araz ko‘mak asosida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishtirokchilari intensiv ta’lim dasturlari orqali dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib, ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganlar respublika miqyosida tan olinadigan malakaviy sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/177173 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
без подписи
без подписи
без подписи