tgindex

📚 Шаҳзод Али Шеърлари෴✍️

Статистика
@dilohimрусский

#Assalomu alaykum! #Kanalimizga hush kelibsizlar. Kanal silkasi @dilohim Yaqinlaringizga ulashing🔥

Последний пост
04:48
Последнее чтение
ещё не заходили
Постов за неделю
24
Всего постов
249
Тип
открытый
Язык
русский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
230
+5 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
56
40 постов
Вовлечённость
24,3%
к подписчикам
Постов в день
3,4
всего 249
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
49
1/48двое суток
56
1/72трое суток
60

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 04:483111

    Assalomu alaykum omonmisizlar hayrli kun yaxshilar 👋

  • без подписи

  • * * * Endi seni o'chiraman hayolimdan, Asrayman bu yuragimni og'rinishdan, Dilim vayron bo'lib bo'ldi humoringdan, Sevmaganni charchadim men sog'inishdan... Izlamayman xatto seni tushlarimda, Ko'zlarim ham toldi yolg‘on ovunishdan, Omon bo'lsam sevib qolar birontasi, Sevmaganni charchadim men sog'inishdan... Hayolingdan ismimni ham tamom o'chir, To'xtayman bas endi senga talpinishdan, Sevolmading sevolmayman meni kechir, Sevmaganni charchadim men sog'inishdan... 📃Shahzod • Ali 08:51|16.08.2026

  • O'sha gap qo'shni qizcha mendan katta edi va u meni Ota Onamdan ko‘proq urgan hozir urusholmidi lekin😂

  • #Yangi_ijro Qo'shni qizcha🔥 Derazasin chertib o‘tsam yoqmas edi, Shilqim deya so‘zlarimga boqmas edi, Lek sochini tortsam meni sotmas edi, G‘uncha gulim olmagan u qo'shni qizcha... Oy jamolin o‘ylar edim bedor bo‘lib, Eslab dilni yedim yana bemor bo‘lib, O‘zga yorning yori bo‘ldi vaqtlar o‘tib, Ko‘zim yoshlab ketgan o‘sha qo‘shni qizcha... ✍Shahzod Ali 🎙Elroz Kanalimizga obuna boʻling! 👇👇👇 https://t.me/Elroz_Ohangi

  • без подписи

  • Duolarda eslaysanmi yorim🫠 Dunyolar ham g‘animatdir — o‘tar, ketar, Bilolmayman qaysi kuni umrim bitar. Duo bilan o‘zgararmish taqdir azal, Yorim, meni duolarda eslaysanmi? Hudoyimni eslaganda ko‘ngling nurab, Ketadimi ko‘zlaringdan yoshlar qulab? Habibimga bir salovot, salom yo‘llab, Yorim, meni duolarda eslaysanmi? Yuzlaringni yuvib, erta tong saharda, Turasanmi nafs yo‘liga to‘sib parda? Samolardan baxt yog‘ilgan bir mahalda, Yorim, meni duolarda eslaysanmi? Duolarda go‘zal isming aytib seni, Qani edi ming bor sevsam qaytib seni. Hudoyimdan jannat so‘rab, yorim, meni Ko‘z yosh ila duolarda eslaysanmi? Izhorlarim yolg‘on bo‘lsa, jonim olsin, Soxta dillar muhabbatsiz qotib qolsin. Aytaqolgin shirin so‘zing ko‘nglim olsin, Yorim, meni duolarda eslaysanmi? Oqshomlari qalbing meni sog‘inganda, Olis yorim deya ko‘ngling og‘ringanda, Yuragingni hijron dog‘lab qovurganda, Yorim, meni duolarda eslaysanmi? Borligimga Allohimga hamdlar aytib, Yorim, meni duolarda eslaysanmi? 📃 Shahzod • Ali

  • Shahzod • Ali ✍ Umid 🎙 Ohirida qizchani qizga deb yozgan ekanman bir qoshiq qondan kechasizlar ijrochi akada ayb yo‘q kamina matnda adashibdi👌

  • Qo‘shni qiz yo‘q edi yoshligimda mendan 5 yosh katta qiz bor edi bolasidek urar edi meni Onamdan ko‘p urgan iplos🤣

  • Qo‘shnimiz chiqmasa bo‘ldi yeng shimarib so‘tak sen sindirgan ekansanda derazamizni chetini akfa yo alutex qo‘yib berasan endi deb😂

  • Qo'shni qizcha🔥 Kulgulari o‘chmas bo‘lib qoldirgandi, Yuragimda muhabbatdan shirin izcha, Ko‘zlariga boqib ko‘nglim oldirgandim, Hamma qizdan go‘zal edi qo‘shni qizcha... Nodir edi solishtirsam qizlar bilan, Sochi sumbul suluv edi beli hipcha, Yaralgandi qahva rangli ko‘zlar bilan, Hamma qizdan go‘zal edi qo'shni qizcha... Derazasin chertib o‘tsam yoqmas edi, Shilqim deya so‘zlarimga boqmas edi, Lek sochini tortsam meni sotmas edi, G‘uncha gulim olmagan u qo'shni qizcha... Oy jamolin o‘ylar edim bedor bo‘lib, Eslab dilni yedim yana bemor bo‘lib, O‘zga yorning yori bo‘ldi vaqtlar o‘tib, Ko‘zim yoshlab ketgan o‘sha qo‘shni qizcha... 📃Shahzod • Ali 21:46|14.08.2026

  • 14 авг.5810из Mubina

    Robbim nasib etsin yor chin oshiqlar baxtini... 🫀 Mubina Tursunbaevna 🎙 Shahzod Ali ✍️

  • Shahzod • Ali ✍ Mubina Tursunbaevna 🎙

  • Onam kabi sevolmaydi sevganlarim ❤️ Abdulaziz ukamizdan yangi tarona hayrli bo‘lsin✊ 📃Shahzod • Ali

  • Videodan tasirlanib yozildi... Onamni urmasin o'zgasin sizlab, Himmating so‘rayman Xudoyim seni, Otasiz o'smayin yuragim muzlab, Vafoli Otaga farzand qil meni... Erkalik qilsam-da koyimasin hech, Muhayyo qilsin gar istasam neni, Dilimdan armonning tugunlarin yech, Vafoli Otaga farzand qil meni... Boshimdan silasin muborak qo‘li, Qaddimni egmasin dunyoning g'ami, O‘ksitib yurmasin birovlar ko‘nglim, Vafoli Otaga farzand qil meni... Hadya qilib tursin Onamga gullar, Uyimiz yoritsin muhabbat shami, Kechmasin kelganda sinovli kunlar, Vafoli Otaga farzand qil meni... Shahzod • Ali ✍ 23:05|13.08.2026

  • Кеl unutamiz bir birimizni💔 Kel unutamiz bir birimizni, Gulhanda yoqamiz bor sirimizni, Hudoyim bog‘lamabdi taqdirimizni, Bekor kuyishlardan endi ne foyda... Lablarni aldaymiz bemavrid kulib, Yolg‘ondan yashaymiz baxtiyor bo‘lib, Sevilib sevilmay ishqqa zorlanib, Bedor bo‘lishlardan endi ne foyda... Kel unutamiz bir birimizni, Sevib o‘qilmagan xatlarni yoqib, Istaymiz o‘zga bir sevgilimizni, Yolg‘iz o‘tishlardan endi ne foyda... Vasling qizg‘onardim yor to‘lin oydan, Lek Otang tanladi kuyovni boydan, Ayt jonim sog‘insam sen tushgan joydan, Takror o‘tishlardan endi ne foyda... Kel unutamiz bir birimizni, Alamdan ketsada ko‘z yoshlar tomib, Armon yeb bitirgan qon dilimizni, Avaylab o‘tishdan endi ne foyda... Qayta uchrashmaymiz yurakni yutib, Suyukli diydorni sog‘inib kutib, Taqdir bog‘lamagan qo‘llardan tutib, Gunohkor bo‘lishdan endi ne foyda... Kel unutamiz bir birimizni... 📃Shahzod • Ali

  • Bizlarni begona qilgan Xudoyim. Shahzod • Ali ✍ Elroz 🎙

  • #Yangilik... #Boʻldi... Eslab yurma meni hamon, Nomahramni eslash yomon, Unutmoq ham qiyin janon, Nima boʻlsa boʻlib boʻldi... Meni koʻzing kelsa koʻrgi, Sen tushlarda soʻrab koʻrgin, Bugun bizning goʻzal sevgi, Balo battar boʻlib boʻldi... Ashnaqa boʻldi... ✍Shahzod Ali... 🎙Elroz...

  • Eski she'r tashlab aldab turay qochib ketmanglar 😂

  • Kel unutamiz bir-birimizni..❤️‍🩹 🎙 Shuhrat & Mubina ✍ Shahzod Ali