А если серьезно
СтатистикаO’zim va kino haqida Anonim xabar uchun: https://t.me/anonimnye_poslaniya_bot?start=1122711248 https://tirikchilik.uz/dio Yashash qiyinlashib ketyapti
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 164
- 1/48двое суток
- 187
- 1/72трое суток
- 202
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Oddiy sportivniy drama deb ko’rmagandim. Bugun ko’rib tushundim, film sport, orzulardan ham ustunroq - insonning qadr-qimmati haqida ekan. Film oddiy orzular yo’lida hech nimadan qaytmaslikka o’rgatadigan motivatsion filmdan chuqur falsafiy mushohadaga aylanadigam hikoyaga aylanib boradi. Klint Istvud hammasi ideal yakunlanadigan chiroyli yakunlardan qochib, tomoshabinni og’ir xayollar bilan qoldirgisi kelgan. Juda yoqdi. 10/10
O’zingga o’xshagan odamlarni atrofingga to’plab olganing ham mini baxtcha o’zi hayotda
Aqlli bo’lish san’ati, omg 🥺
🎁🅃🄰🄱🅁🄸🄺🄽🄾🄼🄰🎁 Diyoraxon opamizni tabrikladik Dugonalari nomidan 🌸🌸🌸🌸🌸🌸 ᵇᵒˢʰˡᵒᵛᶜʰ🎙Iymona 👆 @IymonaAli21 𝕋𝕦𝕘'𝕚𝕝𝕘𝕒𝕟 𝕜𝕦𝕟 𝕧𝕒 𝕓𝕒𝕪𝕣𝕒𝕞𝕝𝕒𝕣𝕕𝕒 𝕙𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚𝕟𝕘𝕚𝕫𝕕𝕒𝕞𝕚𝕫!!! ❦════•⊰❂⊱•═══❦ 🫶🫶🫶🫶🫶🫶 Telefon raqamlarimizd +998933977078 +998996387078…
🎁🅃🄰🄱🅁🄸🄺🄽🄾🄼🄰🎁 Diyoraxon opamizni tabrikladik Dugonalari nomidan 🌸🌸🌸🌸🌸🌸 ᵇᵒˢʰˡᵒᵛᶜʰ🎙Iymona 👆 @IymonaAli21 𝕋𝕦𝕘'𝕚𝕝𝕘𝕒𝕟 𝕜𝕦𝕟 𝕧𝕒 𝕓𝕒𝕪𝕣𝕒𝕞𝕝𝕒𝕣𝕕𝕒 𝕙𝕚𝕫𝕞𝕒𝕥𝕚𝕟𝕘𝕚𝕫𝕕𝕒𝕞𝕚𝕫!!! ❦════•⊰❂⊱•═══❦ 🫶🫶🫶🫶🫶🫶 Telefon raqamlarimizd +998933977078 +998996387078 http//:t.me/dil_izxori_loyixasi t.me/dil_izxori_loyixasi 𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙠𝙪𝙯𝙖𝙩𝙞𝙗 𝙗𝙤𝙧𝙞𝙣𝙜! 🫴🫴🫴🫴🫴🫴🫴🫴 https://t.me/Tabrik_uz_imona https://t.me/Tabrik_uz_imona
Instagramda Kolbasenko_irina akkaunti bor. Doimuy oilaviy ovqatlanishlarini videosini qo’yadi. Videolarda gap-so’z yo’q, oddiy oilaning ovqatlanishidan 30-40 sekundlik kadr. Shu profilni yarim milliondan oshiq odam kuzatadi, ko’rishlar soni ham millionlab. Odamlarda tabiiy, samimiy hayotiy kontentlarga juda ehtiyoj kuchaygan. Barcha shishirilgan, luxury manzaralar, expertlardan charchagan. Xullas, shu oilaning dasturxonida yangi odamlar paydo bo’lgan ekan, faqat menga sezildimi desam, hamma sezibdi). Bitta oila shunchaki ovqatlanib o’tirishi bilan nechta odamga qadrli bo’lib qolganini sezyapsizlarmi?)
Sevar yorim, ketar bo’lsang, Bu jonimni olib ketgin. Sensiz hecham yasholmasman, Bu yerlarda qolib netgum? Shuhrat Qayumovning qo’shilari hech qachon me’daga tegmagan ekan, hozir ham tez-tez eshitaman, matnlar darajasi ham yuksak. Boshqa bunday san’atkor chiqmadiyov.
G’alabaning sababi topildi. Martinez hamma balo-qazo Angliyaga ursin qivorganakan)
Tohir Mahkamov qo’shiqlari ikki marta yig’latadi. Bittasi - qo’shiqning o’zida bo’lsa, ikkinchisi - qo’shiqdan oldin aytadigan uzoqdan-uzoq she’rida
Tog’am vafot etgandi. 3 kundan beri shu yerdaman. Og’riqli kunlar ham, kulgili momentlar ham bo’lyapti. Tarmoqlarga asosan yumorlarni yozyapman, ammo boshimdan o’tayotganlarini o’zim bilaman. Tog’am bol’nicadan qaytganda uy qiyomat qoyim bo’lib ketdi, holamlar hushidan ketgan, dod solgan, tizzasiga urib yig’lagan. Bitta holam uyni burchagiga borib unsiz yig’layapti, shu holamga ko’proq achindim, odam borini chiqarolmay yig’lashi og’ir. Skoriy chaqir, uni ko’tar, bunga suv sep, bunga dori ichir, birpasda katta xaosga tushib qolgan kichkina qizga aylanib qoldim, onamni hatto ovutishga so’z topolmadim. Shunaqa talato’pda bir-biriga yelka tutgan, bir-birini ko’targan, bag’riga otilgan - shu qarindoshlar bo’lishdi. Hamma yig’layapti, lekin boshqa qarindoshni ovutish bilan band. Qarindoshlar haqida har xil xazil, mem qilganimiz bilan baribir oila, do’stlardan keyin eng yaqin odamlar shular, ayniqsa ta’ziya, to’y-hashamda juda o’rni bilinadi. Keyin o’zimning rasvo empatligimga ham amin bo’ldim, xotya o’zim talabalarga empat bo’lishni o’rgatishim kerak, ammo amalda bu o’ta-o’ta murakkab jarayon ekan. Xullas, motamlar - qarindoshlar bilan ko’rishishga yagona sabab bo’lmasin, jigarlarimiz sog’ bo’lsin, ularni ehtiyot qilib, ko’proq vaqt o’tkazaylik ekan.
Kecha ishdan qaytishda yerda mayna bolasini ko’rib qolgandim. Tepasida ota-onasi, sal beriroqda mushuklar. Oldimda tanlov turgandi, hozir qoldirsam, mushuklar talamon qiladi, ota-onaga travma. Agar obketsam, yashab ketishi 50/50 ammo ota-onasi bolasi o’limini ko’rmaydi. Oxiri qushni uyga olib ketdim. Alohida xona, korobka qildim, ovqatini ChatGPTdan so’rab beryapman. Hozircha tirik. Sobirova bilan suhbatimiz faqat shu qush doirasida bo’lib qoldi. Qayerga ketyapsiz, qushga korm olgani, qushga cherv qidirgani, qushni aylantirgani. Oxiri aytdim, agar shu qush tirik qolsa, ismimnj Dio onaga o’zgartiraman deb. Sobirova: “Agar o’lib qolsa, Motamsaro onaga o’zgartiring” deyapti )
Farg’onaga kelsam onamni qizlik uyiga kelsak bo’ladi, onamlarga meros bo’lib qolgan, odam deyarli bo’lmaydi, ammo bolaligimizda shu qadar ko’p qo’rqinchli hikoyalar bilan o’zimizda fobiya hosil qilganmizki, yaxshisi otelga bora qolay deyman. Hatto kunduz kuniyam borish qo’rqinchli. Hovli orqasida yashaydigan ajinalar, ujaslar 30 dan oshgan odamni hanuz qo’rqitadi. Bolalarga uylar bilan bog’liq strashilkalar aytmanglar.
Oilaviy ko’rishga juda beg’ubor, beozor film olib keldim - The sheep detectives. Cho’pon har kuni qo’ylariga turli detektivlar o’qib beradi, ular hech nimani tushunmaydi deb o’ylasa-da bu mashg’ulot qo’ylarning ham, o’zining ham sevimli ishiga aylanadi. Ammo qo’ylar mutolaadan keyin asarni muhokama qilishadi, yechim topishadi, hatto cho’pon o’lganda ham tergovni o’z qo’llariga oladi. Yaxshi fentezi. Hyu Jekmen otalar rolini zo’r o’ynaydi. Prisonersdagi roli ham qoyilmaqom chiqqan.
Musiqa ulashmay qo’ygandim. Hozir shu qo’shiq yoqyapti, yoqimli juda.
Shuni qaradim bugun. Bir martalik o’rtacha boevik ekan. Jillenhol rollarini sog’ingandim, xot’ qanaqadir genial’niy mimika, emotsiya ko’ramanmi deb o’ylodim, kino bo’yi ochkida yurishganiga qaysi biri Kevill qaysi biri Jillenhol ajratib ham bo’lmadi. Judayam pafosniy film xullas.
Namangandan Farg’onaga soat 6 ga taksi gaplashilgan edi, ertalabda yo’lga otlandim. Yo’lda qarab ketsam, hovlilar oldi supurilgan, suv sepilgan. Avvallari shunaqa uyda onam aytmoqchi “qo’li sinmagan”, sarishta qiz, kelin bor deb o’ylardim. Hozir bu estetika ortidagi mehnatni tasavvur qilib, siqilib qo’ydim. Bizni ham saharlabda uyg’otishardi, ko’chani supurish va suv sepish uchun, uyda qiz bola yashashini mahalla bilishligi uchun. Bu processda eng og’ir ish jismoniy mehnatdan ko’ra o’tgan-ketganga salom berish edi. Ammo shunaqa xotiralar mani asl vodiylik qiz bo’lib shakllanishimda rol o’ynagan, shuning uchun psixolog bilan ishlaganda ota-onamni bu ekspluatatsiyalari uchun “kechirganman” ))
Erta-indin Namanganga ta’ziyaga borishim kerak, men bo’lsa aytadigan gaplarimni repetitsiya qilyapman. Har ta’ziya oldi shu, ammo borganda mum tishlagandek jim qotaman. Onamlarni eslayman. Onam har qanday tadbir, maraka, marosimlarda eng birinchilardan borar va darrov xizmatga sho’ng’ib ketardi. Bu menga judayam erish tuyulgan, onamni to’rida kerilib o’tirishini istaganman, ammo onam doim xizmatda yurardi. Tashkilotchilik, eng muhim vazifalar onamga topshirilardi. Kelin olib, nevarali bo’lib endi onam davralarni to’rida o’tiradi deb o’ylagandim, onam hozir ham o’shanday xizmatda. Men onamga o’xshamadim, qayerga borsam ham eng yuqori to’riga chiqvolib, iloji boricha ish buyura olmaydigan joylarni egallayman, mehnatdan maksimum qochaman, biror ish qilsam ham qo’l uchida. Va umuman bunaqa milliycha marosim-tadbirlarda o’z pozitsiyamni ham bilmayman, jim mehmon bo’lib o’tiray desang, onang xizmatda, turib xizmat qilay desang, dangasasan. Men otamga o’xshashga harakat qilaman deb onamning eng yaxshi fazilatlarini o’zlashtirishni unutibman.
Kecha ishtonimni kiyaman desam, yirtilib qolibdi. 100 foiz len, yaxshi brenddan yaxshi narxga olganman, hali yoz kelib ulgurmasidan yirtilganiga juda qalbim xijil bo’ldi. Aslida narxiga arziydi, ustizda bilinmaydi, havo o’tkazadi, yengil. Menimcha, toza len yirtilmasligi kerak degan stereotip miyamda qotib qolgan bo’lsa kerak, kutmagandim. Kambag’al miyam len o’zi bir sezonlik buyum ekanligini qachondir his qilar. Kiyim yirtilishi uning umri tugashini anglatardi garderobimda, yo qo’lim qisqalik qildi, yo haqiqatan ishton yaxshi shekilli, qo’limgq igna-ip olib tikishga o’tirdim. Tikyotib shu sahna xayolimga kelib, bir xo’rligim ham keldi )
Qo’ng’izga aylanib qolsam, oilam va yaqinlarim nechi kungacha chidashiga qiziqaveraman )
Kecha 28-avtobusga o’tirgandim. Yo’l uzoq, ichkari hammomdek. Orqa tomondan chiqqanim va uzun avtobusligi uchun yonimdagilarga aytdim, shoferga aytinglar kondicionernj yoqsin deb. Odamlar gapimdan sal kuch olishdimi birpasda chuvir-chuvir qilib tashlashdi. Shopir amaki tushib, suv quyib, bir nimalar qilib axiyri yoqdi. Muzdekkina avtobusda maza qilib ketdik. Bugun endi Beruniydan o’tirgandim. Kirsam parxona, yana yangi vagonlar. Bo’lmaydi dedim-da mashinist tugmasini qidirsam, orqamdagi studentlar ko’rsatishdi. Birinchi marta bosib, kondicionerni yoqinlar deb qat’iy gapirdim. Biroz turib sekin shabada kelishni boshladi. Kondicioner to’liq ishlaguncha men tushib ketdim albatta, ammo keyingilar baribir maza qilib ketadi. Konditsioner olinur, berilmas ☝🏻