Diplom uz | Oliy ma’lumot.
Статистика🇺🇿 Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan va oliy ta’limda o'qiyotgan talabalar uchun eng kerakli ma’lumotlar sahifasi. 🔰 Sahifamiz: @Diplom_uzb
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 166
- 1/48двое суток
- 3 628
- 1/72трое суток
- 3 913
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🟦🟦🟦🟦🟦 😈 Ichki ishlar akademiyasiga o'qishga qabul 15 noyabrdan boshlanadi: ✅ Ichki ishlar akdemiyasiga o'qishga qabul qilish har yili - 15 noyabr kunidan boshlanadi. ✅ Akademiyaga qabul har yili - 15 fevrali kuni yakuniga yetadi. 🇺🇿 Izoh: Arizalar tumandagi ichki ishlar bo'limida qabul qilinadi undan oldin va keyin arizalar qabul qilinmaydi. 📱 @Diplom_uzb Telegram kanal.
🎓 Suhbat asosida OTMlarning bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga 2-kursdan o‘qishga qabul davom etmoqda. ✅ Kimlar hujjat topshirishi mumkin? Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar. 📄 Kerakli hujjatlar: 🔹 Pasport yoki ID karta. 🔹 Bakalavriat bosqichini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom ma'lumotlari. 🔹 Xorijiy diplom egalari uchun nostrifikatsiya hujjati (agar talab etilsa). 📝 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ my.edu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish. 2️⃣ Shaxsiy ma'lumotlarni to‘ldirib ariza yuborish. 3️⃣ Diplom ma'lumotlari tekshirilib tasdiqlanadi. 4️⃣ Tasdiqlangandan so‘ng test to‘lovi amalga oshiriladi. 📅 Qabul yakunlanishiga oz vaqt qoldi! 🌐 Ariza topshirish: my.edu.uz 📢 Yangiliklarni kuzatib boring: 👉 @Diplom_uzb | Telegram kanal
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 📱 @Dipom_uzb Telegram kanal.
❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak? #abituriyent Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak: 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin. ‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi. 👉 @Diplom_uzb 👈
#Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. 📱 @Harbiy_jurnalist Telegram kanal.
Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. 📱 @Diplom_uzb Telegram kanal
Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta. 📱 @Diplom_uzb Telegram kanal.
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar — transfer.edu.uz; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga — my.uzbmb.uz. 📘 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ℹ️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ✉️ @Diplom_uzb Telegram kanal.
#OʻqishniKoʻchirish #Bakalavr #Turdosh 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi. Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi. 📱 @Diplom_uzb Telegram kanal
⚡️🎓 Расман: Ўзбекистонда энди сиз университет дипломини атиги 3 йил ўқиб олишингиз мумкин Янги таълим тизими жорий этилмоқда. 9-синфдан сўнг ўқувчилар яна 2 йил мактабда, лицейда ёки техникумда, ундан кейин 3 йил ҳамкор университетда хорижий диплом олиш имконияти билан ўқишади Техникум битирувчилари ҳам қисқартирилган дастур орқали университетга ўқишга киришлари мумкин бўлади ва хорижий университетларга шартли равишда қабул қилинган талабалар Ўзбекистонда ўқигандан сўнг чет элга кўчирилади 📱 @diplom_uzb Telegram kanal.
Texnikumlarga onlayn qabul boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga onlayn qabul boshlandi. 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Bu yil abituriyentlar respublika bo‘yicha 570 ta texnikumdagi 166 ta kasb va mutaxassislik yo‘nalishidan birini tanlashi mumkin. Umumiy qabul kvotasi 202 ming 657 nafarni tashkil etadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil oladigan texnikum o‘quvchilariga har oy 1 BHM (2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanadi) miqdorida stipendiya to‘lanadi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan yuqori bo‘lgan, barcha fanlardan “4” va “5” baholarga o‘qigan hamda respublika yoki xalqaro kasbiy tanlovlar g‘oliblari esa 3 BHM (1-sentyabrdan 1 mln 320 ming so‘m) miqdorida stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, texnikumlarda tahsil olayotgan yoshlar dual ta’lim tizimi orqali korxonalarda amaliyot o‘tashi, ish tajribasini to‘plashi va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashi mumkin. 👉 @Diplom_uzb
“Perevod” uchun oʻtish ballari tasdiqlandi #abituriyent Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 👉 @Militsiya_102 Telegram kanal.
📍 2026/2027-o‘quv yilida oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar va ularga biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari ro'yxati aniq bo‘ldi. ⏰Imtihon kunlari ortiqcha vaqt yo‘qotmaslik uchun ro‘yxat bilan tanishib chiqing! 🎁Va albatta imtihonda qatnashadigan tanishlaringizga yuboring qo‘ying! 📱 @Diplom_uzb Telegram kanal.
⚡️2026/2027 o‘quv yilida oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan binolar va ularga biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari ro'yxati. 📱 @Diplom_uzb Telegram kanal.
#ДИҚҚАТ ⚡️⚡️Техникум битирувчилари учун 2-курсдан талабаликка суҳбат асосида қабул бошланди Техникумларни муваффақиятли тамомлаган битирувчилар учун ОТМларнинг бакалавриат таълим йўналишларига суҳбат асосида 2-курсдан ўқишга қабул қилиш жараёни 5-июлдан 25-июлгача (шу куни ҳам) давом этади. Аризалар my.edu.uz платформаси орқали онлайн тарзда топширилади. 📝 @Diplom_uzb Telegram kanal.
❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi #abituriyent Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati bu yerda. 👉 @Diplom_uzb 👈
#Диққат ❗️Ўқишни кўчириш (перевод) 15 июлдан бошланар экан. Видеони яқинларингизга ҳам юбориб қўйинг. 📝 @Diplom_uzb Telegram kanal.
⚡️Yurisprudensiya yoʻnalishi ikkinchi mutaxassislikka qabul bo'ladigan OTMlar roʻyxati Yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha tahsil olishni rejalashtirayotganlar uchun qabul e'lon qilgan oliy ta'lim muassasalari: ✅ Toshkent davlat yuridik universiteti ✅ HMQA (prokurorlik faoliyati) ✅ Buxoro davlat universiteti ✅ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ✅ Namangan Davlat universiteti ✅ Oʻzbekiston Milliy universiteti ✅ Fargʻona davlat universiteti ✅ Termiz davlat universiteti ✅ UrDU 📌 Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar 10-iyuldan 10-avgustga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin. 📝 @Diplom_uzb Telegram kanal.
🎓 TDYU — 3 YILLIK TA'LIM DASTURI Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYU) yangi imkoniyat — maxsus uch yillik ta'lim dasturi joriy etildi. Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027 o'quv yilidan yangi imkoniyat! Bakalavriatga 2-kursdan kirib, huquqshunoslikni 3 yilda tamomlash mumkin (to'lov-shartnoma asosida). 🎓 O'qishning yarmi — nazariya, yarmi — amaliyot (sud, advokatura, huquqni muhofaza organlari, yuridik klinika). 👥 KIMLAR KIRA OLADI? 1️⃣ Litsey va texnikum bitiruvchilari — KIRISH TESTISIZ! Qabul yakka suhbat orqali. Talablar: ✅ O'zlashtirish — kamida 71% (5 ballik tizimda 4+) ✅ Chet tili — kamida B2 sertifikat ✅ Shaxsiy yutuqlar, faollik, intizom 🗓 Muddatlar: ▪️ Litsey: ariza 25.06–5.07 | suhbat 10.07–10.08 ▪️ Texnikum: ariza 5.07–25.07 | suhbat 10.08–25.08 Suhbat onlayn translatsiya qilinadi ✅ 2️⃣ Oliy ma'lumotga ega shaxslar Qabul test sinovlari orqali (Bilim va malakalarni baholash agentligi). ✅ Ro'yxatdan o'tish: 10.07–10.08 ✅ Test — mutaxassislik fanlari va chet tilidan ⚠️ Natijadan norozi bo'lsangiz — apellyatsiya berish huquqingiz bor. Bo'sh o'rinlar va aniq jadval TDYU rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi. 📝 @Diplom_uzb Telegram kanal.
😈 Rasman: endi yuridik universitetda ham 2-mutaxassislikka o'qish mumkin Bu bo'yicha hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi. 📍Mazkur nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar TDYUning maxsus 3 yillik ta’lim dasturi doirasida test sinovlari asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga qabul qilinadi. 📥Abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tadi. ‼️Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishining faqat mutaxassislik fanlari va chet tili doirasida test jarayonlariga qatnashadi. ⛔️ Bunda umumiy tartibdagi kirish imtihonlarida qo‘llaniladigan imtiyozlar (xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno) maxsus 3 yillik ta’lim dasturiga tatbiq etilmaydi. ⏳ Shuningdek, TDYUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi. 📝 @Diplom_uzb Telegram kanal.