diyora's blog 🤍
Статистикаإِنَّمَا يَخْشَى اللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ الْعُلَمَاءُ Allohdan bandalari orasida faqat olimlarigina qo’rqarlar.
- Последний пост
- 5 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yodingdami sen tug’ilgan on, Hamma xandon edi, sen esa giryon. Shunday yashagin-ki, ketar chog’ingda, Hamma giryon qolsin, sen ketgil xandon.
Sahobalar tirik bo’lishganida “Binafsha shu’lasi”ni o’qisharmidi yo’qmi bilmadim-u, lekin hozirgi holatimizdan aniq uyalgan bo’lishardi!
Ko'nglimda chechaklar ochilar tinmay, Hayotim bog'iga kelganing uchun. Bir lahza bu ishdan iste'fo qilmay, Tashakkur bir meni sevganing uchun! Yuzimni kuldirgan ko'zlaring haqqi, Ming dardga bir malham so'zlaring haqqi, Oy kabi porlagan yuzlaring haqqi Tashakkur bir meni sevganing uchun! Sinovlar kelganda kechmagansan voz, Barcha kam-ko'stimga qilmay e'tiroz, Ichimda shu so'zni so'zlar bir ovoz, Tashakkur bir meni sevganing uchun! Bunchalar omadli zamonning zayli, Baxtni his qilyapman o'zing tufayli, Bizlarni devona desinlar mayli, Tashakkur bir meni sevganing uchun!
без подписи
без подписи
#sovgʻa 🥹
Uning telba va betiyiq xayollar aks etgan ko’zlarida zuhurlangan cho’ng bir hasratning yelkanlari meni uning ruhini adashtirib qo’ygan manzillar tomon boshlab ketardi. ©️ Nazar Eshonqul
Biz boshqa ko’rmaymiz bir-birimizni, Kuymaymiz visolning hijroni bilan. Qo’l ushlab orttirgan gunohimizni, Yuvamiz ko’z yoshning marjoni bilan. Eslamaymiz hech ham visol to’yini, Ichgan qasamlar ham shunchaki ro’yo. Sevgimizga guvoh anhor bo’yini, Yashagaymiz tushda ko’rgandek go’yo. Biz boshqa ko’rmaymiz bir-birimizni, Yolg’on maktublarni yoqamiz yig’lab. Xumori tutmaydi izlarimizni, Endi hech sevmaymiz yurakni cho’g’lab. Barchasi bir zumda kul bo’ldi, qoldi, Xazonga aylandi sevgi gulshani. Biz yurgan yo’llarning izi yo’qoldi, Yo’qoldi sevgining nomusi, sha’ni. Biz boshqa ko’rmaymiz bir-birimizni, Ko’rsak ham shunchaki o’tib ketamiz. Oxiriga eltib bu umrimizni, O’lsak ham suratni quchib ketamiz.
Joy yo’q deb qo’rqaman bizning yurakka, Ishqning ijtimoiy tarmoqlarida. ©️ Behzod Hamro
Birovni aldaysiz baxtiyorman deb, Chekka-chekkalarda yig'layotganlar. Odamlar oldida shodon qah urib, Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar...!? Tunlari yig’larsiz yostiqni mushtlab, Ezilib yotasiz, o'tmishni eslab, Qanday yurasiz-eey doim dil xushlab, Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar...!? Ko'zingizda yosh-u, mag’rur turasiz, Qalbingiz dard to’la lek dardkash bo’lasiz, Matonatni ayting qaydan olasiz, Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar...!? Sizni ko’rgan odam baxtsiz demaydi, Ba’zan shodlikda ham kulgu kelmaydi, Sizda bolsa qayg'u, yuzda tabassum... Rostdan baxtlimisiz, kulayotganlar...!? ©️ Muallifni topolmadim
Bugun naq ikkita yaqinim yangi biznes boshlashibdi. Ularni ham qo’llab-quvvatlasangiz, meni nihoyatda xursand qilgan bo’lasiz 🥹 @sabo_printify - sovg’a va konstovar box’lar uchun. @choco_gifte - qulupnay, banan v shokolade va boshqa shirinliklar uchun.
Yaxshiman, deb aytayotgan payt, Ishonmagin yaxshiligimga. ©️ Unknown
Qaysi bir kitobda “sevgi she’r” bo‘lsa, Bukib qo‘yar edim varoq chetini. O‘n marta, yuz marta o‘qirdim, rosa Yoddan aytmaguncha o‘sha betini. Bugun bir oddiy qiz, bag‘oyat sodda, Qoracha yuzlari upa-eliksiz. Surat-u siyratin qoldirdi yodda, Manguga yodladik ko‘ngil ikkimiz. Bu aqlim nimaga yetmadi-yetdi, Yodlab kitoblarning son-ming betini? Qiz qalam ishlatmay she’r yozib ketdi, Keyin bukib qo‘ydi yurak chetini... M.Nazarov | @asarcha
Seniyam bag’riga bossa-da kimdir, “Charchadingmi?”, deb bir bor so’rasa, Yelkalar yengillab, to’yib yig’lasang, Sening ham borliging sezsa-da kimdir. Hammaga suyanchiq, tayanch bo’lmasang, Hammaga tasalli, yupanch bo’lmasang, Aqalli holingga qiziqsa kimdir Charchoqning zo’ridan she’rlar bitmasang.
“Rabbi inni lima anzalta ilayya min khayrin faqir” 28:24
“Rabbi inni lima anzalta ilayya min khayrin faqir” 28:24
Men o’zimning qanchalik gapga no’noq ekanligimga bayramlarda takror-takror amin bo’laman 😅
Har kuningiz bayram bo’lsin! Bunga arziysiz! Love you girliesss!💗
800 ta kitobi bilan kelin bo’lgan qiz haqidagi xabarni ko’rib ayam: - hali senga erta ekan turmushga chiqishga, kitoblaring 800 ta emas.
Ruh biluvchi va idrok qiluvchi latif narsadir. Uning haqiqatini Alloh taolodan o'zga hech kim bilmaydi. ©️ Ruhiy tarbiya