tgindex
Доктор Нилуфар Исматиллаевна

Доктор Нилуфар Исматиллаевна

Статистика

👩🏻‍⚕️Рахмонова Нилуфар Исматиллаевна Акушер гинеколог , врач УЗД, кольпоскопист 2016 йилдан буён, Юнусобод тумани 49 оилавий поликлиникада ишлаб келмокдаман ,Шунингдек DOCTORSHА клиникасида хам🫠 Канал очишимдан максад узимнинг иш фаолиятимни таништириш

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
tk
Категория
Медицина
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
305
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
289
22 постов
Вовлечённость
94,8%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
157
1/48двое суток
179
1/72трое суток
194

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ассалому алайкум, ҳурматли фуқаролар! Юнусобод тумани 49-оилавий поликлиникасининг расмий Instagram саҳифаси ишга туширилганини мамнуният билан маълум қиламиз. Саҳифада аҳоли саломатлигини муҳофаза қилишга қаратилган долзарб маълумотлар мунтазам ёритиб борилади, жумладан: • мутахассис шифокорлар тавсиялари; • профилактика ва соғлом турмуш тарзи бўйича маълумотлар; • она ва бола саломатлигига оид фойдали тавсиялар; • поликлиника фаолияти, янгиликлар ва эълонлар. Расмий саҳифамизга обуна бўлиб, ишончли тиббий маълумотларни биринчи бўлиб олиб боришингизни сўраймиз. 🔗 Instagram: https://www.instagram.com/yunusobod49_oilaviypoliklinika?igsh=bWRsajVrZjhkYTFm&igsi=bWRsajVrZjhkYTFm Юнусобод тумани 49-оилавий поликлиникаси маъмурияти Соғлом жамият — барқарор келажак асоси. 🌿

  • без подписи

  • Ассалому алейкум. 3 роддом очилди

  • 9,5 MINGTA OBUNACHI ✨ Alhamdulillah 🤍 Sizlarning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bilan sahifamiz 9,5 mingta obunachiga yetdi! 🌸 Men uchun bu shunchaki raqam emas, balki ishonch bildirgan minglab insonlar demakdir. Har bir layk, izoh va duo menga yanada kuch bag‘ishlaydi. Ayollar salomatligi yo‘lida foydali ma’lumotlar ulashishda davom etaman. 🌿 Barchangizga chin qalbimdan katta rahmat! 💐 📍 Mening havolam: 🔗 taplink.cc/doctor.neylya01

  • Bugungi ish kunidan 🌿 Aslida Doktorsha klinikamizning manzili Mirzo Ulug‘bek tumanida. Ammo meni uzoq yillardan beri kuzatib kelayotgan bemorlarim meni yaxshi ko‘rishgani uchun aynan Yunusobodga kelib spiral qo‘ydirib ketishdi 🤍 So‘nggi bir oy davomida xususiy klinikada ta’tilda edim. Shunga qaramay, bemorlarimning ishonchi va mehrini his qilish men uchun eng katta mukofot. Har bir ayolning ishonchi — shifokor uchun katta mas’uliyat. Rahmat sizlarga, aziz bemorlarim 🌸

  • Bugungi qabuldan 🌿 25 yoshli homilador ayol qabulda bo‘ldi. Bu — 2-homiladorlik, anamnezida 1 ta rivojlanmagan homiladorlik bo‘lgan. Hozirgi homiladorlikda 18–20 haftalik skrining UTTda homila rivojlanishi muddatiga mos, yurak urishi va harakatlari yaxshi qayd etilgan. Biroq ikkala oyoqda tug‘ma qiyshiqtovon (kosolaplik) gumoni sababli qo‘shimcha tekshiruv va mutaxassis nazorati tavsiya etildi. Bunday xulosalar yakuniy tashxis emas. Qayta UTT, genetik maslahat va dinamik kuzatuv muhim ahamiyatga ega. 🤍 Aziz ayollar, avvalgi homiladorlikdagi muammolar keyingi homiladorlikni albatta yomon kechadi degani emas. Vaqtida skrining va muntazam nazorat ona va bola salomatligini asrashda juda muhimdir. 🌿

  • Bugungi qabuldan 🌿 Yosh ayolda bir hafta oldingi UTTda bachadon bo‘shlig‘ida oz miqdorda suyuqlik ko‘rilgan edi. Takroriy UTTda bu holat kuzatilmadi, ammo chap tuxumdonda 33×31 mm kista aniqlandi. 🔎 Tavsiya: ginekolog ko‘rigi va dinamik UTT nazorati. Ko‘pchilik tuxumdon kistalari funksional bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan kichrayishi yoki yo‘qolishi mumkin. Shunga qaramay, muntazam nazorat muhimdir. 🌿

  • Bugungi qabuldan 🌿 28 haftalik homilador ayolda homila suvi ketib qolishi sababli 25.12.2025 sanada tezkor operatsiya o‘tkazilgan edi. Bugun esa eng quvonarlisi — bolajonimiz sog‘-salomat, 7 oylik bo‘lib ulg‘aymoqda 🤍 Ba’zan homiladorlikda kutilmagan holatlar uchraydi. Shunday vaziyatlarda o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam ona va bola hayotini saqlab qolishda juda muhimdir. 🌸 Har bir sog‘lom ulg‘ayayotgan bolajon ortida katta sabr, duo va mehnat turadi.

  • Kubik pessariy — qin ichiga qo‘yiladigan yumshoq silikon moslama bo‘lib, bachadon yoki qin devorlari pastga tushganda ularni ushlab turishga yordam beradi. ✔️ Pastga tushish hissini kamaytiradi ✔️ Noqulaylik va bosim hissini yengillashtiradi ✔️ O‘lchami shifokor tomonidan individual tanlanadi ✔️ Muntazam ginekolog nazorati talab etiladi ⚠️ Pessariyni mustaqil tanlash va qo‘llash tavsiya etilmaydi. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tish muhim. 🌿

  • Bugungi qabuldan 🌿 40 yoshli ayol 1 yildan beri mammolog nazoratida. Chap ko‘krak bezida 1 sm fibroadenoma aniqlangan. So‘nggi kunlarda tog‘da cho‘milgandan keyin o‘ng qo‘ltiq ostida limfa tuguni kattalashganini sezgan. Hozircha ko‘krak bezlari tekshiruvida jiddiy o‘zgarish aniqlanmadi. 🔎 Tavsiya: mammolog ko‘rigi va dinamik nazorat. Qo‘ltiq osti limfa tugunlarining kattalashishi ba’zan sovuq ta’siri, infeksiya yoki yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aniq sababni mutaxassis ko‘rigi orqali baholash muhim. 🤍 Aziz ayollar, ko‘krakdagi har qanday o‘zgarishni e’tiborsiz qoldirmang. Vaqtida tekshiruvdan o‘tish sog‘liqni saqlashning eng muhim qadamlaridan biridir. 🌸

  • Бугунги қабулдан 🌿 25 ёшли ҳомиладор аёл қабулда бўлди. Ҳомиладорликнинг кичик муддатларида йўлдош паст жойлашгани ҳақида айтилмаган. 33 ҳафта 3 кунлик УТТда паст плацентация аниқланди ва қўшимча мутахассис кўригига йўналтирилди. Ҳомиладорлик давомида бачадон ўсиши билан йўлдош жойлашуви ўзгариб кўриниши мумкин. Шунинг учун УТТ назоратини ўз вақтида ўтказиш жуда муҳим. 🤍 Азиз аёллар, ҳомиладорликда режали текширувларни қолдирманг — вақтида аниқланган ҳолатлар онанинг ҳам, боланинг ҳам саломатлиги учун муҳимдир.

  • 🦠Bachadon bo'yni saratonining oldini olish mumkin! Oilaviy poliklinikangizdagi “Onconazorat” xonasida, Respublika Ona va Bola salomatligi ilmiy-amaliy tibboyot markazida yoki uning viloyatlardagi filiallarida tekshiruvdan o'ting. Mutaxassislarimiz har doim yordamga tayyor!

  • 7 авг.301183

    Бугун қабулда жуда қизиқ ҳолат бўлди 😄 Аёл контрацепция учун, яъни спираль қўйдиришга келди. УЗДга юбордик — «ҳаммаси яхши, қўйса бўлади» дейишди. Аёл 4 кг чақалоқ туққан экан. Креслога чиқардик, бачадон бўшлиғини ўлчадик — 6 см! Ҳайрон қолдик, бачадон жуда яхши қисқарибди. Шундан сўнг бачадон бўшлиғи ўлчаниб, спираль қўйилди. Кейин бирга УЗДга бордик, текширсак — 14 мм спираль жуда яхши жойлашган 👍 Шундан кейин аёлимиз қайта кўрув хонасига кириб кетибди ва яна креслога чиқиб олибди 🤭 Мен акушеркамга: — «Қарангчи, нега яна креслога чиқиб олибдилар, сўранг», дедим. Акушеркам: — «Нега яна чиқдингиз?» деб сўраса, аёлимиз: — «Спираль қўйишга-да!» дебди 🤗 Акушеркам: — «Қўйиб бўлдик-ку!» дебди 😂😂😂 Кейин кўрув хонасидан чиқиб менга: — «Нилуфар опа, қўлингиз жуда енгил экан, спираль қўйганингизни умуман билмабман ҳам», деди 🥹🤍 Шунақа ширин ва кулгили воқеалар қабулда тез-тез бўлиб туради 😄🌸

  • Inʼeksion kontratsepsiyaning afzalliklari 💉🌿 • Uzoq muddatli himoya beradi (odatda 3 oygacha) • Har kuni dori ichishni talab qilmaydi • Samaradorligi yuqori • Emizikli ayollarda ham qo‘llash mumkin (shifokor tavsiyasiga ko‘ra) • Jinsiy aloqa vaqtida hech qanday qo‘shimcha vosita kerak bo‘lmaydi • Hayz og‘riqlarini kamaytirishi mumkin • Baʼzi ayollarda hayz miqdorini kamaytiradi yoki vaqtincha to‘xtatishi mumkin • Foydalanish qulay va maxfiy usul hisoblanadi Kontratsepsiya usuli har bir ayolning yoshi, tug‘ruqlar soni, sog‘lig‘i va rejalari hisobga olinib tanlanadi. Shifokor bilan maslahatlashib eng mos usulni танланг 🤍

  • Bugungi qabuldan 🤍 Tug‘ruq qilganiga 4 oy bo‘lgan, 4 nafar farzandli ayol qabulda bo‘ldi. Umri davomida hech qachon spiral qo‘ydirmagan ekan. Bemor bilan suhbat va tekshiruvdan so‘ng, unga bachadon ichi vositasi — spiral qo‘yildi. Tug‘ruqdan keyin kontratsepsiyani to‘g‘ri tanlash ona salomatligini asrashda juda muhim qadamdir. Spiral: • uzoq muddatli himoya beradi, • kundalik dori ichishni talab qilmaydi, • ko‘p ayollar uchun qulay va samarali usul hisoblanadi. Har bir ayol uchun kontratsepsiya individual tanlanadi. Shifokor bilan maslahatlashmasdan usul tanlamaslik kerak 🌿 Rejali va xavfsiz onalik — sog‘lom kelajak garovi 🤍

  • Bugungi qabuldan… 🤍 26 haftalik homilador ayol qabulda bo‘ldi. Suvsimon ajralma va qorin pastida og‘riq shikoyati bilan murojaat qildi. Ko‘rikda homilaning yurak urishi yaxshi, harakati faol ekani aniqlandi. Biroq bunday holatlarda eng muhim masala — qog’onoq oldi suvi oqishini o‘z vaqtida istisno qilishdir. Homiladorlik davrida quyidagi belgilarga befarq bo‘lmang: • suvdek ajralmaning ko‘payishi, • qorin pasti yoki belda og‘riq, • doimiy namlik hissi. Bu belgilar paydo bo‘lsa, albatta shifokor ko‘rigidan o‘ting. O‘z vaqtida murojaat qilish ona va bola salomatligini saqlashda juda muhim ahamiyatga ega. 🌿 O‘zingizni asrang va homiladorlikdagi har qanday o‘zgarishga e’tiborli bo‘ling 🤍

  • Bugun qabulimda 36 yoshli ayol bo‘ldi. 1 nafar farzandi bor, bolasi 2 yoshda. Bemor ko‘kraklarda og‘riq, achishish, simirlash va yurak urib ketishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qildi. Yurak tekshiruvlaridan o‘tgan, natijalari me’yorda. Ko‘rik vaqtida hayz siklining 16-kuni ekani aniqlandi. Aynan ovulyatsiya davrida ayrim ayollarda gormonal o‘zgarishlar sabab ko‘kraklarda og‘riq va noqulaylik kuzatilishi mumkin. Bemorning: Ko‘krak bezi UTT tekshiruvi qilindi — kistalar aniqlanmadi, faqat sut yo‘llarining biroz kengaygani kuzatildi. Ko‘krakdagi og‘riq sababli bemor qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘naltirildi va mos ravishda dori-darmon tavsiya qilindi. Aziz ayollar, ko‘krakdagi og‘riq har doim ham xavfli kasallik belgisi bo‘lavermaydi, ammo sababini aniqlash uchun mutaxassis ko‘rigidan o‘tish muhimdir. Vaqtida tekshiruv — sog‘liq garovi. 🤍

  • Bugun qabulimda qiziq voqea bo‘ldi 😊 Ayol kirib: — “Doktor bormi?” dedi. — “Men doktor”, dedim. U: — “Siz juda yosh ko‘rinar ekansiz”, dedi. — “Necha yoshsiz?” dedim. — “40 yosh”, dedi. Men kulib: — “Sizdan kattaroqman”, dedim. U hayron bo‘lib: — “Agar rostdan ham mendan katta bo‘lsangiz, sizga respekt”, dedi 😊 Shunda o‘yladim: yosh pasportda bo‘lishi mumkin, qalb yosh bo‘lsa, inson ham yosh ko‘rinadi 🤍✨

  • Март ойида туққан аёл 🌸 2 та туғруқдан сўнг ишончли контрацепция усули сифатида бачадон ичи воситаси — спирал қўйишга қарор қилди 🤍

  • Bugun qabulimga 25 yoshli ayol murojaat qildi. 🌸 🔹 Birinchi homiladorlik 🔹 Homiladorlik muddati — 9 hafta 🔹 Shikoyati — yengil toksikoz, ko‘ngil aynishi va ishtahaning pasayishi. Tavsiyalar: ✅ Ertalab uyg‘onishdan oldin o‘rindan turmasdan oz miqdorda suv ichish yoki pechenye, quruq non kabi yengil taom iste’mol qilish. ✅ Ko‘ngil aynishi kamaygach asta-sekin o‘rindan turish. ✅ Oz-ozdan, tez-tez ovqatlanish. ✅ Yog‘li, qovurilgan va og‘ir taomlardan vaqtincha cheklanish. ✅ Ko‘proq yengil hazm bo‘ladigan ovqatlar iste’mol qilish. ✅ Imbirli choy (me’yorida) ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam berishi mumkin. Shuningdek, o‘t qopi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ko‘ngil aynishini kamaytirish maqsadida shifokor tavsiyasiga muvofiq dori vositalari buyurildi. 🌿 ⚠️ Homiladorlikning ilk haftalarida yengil toksikoz ko‘p uchraydi. Kuchli qusish, suvsizlanish, vazn yo‘qotish yoki holsizlik kuchaysa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak. 👩‍⚕️ Ginekolog Rahmonova N.I.