tgindex
Zade's Expedition

Zade's Expedition

Статистика

🩺 Tibbiyot doktori (MD) | Terapiya magistri 🎓 🏫 Lektor @centralasianuni 🔬 Klinik amaliyot va dalillarga asoslangan tibbiyot tarafdori

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
154
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
187
23 постов
Вовлечённость
121,4%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
52
1/48двое суток
59
1/72трое суток
64

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.471из paramdata

    без подписи

  • 12 авг.717из shahadolimov

    Jarroh paradoksi! Aytaylik sizni operatsiya qilish kerak. Sizni nufuzli shifoxonaga olib borishdi. Bir jarroh juda chiroyli kiyingan, xonasini devorlari sertifikatu faxriy yorliqlar bilan to’la. Ikkinchi jarroh esa ust kiyimlari g’ijim, stolini usti betartib. Tashqarida ko’rsangiz uni hech qachon jarroh deb o’ylamaysiz. Agar bittasini tanlash kerak bo’lsa doim ikkinchisini tanglang deydi Nassem Taleb o’zining Skin in the game kitobida. Chunki, u shu ahvolida ham eng nufuzli shifoxonada ishlayotgan bo’lsa, demak u bemorlarni qandaydir tashqi omillari bilan lol qoldirish darajasidan o’tib bo’lgan. Dr. House serialini ko’rgan bo’lsangiz yuqoridagi gapni isbotini ko’rasiz. Yaxshi kiyining lekin kiyimingiz mutaxassisligingizdan o’tib ketishi shart emas. Omad! @shahadolimov

  • 11 авг.68из soliqnews

    #onkm #chek Soliq qoʻmitasi xarid cheklarini soddalashtirilgan shaklda koʻrish imkoniyatini yaratdi 🛒Maʼlumki, savdo nuqtalarida nazorat-kassa mashinalari orqali xaridorlarga beriladigan cheklarda mahsulot va xizmatlarga oid koʻplab maʼlumotlar, jumladan, MXIK kodlari, oʻlchov birliklari, QQS summasi, chegirmalar, soliq stavkalari va boshqa rekvizitlar aks ettiriladi. 🧮Mazkur maʼlumotlar hisob-kitoblarning shaffofligi va nazoratini taʼminlash uchun muhim boʻlsa-da, ularning koʻpligi ayrim hollarda fuqarolar uchun chekni oʻqish va xarid summasini tezda anglashda noqulaylik tugʻdirishi, hatto hisob-kitoblarda adashish holatlariga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan Soliq qoʻmitasi tomonidan cheklarni fuqarolar uchun yanada tushunarli va qulay shaklda koʻrish imkoniyati joriy etildi. Endi elektron chekni toʻliq yoki soddalashtirilgan shaklda koʻrish mumkin. ✔️Soddalashtirilgan koʻrinishda chekda fuqaro uchun eng zarur boʻlgan asosiy maʼlumotlar — xarid qilingan mahsulot (xizmat) nomi va uning summasi, shuningdek, chekning yakuniy summasi ixcham shaklda aks ettiriladi. Bu xaridorga chekdagi asosiy maʼlumotlarni ortiqcha rekvizitlar orasida adashmasdan tez va oson koʻrish imkonini beradi. ⚠️Bunda chekning toʻliq koʻrinishidagi maʼlumotlar ham saqlanib qoladi. Foydalanuvchi oʻziga qulay boʻlgan formatni mustaqil tanlashi va istalgan vaqtda toʻliq hamda soddalashtirilgan koʻrinishlarni oʻzgartirgan holda koʻrish mumkin. Shuningdek, elektron chek nusxasini saqlash va boshqa foydalanuvchilar bilan ulashish imkoniyati ham mavjud. 📎Chekni qanday tekshirish mumkin? Elektron fiskal chek haqidagi maʼlumotlarni ikki usulda tekshirish mumkin: 🔗 smartfon kamerasi orqali chekdagi QR-kodni skanerlash; 📱  Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish. 🎮 Soliq qoʻmitasi fuqarolarga xaridlar boʻyicha hisob-kitoblarni tekshirishda rasmiy elektron xizmatlardan foydalanishni tavsiya etadi. Bu ortiqcha hisob-kitoblarni amalga oshirish zaruratini kamaytiradi, shuningdek, chegirmalar, soliqlar va boshqa hisob-kitob elementlari inobatga olinmagan holda mustaqil qayta hisoblash natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolarning oldini olishga xizmat qiladi. Soliq qoʻmitasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun soliq xizmatlarini yanada qulay, tushunarli va shaffof qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

  • 100 yil ortga qaytdim Fitratni o'qidim, tingladim, munozara qildim Hayratlandim, kuldim, to'xtadim. Xulosa qildim, odamlar o'zgarmagan, 100 yil oldin qanday bo'lgan bo'lsa hozir battaroq bo'lishi mumkin lekin yaxshilanmagan. Bu gap aksar aholimizga tegishli. Bolani to'g'ri parvarish qilish bo'yicha 100 yil oldin xalq uchun yozib qoldirgan, hattoki shuni bilmaydi aksariyat xalqimiz. O'sha paytdagi xatolarni ko'rib shuni qilmanglar deb yozib qoldirgan. Tushunib yettim keyin, ancha bor ekan, kelgusi 100 yilda ham o'zgarmasak keragov. O'sha ko'tarilgan muammolar xanuzgacha borligidan hayratlandim. Yechimi oddiy allaqachon berilgan, lekin u yechimni bizlar o'qimasdan abadiyat olamiga ketganlarning ruhlariga bag'ishlagan xalqmiz deb yozib qoldirgani etimni seskantirdi. Hamma savolga yechim bor, aniq berilgan 1000 yillar oldin, essiz, shuni o'qiganimizda buncha ajirimlar, yetimlar, kasallar bo'lmagan bo'lar edi. Biz xalqni hali ham uyg'ata olmadik va olmayapmiz ham. Bu uyqu qancha davom etishi mani juda qo'rqitadi. #uyqu

  • Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim. O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.   Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal, Hurkma – kirish, qo‘rqma – yopish, yo‘rilma – qo‘zg‘al. Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et. Qilolmasang shu ishlarni, Sening uchun xo‘rlikdir bu... Yiqil, yo‘qol, ket!    Abdurauf Fitrat

  • 11 авг.8124из DrBekOlimjon

    Bundan 8 yil oldin, men 40 yoshda moliyaviy erkinlikka erishaman deb reja qilgan edim. Shunga harakat qildim va Allohga shukurlar bo'lsin erisha oldim. Hozir 39 daman. Moliyaviy erkinlik nima o'zi? Bu topilgan kapitalni to'g'ri investitsiya qilish hisobiga pul uchun ishlashga ehtiyoj bo'lmasligi. Ana shu yo'lda olingan bilimlar haqida kichik guruhdagi do'stlarimiz bilan bo'lishganimizda bu bilimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi aniq bo'ldi. Shuning uchun qisqaroq formatda, 10-12 ta epizoddan iborat bo'lgan, videolar to'plami qilishga qaror qildik. Unda moliyaviy erkinlik borasidagi muhim tushunchalar haqida gaplashamiz. Hozirdan aytishim mumkin. Videolar tez pul topish yo'llari haqida emas, balki umumiy tuhsunchalar, ko'nikmalar va strategiya haqida. Kecha shu videolarni birinchi sonini youtube sahifaga joyladik. Mana bu yerda ko'rish mumkin https://www.youtube.com/watch?v=6TrIfk0YNtE&t=3319s Balki foydasi tegar Bek Olimjon 11.08.26 Norvegiya PS. Videoda fikr, maslahat va savol berishni unutmang.

  • Productive week

  • https://youtu.be/_tBg0u_KUak?si=LNncS6jlFlIWKj7J

  • Hech o'ylab ko'rganmisiz biz haqiqatan ham shunchalik ko'p ishlayapmizmi yoki band bo'lib ko'rinishni xohlaymizmi? 21-asrda bandlik ijtimoiy status ramziga aylanib qolgan. Jamiyatda kim ko'p ishlasa va band bo’lsa o'sha muvaffaqiyatli degan yangicha stereotip bor. Tarixga qaraydigan bo'lsak, muvaffaqiyat belgisi bo'sh vaqtning ko'pligi bo'lgan. Boylar va aristokratlar ishlamas, sayr qilar, kitob o'qir va san'at bilan shug'ullanardi. Ishlash quyi tabaqaga xos bo'lgan majburiyat hisoblangan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, insonlar o'zlari ishlayotgan vaqtni oshirib ko'rsatishni yoqtiradi. Masalan, haftasiga 80 soat ishlayman deydigan insonlarning haqiqiy samarali ish vaqti o'lchanganda, u ko'pincha 50-55 soatdan oshmasligi aniqlangan. Qolgan vaqt qayerga ketadi? Albatta o'zini band qilib ko'rsatishga. Amalda 5 daqiqada hal bo'ladigan masalani 1 soatga cho'zish va hakazo. Va bularning hammasi hayotga ortiqcha bosim beradi. Buning yana bir sababi FOMO ya'ni nimadandir qolib ketish qo'rquvi. Ijtimoiy tarmoqlarni ochganimizda hamma nimadir qilyapti: kimdir yangi loyiha boshlagan, kimdir kitob yozgan, kimdir tunda ham ishlayapti. Buni ko'rib miyamizda "Men ortda qolyapman, sezilarli biror narsa qilishim kerak" degan sun'iy poyga hissi uyg'onadi. Zamonaviy dunyo bizga "To'xtasang yutqazasan" degan g'oyani singdiryapti. Aslida 24/7 rejimida bosim bilan yurish oddiy holat emas. Haqiqiy hayot o'z vaqtiga, sog'ig'iga va hayot sifatiga egalik qilib yashalishi kerak.

  • 27 июл.1511из aimastava

    MUST READ Anthropic ni oxirgi Hisoboti, unga qisqacha munosabat va O’zbekiston yoshlari uchun nima degani. To’liq maqola @aimastava

  • Atrofingizdagi odamlar nimani "normal" deb hisoblasa, sizning miyangiz ham shuni normal qabul qiladi. Inson har safar "Bu vaziyatda o'zimni qanday tutishim kerak?" deb o'ylamaydi, shunchaki atrofga qaraydi va ko'pchilik qilayotgan ishni "xavfsiz va normal" deb qabul qiladi. Agar atrofingizda ko’p so’kinadigan, shaxsiy chegaralarni bilmaydigan insonlar bo’lsa, boshida so'kinish quloqqa yoqimsiz eshitiladi. Lekin kuniga 20-30 marta eshitilavergach, miya buni oddiy hol deb qabul qila boshlaydi. Natijada beixtiyor ularga o’xshab qolasiz. Xalqimiz “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi” deb bekorga aytmagan. Bu kabi iboralarning amaliy isboti bo'lmasa avloddan-avlodga o’tmaydi. O’smirlik vaqtingizda otangiz manabu bola bilan do’stlashma deganini eslang. Ko’pchilik bu gapga qarshi chiqadi. Lekin yillar o’tganidan keyin otangiz to’g’ri aytganini tushunasiz. Odatda o’smirlik vaqtida otasi kimni ko’rsatib do’stlashma degan bo’lsa, o’sha insonlar katta hayotda jamiyatda o’rnini yo’qotib qo’ygan bo’ladi yoki qamalib ketgan bo’ladi. Otalar buni oldindan qanday bilishadi? Ota hayoti davomida xuddi o'sha o'smir do'stingizga o'xshash o'nlab insonlarni ko'rgan, maktabda, mahallada, universitetda yoki ishxonada. Ularning hayoti qanday davom etganini ham biladi. Otalar kelajakni ko’rmaydi ular shunchaki o'zining hayotiy tajribalari va yillar davomida yig'ilgan ijtimoiy ekspertizasi orqali o'sha bolaning xulq-atvor trayektoriyasini taxmin qiladi. @abdusattor

  • https://withmarble.com/curriculum/

  • без подписи

  • https://lumen-med.uz/?ref=ZADE

  • https://youtu.be/HLXgD189_ts?si=0huazSDx3lIlrxlu

  • Ijod boshlandi

  • Muhim tadbirlardan oldin hayvonlar qunbon qilinar edi, Kongo bilan o'yindan oldin shuncha yoshlarni issiqda tiriklayin qurbon qilish har kimning ham hayoliga kelmaydi!

  • Zato 40 gradus issiqda stadionda andijon polkasiga raqsga tushib ginneslar rekordi kitobiga kirdik. Yashasin #madaniyatvazirligi

  • Buni esdan chiqarmaylik)

  • 23 июн.4851117

    без подписи