Qandli diabet maktabi/Кандли диабет мактаби👨⚕️
СтатистикаУшбу каналда 1-2 тур қандли диабет беморлар учун фойдали маълумотлар бериб борилади. 👨⚕️Муаллиф: врач эндокринолог Сирожиддин Суюнович. @DrKholmuminovsirojiddin Манзил: Тошкент шаҳар Осиё кўч. 4. (Онлайн консультация берилмайди) Телефон: +998998153137
- Последний пост
- 8 сент. 2025 г.
- Последнее чтение
- ещё не заходили
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🥗 Эрталабки нонуштага нима есам экан деганларга... Ёқимли иштаҳа!!! Аъзо бўлиш: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin
KRAXMAL OʻZI NIMA??? Kraxmal - bu murakkab uglevod bo'lib, isteʼmol qilganimizda organizm glyukozaga aylanadi, bizni energiya bilan ta'minlaydi. U turli xil oziq-ovqat maxsulotlarida mavjud boʻlib ularning hammasi ham bir xil foydali emas. 1️⃣ Kartoshka 🥔 Sabzavotlar orasida kraxmal miqdori bo'yicha yetakchi. Ayniqsa, qaynatilgan va qovurilgan kartoshkada kraxmal juda ko'p. Bu qon shakar darajasini tezda oshiradi, shuning uchun diabet bilan og'rigan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari kerak. 2️⃣ Makkajo'xori 🌽 Faqat kraxmal boy boʻlib. Qaynatilgan makkajo'xori, makkajo'xori yormasi va popkorn uglevodlarga manbalaridir uni ham ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari kerak. 3️⃣ Guruch 🍚 Oq guruch jigarrang (devzira) guruchga qaraganda osonroq hazm bo'ladigan kraxmalni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, jigarrang guruch sog'lomroq - u qon shakar darajasini sekinroq oshiradi. (Shu oʻrinda tavsiya osh yegisi kelganlar haftada bir marta devziradan osh qilib isteʼmol qilish tavsiya etiladi...) 4️⃣ Bug'doy va undan tayyorlangan mahsulotlar 🌾 🍝 Non, makaron va pishirilgan mahsulotlar kraxmalning boy manbalaridir. Tarkib ayniqsa oq undan tayyorlangan mahsulotlarda yuqori boʻladi. Shuning uchun ham qora undan tayyorlangan non va makaron mahsuloti isteʼmol qiling. 5️⃣ Dukkaklilar Fasol (qizil loviya)no'xat, yasmiq, no'xat - ham kraxmal, ham oqsil va mikroelementlarni o'z ichiga oladi. Uglevodlarning yuqori miqdoriga qaramay, ular asta-sekin hazm qilinadi va uzoq davom etadigan to'yinganlik tuyg'usini ta'minlaydi. 6️⃣ Banan (ayniqsa pishmagan)🍌 Pishmagan bananlarda prebiyotik rolini o'ynaydigan va ichak mikroflorasi uchun foydali bo'lgan chidamli kraxmal mavjud. Lekin aytib qoʻyay 100 gramm bananda 18-21 gramm gulyukoza bor. 7️⃣ Shirin kartoshka 🍠 Oddiy kartoshkaga qaraganda kamroq kraxmalni o'z ichiga oladi va past glisemik indeksga ega boʻlib, qaynatilganda foydalidir. 8️⃣ Yorma: jo'xori uni, arpa uni va boshqalar... Har xil turdagi donlar kraxmalning klassik manbalari hisoblanadi. Ularning uglevodlari, qayta ishlash darajasiga qarab, tez yoki sekin so'rilishi mumkin. 9️⃣ Kashtan 🌰 Yong'oqdan farqli o'laroq, kashtan oz miqdordagi yog'ni o'z ichiga oladi, ammo kraxmalga boy. Kraxmal muhim energiya manbai, ammo uning sifati mahsulotga bog'liq. Xoʻsh diabetga chalinganlar isteʼmol qilishi mumkinmi?! Ha mumkin, ovqatigizga garnir sifatida qoʻshib isteʼmol qilish afzaldir. Garnir - isteʼmol qiladigan asosiy taomga qo'shimcha komponentlar qoʻshish, idishni bezash, ozuqaviy va ta'm qiymatini oshirish uchun ishlatiladigan miqdor. Aʼzo boʻlish: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin
без подписи
без подписи
Ассалому алайкум!!! Эрталабки нонуштага нима есам экан деганларга...
без подписи
без подписи
без подписи
Ichimliklar tarkibidagi shakar nima uchun ayniqsa zararli?🙋 Yaqinda o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqot shuni tasdiqladiki, gazlangan ichimliklar va meva sharbatlari tarkibidagi shakar 2-toifa diabet rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi - tarkibida shakar bo‘lgan boshqa mahsulotlarga qaraganda ancha ko‘proq. Tadqiqotga havola: (https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2161831325000493?via%3Dihub) Suyuq qand tez so‘rilib, qonda glyukoza miqdorini keskin oshiradi. Bu insulinning ko‘payishiga va oshqozon osti beziga surunkali yuklamaga olib keladi. Vaqt o‘tishi bilan bu 2-toifa diabet rivojlanishining asosiy mexanizmi bo‘lgan insulinga rezistentlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, shirin gazli ichimlik - semirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tez yo‘li. 🍏 Butun mevalarni iste’mol qiling - ular tarkibida shakar so‘rilishini sekinlashtiradigan kletchatka mavjud. Shirin gazli ichimliklar va sharbatlardan butunlay voz kechishni tavsiya etamiz.
Бу дунёдаги бизга берилган энг катта немат бу соғликдир... Ишонинг, биз неъматлар ичида ғарқ юрибмиз, фақат буни жуда кеч англаймиз... Аъзо бўлиш: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin
✳️"Dam olish ishdan tanaffus emas — bu uning samaradorligining shartidir." Yangi gʻoyalar va loyihalar bilan ishga qaytdim!!!
без подписи
без подписи
без подписи
Hayot bu kitob...📚 Va kundan-kunga sahifalar kamayib boraveradi... Hayotingizning har bir sahifasini qadrlang! 💪Men esa otam va onam duosini olib yangicha kuch gʻayrat bilan yoʻlga tushdim!!! Aʼzo boʻlish: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin
⚖️ “Стоп Диабет” Телеграм канали админи жавобгарликка тортилиши мумкин. Рақобат қўмитаси томонидан “СТОП ДИАБЕТ | НО ДИАБЕТ” Телеграм каналининг администратори белгиланган тартибда маъмурий жавобгарликка тортиш бўйича ҳужжатлар судга юборилди. Бу ҳақда қарор Санэпид қўмитасининг хулосасига асосланган. Унга кўра, “Стоп Диабет” номли биологик фаол қўшимчанинг (БФҚ) рекламаси асоссиз ва чалғитувчи бўлган. Маҳсулот рекламасида “ноёб таркиби билан қондаги глюкоза даражасини нормаллаштиради” деган даъволар келтирилган, аммо бу маълумотлар расмий йўриқномада мавжуд эмаслиги аниқланган.
Ассалому алайкум хурматли кузатувчилар!!! Сурхондаё вилояти тоғлари...
👨👩👧👦Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini boʻlib, muqaddas maskan hisoblanadi. 📆Dunyo bo‘ylab 15- may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kunning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993- yil 20- sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 15- may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Siz oilangiz baxtiga salomat boʻling!!! Aʼzo boʻlish: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin
Диабетда алкоголь мумкинми деган саволга жавоб оласиз... Мен умуман диабетда алкоголь исътемол қилишни тавсия билмаган бўлардим... Аъзо бўлиш: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin
2. Диабетда тўғри овқатланиш ўз қолимизда... Буни учун кафт қоидасини билиш кифоя... Аъзо бўлиш: 👇👇👇 @doktor_Sirojiddin @DrKholmuminovsirojiddin