Meni domillo deyishadi.
СтатистикаUlug'bek Negmatov — IQtidor maktabining akademik direktori. Har kuni 200+ bola bilan ishlayman va ota-onalarga zamonaviy ta'lim, tarbiya va IT haqidagi haqiqatni — maktab ichidan turib — aytaman. 🏫 Maktabim: @iqtidormaktabi ✍️ Savolingizni izohga yozing.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 43
- 1/48двое суток
- 49
- 1/72трое суток
- 53
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Bu yilgi avgust oyi ishda ham ishqda ham unutilmas bo'ldi. @domillo_deyishadi
@ustoz_tavsiyasi Hohish haqida. So'nggi 2 oyda shunchalik ko'p insonlar bilan suhbatlashdimki, ularni yuzlari va aytgan gaplarini aralashtirib yubora boshladim. Menga yechim kerak. Axir bilasiz. Bir insonni gapini boshqasi bilan almashtirish va shu gapni ishonch bilan aytish qanchalik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Men insonlarni fikrlarini filtrlash uchun ikkita oqimga bo'ldim. Birinchisi natijaga erishgan va ishni yakunlagan insonlarim. Ikkinchisi esa hali jarayondagi shaxslar. Nisbatan osonroq bo'ldi. Har holda miyamga ba'zida dam bera olayapman. Lekin menda boshqa muammo paydo bo'ldi. Jarayondagi ya'ni hali ishi bitmagan va yakunlanmagan shaxslar soni hayotimda ortib ketdi. Ularni sonini kamaytirishim kerak. Shu yerda menga Deyl Karnegini bitta tamoyili yordam berdi. Tamoyil: "Insonlarni sizga kerakli maqsad haqida hohishlarini uyg'otish va ularni nazorat qilish mumkin." Ishoning bu usulda ancha insonlarda qo'lladim. Ularda shunchalik hohish kuchayib ketdiki, ba'zilari meni miyamda saqlab turgan javobimga mos savol bera boshladilar. Bu juda zavqli holat. Farzandingiz o'qimayaptimi? Hamkasbingiz sizga ergashmayaptimi? Ota-onangniz sizni tinglamayaptimi? Xullas istalgan holatda siz HOHISHni uyg'oting. Natijadan faqat zavqlanasiz. @domillo_deyishadi
Video message
без подписи
без подписи
#ustoz_tavsiyasi Kibriddin - 3 Esinggizda bormi? 😁 . Sabrli va muntazam ekanman. "Mo'jizalar zamonida va afsonalar diyorida ulkan qirollik taqdiri yosh bir yigitchaga bog'liq edi. Uning ismi MERLIN. " Bu serialni meni yoshimdagi barcha qiziqib tomosha qilgani aniq. Har safar Mutolaani ochganimda men o'zimni Merlindek his qilaman. Go'yo dunyoni taqdiri menga bog'liqdek. Bilaman bu xom-hayol. Biroq har kuni shunga o'xshash fikrlar meni xarakatga chorlaydi. Natijalarni tahlil qilishga undaydi. Bugun 97-kun bu oz vaqt emas. Men bu kunlarni kitob o'qimasdan ham yashab o'ta olardim. Go'yo sizlar kabi. Lekin unday qilmadim. Negaki men o'zimni qiynashni hohlayman. "Eng qorong'u kunlardagina eng yorqin yulduzlar nur sochadi." @domillo_deyishadi
Muhit Uyingizdagi muhit qanaqa? Sokin va savollarsizmi? Barcha o'z bilganicha ish qilsa kerak-a? Farzandingiz sizga savol berishga qo'rqadimi? Topdimku! Maqtanaman: mening oilamda biroz o'zgacha. Biz har doim maslahat qilamiz. Yoshligimdan biror ish qilishdan avval bizga ayt deb uqtirishgan. Bu juda ajoyib networking. Rasmda siz hali 6 ga kirmagan jiyamimni ijodidan bahramand bo'layapsiz. Balki ulg'ayganda qaysidir kasbni yetuk vakili bo'lar. Lekin hozir men, opam va bobom singari matematikani o'rganmoqda. Bola boshidan degani shu bo'lsa kerak. Opam jiyanlarimni har bir savoliga batafsil javob beradi. Bu ularni tezroq ulg'ayishiga hamda sokin bo'lishiga yordam beradi. Bizda "telefon senga mumkin emas" deyilmaydi. Telefonni zararli tomoni tushuntiriladi. Telefonni qo'lidan uzib olmaymiz, vaqtini aytib beramiz. Shunda o'zi o'ynab bo'lib, qaytarib joyiga qo'yadi. Qo'shimcha qilaman. Hozir sizga katta jiyanimni ijodini ko'rsatganimda yana bir kenja jiyanim dunyoga keldi va oilamiz sonini 1 taga ko'paytirdi. Siz ham uyda shunday muhit yaratingki bolanggiz qo'rqmasdan sizga savol bera olsin. @domillo_deyishadi
7 million 600 ta potensial mijozimiz bor 🔹 Pivot Talk’ning navbatdagi mehmoni — DOMO startapi asoschisi Alisher Tojiyev boʻldi! Suhbatda shunchaki nazariya emas, balki loyihaning yopiq raqamlari va real tajriba haqida ochiq gaplashdik. 🔥 To’liq suhbat uchun havola @domohayoti
#iqtibos "Arslon va qoplon zararsizdir; vaholanki, tovuqlar va o‘rdaklar juda xavfli hayvonlardir," dedi bir chuvalchang bolalariga. @domillo_deyishadi
#direktor_kundaligi Update Hayotingizni tahrirlang. Hamma xato qiladi. Uni takrorlamaslik joizroq. Kerakli vaqtda kelajakda sizniki bo'lmaydigan narsalardan voz keching. Bu ishonchni oshirib, irodani mustahkamlaydi. (Quyosh barchaga teng qiymatda nur sochadi. Uni qanchalik o'zlashtirish o'zingizga bog'liq.) Sayohat qiling. Fikrlar qarama-qarshiligi va yangi emotsiyalar ba'zi tashvishlarga qo'l siltashga va ortga qaramaslikka yordam beradi. (Tog'larga boqing. Ular mag'rur va tepadan kuzatishadi.) Qiyinchiliklar va muammolar hammada bor. Sayohat davomida bunga inondim. Biroq o'sishni va kelajakdagi orzularingizni amalga oshirmoqchi bo'lsangiz to'xtamang. (Oddiy nihol ham quyosh tomon intilib, baquvvat daraxtga aylanadi.) Quyosh, daraxt va tog'. Har birining o'z vazifasi bo'lgani kabi sizni ham bu hayotda vazifangiz bor. Avval vazifangizni to'liq bajaring. Keyin ortig'iga intilasiz. @domillo_deyishadi
#direktor_kundaligi Qanday yo'l tutasiz? Voqelikka izoh beraman: Siz 3 ta tomonning o'rtasidasiz. Biri sizdan yuqori rahbar, biri ota-onalar va yana biri xodimlaringiz. Ota-onalar hozirgi ustozdan ko'ngli to'lmayapti. Zaif jihatlar hammada bor. Ular uchun dunyodagi eng kuchli ustozni olib kelsangiz ham kamchilik topishadi. Bu, menimcha, zamonning effekti. Xodimim esa hozir o'zi erishishi mumkin bo'lgan eng yuqori darajasida turibdi. Keskin harakat uni butun umrga sindiradi (xarakterini bilaman). Bir necha rahbariy usullar bilan esa nafaqat xodimni kuchaytirish, balki natijalarni ortig'i bilan olish mumkin. Biroq buning uchun ko'proq vaqt kerak. Yuqorida esa xodim o'rniga yangi nomzod ham tayyor. Muammoni yechishning eng oson usuli ham shu. Biroq jamoa ichidagi muhit nima bo'ladi? Shaxsiy qarashim: "Xodimni kuchaytirish orqali maktabning o'sishiga ishonaman. Kuchli maktabga esa negativ ota-onalar ham jimgina farzandini o'qitishadi." Menga vaqt bilan hurmatdan birini tanlash aytilsa, hurmatni tanlayman. @domillo_deyishadi
#ota_onalarga_maslahat Tarbiya uchun kechki ovqat. Uyingizda ayolingiz kechki ovqat uchun dasturxon yozadimi? Men har doim kechki ovqatni oila davrasida qilishni tavsiya qilaman. Ayniqsa yakshanba kuni. Negaligini tushuntiray. Avvalo ayolingiz tayyorlaydimi degan savolni berganim uchun uzr. Hozir zamon shunaqa. Tinch va osoyishta yurtimizda ba'zi ayollar kechki ovqat uchun ko'chadan buyurtma qilish yoki taomlanishni afzal bilishadi. Agar sizda bunday bo'lmasa, ishonamanki, bu postni oxirigacha o'qiysiz. Kechqurun barcha dasturxon atrofida birga ovqatlansa, bu oila birdamligi va ota-onaning hurmati namoyon bo'ladigan lahza deb hisoblayman. Hamma jam bo'lganda tanovul boshlanadi. Va ovqatlanib bo'lib, dasturxon yig'ishtirilgach esa choy hamda piyola qoladi. Ota so'z boshlaydi (bizda shunaqaroq): "Xo'sh, bugun nima ish qildiylar?" Keyin muhokama boshlanadi. Kunlik yoki haftalik hisobot topshirish orqali nimani to'g'ri, nimani noto'g'ri qilganingizni bilib olasiz. Farzand uchun esa bu — kelajakda xatosiz hayot uchun tavsiya vaqti deb biling. Telefondan ajraladi. Sizni va oilasini yaqindan taniy boshlaydi. Farzandingizning maqsadlari aniqlashadi. Motivatsiya ortig'i bilan olinadi. Va eng muhimi, ko'nglida halovat bo'ladi. Ishongan insonlari unga eng to'g'ri maslahatlar beradi. Eng kuchli va eng haqqoniy fidbeklar beriladigan unikal lahza hisoblanadi. @domillo_deyishadi
#talim_haqiqati Qiziqarli post o‘qidim. Yaxshi insonmanku, sizga ham ilindim. O‘qimishli inson bilan aqlli inson har doim ham bir odam bo‘lavermaydi. Ajoyib. To‘g‘rimi? Endi sizga savol? Farzandingiz qaysi bir toifaga kirishini istaysiz? Siz o‘ylab turing men ungacha chorak asrlik tajribamdan kelib chiqib, tarif berishga harakat qilaman. Eslatib o‘tay agarda fikrlarim siz uchun xato yoki kamchiliklari bor bo‘lsa, bemalol fikr bildiring. Munozaraga tayyorman. Ko‘pchilik o‘qimishli insonni avtomatik ravishda aqlli inson deb hisoblaydi. Aslida esa bu ikki tushuncha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ularning mazmuni va mohiyati turlicha. O‘qimishlilik va aql-zakovat bir-birini to‘ldiruvchi fazilatlar bo‘lsa-da, ular doimo bir insonda bir xil darajada bo‘lmaydi. O‘qimishli inson menimcha ta'lim olgan, kitob mutolaa qilgan, ilm-fan bilan shug‘ullangan, ma'lum bir sohada chuqur nazariy bilimga ega bo‘lgan shaxsdir. U tarixni, matematikani, huquqni, tibbiyotni yoki boshqa fanlarni yaxshi bilishi mumkin.(Xatto chuvalchanglil sohasida bo‘lsin. Unga yetadigani yo‘q.) O‘qimishli insonning bilim doirasi keng bo‘ladi, u murakkab tushunchalarni anglay oladi va ilmiy asosda fikr yuritadi. Biroq bilimning o‘zi har doim ham hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilishni kafolatlamaydi. Qaror qabul qilish uchun bilim emas tarjiba ham kerak bo‘ladi. Lekin bu bilimli insonni faqat nazariyani biladi degani emas. Aqlli inson esa faqat bilimli emas, balki tajribani o‘rinli qo‘llay oladigan, vaziyatni chuqur tahlil qiladigan, uzoqni ko‘ra oladigan va har bir ishning oqibatini hisobga oladigan insondir. Aqlli odam muammolarni faqat nazariya orqali emas, balki amaliy yondashuv bilan hal qiladi. U hissiyot va mantiq o‘rtasida muvozanatni saqlaydi, shoshilinch emas, puxta o‘ylangan qarorlar qabul qiladi. His-tuyg‘u nisbatan undaylarga begona deb hisoblayman. O‘qimishlilik ko‘proq "nimani bilish" bilan bog‘liq bo‘lsa, aqllilik "bilgan narsani qachon, qayerda va qanday qo‘llash" bilan bog‘liqdir. Masalan, bir inson bir necha xorijiy tillarni bilishi, oliy ma'lumotga ega bo‘lishi va ilmiy daraja olishi mumkin. Ammo u oddiy hayotiy muammolarni hal qilishda xatoga yo‘l qo‘ysa, odamlar bilan muomala qila olmasa yoki noto‘g‘ri qarorlar chiqarsa, uning o‘qimishli ekanini tan olsak ham, uni har doim ham aqlli inson deb bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, oliy ma'lumot olmagan, ammo hayotiy tajribasi boy, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, odamlarni tushunadigan va oqilona qaror chiqaradigan insonlar ham uchraydi. Ular ilmiy bilim jihatidan o‘qimishli bo‘lmasligi mumkin, lekin hayotiy donolik va amaliy tafakkur tufayli juda aqlli hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, o‘qimishlilik va aqllilik bir-biriga bog‘liq bo‘lsa-da, ular aynan bir narsa emas ekan. O‘qimishlilik insonga bilim beradi, aqllilik esa o‘sha bilimni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatadi. Endi yuqoridagi savolga qaytamiz. Siz farzandingizni bilimli bo‘lishini istaysizmi yoki aqllimi? @domillo_deyishadi
#tavsiya Maktabimda zommerlar ichida yashayotganim hamda qadrdon ota-onalarga yordam tariqasida farzand tarbiyasi uchun quyidagi 10ta amaliy qoidani bo‘lishmoqchiman. Unutmang bu shaxsiy qarashlarim va amaliyotga qo‘llagan metodlarim natijasida yozilgan qoidalar hisoblanadi. Farzandingiz tarbiyasida muammoga duch kelgan bo‘lsangiz savollaringizni menga anonim yo‘llang: t.me/domillo_deyishadi?direct Kanalga ulanish uchun: @domillo_deyishadi
без подписи
1. Samarador Musulmon 1-qism. https://telegra.ph/Samarador-Musulmon-07-10
#iqtibos Muammo: Siz va oilangiz haqida o‘ylamasdan, o‘zi istagan fikrni bemalol aytadigan insonlarni so‘zi uchun 150mln sarflab bir kungina to‘y qilasiz. Yechim: Butun umr nafaqat o‘zi va oilasiga balki butun jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishi uchun farzandingizga oyiga 2-2.5 mln sarflashga qiynalasiz. Xulosa: Shu sababli ham biz: oila boqish uchun chet elga ketamiz, "quloqlik" qilib pul topamiz, yashash oson emas deya noliymiz, narxlar baland deb norozi bo‘lamiz, mehribon emassan deb farzandga dakki beramiz, o‘ylagan rejalarini be‘mani deya izohlaymiz. Izoh: Aslida xato niyatimiz va fikrlashimizda. Shaxsiy savollar uchun: t.me/domillo_deyishadi?direct @domillo_deyishadi
#maktab_hikoyalari "Buyruqqa boy, odatga kambag'al xonadon" Qabul mavsumi. Oldimga o'nlab ota-ona keladi. Hujjat masalasi besh daqiqada bitadigan ish. Asosiy dard va mavzu keyin boshlanadi. Ona: "Ustoz, bolam gapimga umuman kirmaydi. Telefon desa jon beradi. Xonangni yig'ishtir desam - hozir deydi. O'sha hoziri yarim kechagacha cho'ziladi." Ichimda bir og'riq turdi. Chunki bunaqa bolani yuzlab ko'rganman. "Hozir" deydigan bola yalqov emas. U qayerdan boshlashni bilmaydigan bola. Keyin so'radim: "Opa, oxirgi marta bolangizga qachon kichkina, aniq ish topshirgansiz?" Ona jim qoldi. Mana gap qayerda. Ko'p xonadonda buyruq ko'p, odat yo'q. "Yaxshi o'qi", "tartibli bo'l", "gapga kir" — bularning bari bolaga tog'day ko'rinadi. Bola tog'ni ko'radi, birinchi qadamni ko'rmaydi. Onaga uchta gap aytdim: "Xonangni yig'ishtir" demang. "Avval kiyimingni il" deng. Tog' emas, qadam bering. Daftarini unutsa, ortidan maktabga yugurmang. Bir kun uyalsin. Bola nasihatdan emas, oqibatdan o'rganadi. Kichkina ishini ham ko'ring. "Barakalla, o'zing eplading" degan so'z bepulku? Lekin bolaga million so'mlik kursdan ko'proq saboq beradi. O'zini katta insondek his qilishi uchun imkoniyat bering. Bu mas'uliyat shakllaniradi. Itoat qo'rquvdan tug'iladi va qo'rquv bilan birga ketadi. Mas'uliyat odatdan tug'iladi va umrga qoladi. Oddiy izoh beraman: "Namoz qazo bo'lsa, keyin o'qib bo'ladi. Tarbiya qazo bo'lsa — qaytarib bo'lmaydi." @domillo_deyishadi
#ota_onaga_maslahat "Qachon odam bo'lasan, bolam?" Kechki payt. Dasturxon yig'ishtirilgan, hovlida suv sepilgan tuproqning hidi anqiydi. Ona o'g'lining xonasiga mo'ralaydi: bola divanda yonboshlagan, yuzini telefonning sovuq yog'dusi yoritib turibdi. Stol ustida — ochilmagan daftar, uchi ochilmagan ruchka. Ona nimadandir afsusda, qayerda xato qilganini bilmaydi. Shu bir og'iz savolda qancha umid, qancha armon, qancha charchoq bor... Bu manzara bugun faqat sizning uyingizda emas — Toshkentdan Tokiogacha million xonadonda takrorlanmoqda. Dangasalik asrimiz bolalarining eng katta sinoviga aylandi. Sababi oddiy va shafqatsiz: telefon lazzatni o'n besh soniyada beradi, mehnat esa mevasini oylab kutdiradi. Bola yomon emas — u shunchaki teng bo'lmagan kurashda oson tomonni tanlayapti. Lekin bir haqiqatni unutmaylik: dangasa bola tug'ilmaydi. Uch yashar chog'ida stulga tirmashib chiqishdan charchamagan o'sha bola-ku bu! Demak, ichidagi olov o'chmagan — u kul ostida qolgan, xolos. Bizning vazifamiz — jazolash emas, o'sha cho'g'ni avaylab puflash. O'z kasbimdankelib chiqib sizga farzandingizdagi dangasalikni yengadigan 3 ta usulni o'rgataman: 1. Ikki daqiqa qoidasi (tadqiqotchi Jeyms Klirning mashhur usuli). "Xonangni yig'ishtir!" — bola uchun bu devordek gap. Devorga qarab odam qadam tashlamaydi. Buning o'rniga: "Faqat stol ustini tartibla, bo'ldi". Ikki daqiqalik ish qo'rquvni yengadi, boshlagan bola esa ko'pincha to'xtamaydi. Chunki eng og'ir yuk — birinchi qadamdir. 2. Yigirma daqiqa — birgalikda. Eski budilnikni oling: "Yigirma daqiqa — sen misol yechasan, men kartoshka archayman. Qani, kim chidamli?" Yolg'izlikdagi mehnat — azob, hamrohlikdagi mehnat — musobaqa. Qo'ng'iroq chalinganda besh daqiqa dam, so'ng yana. Bola sizning ham ishlayotganingizni ko'rsa, qalbida adolat tuyg'usi uyg'onadi: uyda hamma mehnat qilyapti, demak, bu — hayot tartibi. 3. "Avval — keyin" qonuni (olimlar buni «buvining qoidasi» deb ham atashadi). Telefonni tortib olmang — urush boshlanadi. Tartib o'rnating: "Avval dars — keyin telefon". Bu jazo emas, tabiat qonuni: avval yer haydaladi, keyin hosil yig'iladi. Qaysi ishdan boshlashni esa bolaning o'ziga tanlating — tanlov bor joyda qarshilik so'nadi. Va yana bir gap esinggizdan chiqmasin. Bu yo'lda yolg'iz emassiz. Maktab — mehnat tengqurlar davrasida odatga aylanadigan maskan. Ustozning o'z vaqtida aytgan "sendan katta ish chiqadi" degan bir og'iz so'zi esa ba'zan yuzta nasihatdan kuchliroq ta'sir qiladi. Uy bilan maktab bir tomonga tortsa, bola ortda qolmaydi — oldinga chiqadi. Sinab ko'rsanggiz natijasini izohda kutaman. @domillo_deyishadi