Doston Chustiy
СтатистикаIlm — mana insonning haqiqiy ustunligi! . . Substack: https://substack.com/@dostonchustiy Iqtisodiyot haqidagi blogim: @chustiy_iqtisodiyoti
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 85
- 1/48двое суток
- 97
- 1/72трое суток
- 105
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Odamzot tabiatan o'zi shunday, ya'ni yaxshilikni tez unutadi. Yomonlikni esa hech qachon unutmaydi. Men ham, siz ham, ular ham.
Avvalo, o‘zingizga o‘zingiz yolg‘on gapirmang. O‘ziga yolg‘on so‘zlab, o‘z yolg‘oniga o‘zi quloq tutadigan odam shunday bir holga tushadiki, oxiri o‘z ichidagi va atrofidagi haqiqatni ajrata olmay qoladi, natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham hurmati yo‘qoladi. Hurmati qolmagach esa, sevishdan to‘xtaydi. Sevgisiz qolib, o‘zini ovutish va chalg‘itish uchun ehtiroslarga, dag‘al lazzatlarga beriladi va boshqalarga hamda o‘ziga tinimsiz yolg‘on gapirgani bois illatlari ichida hayvoniy tubanlikka qadar boradi. O‘zini aldaydigan odam hammadan ham osonroq xafa bo‘ladi. Bilasizmi, ba’zan xafa bo‘lishning o‘zi ham gashtli bo‘ladi, shunday emasmi? Odam o‘zini hech kim xafa qilmaganini, balki bu xafagarchilikni o‘zi o‘ylab topganini, chiroyli chiqishi uchun yolg‘on aralashtirib, bo‘rttirganini, bir og‘iz so‘zga yopishib olib, pashshadan fil yasaganini o‘zi yaxshi biladi, shunday bo‘lsa-da, birinchi bo‘lib o‘zi arazlaydi. Bu xafagarchiligidan shunday zavqlanadiki, hatto huzur qilib, oxir-oqibat haqiqiy qasoskorlikka o‘tadi. Dostoyevskiy
Odamlarning qanday imkoniyatlari bo‘lganini bilmay turib, ularni tanlovi uchun qanday qilib yomonlashimiz mumkin?
Yaxshi qarorlar tajribadan kelib chiqadi. Tajriba noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishdan kelib chiqadi. — Mark Tven @doston_chustiy
Xato qilmasangiz – inson emassiz Inson zoti borki xato qilishga moyil bo'ladi. Agar biror ishda xato qilmasa inson inson emas menimcha. Xato qilmasangiz qaysi yo'l aniq maqsadlaringiz tomon elitishini bilolmaysiz. Aniqroq aytsam, xato qilish orqali to'g'ri yo'lni topasiz. Qayerdadir o'qigan edim: 20-30 yosh oralig'ida bo'lsangiz, ko'proq xato qilib, to'g'ri yo'lni topishga harakat qilishingiz kerak. 30 yoshdan keyin menimcha kech ham bo'ladi va xatolaringiz badali kattarib ham ketishi mumkin. Ko'pchilik xato qilishdan qo'rqadi. Xato qilmasangiz, nima to'g'ri nima noto'g'ri ekangligini bilolmaysiz! Bu xuddiki, yosh bolani yoshligida issiq choynakni ushlab olgandek gap. Boshqalar aytgani bilan, o'zi issiqligini bilmagunicha bu ishni xato yoki to'g'riligini bilmaydi. Xulosa shuki, xato qilishdan qo‘rqmang. Qo‘rqadigan narsa – xato qilib, undan hech narsa o‘rganmaslik. @doston_chustiy
Bir narsaning yakunlanishi doim boshqa bir yangi narsaning boshlanishidir Bir inson bilan munosabatingiz tugashi , o‘zingizni yanada yaxshiroq tushunish va to‘g‘ri odamni topishga imkoniyat bo‘lishi mumkin. Ishingizni yo‘qotish yoki biznesingizni yopilishi og‘riqli bo‘lishi mumkin, ammo bu yangi, yanada daromadli va qiziqarli yo‘lning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Lekin Yakunlanish = Yangi boshlanish degani doim yaxshiroq bo'lishni anglatmaydi. Bu shunchaki jarayon, natijasi esa har xil bo'ladi. Natijani yaxshi yoki yomon deb qabul qilish insoning o'ziga bog'liq. Masalan, ishingizni yo'qotishingizni depressiya va stress bilan qabul qilishingiz mumkin yoki yuqorida aytganimizdek, buni o'zingizga daromadli va qiziqarli chorlov deb qabul qilishingiz mumkin. Xulosa shuki, bir narsaning tugashi imkoniyat beradi, lekin bu imkoniyatni yaxshi yoki yomon tarafga burish ko‘pincha o‘zimizning qo‘limizda bo‘ladi. Eng muhimi — o‘sha yangi boshlanishga va chaqiruvlarga biz labbay deb javob berishimizda yoki ijobiy reaksiyamizda. @doston_chustiy
Ular so‘rashdi: Nega tabiat bunchalik sokin? Men dedim: Chunki unda hech narsa o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaydi, isbotlashga urinmaydi, solishtirmaydi va raqobatlashmaydi. Qushlar ovozi qanday eshitilishi haqida qayg‘urmay sayraydi. Daryolar biror joyga tezroq yetib borishga intilmay oqadi. Daraxtlar esa “men yetarlimikanman?” degan savolni o‘ylamay o‘sadi. Barcha narsa shunchaki o‘z tabiatini namoyon etadi. — Veks King @doston_chustiy
Metakognitiv ko'nikmalar — bu "o'z fikrlash jarayoni haqida fikrlash" qobiliyati. Boshqacha qilib aytganda, metacognition — bu o'zingizning qanday o'ylashingiz, o'rganishingiz, muammolarni hal qilishingiz va xatolaringizni tushunishingiz haqidagi bilim va boshqaruvdir. Masalan: - O'qiyotganingizda "Men bu matnni tushundimmi?" deb o'zingizdan so'rash. - Imtihon oldidan "Qaysi mavzularni yaxshi bilaman, qaysilarini takrorlashim kerak?" deb baholash. - Muammoni hal qilayotganda "Bu usul ishlamayapti, boshqa yo'lni sinab ko'ray" deb o'zgartirish. - Xatodan keyin "Nima uchun bu xatoni qildim? Keyingi safar qanday oldini olaman?" deb tahlil qilish kabi savollar metakognitiv ko'nikmaning belgisidir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki: - Metacognitionni rivojlantirgan odamlar tezroq o'rganadi, yaxshiroq natija ko'rsatadi va o'z-o'zini boshqarish qobiliyati kuchli bo'ladi. Ushbu ko'nikmani qanday rivojlantirish mumkin? - O'z-o'ziga savollar berish - O'qishdan keyin qisqa xulosa yozish - Fikrlashni ovoz chiqarib aytish - Reflection jurnali yuritish (har kuni nima o'rgandim, nima yaxshilashim mumkin) P.s. Agarda ushbu mavzuda tadqiqotlar qiziq bo'lsa, ularga linkni kommentda qoldiraman! @doston_chustiy
Charli Munger o'zidan “Qanday qilib yaxshi hayot qurish mumkin?” deb so‘ramagan. U: “Hayotni nima baxtsiz qiladi? Va men bundan qanday qochishim mumkin?” deb so‘ragan. Inversiya. Ko‘pchilik oldinga qarab fikrlaydi. Munger esa teskarisiga. Aqlli bo‘lishga urinmang. Ahmoq bo‘lishdan saqlaning. To‘g‘ri sherik topishga urinmang. Noto‘g‘rilaridan qoching. Yaxshi qarorlar qabul qilishga urinmang. Yomon qarorlarga olib keladigan sharoitlarni bartaraf qiling. Maqsad — qo‘shish emas, ayirishdir. @doston_chustiy
без подписи
без подписи
METANOIA Insonning to‘satdan va tubdan yashashga qaror qilib, o‘z hayotini ma’nosizlikdan qutqarishi.
Bo‘ron tugagach, undan qanday omon chiqqaningizni, qanday tirik qolganingizni eslay olmaysiz. Hatto bo‘ron chindan ham tugaganiga ishonchingiz komil bo‘lmaydi. Ammo bir narsa aniq. Bo‘rondan chiqqaningizda, avvalgi odam bo‘lmaysiz. Bo‘ronning butun mohiyati ham shunda. — Haruki Murakami @doston_chustiy
Tanlashda adashmaslikni istaymiz. Shunchaki istash muammoni hal qilmaydi, ammo yaxshi savollar hal qiloladi. Eng zo'r podkast va suhbatlar ham savollar sifatiga qarab bo'ladi. "Beshikdan to qabrgacha ilm izla savollarimiz bor" deb aytganimni eslayman. Bizni har taraflama o'sishimizda turtki bo'lgan ish ham savollar bo'ladi. Yaxshi javob berish oson, yaxshi savol berish qiyin. Yengilmas bo'lishni istaysizmi? Hech kim so'ramayotgan savollarni bering. • Nima qilsam yaxshi kompaniyada ishlayman? • Qanday qilib yaxshi turmush o'rtoq topaman? • Qanday qilib 1 million dollar topaman? Yaxshi savollar og'riq va bor cheklovlarga qaratiladi. Shunga bo'lsa kerak, yuqoridagi savollar to'g'ri javobga yetaklamaydi. • Yaxshi kompaniyalar kimlarni qidirayabdi? • Yaxshi qizlar/yigitlar kimlarni tanlashadi? • Qaysi xislat bo'lsa yoki muammo yechilsa atrofdagilar pul to'lashga tayyor? • O'zimni ishga olarmidi? O'zimga o'xshagan odam bilan do'st bo'lgan bo'larmidim? • Men eng qiyin yechgan muammo nima edi? Nega u qiyin va qiyinligiga sabab? Nima cheklovlar bor ediki uni qiyin qilayotgan? Eng yaxshisiga loyiqmisiz? Eng yaxshi savollarni so'rang. 29.06.2026 Xonamda | Tashkent, Uzbekistan
без подписи
без подписи
Parallel muhitda 150 tadan oshiq insho yozdik. Ibrohim turmush qurish haqidagilarini tartiblab, bir joyga to'plabdi. O'n yil oldin o'zim ham shunday qo'llanmani qidirgan edim. Yoshlarga foydasi tegib qolar: turmusht.uz
"Ba’zida biz tuzalishni xohlamaymiz, chunki og‘riq — yo‘qotgan narsamiz bilan bog‘lab turuvchi so‘nggi rishtadir." — Ibn Sino
– Siz she’rni tushunadigan, hech bo’lmasa, o’qishni yoqtiradigan qiz toping, yo’qsa bu hayotda qiynalib qolasiz. Usmon Azim
Rumiy “Yo‘lga chiqsangiz, yo‘lning o‘zi ko‘rinadi”, deganida haq edi. Hech kim o‘tirgan joyida o‘y surib, o‘ziga oydin hayot yarata olmagan. Avval harakat qilish kerak. Javoblar faqat harakatdagi insonlargagina ayon bo‘ladi. Ortiqcha o‘ylashni bas qiling va harakatni boshlang.