tgindex
Dreams&myself

📝Tashkent State University of Law LLB/LLM 📝 Tashkent Hub-Global Shapers 📝 Ibrat camper-2021 📝 TSUL-AYBU exchanger of 🇹🇷 📝 Women rights lover 📝 Teacher in law at University 📝 Advocate at law firm "Verdict" 📝 Hodophile🌎🇦🇪 💌 Lucky woman🔐

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
20:13
Постов за неделю
4
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Образование
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
83
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
107
24 постов
Вовлечённость
128,9%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
35
1/48двое суток
40
1/72трое суток
43

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.314из v_turakulov_mutolaa

    Ba'zan sening bu dunyodagi borlig'ing — vazifang boshqalarni sekinlatish bo'lsin. Sokinlatish bo'lsin. Sen shunday bir bekat bo'lki, hayot musobaqasi deb atalmish bu ayovsiz poygadagi yo'lovchilar kelib biroz tin olsinlar. Suhabtlashib qalblari, qarab ko'zlari, eshitib quloqlari, anglab aqllari sokinlik o'rmonlaridan o'tib hikmat sohillariga chiqsinlar, orom jilg'alari aro atirgul bo'stonlari sari yurib borsinlar. Qalb buloqlaridan qonib ichsinlar. Ilohiy muhabbat qarshisida tiz cho'ksinlar. Quloqlari orom kuyidan bahra olsinlar. Yashash maqsadini anglab yetsinlar. Yetsinlarki, sen kabi bu poyga atrofida o'zlariga bir hujra qursinlar. Bu kapa keyingi yo'lovchilar uchun tin olish maskaniga, o'rganish maktabiga, ishg'ol markaziga, hikmat manbaiga aylansin... Bir bekat bo'lki, odamlar to'xtab tin olsinlar...

  • #podcastdan 📌 25 ga kirib, dini va axloqidan biror kitob o'qimaganlar bor... Barcha narsaning o'z ilmi bor. Ilm - bu, qoidalardan iborat! @dreams_sevinch

  • https://youtu.be/8JVgIwGTO0U?si=Mw8VGeRqz2Q77iqz

  • https://youtu.be/8JVgIwGTO0U?si=Mw8VGeRqz2Q77iqz

  • 📌 Bizni, asosan, kutilmalarimiz baxtsiz qiladi - insonlardan, holatlardan va voqealardan... Tasavvur qiling, siz ish joyingizdan tug'ilgan kun yoki qaysidir bayram uchun hech qanday sovg'a kutmayotgan edingiz va to'satdan kartangizga bir million miqdorida pul tashlab berishdi. Bu vaziyatda sizdan baxtlisi bo'lmasa kerak. Ammo siz 3 million kutgan bo'lsangizchi? Albatta, bir millionga rozi bo'lmasdan, ranjishingiz aniq. 📌 Insonlardan va voqealardan ham kutilmalarimizning katta bo'lishi bizni baxtsizlikka chorlaydi, chunki qalbda noroziliklar yig'ilib boraveradi. Toki, har bir holat va insonni o'zingiz boshqarishga harakat qilar ekansiz, doimiy ravishda charchoq, bosim va qiyinchilikda his qilib boraverasiz o'zingizni. Qachonki, har bir holatga tilda emas, qalban rozi bo'lsangiz, butun dunyoga kulib qarasangiz, hayotingiz yanada osonlashishini, tugunlar siz boshqotirmasangiz ham o'z vaqtida yechilishini anglab yetasiz. Biz hayotda shunchaki aktyor va aktrisalarmiz. Qanday rol berilsa, deyarli shuni bajaramiz. Rejissyor esa ssenariyni allaqachon qo'limizga tutqazgan. Qaysidir holatlarda ushbu ssenariyga o'zgartirish kiritish imkoniyatimiz mavjud, ammo uning miqdori cheklangan. Shunchaki tan oling va rozi bo'ling! Hayotingiz osonlashadi... 📌 Insonlardan yoki holatlardan ko'p narsa kutmang. Aks holda, faqatgina O'zingizni baxtsiz qilasiz... @dreams_sevinch

  • 📌 He taught me how to love and to be loved... He became the kind of man who made being a spoiled, cherished, and happy woman my only choice ❤️... @dreams_sevinch

  • 📌 Dunyo - bu, sen ko'proq o'ylayotgan voqea va hodisotlar, sen ko'proq e'tibor berayotgan holatlar, sen ko'proq gaplashayotgan odamlar va sen ko'proq o'ylayotgan fikrlar... Ularning proporsionaliga qara - baxtlilik darajang kelib chiqadi. Fikrlar, tilimizdan chiqayotgan so'zlar, atrofimizdagi insonlar va muhit - hayotimizga biz o'ylagandan-da ko'proq ta'sir qiladi, aslida. Shuning uchun avval fikrlaringizni o'zgartiring. Atrofingizdagi insonlar ham sizga moslashadi yoki siz boshqa muhitga adaptatsiya bo'lasiz... @dreams_sevinch

  • 31 июл.9941из ggipsofila

    Sening hayotingni Alloh faqat senga bergan. U faqat senga tegishlidir, sening mulkingdir. Sen o'z qaroringni erkin tanlashni o'zing hal qilasan. Men va mendan boshqalar faqat seni yo'naltirish uchun maslahat berishga imkoniyatmiz bor. Lekin hayotingdagi yo'lni o'zing belgilaysan. Buni faqat o'zing amalga oshirasan. Kitobdan Bir jamiyatga xos bo'lgan xislat xoh ijobiy bo'lsin, xoh salbiy o'sha yerdagi boshqa sohalarga ham o'z ta'sirini o'tkizmay qo'ymaydi. Masalan, "Sen ellikka kirsang ham bolasan" Ya'ni shu darajadamizki aksarimiz ellikka kirib ham o'zimiz qaror qabul qila olmaydigan darajada qullashtirilganmiz. Haligacha qat'iy aniq yo'limizni topolmay hayotdan nolib siqilib yuramiz. Men maslahatni nazarda tutmayapman, albatta kattalardan tajriba va maslahat olish muhim, ammo qaror qabul qilishda har kim erkin bo'lishi, unga ham qul emas, shaxsdek munosabatda bo'lish talab etiladi. Yuqoridagi bizning qon-qonimizga singib ketgan qat'iyatsizlik bugun katta muammolarga aylanmoqda biz haligacha alifboda reforma qila olmay talashib yuribmiz, haligacha ko'p sohalarda ma'lum to'xtamga, qat'iy qarorga kela olmayapmiz. Aslida inson fikriy sog'lom va erkin bo'lsagina qullikdan chiqadi. Ungacha qaram bo'lib qolaveradi. Ba'zan hayotimizni ko'rib judayam achinib ketaman. Ko'pchilik boshqaning hayotida yashayotgandek, ona farzandining hayotida, ayol erining hayotida, er onasining hayotida hamma boshqalar hayotini barpo etgan, ammo o'z sarmoyasi yo'q, vazifalar ham almashib ketganidanmi hamma stressda yuradi. Chalkash, fikrlarimni bitta ipga tiza olmadim, ba'zan o'y va hislaringni ta'riflash juda qiyin. Xulosa shuki Alloh menga bergan eng katta ne'matlardan biri bu mening hayotim va uni qanday qurishim, qay tarzda yashashga faqatgina men javobgarman va shu bilan so'ralaman. Shu tufayli o'z hayotim mas'uliyatini faqat o'zim ko'tarishim kerak.

  • 📌 Muammolarning aytilmasligi - ularning mavjud emasligini anglatmaydi. Biz ko'p vaziyatlarda barcha holatga o'z nuqtayi nazarimizdan kelib chiqib baho berishga o'rganib qolganmiz. Natijada, vaziyatlar og'riqli yoki muvaffaqiyatli ko'rinishi mumkin. Kimdir sog'lom tana yoki sog'lom ruhga ega bo'lishi yo'lida, shaxsiyatini rivojlantirish va natijalarga erishishda juda katta bosim va qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy hol. Lekin ushbu muammolar ko'rsatilmasligi mumkin. Siz kuzatayotgan har bir baxtli va muvaffaqiyatli insonlar o'tmishida biz bilmagan qiyinchiliklar, ko'zyoshlar, yengilishlar va og'riqlar bor... 📌 Kuchli bo'lish - kuchli ko'rinishni va yengilmaslikni talab qiladi. Ammo barchaning bir onga bo'lsa-da, o'z kuchsizligini tan olishga, tanaffus qilishga haqqi bor deb o'ylayman. Shunchaki insonlarni qadrlashimiz kerakdir, ularning muvaffaqiyatlarini emas... @dreams_sevinch

  • 📌 Birgalikda qilingan ovqat - eng chiroyli suhbatlar, unutilmas xotiralar, go'zal hamjihatlik va oilaning eng muhim qadriyatlaridan biri. 🏡 Halovatli uy - seni tushunadigan inson, eshituvchi quloq, himoya qiluvchi yelka, mehrli qalb va termuluvchi ko'zlar... Ko'rsatilmas va so'zlanmas baxt... ✨🤍 (Man faqat yordam berib turdim🤫. Bosh oshpaz - xo'jayin 🫡👨‍🍳) @dreams_sevinch

  • 📌 Everything is temporary... @dreams_sevinch

  • 📌 Insonlarni kuzatib, anglaganim shu bo'ldiki, "winner"lar - g'alaba qozonuvchilar har qanday vaziyatda imkoniyat qidirishadi... Odamlar, negativlar, mablag' yoki resurs yo'qligi ularni maqsadlaridan to'sa olmaydi. "Loser"lar - yutqazuvchilarda esa barcha shart-sharoit bo'lsa ham doim nimanidir bahona qilishadi va o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Ular uchun har doim nimadir kam va yetishmaydi. Sizning yutqazuvchi ekanligingizga davlat, jamiyat, ota-onangiz yoki taqdir aybdor emas. Hayot yo'lingizni o'zingiz yaratasiz. Dastlab, o'zimizni isloh qilaylik ✅ @dreams_sevinch

  • 18 июл.13943из v_turakulov_mutolaa

    #qoida Qizingizning ta'limiga sarflamagan pulingiz uning sepiga sarflanadi. Tanglang: - ilmli qiz - sepli qiz Ular ham tanlashadi: - ilmli qiz - sepli qiz Aytmoqchi bo'lganim — qizingiz yo ilmi-odobi bilan yo sepi bilan qiymatli bo'ladi! @v_turakulov

  • 📌 Yillar o'tmoqda... 23 yil yashadim. Lekin shu xoh kichik, xoh katta davr ichida qizaloq ulg'aymoqda. Bu nuqtaga yetib kelish, albatta, oson bo'lgani yo'q. Kuzatuvchilar uchun ushbu yo'l osondek, go'yoki bir tasodifdek ko'rinishi mumkin. Lekin aslida-chi?! 📌 "U rosa omadli" degan so'zlarni menga nisbatan ishlatishganini ko'p marotaba eshitganman. Biroq qalbdagi og'riq va jarohatlar ko'rsatilmagandir. Bir qancha sinovlar va uzundan uzoq duolardan keyin muvaffaqiyatli hayot tortiq etilmadimikan?! Qattiq mehnat, duo va bardoshlilikni shunchaki omadga yuklab qo'yish anchagina oson bo'lsa kerak... "Sening hayoting menda bo'lganida o'zim bilardim" deyish mening oyoq kiyimimda yurib ko'rishlari kerakligini anglatmaydimi?! Hozirgi sakiynat - men bir necha yillar avval tinmay qilgan duolar, ko'rsatilmagan ko'zyoshlar, qalbdagi og'riq va "kuchli qiz" niqobida yashashlikning natijasidir. Bu ishni bir o'zim uddalay olmasdim. Albatta, ota-onam qanotlarimni kesmaganligi, "uchish"ni bilishimga yo'l qo'yib berishganligidir! "Negativ" Sevinchni positivga aylantirish uchun juda ko'p mehnat qilindi - shunchaki "omad" emas... @dreams_sevinch

  • - Men sening kimingman? - Sen mening Elifimsan... 🤍 @dreams_sevinch

  • 📌 Shukr qilganing sari ne'matlar ko'payib boradi 🤍 @dreams_sevinch

  • 📌 Barcha cheklovlar o'z miyamizda. Biz nimani tasavvur qilsak, atrofda shu sahnalar paydo bo'lishi - ayni haqiqat. Nimadir qilishni xohlasak yoki qaysi pozitsiyada yashashni tanlasak umrimiz o'zimiz bilib-bilmay xayol qilgan sahifalardan iborat bo'ladi. Hayotda yaxshi insonlar ko'pligiga ishonsak, yaxshi insonlarga, yomon insonlardan nafratlansak, shunday shaxslarga qayta-qayta duch kelaveramiz. Insonlar o'zgaradi, ammo biz ongimizda tasavvur qilgan xarakterli personajlar o'zgarmaydi. Yaxshilikni va yaxshi bo'lishni umid qilsangiz, siz kutmagan joydan ezgulik ila siylanasiz. Qalbingiz nafratga to'la bo'lsa, butun umr hayotingiz zaharga to'la bo'ladi, xolos. Barcha insonlar-u voqealar - bizning fikr yuritishimiz, o'z ustimizda ishlashimiz va baxtli hayot yarata olishimiz uchun taqdim etilgandir... 📌 Doim bir hikoyani eslayman: Qizcha Xudodan so'rabdi: "Agar barchasi taqdirimga avvaldan bitilgan bo'lsa, men nega yashashim yoki harakat qilishim kerak..." Shunda Xudo javob beribdi: "Taqdiringga sen xohlagandek bo'ladi deb yozgan bo'lsamchi?!." ✅ Doim eng yaxshisini niyat qilavering... @dreams_sevinch

  • 🤍... @dreams_sevinch

  • 📌 Ulg'ayganing sari atrofga befarq, o'zingga o'ta e'tiborli bo'lishni boshlarkansan. Boshqalar hayoti avval ham qiziq emas edi, ammo bu hissiyot yana ham kuchayishni, sening oilang haqida ham hech kim hech narsa so'ramasligini va aralashmasligini xohlab boraverar ekansan... Ko'chada, jamoada, atrofdagilarda xatolar, mas'uliyatsizlik va tarbiyasizlikka duch kelganingda, ichingda olov paydo bo'lsa ham, uni bosishga, o'z sog'liging haqida qayg'urishga kirishasan. Qaysidir ma'noda "jinni"likni yoqish, rostan ham, eng zo'r variant hisoblanarkan. Ammo jamiyatni befarqlik o'ldirishini bilib turgan ichki ovozing seni undaylar toifasidan bo'lmaslikka doim chaqirib turadi. @dreams_sevinch

  • 🎶🎶🎶🎶 @dreams_sevinch