DurBola
Статистика👉 Aqliy va jismoniy rivojlanuvchi o'yinlar 💡 Foydali maslahatlar va lifehacklar 🌎 Ozgina IRLANDIYA hayoti myurls.co/durbola Murojaat: @durbola_bot
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 102
- 1/48двое суток
- 116
- 1/72трое суток
- 126
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Buni qarang, bu yerda ham Dom o'yini bor ekan 😅 Yoshligimizda rossa o'ynar edik
Bola ko'zi bilan osmon 🌤️
без подписи
Islom oʻzining butun borligʻi bilan harakat dinidir. Unda harakatsiz hech narsa boʻlmaydi. Oʻylab koʻring, bir vaqt namoz oʻqish uchun inson qanchalar harakat qiladi. Saharda uyqusidan turib, tahorat qilib, namoz oʻqiydigan joyiga borib, ikki rakat namoz oʻqigunicha odamning har bir boʻgʻini qanchadan-qancha harakatlarni amalga oshiradi. Roʻza ham shunga oʻxshash. Saharlikka turiladi. Harakat qilinadi. Xuftonga qoʻshib yigirma rakat taroveh namozi oʻqiladi. Haj va umra esa asosan jadal harakatdan iborat ibodatlardir. Bularning hammasi sogʻliq uchun foydali ekanini bugunga kelib musulmon boʻlmagan odamlar ham anglab yetishdi.
Badantarbiya Imom Muslim, Ibn Moja va imom Ahmad rivoyat qilgan hadisi sharifda qoʻyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kuchli moʻmin Allohning huzurida kuchsiz, zaifhol moʻmindan yaxshiroq va mahbubroqdir va har birida yaxshilik bor», dedilar». Yaʼni har bir moʻminda yaxshilik bor, lekin shu yaxshilarning ichida Allohga eng mahbubrogʻi kim deyilsa, kuchli moʻmin boʻlar ekan. Yana bir hadisi sharifda ham u zot sollallohu alayhi vasallam ana shu sport turlarini farzandlarimizga oʻrgatishni buyurib: «Bolalaringizga suvda suzishni, kamonda otishni va ot minishni oʻrgatinglar», deganlar. Farzandlarimizga ta’lim, tarbiya bilan teng miqdorda sport, badantarbiya bilan ham shug’ullanishiga sharoit yaratib bersak, yana ham yaxshi bo’lardi. Insha’Alloh hammamizni shunga qodir, muhabbatli qilsin. @dur_bola
O’qib anglaganlarim Uyimizda kattalar doim kechasi ochiq idishlar, suvlarni og’zini yopishni, yuvuqsiz idishlar qolmasligini, eshiklarni yopib yurishni ta’yinlashar edi. Buni biz nimaga ekanligini tushunmasdik. Mana bu hadislarda javob berilibdi. Farzand tarbiyasi hadislar orqali o’rgatilsa, nega degan savol tug’ilmaydi. Faqat har bir gapni chuqurroq tahlil qilib berish kerak. Misol, usti ochiq qolgan idish, taom ustiga har xil narsalar tushishi mumkin va hk. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Idishlarning ustini yoping. Meshlarni bogʻlang. Eshiklarni berkiting. Chiroqlarni oʻchiring. Bas, shayton meshlarni yecha olmas. Eshiklarni ocha olmas. Idishlarning ustini ocholmas. Agar birortangiz hech narsa topa olmasa, idishining ustiga bir choʻpni qoʻyib boʻlsa ham Allohning ismini zikr qilib qoʻysin. Albatta, fosiqcha uy ahlining ustidan uylariga oʻt qoʻyib yuborur», dedilar». @dur_bola
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh xushholdir, xushhollikni suyadi, ozodadir, ozodalikni suyadi, karamlidir, karamni suyadi, saxiydir, saxiylikni suyadi. Bas, hovlilaringizni ozoda tuting! Yahudiylarga oʻxshamang!» dedilar. @dur_bola
«Taʼlim» arabcha «allama» feʼlidan olingan masdar boʻlib, bir narsaning haqiqatini batafsil va yaxshilab bildirish maʼnosini anglatadi. Ilm esa bir narsani voqeʼlikda qanday boʻlsa, ishonch ila oʻshanday idrok qilishdir. Ilm oʻrganish har bir musulmon uchun farzdir. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir», dedilar». Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Sahl ibn Abdulloh quyidagilarni aytadi: «Chamasi uch yoshli bola edim. Kechasi uygʻonib, togʻam Muhammad ibn Sivorning namoz oʻqishiga nazar solib turar edim. Bir kuni togʻam menga: «Seni yaratgan Allohni zikr qilasanmi?» dedi. «Uni qanday zikr qilaman?» dedim. «Tilingni qimirlatmasdan, qalbingda uch marta «Alloh men bilan, Alloh menga nazar solib turibdi, Alloh mening guvohim» degin», dedi. Men u soʻzlarni bir necha kecha aytdim va togʻamga xabarini berdim. U menga:«Endi ularni har kecha oʻn bir martadan ayt», dedi. Men uni ham qildim. Bir muddatdan soʻng qalbimda uning halovatini sezdim. Bir muddat oʻtgach, togʻam menga:«Men senga oʻrgatgan narsani yodlab olgin-da, to qabrga kirguningcha uni davom ettir», dedi. Men u ishni yillar davomida uzluksiz qilib yurdim. Ularning halovatini ichimda topdim. Soʻngra togʻam menga:«Ey Sahl! Alloh u bilan birga boʻlgan, unga nazar solib turgan va uning ustidan guvoh boʻlgan odam U Zotga osiy boʻladimi? Maʼsiyatdan hazir boʻl!» dedi. Keyin maktabga borib, olti-yetti yoshimda Qurʼonni yod oldim. Soʻng nafl roʻzani koʻp tutadigan boʻldim. Yeydigan taomim arpa noni boʻldi. Undan keyin kechalarni bedor boʻlib, ibodat-la oʻtkazadigan boʻldim». Juda go’zal hikoya.. @dur_bola
Turk allalarini sevdim 💕 Zubayr tug'ilgandan beri alla aytib uxlataman, internetdan ham o'zbek allalari, kuylarini tinglaymiz. Turk ninni (alla)lari orada chiqib qoldi, ma'nosiga e'tibor bersam juda chiroyli ekan, ohanglari-yu sizni ham uxlatib qo'yadi. Havolalar: Ninni ay yüzlüm ninni Dandini dandini dastana Uyku damlar güzüne Yoqqan qismi: Kitaplarla dost olsun, Her soruya cevap bulsun, Doğruyu hep arasın, Gönlüyle yol tutsun @dur_bola
Yangi ijodiy ishim Tulkimi, bo'rimi, ayiqmi, qaysi biri ko'zingizga ko'ringan bo'lsa o'sha 😅 #crochet @dur_bola
без подписи
Baby carrier degan narsani yaxshi ham o'ylab topishgan ekan. 3 oylikkacha o'zingizga qaratib, 6 oylikkacha tashqi tomonga va undan keyin orqangizga Oshenga o'xshab boylab olib ish qilsangiz bo'ladi. O'zbekistonga borganda ham ko'rdim, har xillari chiqibdi. Faqat matosiga e'tiborli bo'lib oling, bolani yuzi ko'p ishqalansa, sintetika bo'lsa, narsa toshittirar ekan, bizda shunday bo'ldi. @dur_bola
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Kunlarimiz bolajonim bilan shunchalik tez va mazmunli o'tyaptiki, qanday katta bo'lib qolganini bilmay qolyapman. Birgalikda kitob o'qish, uylarni tozalash, birga ovqat qilish va men bilan hammasi... 😁 Bu kichik sherigim bo'lmasa, zerikib qolardim @dur_bola
без подписи
P/s: Ko'ngli bo'shlar ko'rmasin! Barcha bolalarni Xudoning o'zi asrasin🙏 lekin Happy end) Tibbiyot Universitetiga kirmasimdan oldin bolalarimdagi ko'p jihatlar ona sifatida havotirga solardi. Hatto, bolalarimni ko'p yig'lashi, injiqlik qilishi, uxlamasligi, gapimga kirmay, o'z aytganini qilishidan ham turli muammolar izlardim😭 Lekin, hozir tibbiyot talabasi sifatida endi tushunyapman – ulardan juda ko'p narsalarni talab qilganimni, kutuvlarim juda katta bo'lganini. Bir tomondan ich-ichimdan ulardan o'ta ideallik kutganman. Ikkinchi tomondan bolalar uchun mutlaqo normal holatlarni havotir va qo'rquvlarim sababli o'zim uchun juda katta muammoga aylantirganman. Ikki jihatga ham ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar oqimi katta ta'sir o'tkazgan. Lekin tibbiyot yo'nalishida o'qish davomida, haqiqiy kasallarni, haqiqiy muammolar aslida qanday bo'lishini ko'rib, qo'rquvlarim asossiz ekanini tushunganman🥲 Iltimos, farzandlarimizdan har jihatdan ideal bo'lishni kutmaylik🙏 Hayotda oltin o'rtalikni topish va ideallik talab qilmaslik eng muhimi!