Yashillik sari
Статистика- Последний пост
- 26 июл. 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
26-yanvar - Butunjahon atrof-muhit (ekologik) ta'limi kuni Uning asosiy maqsadi global va mahalliy miqyosdagi ekologik muammolarni aniqlash va atrof-muhitni saqlash va himoya qilish, iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan turli darajadagi ta'sirlarni yumshatish uchun ishtirok etish zarurligi haqida xabardorlikni oshirishdan iborat. 1975-yildan beri har yili 26-yanvar Xalqaro ekologik ta’lim kuni nishonlanadi. O‘sha yili Belgradda Ekologik ta’lim bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi va unda 70 dan ortiq davlatdan mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti dasturlari doirasida ekologik ta'lim tamoyillarini belgilab berdi. Tadbirning natijasi ekologik ta'limning asosiy talablarini o'zida mujassam etgan Belgrad Xartiyasining nashr etilishi bo'lib, uning maqsadlari quyidagilardan iborat: Atrof-muhit va u bilan bog'liq muammolardan xabardor bo'lgan va ular haqida qayg'uradigan dunyo aholisini rivojlantirish va mavjud muammolarni hal qilish va yangilarini oldini olish uchun individual va jamoaviy ishlash uchun bilim, ko'nikma, munosabat, motivatsiya va majburiyatga ega. Iqlim o'zgarishining sabablari va oqibatlarini tushunish, barqaror rivojlanish kelajak avlodlar salohiyatiga putur yetkazmasdan odamlarning hozirgi ehtiyojlarini qondirish yo'li ekanligini anglash va atrof-muhitni muhofaza qilish o'zimizning omon qolishimizni ta'minlash ekanligini hisobga olish muhimdir. Qayta tiklanadigan energiya nima ekanligini va ular bizning sayyoramizga g'amxo'rlik qilishimizga qanday yordam berishi mumkinligini va suv Yerdagi hayot uchun zarur bo'lgan tabiiy, cheklangan va tanqis manba ekanligini tushunishimiz ham juda muhimdir. 📝@ceen_news
Пенсия ва нафақалар 1 июлдан, маош ва стипендиялар 1 августдан ошади 2025 йил 1 июлдан бошлаб пенсиялар, нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари 10 фоизга оширилади. Хусусан, ёшга доир энг кам пенсия 918 минг сўм, ногиронлик пенсияси 1 миллион 12 минг сўмни ташкил этади. 2025 йил 1 августдан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори ҳам 10 фоизга оширилиши эълон қилинган. Жумладан, меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори амалдаги 1 млн 155 минг сўмдан 1 млн 271 минг сўмга оширилади. Базавий ҳисоблаш миқдори 412 000 сўм этиб белгиланган.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 1918-yil 12-mayda tashkil topga. 🔥 107 Yoshing muborak bo‘lsin aziz universitetim. @bio_nuuyoshlar
без подписи
28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (World Day for Safety and Health at Work)! 🏫 Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashabbusi bilan 2003-yildan boshlab 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli yoshlar! Barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, yoshlarimiz azmu-shijoatli bo'lsin.
Hatto o'zining orzusidagi ideal hayotida yashayotgan insonda ham bu dunyodan qoniqish hissi bo'lmasa kerak. Inson xohishlardan iborat mavjudot. Bu xohishlarning chegarasi yo'q. Insonning ko'zini faqat tuproq to'ydiradi. Avval ko'proq pul topishni xohlaysan, keyin mashina, uy olasan, undan keyin yana ham ko'proq pul topging keladi. Keyinchalik o'n besh ming dollarlik mashina yoqmay qoladi. Zerikasan. Boshqalarnikiga havas qilasan yana. Undan ham zerikasan va yana ham qimmatroq inomarka olishga intilasan. Bu jarayon qolgan barcha moddiy ne'matlar (penthaus, telefon, taqinchoqlar, soatlar) da ham shunday davom etaveradi. Yana va yana, yana, yana... Payg'ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek, insonga bir tog' oltin bersang, yana bir tog' oltini bo'lishini xohlaydi. Komfort hayot, yaxshi sharoitda yashashga intilishning salbiy tomoni yo'q. Inson oliy mavjudot. Barcha ne'matlar u uchun. Lekin shu jarayonlardagi eng muhim qismi — shu bugun, ayni hozirgi lahzadan rozilik bo'lishi kerak. Tilla topsang ham, milliardlarni yo'qotsang ham, birdek rozi bo'la olsang — mana shu haqiqiy baxt deb hisoblayman. Shunchaki biroz tin oling, shundog'am hozirgi organizmimizda insoniyatning sivilizatsiya deb atalmish jarayonlarida qisqa yashaymiz va hatto bizni ming yillar eslab yurishlari ham o'lganimizdan keyin foydasiz. @legal_mind
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
"Yashil Makon" - bu faqat loyiha emas, balki bizning barchamizning umumiy maqsadimiz, kelajagimiz uchun birgalikda kurashishga qaratilgan harakatimiz. Bu bizning tabiatga bo'lgan mas'uliyatimiz, kelajak avlodlar uchun sog'lom muhit yaratish istagimizning ifodasi. Bizning yashil makonimiz - bu o'rmonlarimiz, daryolarimiz, ko'llarimiz, tog'larimiz, havo va tuproq - bizning hayotimizning asosi. Ammo, bugungi kunda bu yashil makon xavf ostida. O'rmonlar kesilib, daryolar ifloslanib, havo ifloslanishi kuchayib bormoqda. "Yashil Makon" loyihasi bu vaziyatni o'zgartirish uchun yaratilgan. Bu loyiha barcha sohalarda, barcha darajalarda ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan. "Yashil Makon" loyihasi - bu bizning kelajagimiz uchun kurash. Keling, birgalikda yashil rangni qaytaraylik, tabiatni himoya qilaylik va kelajak avlodlar uchun sog'lom muhit yarataylik! https://t.me/eco_yoshlari
без подписи
Favqulodda vaziyatlarda: Zilzila va yong'in sodir bo'lgan vaqtda harakatlanish bo'yicha amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi Biologiya va ekologiya fakultetida zilzila va yong‘in xavfi sodir bo‘lganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbirda Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo'linmasi, universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi, fakultet rahbariyati, barcha professor-o‘qituvchilar, guruh tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Soha xodimlari tomonidan talabalarga zaruriy ko‘nikmalar berildi, eslatmalar tarqatildi. Favqulodda vaziyatlar, zilzila, yong‘in, is gazidan zaharlanish va boshqa turdagi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi. Talabalarga yong‘in va zilzila sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi tushuntirildi. 4 ta guruh tuzulib, jamoat tartibini saqlash, yong‘in xavfsizligi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va qutqaruv yo‘nalishlarida, amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Evakuatsiya guruhlari tomonidan vazifalar bo‘yicha binoni tark etish harakatlari va yordam ko‘rsatish amallari bajarildi. Talabalar va xodimlar fakultet binosining kirish qismida va qavatlardagi evakuatsiya chizmalariga muvofiq yo‘l ko‘rsatuvchining komandasi bo‘yicha xavfsiz tarzda binoni tark etishni mashq qildilar. Fakultet rasmiy kanaliga obuna bo'ling. @bio_nuuyoshlar
Mich, agar sendan yuqorida turgan kishilarga o'zingni ko'z-ko'z qilishga urinayotgan bo'lsang, buni esingdan chiqar. Ular senga bari bir past nazar bilan qarashadi. Agar o'zingdan quyi odamlarga o'zingni ko'z-ko'z qilishga urinayotgan bo'lsang, buni ham esingdan chiqar. Ular senga faqat hasad qilishadi. Mansab hech narsani o'zgartirmaydi. Faqatgina ochiqko'ngillik seni boshqa istalgan kishi bilan tenglashtirishga qodir. "Morrining seshanba darslari" - Mich Elbom.
🇺🇿Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir! Vatanimizning munosib o‘g‘lonlari, barchangizga eng ezgu istaklarimizni tilab qolamiz!!! 💪
без подписи
без подписи
без подписи
#yashil_kelajak 🌿O'zMU jamoasi Nukusdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdi 🇺🇿 Bugun, 9-noyabr kuni Qoraqalpog'istonning Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida "Yashil kelajak" umumrespublika marafoni tashkil etildi. 🇺🇿 Unda barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari qatorida O'zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, professor-o'qituvchilari va talabalari ham ishtirok etib, ezgu tashabbusga hissa qo'shishdi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube