Ecobiome R&D
Статистика"Ecobiome R&D" University str. 4, Tashkent, Uzbekistan
- Последний пост
- 11 апр. 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Образование
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Biznes Forum: "Ilmiy Tadqiqot Natijalarini Tijoratlashtirish va Ilmiy Ishlanmalarga Biznes Investitsiya" Bugun ilm-fan va biznesni birlashtiradigan muhim forum bo‘lib o‘tdi. "Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes investitsiya" mavzusi atrofida o‘tkazilgan forumda ilmiy ishlanmalarning tijoratga aylanishi, innovatsion texnologiyalarni biznesga joriy etish va sarmoya jalb qilishning samarali yo‘llari muhokama qilindi. Forumda qatnashgan ekspertlar va tadqiqotchilar bu yo‘nalishda yurtimizda amalga oshirilayotgan loyihalar va yangi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar. Bugungi tadbir mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishiga va innovatsion rivojlanishga qo‘shgan hissasini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. VA bu forumda Ecobiome jamoasi ham o'z ko'rgazmasi bilan faol qatnashdi. Manba: https://t.me/ecobiomeorg #BiznesForum #IlmiyTadqiqot #Investitsiya #Tijoratlashtirish #Innovatsiya #IqtisodiyRivojlanish
Xalqaro ilmiy konferensiyaga taklif! 2025-yil 23–24-aprel kunlari Qo‘qon Universiteti Andijon filialida “Farmatsevtika, biotexnologiya va biotibbiyotda zamonaviy tadqiqotlar va ilmiy yangiliklar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Hamkor tashkilotchilar:…
Xalqaro ilmiy konferensiyaga taklif! 2025-yil 23–24-aprel kunlari Qo‘qon Universiteti Andijon filialida “Farmatsevtika, biotexnologiya va biotibbiyotda zamonaviy tadqiqotlar va ilmiy yangiliklar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Hamkor tashkilotchilar: Qo‘qon Universiteti, Toshkent Xalqaro Universiteti, TIQXMMI, Hindistonning Atrof-muhit barqarorligi jamiyati, ISCAD. Asosiy yo‘nalishlar: • Farmatsevtika • Biotexnologiya • Biotibbiyot • Atrof-muhit barqarorligi Tadbir ilmiy izlanishlar, tajriba almashish va xalqaro hamkorlik uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc9EA6IPh1MlHClDtcJush5dDF-pTaaFDniyG2guMPLgNPO3Q/viewform?usp=dialog Sizni konferensiyada kutib qolamiz! Manba : https://t.me/ecobiomeorg
Bu yil Nature jurnalida (Impact Factor 54.4) ikkinchi maqolamiz chop etildi: "Mikroblar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yordam berishi mumkin — nega biz ulardan foydalanmaymiz?" Tadqiqot davomida biz mikroblarning inson salomatligini saqlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini yumshatishdagi muhim rolini o‘rganib chiqdik. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda mikroblarga asoslangan uchta asosiy yechim mavjud: Qazilma yoqilg‘ilarga bog‘liq bo‘lmagan uglerod iqtisodiyoti Oziq-ovqat xavfsizligi va ekotizim barqarorligi Metan chiqindilarini tezkor kamaytirish va nazorat qilish Maqolada olimlar, siyosatchilar va tadbirkorlar o‘rtasida global hamkorlikning dolzarbligi hamda samarali choralar ko‘rish zarurati ta’kidlanadi. To‘liq maqolani ushbu havolada o‘qishingiz mumkin. https://www.nature.com/articles/d41586-025-00875-w
Bizning navbatdagi tahririy maqolamiz Amerika Mikrobiologlar Uyushmasining mBio jurnalida (IF -5.1) chop etildi. Unda mikroblarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi roli hamda ilmiy hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Yer harorati asr oxirigacha 3°C dan ortiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Issiqlik gazlari chiqindilarini 2030 yilga qadar 50% ga kamaytirish zarurligi ta’kidlanayotganiga qaramay, emissiya darajasi hanuz o‘sishda davom etmoqda. Bu esa innovatsion va ilmiy asoslangan yechimlar zarurligini ko‘rsatadi. Maqolamizning asosiy jihatlari: Mikroblar yordamida tuproq unumdorligini oshirish, uglerodni saqlab qolish va tabiatga asoslangan strategiyalarni global iqlim siyosatiga integratsiya qilishdan iborat. Read our full editorial in mBio (ASM Journal): https://journals.asm.org/doi/10.1128/mbio.00778-25 #MicrobialSolutions, #mBio, #ASM, #climatechange, #sustainability, #ScientificCollaboration #ClimateAction, #GlobalPartnerships
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar, ustozlar va aziz talabalar! Sizlarni mehr-shafqat, ezgulik va saxovat timsoli bo‘lgan muborak Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Olloh bu ulug‘ oyda ado etgan ibodatlarimizni, tutgan ro‘zalarimizni, berilgan sadaqa va ehsonlarimizni hamda barcha savobli amallarimizni o‘z dargohida maqbul aylasin. Ushbu ulug‘ ayyom har bir xonadonga tinchlik, farovonlik va qut-baraka olib kelsin, qalblarimizni esa xotirjamlik, mehr va baxtga to‘ldirsin. O‘z yurtimizning ravnaqi, xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlarimizga Yaratganning o‘zi baraka va madad ato qilsin! Hurmat bilan, Ecobiome ilmiy jamoasi https://t.me/ecobiomeorg
📢 Ilmiy seminar Biologik tadqiqotlar va oziq-ovqat ekspertizasi laboratoriyasi sizni qiziqarli ilmiy seminarga taklif qiladi! 🔬 Mavzu: Sun'iy Intellekt yordamida tuproq mikrobiomasi tadqiqotlari: Yangi yondashuvlar va imkoniyatlar (Machine learning application…
📢 Ilmiy seminar Biologik tadqiqotlar va oziq-ovqat ekspertizasi laboratoriyasi sizni qiziqarli ilmiy seminarga taklif qiladi! 🔬 Mavzu: Sun'iy Intellekt yordamida tuproq mikrobiomasi tadqiqotlari: Yangi yondashuvlar va imkoniyatlar (Machine learning application in soil microbiome research) 🎙 Spiker: Dr. Narges Samanian 🏛 Universitet: Toshkent kimyo texnologiya instituti, Mashhad shahridagi Firdavsiy universiteti, Eron 📅 Sana: 14-mart ⏰ Vaqt: 10:00 - 12:00 📍 Manzil: Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti Seminarda sun'iy Intellekt yordamida tuproq mikrobiom tadqiqotlaridagi roli va imkoniyatlari muhokama qilinadi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish va ilmiy bilimlaringizni oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 📌 Barchani seminarga taklif qilamiz! Batafsil: https://t.me/ecobiomeorg
Qutlov! Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna - O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi o‘rinbosari "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi! https://president.uz/uz/lists/view/7923 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Veb-sayt | Bot
без подписи
без подписи
без подписи
Ilmiy ishlarda natijalarni grafik ko‘rinishda ifodalash muhim! Tadqiqotingizni yanada tushunarli va ta’sirchan qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanishingiz mumkin: 📊 GraphPad Prism – Statistik tahlil va grafik chizish uchun qulay dastur. 📈 OriginLab – Ilmiy grafikalar va ma’lumotlarni vizuallashtirish uchun professional dastur. 📉 RAWGraphs – Murakkab ma’lumotlarni vizuallashtirish uchun bepul va ochiq manbali platforma. 📊 Chart.js – Veb-saytlar uchun interaktiv diagrammalar yaratishga yordam beruvchi JavaScript kutubxonasi. 📊 Plotly – Onlayn va interaktiv grafikalar yaratish uchun kuchli vosita. Ilmiy natijalaringizni chiroyli va aniq ifodalash – muvaffaqiyat sari muhim qadam! #Ilm #GrafikTahlil #IlmiyTadqiqot #Biotexnologiya https://t.me/ecobiomeorg
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha muhim tashabbus! Kecha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Shvetsiyaning Niras kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Oziq-ovqat mahsulotlarini huquqiy va tartibga soluvchi qo‘llab-quvvatlash tashabbusi eksperti Maja Sandić Fundamental va Amaliy Tadqiqotlar Institutidagi Ecobiome oziq-ovqat ekspertizasi laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Maja Sandić oziq-ovqat xavfsizligi tizimi uchun zarur qonunchilikni ishlab chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorlamoqda. Bu esa strategik rivojlanish va xavfga asoslangan nazorat tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etiladigan ushbu loyihada olimlarning hissasi juda muhim, va uchrashuvda ushbu tashabbusni birgalikda amalga oshirishga kelishildi. Natijalarni sizlar bilan bo‘lishib boramiz! #foodsecurity #sustainability #science #agriculture