tgindex
Eco Info
@ecoinfouzузбекский

Maxsus Komissiyaning rasmiy kanali. Ushbu kanalda havo sifatini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlar va amalga oshirilgan amaliy choralar haqida xabar berib boriladi. Rus tilida: @ecoinfo_ru Murojaat uchun: @EcoControlUzBot

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
15 870
−111 за 5 дн.
Сутки
−18
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
8 149
20 постов
Вовлечённость
51,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 580
1/48двое суток
2 956
1/72трое суток
3 188

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4 авг.2 909145

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan sobiq “Karvonbank” binosi o‘rnida olib borilayotgan qurilish ishlari oqibatida daraxtlar noqonuniy kesilayotgani va ularga zarar yetkazilayotgani mazmunidagi murojaat tarqaldi. 🟡Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Ekopolitsiya xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ushbu qurilish obyektida avval ham ekologiya qonunchiligi talablarining bir necha bor buzilgani aniqlangan. Jumladan: — 2025-yil 16-aprel kuni hududdagi 2 tup chinor daraxti belgilangan tartibdagi ruxsatnomalarsiz boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilgani aniqlanib, sud qaroriga asosan huquqbuzarga 24,7 mln so‘m jarima hamda 6,6 mln so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. — 2025-yil 24-aprel kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirida 14 tup chinor daraxti noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tkazilishi oqibatida shikastlangani aniqlanib, sud qaroriga muvofiq 9,3 mln so‘m jarima hamda 42 mln so‘m miqdorida zarar undirilgan. — 2025-yil 17-dekabr kuni mazkur qurilish maydonida 6 tup chinor, 3 tup archa va 1 tup sofora daraxti noqonuniy kesilgani oqibatida tabiatga 605 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlanib, to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan. Shuningdek, yetkazilgan zarar summasini huquqbuzar MChJdan undirish yuzasidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan. Biroq, bugungi kunga qadar mazkur zarar qoplanmaganligi sababli, sud qarorini majburiy tartibda ijro etish uchun hujjatlar Majburiy ijro byurosiga yuborilgan. — 2026-yil 13-iyul kuni o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganishda yana 3 tup chinor daraxti tag qismidan noqonuniy kesib tashlangani aniqlanib, huquqbuzarga nisbatan 10,3 mln so‘m jarima hamda 218,3 mln so‘m miqdorida zarar qo‘llash yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgan. Ma’lumot uchun, 2024-yil aprel oyida ushbu hudud xatlovdan o‘tkazilib, jami 46 tup daraxt (27 tup chinor, 10 tup jiyda, 3 tup aylantus va 6 tup tut) mavjudligi qayd etilgan. “Donmah-Imex” MChJga berilgan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini bekor qilish yuzasidan ekologik talablar buzilgani hamda fuqarolarning yozma murojaatlari asosida “Davlat ekologik ekspertizasi markazi”ga tegishli murojaat yuborilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ilgari mazkur obyekt bo‘yicha bir necha marotaba ma’muriy choralar qo‘llanilgan, tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan sud qarorlari qabul qilingan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli hujjatlar yuborilgan bo‘lishiga qaramay, ekologiya qonunchiligi talablarini buzish holatlari takroran sodir etilgan. Shu kabi holatlar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi O‘RQ–1124-son Qonuni bilan atrof-muhitni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning mas’uliyati kuchaytirildi. Mazkur Qonunga muvofiq ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari qat’iylashtirilib, qonunchilikka tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat tadbirlari davom ettiriladi. __ 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 17 июн.6 959267

    ❗️Maxsus komissiya: “Bugun ham poytaxtda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin” Maxsus komissiya Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda O‘zgidromet prognozlariga asoslanib bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkinligi borasida ogohlantiradi. Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 16 июн.6 6871214

    ❗️Maxsus komissiya bugun Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi yuzasidan ogohlantiradi Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognozlariga ko‘ra, bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 9 июн.8 1116715

    Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi! Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi qishloqlardan birida zovur atrofida daraxtlarning noqonuniy kesilgani, jarayon vaqtida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan Ekologiya qo‘mitasi inspektoriga…

  • 6 июн.8 64810

    без подписи

  • 6 июн.8 66210

    без подписи

  • 6 июн.6 3204710

    💬Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Aleksandr Fedin tomonidan barpo etilgan bog‘ taqdiri hamda uning salomatligi bilan bog‘liq holat yuzasidan xabarlar tarqaldi. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda uning huzuridagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Hozirgi vaqtda Aleksandr Fedin Termiz shahridagi tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga joylashtirilgan va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, uni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, uni Qo‘mita huzuridagi O’rmon agentligi tizimiga ishga joylashtirish choralari ko‘riladi. Aleksandr Fedinning mamlakatimiz ekologiyasi va ko‘kalamzorlashtirish sohasiga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda, u tomonidan yaratilgan bog‘ni saqlab qolish va rivojlantirishga doir hujjat tayyorlanmoqda. Xususan, mazkur hudud jamoatchilik uchun ochiq ekologik park sifatida tashkil etilib, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkaziladi. Kelgusida ushbu hudud negizida jamoatchilik bog’i tashkil etilib, uning noyob tabiiy merosi saqlanishi va yanada boyitilishi ta’minlanadi. A. Fedinning taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 30 мая9 2947

    без подписи

  • 30 мая9 4677

    без подписи

  • 30 мая8 2517

    без подписи

  • 30 мая6 685157

    🟢Murojaat oʻrganildi ✅Ijtimoiy tarmoqlarda "Olmaliq shahar Tinchlik va "Muqumiy mahallalari aholisini tashvishga solayotgan holat" mazmunidagi xabar yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Olmaliq shahar boʻlimi xodimlari tomonidan joyga chiqib oʻrganildi. Oʻrganish davomida Olmaliq shahar Zarbuloq mahallasi Ravnaq koʻchasi 1-uyda joylashgan "R.P." MCHJ ish faoliyatidan hosil boʻladigan chiqindi suvlari markaziy kanalizatsiya tarmogʻiga ulangan qismida nosozlik sababli oqova sovlari yer usti relyeftiga oqizilganligi ma'lum boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Boshqarmaning Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi (tahliliy laboratoriya) xodimlari tomonidan oqova suvlardan tahlil namunalari olindi. Tahlil natijalariga ko'ra MJtKning 66-moddasi 4-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylshtirildi va 6.180.000 so'm jarima qo'llanildi. 🍀 Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 22 мая9 319188

    💬Rasmiy munosabat! Ijtimoiy tarmoqlarda "ecofaolfuqaro.uz" platformasi ishlamayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya qo‘mitasi ayni damda platforma faoliyatini takomillashtirish, nosozliklarni bartaraf etish maqsadida texnik ishlari amalga oshirilayotganligini ma'lum qiladi. Texnik ishlar tugagach, qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2026-yil davomida 10 000 qadam piyoda yurish tajribasini qayta tiklash hamda sog‘lom turmush tarziga qaratilgan platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 15 мая10,6 тыс2931

    Қуёш – ҳам энергия, ҳам даромад: Қуёш панеллари ўрнатганлик учун қандай имтиёзлар бор? Одамларнинг яхши яшаши учун энг зарур манбалардан бири – барқарор энергия ресурси. Сўнгги йилларда аҳолининг энергияга бўлган мавсумий эҳтиёжи кескин ошиши сабабли барча оғирлик электр тармоқларига тушмоқда. Шу боис бугунги кунда қайта тикланувчи энергия манбаларини кенг жорий этиш, аҳолинининг ушбу воситалардан фаол фойдаланишини рағбатлантиришга алоҳида аҳамият қаратилди. Хусусан, янги тизимга кўра, ҳар бир ўрнатилган қуёш панеллари, қуёш сув иситиш коллекторлари ва шамол электр ускунаси учун, қувватига қараб, имтиёзлар берилди. Масалан, бир оила сув иситиш учун ойига ўртача 126 минг сўм харажат қилади, дейлик. Энди улар 6,9 млн сўм эвазига 200 литрли қуёш сув иситиш қурилмасини ўрнатса, давлатдан 2,7 млн сўм компенсация оляпти. Натижада фуқаро 4,2 млн сўм ўз ҳисобидан тўлашиши лозим бўлади. Бунда ҳар ой кетган харажат иқтисод бўлиши ҳисобига, сув иситиш қурилмаси 2 йил 9 ойда пулини оқлайди. Умуман, қайта тикланувчи энергия манбалари бўйича қандай қулайликлар бор? Қуёш панеллари ва сув иситиш қурилмаларидан фойдаланилганда электр ва иссиқлик энергияси текинга олинади. Қуёш панеллари орқали электр энергия ишлаб чиқарилганда атроф-муҳитга ҳеч қандай зарарли газлар чиқмайди. Энг асосийси, қуёш панеллари ва сув иситиш қурилмалари ўрнатилган пайтдан эътиборан даромад олиб кела бошлайди. Бундай қурилмалар биноларнинг том қисмида ҳамда бўш ер майдонларга ўрнатилгани учун ишлаш жараёнида ҳеч қандай шовқин бўлмайди. Замонавий воситалар хонадонни узлуксиз электр энергияси ва иссиқ сув билан таъминлаш имконини беради. Бу қурилмаларни ўрнатиш жуда осон ва узоқ йиллар техник хизмат кўрсатиш ҳам талаб этилмайди. Чунки мазкур қурилмалар махсус синов лабораториялари текширувидан ўтказилган ҳолда ўрнатилиши сабабли ўртача 20-25 йил давомида хизмат кўрсатади. Хонадон эгаси эҳтиёжидан ортган қисмини электр тармоқлари корхонасига сотиб даромад қилиши ҳам мумкин. Бунда жисмоний шахслар томонидан ҳеч қандай солиқ тўловлари амалга оширилмайди. Серқуёш ўлкада яшаймиз, шуни ҳисобга олиб, табиатнинг ушбу неъматидан қайта тикланувчи энергия ишлаб чиқаришда унумли фойдаланишимиз керак. “Яшил” энергетиканинг тараққий этиши бугунги шароитда мамлакат энергетика тизимига тушаётган улкан юкламани камайтиришга хизмат қилади. Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 8 мая9 2431

    без подписи

  • 8 мая10,9 тыс1

    без подписи

  • 8 мая8 4461

    без подписи

  • 8 мая7 3561

    без подписи

  • 8 мая6 081181

    Murojaat oʼrganildi Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida yana ekologik muammo yuzaga kelmoqda" mazmunidagi xabar boʼyicha Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʼzgarishi bosh boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman boʼlimi tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi. Mazkur videomurojaatdagi holat ilgari sodir etilgan boʼlib, inspektorlar tomonidan oʼrganilgan. Hududga maxsus texnikalar jalb etilgan holda chiqndilardan tozalanib bartaraf etilgan. Shuningdek, hududga noqoʼnuniy chiqindilar tashlab ketilishini olidini olish maqsadida kuzatuv kamerasi oʼrnatilgan. Hozirgi kunda inspektorlar tomonidan hudud nazoratga olingan. Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru

  • 30 апр.10,4 тыс5

    без подписи

  • 30 апр.8 585215

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida ko‘p yillik daraxtlarni “qayta ekish” niqobi ostida yo‘q qilish ishlari olib borilayotgani haqida murojaat kelib tushdi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, ushbu hudud Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilinayotgan ta’lim muassasasi hududiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan 2-son sport maktabi binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan yer maydonida mavjud daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra: — 1 tup shumtol daraxti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 33-bandiga muvofiq, barcha agrotexnik talablar asosida boshqa hududga ko‘chirilishi belgilangan; — 1 tup shumtol va 1 tup zarang daraxtlari tabiiy omillar hamda zararkunandalar ta’sirida jiddiy zararlanganligi, egilib qolganligi va avariya holatiga kelganligi sababli ilmiy xulosa asosida, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq sanitariya maqsadida kesishga ruxsat berildi; — 2 tup aylantus daraxti esa Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori talablariga asosan belgilangan tartibda to‘lov evaziga kesishga ruxsatnoma asosida olib tashlanishi ko‘zda tutilgan. Ularning o‘rniga kompensatsiya sifatida 20 tup daraxt ekish hamda parvarishlash majburiyati yuklatilgan. Shu bilan birga, barcha ishlar amaldagi qonunchilik talablari asosida hamda mutaxassislarning xulosalari inobatga olingan holda amalga oshirilayotgani ma’lum qilinadi. ——— 🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru