eCommerce Marketing 🇺🇿
СтатистикаShopify dropshipping, Amazon FBA, e-commerce va meta ads haqida blog
- Последний пост
- 1 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Маркетинг
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Xususiy maktablar bo'yicha Iyun oyi natijalarimiz Ikkalasida ham lead larni qayta ishlashga ulgurishmayapti Iyul yakunida yana post qilaman
без подписи
Bir necha kun avval bir guruhda "sayt" kerakligi haqida yozishdi. Odatda bunday so'rovdan keyingi xabarlar doim: qanaqa sayt kerak, lich, dm va hk javoblar bo'ladi Sayt kerak bo'lgan odam profiliga, u yerdagi matn, kanal, stories lardan loyihaning asosiy instagram accountini bilib oldim. Claude Code bilan sayt tayyor bo'ldi. Deploy qilib, jonli saytni ko'rsatib, shunday narsa kerakmi yoki mukammalroq deb so'radim Bu ishlarga 10 daqiqacha vaqt ketdi. Yakunda kelishuvga erishdik va landing ni topshirdim. Postdan xulosa 2 ta: 1. Boshqalardan ajralib turishning muhimligi 2. Tezlikning ahamiyati @ecom_uzb
Target bilan 🇺🇿da nimadir sotayotgan bo'lsangiz! Narxi: $30 lik mahsulot uchun ham, $100 lik mahsulot uchun ham CAC $10-$15 atrofida chiqadi. Tushundingizmi ?
Shopifyda O'zbekiston uchun do'kon qilib mahsulot sotsa bo'ladimi ? deb ko'p so'rashadi Javob: Ha, bo'ladi, lekin to'lov bilan bog'liq muammolar sababli ancha qiynalasiz. Bozorda ayrim yechimlar bor, lekin hech qaysisi mukammal integratsiya qilinmagan O'rniga Magicstore.ai ni tavsiya qilaman. Shopify ning Markaziy Osiyo uchun mo'ljallangan alternativ varianti. Afzalliklari: • Shaxsiy domen — oʻz domeningizda professional onlayn doʻkon yaratiladi. • Telegram Native Bot — mijozlar uchun qulay telegram-bot doʻkoni ham tayyor boʻladi. • AI Yordamchi (menga eng yoqqan funksiyasi) — sunʼiy intellekt mijozlarning mahsulot haqidagi savollariga javob beradi va buyurtmalarni mustaqil rasmiylashtiradi Onlayn do'kon qurish va uni yuritish uchun kerakli barcha funksiyalar bor @ecom_uzb
Targeting zerikarli! Ishtiyoq bilan o'rganishga kirishib, 2 yil qattiq ishlasangiz zerikasiz. Chunki bozor kichik, taktikalar bir-biriga o'xshash, kampaniya* maqsadlari bir xil. Keyin oldingizda 2 ta yo'l bo'ladi: 1. O'zbekiston bozoriga moslashib, targeting yoniga qo'shimcha xizmatlar qo'shish. Masalan: google ads, landing page, ad creatives, smm 2. Meta ads ni o'zida qolasiz, lekin xorijdan mijozlar topib, faoliyatingizni kengaytirasiz: MENA, CIS, US&UK. Bunda LinkedIn, X tarmoqlarida profil yuritishingiz yordam beradi. Muammo: ingliz tilini bilish kerak bo'ladi Hullas, postdan maqsad: istagan sohada 2 yildan beri bir xil narsani takrorlayotgan bo'lsangiz, qayerga ketayotganingizga bir qarab qo'ying @ecom_uzb
Kichik 'insight' (insayt shunaqa yoziladi, 'inside' emas) Bir B2B loyihada faqat target yoqilganda sotuv: $17,000 - 23,000 edi Target + Reels + Stories bo'lganda $51,000 bo'lgan @ecom_uzb
1. Rasmda targeting xizmatimizdan performance marketing kelishuviga o’tgan mijozimiz natijasi 2. Boshqa bir loyihada oylik sotuv sonini 500 dan 2000+ ga ko’tarishga yordam bergandik. O’rtacha chek $1000-$1200 lik loyiha edi 3. Ta’lim sohasida targeting xizmatimizdan tushayotgan lead narxi: $2-$3 bo’lganda, performance marketing xizmatimizda: $0.50 bo'ldi. Ikkita bir xil loyiha, natija x6 barbar farq qiladi Biznesingizga shunday xizmat kerak bo'lsa yozing: @muslimacademy Qanday loyihalar mos keladi: ta’lim, umra, xizmat ko’rsatish*, ecommerce*, startup @muslimacademy
Dinozavr targetolog bo'lmang! 2026-yilda juda ko'p narsalar o'zgarib ketdi. Quyidagilar endi eskilik belgisi hisoblanadi: • "Interest" tanlash. Facebookni cheklash kerak emas, faqat 'broad' • "Lookalike" auditoriyalar. 5-10 yil oldin samara berar edi. Hozir foydasi yo'q • "Exclusion". Hozir Metani o'zi hal qiladi kimni exclude qilish, kimga retargeting qilishni. • "Highest volume" ga target yoquvchilar! DM, Lead forma sozlayotganda 'optimization goal' degan joyi bo'ladi. Shu joyida 'volume' ga emas, higher intent ga to'g'rilash kerak • 1 campaign ichida kichik byudjet bilan 10-15 ta ad set yoqish. Avval auditoriyani test qilish uchun ishlatilar edi. Hozir reklama konsepsiyasiga ko'ra 1-3 ta ad set yetarli. • Bitta kreativni 10-20 xil variantda ko'paytirish. Endi kreativ formati va konsepsiyasi (offer, persona, style) har xil bo'lishi kerak • TOF, MOF, BOF campaign lar yoqish. Endi bitta kampaniya ichiga barcha kreativlaringizni joylashtirasiz. Kreativdan kelib chiqib meta o'zi kerakli auditoriyaga ko'rsatadi. @ecom_uzb
TOP 1% Targetolog qanday bo'ladi: Agar 1 ta kampaniya ichida bir nechta kreativlarni yoqqan bo'lsangiz TOP 50% dasiz Agar Pixel va Conversion API to'g'ri sozlagan bo'lsangiz TOP 30% ichidasiz Agar bir vaqtda Awareness, Traffic, Lead/Conversion kampaniyalarini aktivlashtirgan bo'lsangiz TOP 20% ichidasiz Agar winner lar uchun alohida CBO kampaniya qilib, TOF va Testing uchun alohida ABO ishlatsangiz TOP 10% ichidasiz Agar har hafta Offer, Angle, Persona ishtirokida yangi konsepsiyalarni test qilsangiz TOP 1% ichidasiz @ecom_uzb PS. Top 1% da aytilgan ishni qilsangiz, qolganlari o'xshab ketaveradi
Yangi Kreativlar doim ham yechim emas Targetolog sifatida buni asoslab berishingiz kerak: 1. Impression kamaygan. CTR doimgidek = auditoriya bilan muammo 2. Impression doimgidek, CTR kamaygan = kreativ bilan muammo 3. Kliklar doimgidek, leadlar kam = lending yoki taklif bilan muammo @ecom_uzb
1. O'zbekistonda biznes egasi sizdan natija kutadi. Marketing, SMM ni ularga qizig'i yo'q. Natija = sotuv oshgani bilan o'lchanadi. Shuning uchun CustDev, Strategiya, Mijoz portreti (hech qachon o'xshamagan narsa), Brief olish, Bozor holati, raqobatchilarni o'rganishga haftalab, oylab vaqtingizni ketqazmang. Siz yakunda tayyorlaydigan hisobot, PDF - ish stoli tortmasida qolib ketadi. 2. Uni o'rniga, 1-2 ta video chiqarib istalgan gipotezani test qilishingiz, organic ko'rishlar soniga qarab to'g'ri yo'nalishga tushib olishingiz osonroq bo'ladi. Ko'p startaplar avval tiktokda video chiqaradi. Uning natijasiga qarab mahsulotni qurishni boshlaydi. Shu orqali g'oyani baholab olishadi 3. Biznes egasi bilan yaxshiroq summaga kelishib, pulini oldingizmi - haftalab ssenariy yozish, uni syomka qilish va kreativlar tayyorlashgacha bo'lgan vaqtni 7-10 kunga cho'zib yuborishingiz KATTA XATO. Odatda, pul bergan odam birinchi kundanoq shunga yarasha harakatni kutadi. Pulni olishingiz bilan keyingi 2 kunda video olish yoki reklamani ishga tushirgan bo'lishingiz kerak. Hormozi da ham shunga o'xshash iqtibos bor edi Xulosa: Kelishuvning 2-kunidayoq harakatingiz natijasi bo'lsin. 99% agentliklardan oldinda bo'lasiz @ecom_uzb
5 daqiqada hisobot sozlab, biznes egasiga target hisobotini muntazam berib borish mumkin Endi har bir SMS/Lead/Qo'ng'iroq/Sotuv narxini aniq ko'rsatadi US mijozlar uchun Slack da ham shunaqa yuborish mumkin Report yaratayotganda 'ALL ACTIVE' ni tanlasangiz bo'ldi P.S. DM soni 21 ta, lekin narx 20 ta DM uchun ko'rsatilgan. Sababi, 1 ta DM lead uchun yoqilgan kampaniyada tekinga tushgan @ecom_uzb
Update: Loyihani endi xalqaro bozorda test qilib ko'rmoqchimiz. Google Ads va Slack qo'shdik Shuning uchun narx siyosatini o'zgartiramiz. Bepul tarifni olib tashlash to'g'ri yechim degan qarorga keldik Aprel ohirigacha ro'yxatdan o'tganlar bepul tarifda qolaveradi. Keyin buni olib tashlaymiz Ulgurib qoling @reportagram
Har doim aytganimdek, shunchaki vaqtida ishlelalar hamda vaqtida ishni topshirilar. Xatto shuni o'ziyam bozordan 95% odamdan oldindasiz degani. Odamlar outa zaif, overthinking, procrastinationga botib ketgan hozirgi kunni oson dopaminlaridan. O'zini nazoratga ola oladigonlar eng kuchli insonlar bo'ladi. @janob_marketolog
7-8 yil oldin AQSHda bir marketing agentligi bo'lar edi. Qiladigan ishi juda oddiy, lekin xizmatlarini x2-x3 barobar qimmatga sotadi. Chunki ularning mijozlari - marketing ni uncha tushunmaydigan 'AyTi'shniklar edi Agentlik esa har kuni crunchbase da investitsiya ko'targan startup asoschisini linkedin da topib, ularga o'z xizmatlarini taklif etardi Mantiq esa juda oddiy: investitsiya olgan startup -> marketingga kuch beradi Hozir O'zbekiston bozorida shuni bemalol qo'llasangiz bo'ladi @tadbirkor_ai
Google Ads dan aktiv foydalanayotgan kimdir bo'lsa, @reportagram_support ga yozsin Bir nechta hisobotlarni test qilishimiz uchun kerak
Targetga $100 dan ko'p sarflanmagan ad setni natija demaslik to'g'riroq bo'ladi $10 - $40 - $70 = juda minimal summa bo'lib, raqamlarni va umumiy holatni to'liq ochib berolmaydi $0.20 dan lead olib keldim deganlarni ko'pi atiga $5 yoki $20 ishlatgan bo'ladi Reklama kampaniyasiga $1000 ishlatgan holda natijalaringizni shunday ushlab qola olgan bo'lsangiz, demak siz haqiqiy mutaxassissiz PS. Raqamlar 🇺🇿 bozori misolida keltirildi @ecom_uzb
без подписи