Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi
СтатистикаSamarqand viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi rasmiy kanali. Aloqa uchun: +998939990040
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 72
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 030
- 1/48двое суток
- 1 180
- 1/72трое суток
- 1 273
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
SAMARQAND YANGILIKLARI | TEXNIKUM BITIRUVCHILARI UCHUN QABUL JARAYONI BOʻLIB OʻTDI 13.08.2026-YIL Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram
Bugun, 14 - avgust kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +38°...+25°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +25°, ↖️ 1.8 m/s Tong: ☀️ +30° Kun: ☀️ +38° Oqshom: ☀️ +35° Namlik: 10% Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 6.8 m/s Bosim: 756 mm sim. ust. Oy: O'sayotgan oy Quyosh chiqishi: 05:43 Quyosh botishi: 19:30 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Qo‘shrabot tumanida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha muloqot o‘tkazildi Joriy yilning 13-avgust kuni “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan Qo‘shrabot tumani “Qovunchi” mahallasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Yoshlar balansiga kiritilgan yigit-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rgatish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari individual tartibda atroflicha muhokama qilindi. Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar va yangi g‘oyalari bilan faol ishtirok etdilar. Murojaat qilgan 5 nafar yoshning 4 tasining masalasi joyida ijobiy hal etildi, imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha 1 ta murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. Samarqand viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati 📱Bizni kuzatishda davom eting! ✈️Telegram |📷Instagram
📺📰 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlov marosimi — OAV nigohida 🏷 “O‘zbekiston 24” telekanali: 🔵“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi 🔵Республиканский этап профессионального конкурса мастерства «Созидатели Нового Узбекистана» 🔵"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari": kasbiy mahoratdan xalqaro maydonda 🔵"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblari munosib taqdirlandi 🔵 Kasbiy ta’lim: yangi bosqich, yangi imkoniyatlar 🔵"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi 🔵 "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" tanlovi 🔵"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblari taqdirlandi 🏷 “MY5” telekanali: 🔵"Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" tanlovining g‘oliblari taqdirlanishdi 🏷 “Yoshlar” telekanali: 🔵“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi tafsilotlari 🏷 "UZA" saytida: 🔵Yangi O‘zbekistonning fidoyi bunyodkorlari 🏷 "Kun.uz" saytida: 🔵O‘zbekistonda ilk bor: 10 ta amaliy kasb bo‘yicha 120 nafar yosh Prezident sovrini bilan taqdirlandi Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔖 Samarqand shahar 6-son texnikumi o‘quvchilari hamda ishlab chiqarish ta’lim ustalari Rossiyaning ПАО “KAMAZ” kompaniyasida amaliyot o‘taydi. Ikki tomonlama imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” yo‘nalishi vakillarining ishlab chiqarish amaliyotini Naberejniye Chelniy shahridagi dvigatel ishlab chiqarish zavodida tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 📄 Muloqot davomida o‘quvchi va ustalarni amaliyotga yuborish, ularning zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishi uchun zarur tashkiliy, texnik va ijtimoiy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu xalqaro hamkorlik bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini zamonaviy va xalqaro standartlar asosida oshirishga xizmat qiladi. Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram
Kasbning qadri baland Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan bo‘lsa-da, insonning qo‘l mehnati, mahorati va amaliy ko‘nikmasiga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolmaydi. Aksincha, sifatli va malakali mutaxassislarga talab ko‘plab sohalarda saqlanib qolmoqda. ✔️Bir fakt: World Economic Forum’ning Future of Jobs 2025 hisobotida qurilish ishchilari, yetkazib berish xodimlari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari kabi kasblar kelgusi yillarda ham talab yuqori kasblar qatorida bo'lishi qayd etilgan. 📌Eslatib o‘tamiz: kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi. Texnikumda o‘qib, 2-bosqichdan boshlab siz ham shunday nufuzli tanlovda ishtirok etishingiz mumkin. 📎Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. Kasb o‘rganing — kelajagingizni o‘z qo‘lingiz bilan yarating! Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
"Davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlarini aslini berish” davlat xizmati joriy etilishi yuzasidan BRIFING 🔵Davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlarini, jumladan mehnat daftarchasi, shahodatnoma, diplom va boshqa shunga o‘xshash shaxsiy hujjatlarni aslini olish bo‘yicha yangi davlat xizmati joriy etildi. 🔵Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin. ➡️Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati - 10 ish kuni. ➡️Ushbu davlat xizmati uchun yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari etib belgilangan. Batafsil “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tgan brifingda 〰️〰️〰️〰️〰️ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram |Instagram
без подписи
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” — kasbiy mahorat milliy tanlovining eng muhim raqamlari 📊 Tanlov statistikasi va bosqichlari: ➖ Nomzodlar dastlab “mahalla yettiligi” tomonidan saralashdan o‘tkazildi. Mazkur bosqichda jami 124 371 nafar yosh ishtirok etdi. ➖ Baholash natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 610 nafar iqtidorli yosh tanlovning respublika bosqichida qatnashish imkonini qo‘lga kiritdi. 🏅 Hududlar kesimidagi medallar reytingi: ➖ Samarqand viloyati: 25 ta medal; ➖ Toshkent shahri: 13 ta; ➖ Sirdaryo va Buxoro viloyatlari: 13 tadan; ➖ Namangan viloyati: 11 ta medal. 📍Tanlovning Respublika bosqichi mamlakatimizning turli hududlarida kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi: ➖ Samarqand viloyatida — 4 ta yo‘nalish; ➖ Toshkent shahrida — 3 ta yo‘nalish; ➖ Buxoro viloyatida — 2 ta yo‘nalish; ➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 ta yo‘nalish. Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X