Namoz Rasulov
СтатистикаO'zbekistondagi ilk o'zbek ekolingvisti Namoz Rasulovning telegram o'zani. Bu yerda til va tilshunoslik o'zgacha rakursdan ko'rsatiladi.
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 36
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 360
- 1/48двое суток
- 412
- 1/72трое суток
- 444
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#talqin Mana bu e'lonni hozirgina "Kadisheva bozori" bekatiga o'zbek bo'lmagan (yo rus, yo chet ellik) er-xotin yopishtirib ketdi. Orqasidan ko'rib qoldim va darrovga suratga oldim. Zamonga mos e'lon: mazmun va dizayn (aslida diqqatimni shu rang-baranglik o'ziga tortdi) ni nazarda tutyapman. E'lonning o'zbekcha ekanligi alohida mavzu. "Mehmondo'st oila" birikmasi bu kontekstda biroz noodatiy. Ijarador "Uyimni mehmonxonaga aylantirib yuborarkan-da", - deb o'ylashi mumkin. Kelinglar, shu birikmani birga tuzataylik sizlarda qanday taklif bor? Mendagi variant: "Baxtiyor oila" @ekolimgvist 👍
#Tavsiya Ashinchun o'zbek tili oson. @ekolingvist
#nazariya #metodika Nimani o'qitishni bilgan odam qanday o'qitishni ham biladi. @ekolingvist
Biz qo'rquvning otini hurmat qo'yganmiz. Nargiza ustozga yetkazib qo'yaylik. Siz eng yaxshi ustozsiz. O'quvchilarni insonning joyiga qo'ygansiz. Manba @ekolingvist 👍
#alifbo #imlo Alifbo va yozuv siyosat yoki mafkuramasmish?! Bekor gap. Mana isboti. @ekolingvist 👍
#alifbo #imlo Rozimasman! Aytib qo'yay! Rozimasman. @ekolingvist 👍
#alifbo Mening ham dardimni eshitinglar! @ekolingvist 👍
#kulgitaym Mana bu yerda zo'r iboralar ishlatilgan. Adashmasam, aktrisa navoiylik. 1. Mizzig'ingni oqizma. 2. Manakkinang chirisin. 3. ... @ekolingvist 👍
#dunyo_tillari #gruzin_tili Gruzin tili kartvel tillari oilasiga mansub bo'lib, bu oilaga gruzin, svan, mingrel va laz tillari kiradi. Gruzin yozuvi dunyodagi eng chiroyli yozuv. Hozirgi alifboda 33 ta harf bor va unda bosh hamda kichik harflar farqlanmaydi. Gruzin yozuvi UNESCO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Gruzin tilida otlar erkak yoki ayol jinsiga bo'linmaydi. Bu jihatdan o'zbek tiliga o'xshab ketadi. Bitta fe'l shakli orqali bajaruvchi, obyekt, zamon va boshqa ko'plab grammatik ma'lumotlar ifodalanishi mumkin. Shu sababli gruzin tili grammatikasi murakkab. Taxminan 4 million kishi gruzin tilida so'zlashadi. Qani endi, menga მადლობა – Madloba! deng-chi!? @ekolingvist 👍
#dunyo_tillari Ngiyakuthanda – Men seni sevaman. ngi - men, ya - zamon shakli, ku - seni, thanda - sevmoq Gap Nelson Mandela siyosiy nutqlarida foydalanib turgan til haqida ketyapti. Bu tilda "klik (tilning tanglayga tegishi)" tovushlar ham mavjud: "c", "q", "x". 12 milliondan ortiq so'zlashuvchisi mavjud. Bantu tillar oilasiga kiradi. Agar siz bu tilning nomini topsangiz, sizga: "Ngiyabonga!" deyman. @ekolingvist 👍
видео или голосовое, без подписи
"SOS: Savol ortidagi savol". "Mutolaa" ilovasida bor. O'zi qonuniyat shunday: inson baxtga o'zi erishadi, baxtsizlikka esa atrofdagilari sababchi bo'ladi. Man aytaman: baxtga ham, baxtsizlikka ham o'zing erishasan, o'zing sababchisan. Xayrli yakshanbalar! @ekolingvist 👍
Maqtansa, uyalgulik natijam bor mening ham. Qisqasi, bu natija nimaga yaraydi deb izlandim va javob topdim: "C va C+ olganlarga maqtanarkanman". Shogirdlarim A+ olibdi. Men esa o'rtasidaman. To'g'ri-da, ehtiyoji yo'q odamga yaxshi ball ham uvol! 😁
📢 Vakansiya: Rus tili metodisti (milliy auditoriyalar uchun) Zamonaviy til o‘rganish platformasi uchun rus tili metodisti qidirmoqdamiz. Vazifalar: – A1–C1 darajadagi kontent yaratish; – mashq va testlar ishlab chiqish; – grammatikani sodda va tushunarli formatda tayyorlash; – mobil ilovaga mos mikrodarslar yaratish. Talablar: – rus va o'zbek tillarini yuqori darajada bilish; – o‘zbek auditoriyasi bilan ishlash tajribasi; – CEFR yoki darajaviy tizim bilan ishlay olish; – metodik fikrlash; – AI vositalari bilan ishlay olish; – kontent yozish ko‘nikmasi; Biz taklif qilamiz: – Kuchli edu-tech loyiha; – Barqaror maosh; – Professional o‘sish imkoniyati. ❗️Toshkent shahrida bo'lish va oflayn ishlash talab qilinadi. 📩 Rezyume va namunaviy ishlaringizni yuboring: @ekolingvist1
#tushuncha #nom #gender Bilasizmi, tilning shunday qonuniyati bor: agar biror tushuncha xalqda mavjud bo'lsa, albatta, uning nomi ham mavjud bo'ladi. Masalan, biz turkiylarda ot va qo'y bilan shug'ullanish kuchli bo'lgan. Urg'ochisi, bolasi, bolasining yoshi, u beradigan mahsulot, yemishi-yu anjomlari haqida ham tushuncha mavjud bo'lgan. Natijada bu tushunchalarning eng nozik mazmunlari ham nomlangan. Arablarda esa tuya bilan bog'liq 500 dan ziyod so'z mavjud ekanligi aytiladi. Har doim ham tushuncha va uning nomi madaniylik bilan bog'lanavermaydi. Ba'zi tushunchalarning nomi e'tiqod bilan ham bog'liq: uvol, savob, halol shular jumlasidandir. Ayrim tushunchalar va nom boshqa xalqlarda shakllanadi va ommalashadi. Gender tengsizlik tushunchasi bunga misol. Bizga boshqa xalqlardan kirib kelgan. Siz bizga kirib kelgan qanday nom va tushunchalarni bilasiz? @ekolingvist 👍
#hammasijoyida #xavotirlanmang Kimki bu hikoyani o'qimagan bo'lsa, o'qishni tavsiya qilaman. Epigraf: Nafing qancha bo'lsa, umring shuncha. @ekolingvist 👍
#elon #qabul Farzandingiz kitobni sevsa, yozishga qiziqsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul e'lon qiladi. Hujjatlar qabuli 4-iyun kuni yakunlanadi! Agar farzandingizning qalbida adabiyotga muhabbat, ijodga ishtiyoq va katta orzular bo‘lsa, bugun ariza topshiring! Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi. @ekolingvist 👍
#tadqiqot Hech qanday til o'rgatilmagan bola qaysi tilda gapira boshlaydi? Javobi bu yerda. Tarixda ba'zi g'ayriilmiy farazlarni sinab ko'rish uchun gayrioddiy tajribalar ham amalga oshirilgan. @ekolingvist 👍
#jamiyat #til_va_jamiyat So'zlar ham ijtimoiy vaziyatga qarab ma'no ham vazifasini kengaytirib yoki toraytirib boradi. Bilasizki, bank yoki transport kartalaridan to'lov qilish uchun kartalar apparatga tegiziladi. Ana shu jarayonni nomlash "urmoq" fe'liga yuklandi. Avtobusda tez-tez quloqqa chalinadigan jumlalar: 1. Iltimos, mana buni urib bering. 2. Urvolay, yo'l bering. 3. Urib-urib tushinglar. Tilning qadimiy qonuniyatlari til sohiblarining ongida yashaydi va u avtomatik tarzda har bir kishida ishlayveradi. Nega aynan "urmoq" fe'lini jamiyat tanlab olgani ham ana shu qadimiy qonuniyatning hosilasidir. O'ylaymanki, bu fe'lni bir kishi ommalashtirmagan. Ko'pchilik bir vaqtda qo'llay boshlagan. @ekolingvist 👍
Hatto hali til qoidalari ilmida qayd etilmagan vazifa va mazmunlar ham mavjud. Masalan, orttirma nisbatning -qaz qo‘shimchasida "zidlash" mazmuni bor ekan: yutmoq – yutqazmoq.