tgindex
ELEKTR TA’MINOTI | RASMIY KANAL

ELEKTR TA’MINOTI | RASMIY KANAL

Статистика

ToshDTU "Elektr ta'minoti" kafedrasi rasmiy kanali! Kanal faoliyati bo'yicha takliflar uchun: @Sultonkhoja

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
534
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
232
35 постов
Вовлечённость
43,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 35
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
202
1/48двое суток
231
1/72трое суток
249

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿🇨🇳“ELEKTR TA’MINOTI” KAFEDRASI YOSH OLIMLARINING XITOYDA XALQARO LOYIHA DOIRASIDAGI ILMIY STAJIROVKASI Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta’minoti” kafedrasining yosh olimlari va tadqiqotchilari xalqaro loyiha doirasida Xitoyning Shimoliy Xitoy Elektroenergetika universitetida ilmiy stajirovka o‘tadilar. Stajirovka davomida yosh tadqiqotchilar xorijiy hamkorlar bilan birgalikda xalqaro loyiha vazifalarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Xususan, energetika tizimlarining ishonchliligini oshirish, energetik obyektlarning holatini monitoring qilish, texnik ko‘rsatkichlarni prognozlash hamda zamonaviy nazorat va boshqaruv usullarini ishlab chiqish yo‘nalishlarida tadqiqotlar amalga oshirildi. Shuningdek, hamkor olimlar bilan birgalikda yangi qurilma va texnik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Tadqiqotlar davomida olingan natijalar asosida ilmiy taqdimotlar tayyorlanib, xorijiy professor va tadqiqotchilar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi. Stajirovkaning muhim ilmiy natijalaridan biri sifatida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy maqola hamda patent materiallari tayyorlandi. Mazkur ilmiy stajirovka “Elektr ta’minoti” kafedrasi yosh olimlarining xalqaro ilmiy tajribasini oshirish, zamonaviy tadqiqot usullarini o‘zlashtirish, qo‘shma ilmiy ishlanmalar yaratish hamda xorijiy universitetlar bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

  • 8 авг.182из iibbuz

    👉 TALABALAR DIQQATIGA! IJARAGA UY OLISHDA OGOH BO‘LING! Ijaraga uy izlayotganda firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun hushyor bo‘ling! Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang! ——— 👉 ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads 📲 WhatsApp

  • 🇺🇿🇹🇷TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI DELEGATSIYASINING KARADENIZ TEXNIKA UNIVERSITETIGA RASMIY TASHRIFI Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta’minoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi Turkiyaning Karadeniz Texnika Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv hamda energetika sohasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Mazkur tashrif haqida batafsil 🔗 https://www.ktu.edu.tr/eee/haber/uluslararasi-akademik-ziyeret

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.23633из ToshDTU_Matbuot_Xizmati

    🟦🟦🟦 🔸Oliygohimiz Energetika muhandisligi fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari tomonidan Olmazor tuman elektr tarmoqlari korxonasi balansidagi transformator punktlarining texnik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. 🔸O‘rganishlar davomida korxona balansida mavjud 64 ta mahalla hududida joylashgan jami 418 ta transformator punktining texnik holati tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, bugungi kunga qadar 247 ta transformator punktida texnik ko‘rik va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgani, bu umumiy ko‘rsatkichning 59,1 foizini tashkil etishi, qolgan 171 ta transformator punktida esa profilaktik ko‘rik hamda taʼmirlash ishlarini davom ettirish zarurligi qayd etildi. 🔸Shuningdek, transformator punktlarining texnik holati baholanib, 314 tasi yashil, 104 tasi sariq toifaga kiritilgani, qizil toifadagi transformator punktlari aniqlanmagani maʼlum bo‘ldi. Bu elektr tarmoqlarining umumiy texnik holati qoniqarli ekanini ko‘rsatsa-da, sariq toifadagi obyektlarda profilaktik va diagnostik tadbirlarni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. 🔸Tahlillar natijasida Shifokorlar, Chimboy, Universitet, Miskin, Beruniy, Namuna, Taraqqiyot hamda Shodiyona mahallalarida sariq toifadagi transformator punktlari soni nisbatan yuqori ekani aniqlandi. Shuningdek, Zamondosh, Ibrohimota, Orzu va Elparvar mahallalarida mavjud transformator punktlarining asosiy qismi sariq toifaga mansubligi sababli ushbu hududlarda manzilli texnik tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi. 🔸O‘rganish yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan sariq toifadagi transformator punktlarini alohida nazoratga olish, termovizion diagnostika va laboratoriya sinovlarini o‘tkazish, yerga ulash qurilmalarini tekshirish hamda kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar qolgan transformator punktlarida profilaktik taʼmirlash ishlarini yakunlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bizni kuzating Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 3 авг.289102

    🇺🇿🇨🇳XITOY BILAN SUN’IY INTELLEKT VA ENERGETIKA YO‘NALISHIDA QO‘SHMA LABORATORIYA TASHKIL ETILADI ➖Ayni kunlarda Toshkent davlat texnika universiteti “Xitoy – O‘zbekiston elektr ta’minoti, energetika texnologiyalari va sun’iy intellekt bo‘yicha innovatsion qo‘shma laboratoriya”ni tashkil etish yuzasidan Xitoyning Shimoliy-Sharqiy Elektr Energetika universiteti delegatsiyasi xizmat safari bilan bo‘lib turibdi. Mazkur qo‘shma laboratoriya Xitoy tomonining beg‘araz homiylik ko‘magi asosida “Elektr ta’minoti” kafedrasi bazasida tashkil etiladi hamda zamonaviy ilmiy va o‘quv uskunalari bilan jihozlanadi. ➖ Tashrif davomida qo‘shma laboratoriyaning konsepsiyasi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari va ilmiy mazmuni muhokama qilinib, laboratoriya joylashtiriladigan xona hamda uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. ➖Uchrashuvda sun’iy intellekt, elektr ta’minoti va energetika texnologiyalari yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy maqolalar, patentlar hamda grant loyihalarini tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. ➖Shuningdek, “Xitoy – O‘zbekiston elektr ta’minoti, energetika texnologiyalari va sun’iy intellekt bo‘yicha innovatsion qo‘shma laboratoriya”ning tantanali ochilish marosimini joriy yilning dekabr oyi oxirida o‘tkazish rejalashtirilgani qayd etildi. Mazkur laboratoriya ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish va xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.