Sokinlik
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 82
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Pul bilan hamma narsaga erishish mumkin, deyishadi. Ammo bu gapni bir tahlil qilib ko‘ring. Masalan: Pulga dasturxon to‘ldirish mumkin, ammo ishtahani sotib olib bo‘lmaydi. Dori sotib olish mumkin, ammo sog‘liqni sotib olib bo‘lmaydi. Kitoblar va ta’limni sotib olish mumkin, ammo ilm va donolikni sotib olib bo‘lmaydi. Qimmat kiyim va zeb-ziynat bilan o‘zingizni bezashingiz mumkin, ammo haqiqiy go‘zallikni sotib olib bo‘lmaydi. Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar va sayohatlarga pul bilan erishish mumkin, ammo haqiqiy quvonchni sotib olib bo‘lmaydi. Atrofingizni oshna-og‘aynilar bilan to‘ldirish mumkin, ammo chin do‘stlikni sotib olib bo‘lmaydi. Xizmatingizga odamlar yollash mumkin, ammo sadoqatni sotib olib bo‘lmaydi. Bo‘sh vaqtga ega bo‘lish mumkin, ammo xotirjamlikni sotib olib bo‘lmaydi. Pul narsalarning tashqi ko‘rinishiga egalik qilish imkonini beradi, ammo ularning asl mohiyatiga emas. Chunki hayotda shunday ne’matlar borki, ularning narxi bo‘lmaydi — faqat qadri bo‘ladi.
Otamning oldilarida bo'lganimda hech kimga muhtojlikni his qilmayman... Olloh rozi bo'lsin dadajon sizdan...
Bugun ham har doimgi kunlardan biri. Hamma allaqachon uyquga ketgan, men esa hali ham o‘zimga tegishli bo‘lmagan bir umrni soatbay sotib yuribman. Men ham siz kabi, sizdan hech qanday farqim yo‘q vaqtimni sotaman, Qanchalik noma’lum bir umrni shunchalik…
Bugun ham har doimgi kunlardan biri. Hamma allaqachon uyquga ketgan, men esa hali ham o‘zimga tegishli bo‘lmagan bir umrni soatbay sotib yuribman. Men ham siz kabi, sizdan hech qanday farqim yo‘q vaqtimni sotaman, Qanchalik noma’lum bir umrni shunchalik ishonch bilan “kecha”ga aylantirib boraman. Har zamonda o‘zim uchun bir oz dard topaman, siqilishga bir sabab, sukutga bir bahona. Axir insoniyat ming yillar yurdi, minglab daholarning soyalaridan o‘tdi, olovni jilovlab, temirni itoatga o‘rgatdi, masofalarni qisqartirib, og‘ir toshlarni ko‘tarishdan fikrlarni ko‘tarishga o‘tdi. Bugun biz minglab o‘lik daholarning tirik soyasida komfort ichida yashaymiz. Biz uchun og‘ir ishlar yengillashdi, ammo yengillikning o‘zi bizga og‘irlashdi. Tirik qolish o‘zgardi, kurash o‘zgardi, ochlikning nomi o‘zgardi. Endi bo‘rilar o‘rmonda emas ba’zilari oynalar ortida yashaydi, ba’zilari ekranlarda, ba’zilari esa odamning o‘z yuragida. Biz endi non uchun emas, ma’no uchun ochmiz. Va men har zamon insonlarga bir qadr berdim. Ular esa qo‘limdan olgan qadrimni cho‘ntagidagi mayda tangadek sanab, qaytarishni unutishdi. Men nima kutdim ulardan? Bir oz e’tibor arzimaydigan narsamidi? Bir oz vaqt ularning umridan ortib qolgan o‘n besh daqiqamidi? Bir oz mehr qalbning ortiqcha yukimi edi? Men ularga vaqtimdan berdim, mehrimdan berdim, sukutlarimdan berdim, hatto aytilmagan so‘zlarimni ham ularning nomiga yozib qo‘ydim. Evaziga esa ko‘pincha beqadrlik oldim. Shunda tushundim: inson ba’zan boshqalardan ranjib emas, o‘zining ularga bergan qiymatidan uyalib qolarkan. Men bu hayotda tushunilmaslik vajidan asta-sekin boshqa bir mavjudotga aylandim. Avval odam edim. Keyin kuzatuvchiga aylandim. Keyin savolga. Keyin sukutga. Endi odamlarni tushunishdan ko‘ra ularning nega tushunilmayotganini o‘ylayman. Endi hayotdan javob kutmayman savollarimni ko‘paytiraman. Chunki ehtimol falsafa - hayotning javobi emas, tushunilmagan yurakning o‘ziga o‘zi qurgan so‘nggi uyi. Men esa hali ham o‘sha uyda yashayman. Derazalarim ochiq, lekin hech kim kirmaydi. Eshigim ochiq, lekin hech kim kelmaydi. Soatim yurar, umrim esa qaylardadir ortda qolardek. Bugun ham har doimgi kunlardan biri. Faqat men bugun ham kechagidan bir oz kamroq odamman, bir oz ko‘proq savolman. Men shu kunlarda juda boshqachaman
“Ko‘zi tikanga mahkum bo‘lgan insonga atirgulning go‘zalligini tushuntirib bo‘lmaydi. Chunki inson ko‘rayotgan narsasini emas, ichida olib yurganini ko‘radi.” Siz baribir ehtiyot bo‘ling: ko‘rayotganingiz tikanmi yoki gulning poyasimi… Keyin ayb atirgulda qolmasin. :)
Nazim Hikmat aytganidek: “Ey mening optimistik holatlarim… Tez aldanishlarim, Hammaga ishonishlarim, Oson ta’sirlanib qolishlarim, Xatoni doim o‘zimdan izlashlarim, Arzimaydigan insonlarni boshimga ortiqcha muammo qilishlarim, Bekorga oqizib yuborgan ko‘z yoshlarim, Hamma odamni inson o‘rnida ko‘rishlarim… Barchangiz bilan xayr. Men endi hech kimning hech narsasi bo‘lmayman. Shunday ekan…
https://t.me/DostLevelBot?start=s_6519339154
#Tafakkur Bolalarga yomon tarbiya berib, yoshligidayoq uvol qilmaylik. Oilaviy janjallarga to'la muhitda, yolg'on, hurmatsizlikni ko'rib o'sgan boladan keksayganimizda yaxshilik kutmaylik! Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning huzuriga bir kishi farzandining itoatsizligidan shikoyat qilib keldi. Hazrat Umar o'g'lini chaqirtirib so'radi: – Otangning senda haqlari borligini bilmaysanmi? Bola dedi: – Bilaman, ey mo'minlar amiri. Ammo mening ham u kishining ustida haqlarim bormi? Umar roziyallohu anhu dedi: – Albatta, bor. U senga odamlar ayblamaydigan ona tanlashi kerak. Senga yaxshi ism qo'yishi lozim. Senga odob va tarbiya berishi kerak! Bola dedi: – Otam menga cho'ridan ona tanlagan. Boshqa aka-ukalarimning onalari hur ayollar. Ular meni "cho'rining o'g'li" deb chaqirishadi. Menga "Jual" (qo'ng'iz) deb ism qo‘ygan. Menga faqatgina mol boqtiradi. Men hadis ham, Qur'on ham bilmayman! Hazrati Umar shunda otaga dedi: – U senga emas, sen unga oq bo'libsan! ©️"Nabaviy tarbiya" kitobidan
Sen to‘g‘ri yo‘ldan boraver,kimdir bilishi yoki bilmasligi muhim emas.
Bugun ilk bora qo‘llarimdan tutib menga ilm , ziyo o'rgatgan shu yoshgacha nimaiki muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsam menga tayanch bo‘lgan boshlang'ich sinf rahbarimni qishlog'imiz do‘konchasida uchratib qoldim.. Rosti juda uyaldim... Chunki na ust boshimga qaragandim, na sochimga😄 Lablarim oqargan achingannamo bir holda edimmm.. Ustozim ham ko‘rib "voy nega sen buncha ozib ketgansan" dedi alik olishdan ham oldin... Hech ham Oliy ma'lumotli o'qituvchiga , kimlarningdir tilidagi " shaharlik olifta" ga o‘xshamasdim... Issiqda beiloj borguncha terlagan umman olganda xunik holdaydim Keldimu oynaga qarabman O‘zimga o‘zim savol berdim "Qachondan beri o‘zimga qarashni unutdim?" " Qachondan beri yuzlarim bu qadar so‘lg‘in?" " Qachondan beri cho‘pday ozib ketganimga e'tibor bermadim" Faqat miyamda " Qachondan beri? " savoli aylandi... Eh o‘g‘limni ham olib bormapmanda, hamma chiroylimni shunga berdim degan bo‘lardim deb kulib qo‘ydim... Lekin bu savollarimni javobi bitta " o‘zimni sevmagandan beri, sevilmagandan beri shu holga tushib qoldim, yana bilmadim..
Inson necha yoshga kirmasin, boshi har dardga tushganda xayoliga birinchi bo‘lib onasi keladi. Onasi bor bo‘lsa — bag‘riga yuguradi, yo‘q bo‘lsa — ich-ichidan parchalanadi… Yaxshi ki, borsiz, onajon. Siz — hayotimdagi eng qadrli, eng bebaho borlig‘imsiz.❤️
Men shu vaqtgacha hayotning har qanday achchiq va og‘ir zarbalariga kurashib keldim.. Bugun esa kuchli bo'lishdan charchadim.. Va men endi hayot qoidalari oldida taslimman..
Insonlar bir-biridan hafsalasi pir bo‘lib sekin-sekin chiqib ketmoqda. Avval ishonch. Keyin mehr. So‘ng bir kuni qalbning eshigiga ichkaridan qulf osiladi. Hech kim bilmaydi. Hech kim eshitmaydi. Faqat yurakning ichida bir eshik endi hech qachon ochilmaydi.…
Insonlar bir-biridan hafsalasi pir bo‘lib sekin-sekin chiqib ketmoqda. Avval ishonch. Keyin mehr. So‘ng bir kuni qalbning eshigiga ichkaridan qulf osiladi. Hech kim bilmaydi. Hech kim eshitmaydi. Faqat yurakning ichida bir eshik endi hech qachon ochilmaydi. Kimningdir qalbida birinchi bo‘lishni istash naqadar go‘zal va naqadar dahshatli. Oxirgi bo‘lishni istash esa o‘limdan ham og‘irroq: chunki o‘limda hamma narsa tugaydi, kutishda esa hech narsa tugamaydi. Sen kutasan. Sen yana kutasan. Yana. Yana. Va bir kuni umidning o‘zi sening oldingga kelib, charchagan ko‘zlari bilan: “Men endi kutolmayman.” deydi. ****** Shunda sen dunyodan nafratlanishni boshlaysan. Aslida dunyodan emas dunyoda yo‘q narsangdan. Birgina yo‘q narsa bor narsalaringning hammasini qoraga bo‘yaydi. Qo‘lingdagi nonning ta’mi yo‘qoladi. Tongning nuri so‘nadi. Yaqiningdagi odamlarning ovozi uzoq galaktikalardan kelayotgandek bo‘ladi. Sen ularga qaraysan ular bor. Lekin sening ichingda ular uchun joy yo’q. Chunki qalbing bitta yo‘qlik bilan band. ***** Noshukurlik balki shudir: osmon to‘la yulduz bo‘lsa-da, insonning ko‘zi faqat o‘chgan birini izlaydi. Bir istak amalga oshmaydi. Va inson mingta ne’matni o‘sha bitta istakning qabriga ko‘madi. Keyin: “Nega?” deydi. Osmon jim. Yer jim. Balki bu dunyo bizning istaklarimiz uchun qurilmagandir. Balki dunyo istak bilan haqiqat orasidagi ulkan jarohatdir. Biz esa o‘sha jarohat ichida umr bo‘yi “nega?” degan so‘zni qayta-qayta tug‘dirib yashaymiz. Nega insonga tanlov berildi? Nega unga berildi aql? Nega? Agar u har tanlovidan keyin o‘zini yana ayblasa, agar har yo‘lning oxirida boshqa yo‘lni sog‘insa? Tafakkur qanday g‘alati ne’mat. U ko‘zingni ochadi, keyin ko‘rganlaring bilan yashashga majbur qiladi. Fikrsiz odam devorning soyasida uxlaydi. Tafakkur sohibi esa devorning narigi tomonida abadiyat borligini biladi lekin eshikning kaliti yo‘q. Shuning uchun ba’zan nodonlik baxtga o‘xshaydi. Ba’zan esa ilm la’natning eng chiroyli nomi. Inson o‘z nafsini ko‘ksida yovvoyi hayvon kabi olib yuradi. Uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi o‘lmaydi. Uni boqadi kattalashadi. Undan qochadi soyasida yuguradi. Oxir-oqibat inson tushunadi: eng uzoq urush o‘zidan qochib bo‘lmasligi ekanini. Shuning uchun inson isyon qiladi. Keyin qo‘rqadi. Keyin yana isyon qiladi. Keyin charchaydi. Keyin tiz cho‘kadi. Va shu tiz cho‘kishni mag‘lubiyat deb o‘ylaydi. Holbuki, balki taslim bo‘lish insonning o‘zidan kattaroq narsani birinchi marta tan olishdir. Men bilmayman. Balki hayotning ma’nosi biz istagan narsalarni olishda emasdir. Balki hayot istaklarimizning qabristonidan tirik holda o’tishdir. Har bir qabr boshida bir orzu yotadi. Biri sevgi. Biri sadoqat. Biri qaytish. Biri kechirim. Biri esa hech qachon kelmagan bir insonning ismi. Biz ularning hammasini ichimizga ko‘mib, yana ertalab turamiz. Yuzimizni yuvamiz. Odamlar orasiga chiqamiz. Kulamiz. Gaplashamiz. Va hech kim bilmaydi ko‘ksimizning qa’rida butun bir qabriston borligini. Shu sabab dunyo doim bir kam. Bir odam kam. Bir javob kam. Bir “ha” kam. Bir qaytish kam. Bir mo‘jiza kam. Va inson butun borliqni o‘sha bitta yetishmagan narsaga almashtirib qo‘yadi. Balki uning fojiasi ham shu. Balki uning buyukligi ham. Chunki inson bor narsasi bilan emas, yetishmagan narsasi bilan ham yashayveradi. Va umrining oxirigacha bir qo‘lida isyonni, bir qo‘lida taslimni, ko‘ksida esa bir kam dunyoni ko‘tarib yashaydi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Men Allohga qachon bir qadam tashlasam, U meni quchog‘iga olib, o‘rab oladi. Mening Unga bo‘lgan muhabbatim va hayratim hech qachon tugamaydi.” ❤️
Eng go'zal hissiyotlar oila atrofida aylanadi baribir.