tgindex
ELLIKQAL'A_PRESS (RASMIY KANALI)

ELLIKQAL'A_PRESS (RASMIY KANALI)

Статистика
@ellikqala1977узбекский

SAYT;https://gov.uz/oz/ellikqala Fk:https://www.facebook.com/tursungul.nurimova Instm:https://www.instagram.com/tv/C6txSeLgtLc/?igsh=MWZzZmF6a Бot:https://t.me/Ellikqala_hokimlik_bot

Последний пост
11:44
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
102
Всего постов
427
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
10 932
−12 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
761
40 постов
Вовлечённость
7,0%
к подписчикам
Постов в день
14,6
всего 427
Упоминаний
9
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 010
1/48двое суток
1 157
1/72трое суток
1 248

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11:441 2484

    Qabul kunlari va vaqtlari Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov va hokim o‘rinbosarlarining tumandagi jismoniy hamda yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali bilan tanishing. ⸻ Qabıllaw kúnleri hám waqıtları Ellikqal’a rayonı hákimi Valijan Niyazimbetov hám hákim orınbasarlarınıń rayondaǵı fizikalıq hám yuridikalıq shaxslardı qabıllaw kestesi menen tanısıń.

  • 08:311 2202

    Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi. Facebook|Instagram|X

  • 08:311 00711

    Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi. – Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda, – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

  • – Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi. Facebook|Instagram|X

  • 08:318471

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X

  • Тадбиркорга амалий ёрдам — янги иш ўринлари ва фаровон оилалар кафолати Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш — янги иш ўринлари яратиш, аҳоли даромадларини ошириш ва оилалар фаровонлигини таъминлашнинг муҳим омилидир. Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент томонидан тадбиркорлик субъектларига 6 072 та ҳолатда амалий ёрдам кўрсатилиши натижасида 6 459 та янги иш ўрни яратилди. Бу рақамлар ортида минглаб инсонларнинг меҳнат қилиш, даромад топиш ва оиласи фаровонлигини таъминлаш имконияти бор. Тадбиркорнинг муаммосини ҳал этиш — унинг фаолиятини ривожлантиришга, фаолиятнинг кенгайиши эса янги иш ўринлари яратилишига хизмат қилади. Тадбиркор қўллаб-қувватланса — иш ўрни яратилади. Иш ўрни яратилса — оила даромади ортади. Оила фаровон бўлса — жамият фаровон бўлади. Шу боис тадбиркорга кўрсатилаётган ҳар бир амалий ёрдам — иқтисодиётга, бандликка ва инсон фаровонлигига қўшилган амалий ҳиссадир. Тадбиркорни қўллаб-қувватлаш — инсонни қўллаб-қувватлаш демакдир. Департамент ишонч телефони 71-233-10-07 👉@Department_uz

  • Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Хорезмскую область. Глава нашего государства ознакомится с новыми проектами и созданной инфраструктурой в сферах промышленности, образования, транспорта, туризма и других. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки завтра, 18 августа состоится очередной открытый диалог с предпринимателями. Facebook|Instagram|X

  • Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezidentimiz tadbirkorlar bilan oltinchi ochiq muloqotga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Energetikadagi “Yangiyo‘l tajribasi” respublika tumanlari bo‘ylab yoyiladi. Davlatimiz rahbari sudlarni xalqqa yanada yaqinlashtirishni ko‘zlagan “Odil sudlov – 2030” strategiyasini ma’qulladi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezidentimiz isbilermenler menen altınshı ashıq sóylesiwge tayarlıq jumısları menen tanıstı. Energetikadaǵı "Yangiyól tájiriybesi" respublika rayonları boylap engiziledi. Mámleketimiz basshısı sudlardı xalıqqa jáne de jaqınlastırıwdı gózlegen "Ádil sudlaw - 2030" strategiyasın maqulladı. — Обзор важнейших событий за неделю: Президент нашей страны рассмотрел ход подготовки к шестому открытому диалогу с предпринимателями. «Янгиюльский опыт» в энергетике распространится по районам республики. Глава нашего государства одобрил Стратегию «Правосудие – 2030», призванную еще более сблизить суды к народу. — Weekly review of the most important events: The President of Uzbekistan reviewed preparations for the upcoming sixth open dialogue with entrepreneurs. The “Yangiyul experience” in the energy sector will be extended to districts across the country. The Head of State approved the “Justice – 2030” Strategy, aimed at bringing the judicial system closer to the population. Facebook|Instagram|X

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 16 авг.1 6871

    🇺🇿 “MUSTAQILLIK TO‘YI” FESTIVALI — BAYRAMONA RUHDA DAVOM ETMOQDA! Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda davom etmoqda. ✨ Jumladan, Ellikqal’a tumanida bo‘lib o‘tgan festival tadbirlari keng jamoatchilik ishtirokida yuqori saviyada tashkil etilib, bayram shukuhi bilan nishonlandi. 📺 Mazkur festival doirasidagi tadbirlar “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan keng yoritilib, tomoshabinlarga namoyish etildi. 🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir! #MustaqillikToyi #Mustaqillik35Yil #Ellikqala #Qoraqalpogiston #O‘zbekiston24 #YagonaVatanYagonaXalq

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.91913из joyida_informatsion

    Ilg‘or agrotexnologiyalar parvarishi natijasi 🗓 14.08.2026 ⏰ 05:40 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🌐 Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 YouTube|⚙️ Joyida murojat bot

  • 14 авг.1 02311из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 14 авг.1 56615

    #No_comment 🌐Web sayt | ✅ Telegram | ✅Facebook  | 🌐 Instagram

  • 14 авг.1 37133

    🇺🇿 “MUSTAQILLIK TO‘YI” FESTIVALI BOʻLIB O‘TDI Ellikqal‘a tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli ijodkorlar — Siyosiy fanlar doktori, professor, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Nazrulla Joʻrayev, O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, Do‘stlik” ordeni sohibi, xonanda Shuhrat Daryo, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod Mirzo, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xonandasi Gavhar Saidova ishtirok etdi. 🎭 Festival doirasida: 🤝 Tuman san’at saroyida “Umummilliy birdamlik” loyihasi; 💐 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Shukronalik” uchrashuvi; 🎤 Aqchako‘l rekreatsion zonasining amfiteatrida gala-konsert dasturlari tashkil etildi. 📚 Shuningdek, tadbirlar davomida kitobxonlik aksiyalari, ijtimoiy loyihalar, ijodiy uchrashuvlar hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. ✨ Festival xalqimizning birdamligi, millatlararo totuvligi va yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikning yorqin ifodasiga aylandi.

  • 14 авг.1 3106

    без подписи