tgindex
‘Red’

Aytarli gap yo‘q. Zerikkanda nolish uchun ochilgan kanal. Kamroq senzura. +25

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
om
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
175
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
695
21 постов
Вовлечённость
397,1%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
327
1/48двое суток
374
1/72трое суток
404

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • Дизайнни концертини кўриб тугатдим, қизиқ чиқибди

  • John Wick'ni тўртта қисминиям кўрдим-да, энди миямда битта савол: боевикларни ҳаммаси шунақа треш бўладими?

  • “Schindler's List”ни кўрдим. Ёвузлик томонида тўғилиб-ўсиб ҳам, эзгуликни танлай олган инсон ҳақидаги афсонавий драма! Тинчликка ҳеч нарса етмайди барибир...

  • Я уйду от тебя к тебе, деяптила Дианапам

  • Қарийб 1 йил олдин барчасидан тўйиб, узлатга чекиниб, кўп нарсалардан нолиб, бутун дунёга бўлган нафратимни тўкиб-сочаман, деган мақсадда шу каналчани очгандим. Тақдирнинг ҳазилини қарангки, орадан ҳеч қанча вақт ўтмай, тасодифан бахтлилигимни англаб қолдим ва дунёга оптимистик қарай бошладим. Ўз навбатида, бу қилиғим ортидан канал ҳам жим қолди. Бунга севиниб керакми ёки ўксиниш, 6 ойдан бери билолмаяпман шуни)

  • Парадокслар мамлакатида яшаймиз, тўғри. Лекин шу парадокслар ичида ҳам ман учун ҳаддан ташқари тушунарсизлари бор. Масалан, нимага одамларни маърифатга чорлаш ҳақида бонг урадиган, бутун миллатни бузуқликлардан тозалашга жаҳд қилган, кимнидир юбкаси шамолда…

  • 5 апр.1 1285

    Парадокслар мамлакатида яшаймиз, тўғри. Лекин шу парадокслар ичида ҳам ман учун ҳаддан ташқари тушунарсизлари бор. Масалан, нимага одамларни маърифатга чорлаш ҳақида бонг урадиган, бутун миллатни бузуқликлардан тозалашга жаҳд қилган, кимнидир юбкаси шамолда кўтарилиб кетсаям, видеомурожаат билан чиқадиган, ҳар бир гапини диний атамалар билан безайдиган блогерлар товламачиликка оид маҳсулот ва хизматларни энг кўп реклама қилиши мани узоқ йиллардан бери ўйлантириб келади. Инстаграмдаги ҳар иккинчи таргет видеода қайсидир ривоятчи блогер “минг дардга даво табиий седана ёғи”, “ракка қарши терапия”, “бир дақиқада бутун бошли кутубхонани ўқиб тугатиш курслари” билан чиқиб турган бўлади. Умуман тушунарсиз. Бу маърифат посбонлари шунчалик тупойми ёки аудиториядаги саводхонликнинг пастлигидан пул қилишмоқчими? Иккала вариант ҳам тўғри деб ўйлаб қоламан баъзида... Чўкаётган одам любой нарсага ёпишади деганларидек (узр, ҳас х билан ёзиладими ёки ҳ билан, эслолмадим), рак билан оғриётган одамга ҳам любой нарсани даво сифатида сотиш мумкин, ҳаттоки у одамнинг ўзи ўн йиллаб лабаторияда ишлаб, ракка қарши дори ўйлаб тополмаган олим бўлса ҳам. Айни шу тирик қолиш рефлексидан энг кўп маънавиятпарвар блогерлар фойдаланишяпти, ўша блогерлар нафратланадиган, оммавий маданиятни тарғиб қиладиган ярим яланғоч қизлар ёки боллар эмас!

  • Channel photo updated

  • Миллионни концерти зўр чиқибди

  • 4 февр.9813из uzbekonomics

    Qizlarimiz Ieltsdan 9 olsa, chet-eldagi universitetlarga grant bilan kirsa, startap yasab qimmatga sotsa, suzish, yugurishdan jahon chempioni bo'lsa ularni qahramonimiz deymiz, karnay-surnay qilamiz, g'ururlanamiz. G'alabaning mingta otasi, ikki mingta qarindoshi paydo bo'ladi. Kelinglar, jamiyatimizda BARCHA qizlarga shunday yutuqlarga yetishga imkon beraylik? Qanchadan-qizlarning hayoti boshlanmasdan oldin kesilib ketdi mana shunday zo'ravonliklar deb yoki oddiy yo'llardagi harakatlanishni tartibga solmaganimiz sababli. Masalan, Qorako'l, Yuqorichirchiq, Marg'ilon, Uzunda maktabga ketayotgan o'gil-qizlar yo'ldan o'tayotganda mashina urib ketilmaganda ular ham shunday yutuqlarga erishishi mumkin ediku. Agar ular bir amallab yo'ldagi o'limlardan qutulib qolishsa ham Samarqandda non olishga chiqsa bir to'da guruh mashinaga bosib-o'g'irlab ketsa, Toshkentga o'qish-ishga kelib ijarada tursa u yerda zo'ravonlikka uchrasa... Bilmadim. Men bunday narsalarni yengil hazm qila olmayman. Balki faqat menda shunday bo'layotgandir, har safar navbatdagi qizlarga zo'ravonlik va uning jazosini o'qisam, maktabga ketayotgan o'quvchi peshexoddan o'tayotganda urib ketilganini o'qisam ichimda "sizlar ham buni ko'ryapsizlarmi, ishqilib" degan o'y o'tadi. Bularning fonida boshqa istalgan yangilik yoki yozadigan postim solishtirganda bir tiyinlik qiymatga egadek tuyuladi. @uzbekonomics

  • 22 янв.7145из JustCatharsis

    #монолог Sen kimsan? Tongda turasan, yeydiganingni yeb, ichadiganingni ichasan-u, jo‘naysan – ISHLASHGA. Xayrlasha turib bolangni erkalagan bo‘lasan. O‘zi seni taniydimi bu bola. Unga kimsan, bilasanmi? Otasimisan? Yo‘q, sen uning har tong uzog‘i yarim soat ko‘radigan odamisan. Ha, alamlimi? O‘zingni ovutishgayam bahonang bor. Ishlayampan, deysan. Ishlab nimani qoyillatib qo‘yding?.. Hech narsani do‘ndirmaganing kabi o‘zingni ham yemirayotganingni bilasanmi? Dadangning "Otam kechasi biz uxlaganda uyga kelgan, tongda uyg‘onmasimizdan ishga ketgan" degan gapini eslab, hech bo‘lmasa, ertalab bolamni ko‘ryapman-ku" deb o‘zingga tasalli berasan. Ba’zan bolang bilan o‘ynagan kishi bo‘lib, ishga kechroq borasan. Shu sening o‘zingcha fidokorliging. Ha, to‘g‘ri, kayf-u safo qilib yurganing yo‘q. Lekin bolangdan, oilangdan o‘g‘irlayotgan vaqtlaringni nimaga sarflayapsan. Deraza-teshigi yo‘q to‘rt devor orasiga qamalib, o‘zing to‘rt so‘m topib, boshliqlaringni boyitishgami? Kimsan sen? Kimsan? Odammisan? Odamman, deyishga tiling aylanadimi? O‘zi odam bo‘lish nima? Yashayapman deb o‘ylaysanmi? Yashash nima, ayt-chi? Mum tishlaganmisan? Itam hech bo‘lmasa irillab qo‘ygan bo‘lardi shuncha gapga... O‘tiribsanmi o‘zingcha o‘yga botib. O‘tiraver? Faqat "Men kimman?" deb so‘rab qo‘yma o‘zingdan. Hech kim, yo‘q, hech narsayammasligingni bilib qolma yana. Bilganingda nima? Qo‘lingdan baloyam kelmaydi-ku, chiqit... https://t.me/JustCatharsis

  • ҚВЗ финали зўр бўпти. Сўнгги 10 йилликдаги энг яхшиси!

  • Дунёнинг асл юзини ҳар сафар болалар ўз мисолларида яққол кўрсатиб беришади. Бу дунё томчи кўзёшингга арзимасди, Қобилжон...

  • 17 дек.1 0166

    — Стендап комикдан ажойиб секс-партнёр чиқади. — Нега? — Чунки у паузалар билан яхши ишлайди.

  • 8 дек.1 049

    Инсон – чексиз тасодифлар йиғиндиси.

  • 5 дек.1 1072из abubakr_fozilov

    Dahshatli va qaqshatqich muhokamaga marhamat! KitobTalking — adabiy-yumoristik loyiha. Uning navbatdagi sonida o‘ta kuchli distopiyalardan biri — “Oqsoch hikoyasi” asari haqida suhbatlashamiz! Ishtirokchilar: Abu Bakr Fozilov, Azimbek Xushmamatov, Doni Salimbayev. Mehmonimiz — yozuvchi, shoir, adabiyotshunos va tarjimon Nodirabegim Ibrohimova! 21-dekabr, soat 17:00da Manzil: Qatortol ko‘chasi, Book.uz kitob do‘koni Kirish 50 ming so‘mdan. Joy band qilish uchun @abubakr_ph'ga murojaat eting! Eslatma: Shou qiziqarli, kulgili, mulohazakor va albatta, kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘lishi kutilmoqda! Barchani kutib qolamiz! t.me/abubakr_fozilov

  • Давр сандан кетар, даврон тўхтамас...

  • Чарх авзойи бу дам аввалгиларға ўхшамас...

  • 3 дек.7372из fabulauzb

    Hamma narsa oʻzgaradi Hech narsa sodir boʻlmaydigan Beshariq tumanidan chiqib ketganimga 6 yildan oshdi. Ushbu davr mobaynida tushungan narsam — shu hayotingda barcha narsa ijobiy yo salbiy tomonga oʻzgaraveradi (agarda oʻlib qolmasang). Kun kelib sevgan, hurmat qilgan, ilhomlangan insonlaringdan nafratlanishing, ayblagan insonlaringni tushunishing yoki ularni endilikda yanada koʻproq, vujuding bilan yomon koʻrishing mumkin (masalan, dadangni). Oʻz dumi ortidan quvayotgan ilonday kun kechirayotgan bu mamlakatda hech narsa oʻzgarishsiz qolmaydi. Balki shu hayotni qiziq ham qilar. Balki aynan shu narsa oʻzingni oʻldirib qoʻyishingdan toʻxtatib turar. Oʻzgarmaydigan yagona narsa esa — yolgʻizliging.

‘Red’ — tgindex