EpsKoreya 🇰🇷
СтатистикаKerakli Kitoblar @epskoreyabot Admin @Tillo_media #E9 #E7 #viza #Koreya #Yangiliklari va #Koreaga qanday ketish bo'yicha ma'lumotlar ulashib borishga harakat qilamiz. InshaAlloh
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 214
- 1/48двое суток
- 245
- 1/72трое суток
- 264
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌚yangi kelayotgan hamma shunga imzo qo'yib kelyabdimi ? Qachondan boshlangan
⚠️ Koreyadagi o‘zbekistonlik ishchilar imzolagan tilxat bo‘yicha tekshiruv oʻtkazish talab qilinmoqda Ulsandagi HD Hyundai Heavy Industries kemasozlik korxonasida ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlarning ish joyini ruxsatsiz o‘zgartirgani uchun har oy 2 ming dollar jarima to‘lashini nazarda tutuvchi tilxat Koreyada keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Koreya Metall ishchilari kasaba uyushmasi bu tilxatni “majburiy mehnat va odam savdosi alomatlariga ega hujjat” deb baholadi. Tashkilot: ▪️ hujjatni zudlik bilan bekor qilish; ▪️ ishchilar bilan tarjimon ishtirokida alohida suhbatlashish; ▪️ jarima to‘laganlar soni va mablag‘ kimga berilganini aniqlash; ▪️ HD Hyundai Heavy Industries, pudratchilar va Ulsan shahri vakillarining jarayondagi rolini tekshirish; ▪️ jabrlangan ishchilarga undirilgan pullarni qaytarish choralarini ko‘rishni talab qilmoqda. Huquqshunoslarga ko‘ra, ish joyini o‘zgartirishga to‘sqinlik qilish Janubiy Koreyaning xorijiy ishchilarni ish bilan ta’minlash va majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunlariga zid bo‘lishi mumkin. Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/962 @vatandosh_koreya
EpsKoreya 🇰🇷 pinned «E9 vizadagilar ushbu tilxatni bekor qilshni so'rab ariza kiritib qo'yinglar»
🌚yangi kelayotgan hamma shunga imzo qo'yib kelyabdimi ? Qachondan boshlangan
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 ✉️ Taklif bering! ✉️ Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. 2026-yilning sentyabr oyida Koreyada oliy darajada "Koreya + Markaziy Osiyo" sammiti o'tkazilishi rejalangan. Bu sammitda davlat rahbarlari, shu jumladan, O'zbekiston prezidenti ham qatnashadi. Koreya hukumati hududlardagi "Chet elliklar bilan aloqa" bo'limi xodimlari orqali muammolar va takliflarni o'rganmoqda. Shu jarayonda O'zbekiston fuqarolarining fikrlari ham to'planmoqda. Sizningcha, Koreya hukumati va davlat idoralari darajasida hal qilinishi kerak bo'lgan muammo va masalalar bo'lsa, ularni quyidagi so'rovnomada yozib qoldiring. Masalan, ko'pchilikka taalluqli immigratsiya xizmati/viza, mehnat faoliyati, hujjatlar, Koreyadagi davlat xizmatlaridan foydalanish yoki qonunchilikka oid muammolar bo'lishi mumkin. Muammolar, hamda ularga aniq taklif va yechimlaringizni bildiring. Bir nechta muammo uchun takliflaringiz bo'lsa, har birini so'rovnoma orqali alohida-alohida yuborishni tavsiya qilamiz. So'rovnomada shaxsiy ma'lumot kiritish majburiy emas, kiritmasangiz ham bo'ladi. So'rovnomani to'ldirish qisqa vaqt oladi xolos. Qimmatli vaqtingiz va takliflaringiz kelajakda Koreyadagi ko'plab yurtdoshlarimiz uchun ijobiy o'zgarishlarga sababchi bo'lishi mumkin. Bildirilgan fikrlarni saralab va tartiblab, murojaat xati ko'rinishida Koreyaning tegishli tashkilotiga taqdim qilamiz. 🇺🇿 O'zbekiston fuqarosi bo'lsangiz, albatta ishtirok eting va boshqalarga ham tavsiya qiling. 🇺🇿 So'rovnoma uchun link: https://forms.gle/yXCye91jHe7PhnZHA
🌚yangi kelayotgan hamma shunga imzo qo'yib kelyabdimi ? Qachondan boshlangan
Мен Азизбек Тоштемиров бугун Ўзбек халқига мурожаат қилмоқчиман. Барча Ўзбек халқини, оммавий ахборот воситаларини, бугунги кунда содир бўлаётган мен ҳақимдаги турли ҳил асоссиз айбловларга ишонмасликка чақириб қоламан. ДХХ, Прократура ҳодимлари ва ушбу…
Мен Азизбек Тоштемиров бугун Ўзбек халқига мурожаат қилмоқчиман. Барча Ўзбек халқини, оммавий ахборот воситаларини, бугунги кунда содир бўлаётган мен ҳақимдаги турли ҳил асоссиз айбловларга ишонмасликка чақириб қоламан. ДХХ, Прократура ҳодимлари ва ушбу ишларни кўриб чиқаётган, кўриб чиқиши мумкин бўлган барча Суд органи Судьяларидан ноқонуний тергов ва тазйиқларни зудлик билан тўхтатишингизни сўрайман. Менга нисбатан қўзғатилган ушбу жиноий иш аслида (Заказная статья) “Ҳақиқий коррупционерлар” томонидан ўзларини жиноятларини яшириш мақсадида берилган буюртма эканини айтиб ўтмоқчиман. 1. Қанақа 90 миллион $? Қани ўша пуллар? Агар бу пуллар бор бўлса олган одамлар қонун олдида жавоб берсин. Агар ўз исботини топмаса туҳмат қилганлар жазолансин. Чунки мен адолат тарафдориман. 2. Қачонгача бизда хоким ёрдамчилари қамалади? Қачонгача майда ходимлар айбдор бўлади? Қачонгача биз адолатни бошқа давлатлардан излаймиз? 3. Мен Ўзбекман ва мен бундан фахрланаман. Улар мени тилимни кесишлари мумкин, балки бошимни хам чопишар. Лекин мен ҳеч қачон туҳмат олдида тиз чўкмайман !!! Зеро Ўзбек халқи хақиқатни билишга хаққи бор экан бугундан бошлаб ушбу каналда Миграция Агентлиги рахбарларининг криминал ишлари ҳақида барча ФАКТларни жойлаштириб бораман.
Ўзбекистонда Кореяга ишга юбориш билан боғлиқ коррупцион схема фош этилди Миграция агентлиги мансабдорлари ва бошқалар Кореяга ишга юбориш учун жиноий гуруҳ тузиб, расмий тўловлардан ташқари одамлардан 7-12 минг доллардан қарийб 90 млн доллар йиғгани маълум бўлди, дея хабар берди Бош прокуратура Департаменти. Бу жиноий гуруҳ фаолиятидан жабр кўрган шахслар зудлик билан 71 233 10 07 рақамли ишонч телефони орқали Департамент билан боғланиши сўралмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/32706397 Kun.uz расмий канали
📢 E-9 VA E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLAMOQCHIMISIZ? 📌 Migratsiya agentligi va "HD Hyundai Heavy Industries" hamkorligida kemasozlik sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslariga yilning 2-tanlovi bo'lib o'tadi! 📌 Loyiha doirasida 2025-yilda jami 408 nafar ishtirokchidan, 367 nafari bugungi kunda "Hyundai" zavodlarida ish boshlagan. 📍O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi. (O'qish va yotoq joy xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan to’lab beriladi). 💰Minimal oylik: 2,156 von (~1428$) ❓Е 9 vizasi uchun loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin: ▪️SPAS elektron bazasida ish izlovchilar orasidagi; ▪️ EPS-TOPIKning kemasozlik va ishlab chiqarish imtihonlarida 80+ ball olgan, 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikati bor; ▪️ Bazada 2026 -yil 28 - avgustdan keyin kamida 6 oy amal qilish muddatiga (2027-yil fevralgacha) ega bo'lgan 20-35 yosh oralig'idagi nomzodlar. 🔹 Bakalavr diplomiga ega elektriklar uchun E-7 vizasi bo'yicha tanlov!!! 📌 Talablar va hujjatlar: ▪️ Elektrik yo‘nalishda bakalavr diplomi; ▪️ yosh chegarasi - 22-yoshdan 35 yoshgacha; ▪️ Sudlanmagan va Koreya elchixonasidan viza rad javobi olmagan nomzodlar; ▪️ Koreys tilini bilish (sertifikat ustunlik beradi). ▪️ Anketa ▪️ Tilxat ▪️ Pasport nusxasi (rangli) ▪️ 2 dona foto (3.5×4.5) ▪️ Til sertifikati (mavjud bo‘lsa) ▪️ (E-7 uchun) Diplom nusxasi 🗓 Muhim sanalar: ✅ Hujjatlar 9-apreldan 17-aprelgacha Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi 📍Hududiy filiallar mazillari ✅ test +Suhbat: 27-aprel – 1-may ✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni: 2026-yil 6-may ✅ O‘qish muddati: 8-iyun – 28-avgust (taxminan 3 oy) ✅ Yakuniy baholash: 2026-yil 28-avgust ✅ Yakuniy natijalar e’loni: 2026-yil 4-sentabr 🚫 Eslatma: Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi! ⚠️ Muhim: Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi. 📞 Ma'lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam: 241, 243, 244) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
🇰🇷 KOREYADA ISHLASH UCHUN KEYINGI QADAM ❗️EPS-TOPIK–2026 imtihonlarida ishtirok etish maqsadida joriy yilning 9–12-mart kunlari onlayn ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar soni 8158 nafarni tashkil etdi. 🔹 Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha: 7624 nafar 🔹 Xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha: 534 nafar 📅 Imtihon sanalari: 🔸 Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 6–22 aprel kunlari 🔸 Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi nomzodlari uchun: 2026-yil 23-aprel kuni 📌Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar: 1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan hamda belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kirishlari mumkin emas. 2. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi. 4. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi. Migratsiya agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtganlarni Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Faqatgina Koreya ish beruvchilari tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Imtihonlar “Bilim va malakalarni baholash agentligi”da bo'lib o'tadi. 📍Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, 12-uy. 📍Lokatsiya Diqqat! Avtoturargoh bo'lmaganligi sababli sizdan mashinasiz kelishingizni so'rab qolamiz! ❗️Nomzodlar belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 👉 Ishlab chiqarish sohasi nomzodlari ro'yxati 👉 Xizmat ko'rsatish 1 sohasi nomzodlari ro'yxati ☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 (qisqa raqami) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Ertaga 사전평가 imtihoniga regstratsiya ekan✅
видео или голосовое, без подписи
#foydali Koreyaga borishdan oldin hamma bilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar! Faylda mualliflik belgisi yo'q. Bemalol olib foydalansanggiz bo'ladi. Barcha o'quv markazlar va Konsaltingchilar foydalansanggiz bo'ladi! https://t.me/abdulmaliknabiev
🇰🇷 EPS-TOPIK 2026! Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. 🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola beriladi) 🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) 📌 Talablar: ▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; ▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 9-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 10-mart sanasidan keyin tug‘ilgan) ▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim. 📎Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak? ✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format); ✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format); ✔️ Faol telefon raqami; ✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida) ⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar. ⁉️ Yuqoridagi shartlar asosida imtihonda ishtirok etish istagingiz bo'lsa ➡️havola so'zini ustiga bosib javobingizni qoldiring! Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
🌚epstopik imtxon bo'lar ekan
🌟 2026-yil aprel oyida E9 ishchi vizasi uchun O‘zbekistonda bo‘lishi rejalashtirilayotgan imtixon jadavali Koreya rasmiy saytida eʼlon qilindi. Imtixon: Ishlab chiqarish va Servis1 sohalariga bo‘lishi kutilmoqda. Registratsiya va imtihon kunlari aniq sanasi haqida hali maʼlumot berilmagan. Rasmiy va ishonchli xabarlarni kanalimizda kuzatib boring @epskorea1 🌟 @ishborkoreya1🌟 @e8vizasi 🌟 Tanlov va shartnoma guruhi 2026Koreyaga ketuvchilar Koreyaga borib kelganlar Koreyaga borib kelganlar 2025 Ishlab chiqarish 2024
https://youtu.be/4Ydk4515bw8?si=PSPQQHR2-nPeFEYo
🇰🇷📚 KIIP 2026-yil 1-semestr ro‘yxatdan o‘tish boshlanmoqda! Koreyada yashayotgan chet elliklar uchun KIIP — Ijtimoiy integratsiya dasturi bo‘yicha 2026-yil 1-semestr kurslariga ro‘yxatdan o‘tish tez orada ochiladi. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish sanalari (darajaga qarab): • Level 0: 5-yanvar (dushanba) • Level 1–4: 8-yanvar (payshanba) • Level 5: 12-yanvar (dushanba) 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish Socinet (사회통합정보망) rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi. ✅ Kimlar ro‘yxatdan o‘ta oladi? • Pre-test yoki TOPIK natijasiga ko‘ra darajasi belgilanganlar • Sizning darajangizga mos kurs Socinet saytida rasmiy e’lon qilingan bo‘lsa 📌 Eslatma: ro‘yxatdan o‘tish sanalari hudud yoki o‘quv markaziga qarab biroz farq qilishi mumkin. 📢 Koreys tilini o‘rganish va vizaga bog‘liq ballarni yig‘ish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
видео или голосовое, без подписи