Садиёрбек || shaxsiy
Статистика🌏Добро пожаловать в мой мир 🎓КФУ г.Джизах 3/5 Фармацевт 👑Лидер молодёжи и Советник директора по вопросам молодёжи филиала КФУ в г.Джизаке. для обращения: @Farmaseft_21 🇩🇪🇺🇿🇷🇺
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 18:05
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 15
- 1/48двое суток
- 17
- 1/72трое суток
- 18
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎉 Mandat chiqdi! Do‘stlar, nihoyat mandat natijalari e’lon qilindi! O‘qishga kirgan barcha tanishlarimni, ukalarimni va yaqinlarimni chin qalbimdan tabriklayman! Xushxabarni eshitib, juda xursand bo‘ldim. Talabalik muborak bo‘lsin, barchangizga omad yor bo‘lsin! 🥳🙌 Bu safar omadi kelmagan, o‘qishga kira olmagan yaqinlarim — aslo tushkunlikka tushmang va kayfiyatni tushirmang! Hammasi hali oldinda. Harakatdan to‘xtamang, keyingi yil bundan ham xayrli va yaxshi bo‘ladi inshaalloh. Unutmang, har bir ishda bir xayr bor! 💪✨
Дафтар-ручкадан ўроққача... 🌾👨🌾 9-10 ой давомида тинмай дафтар-ручка ушлаб юрган бўлсам, чет элга саёҳат ва катта шаҳарлар шовқинидан кейин уйга қайтгач, қўлга ўроқ олишга тўғри келди. Бундай оддий қишлоқ ҳаёти ва дала ишлари мен учун энг зўр дам олиш ва қувват олиш манбаи бўляпти. Баъзан мана шундай оддийлик ҳам керак экан. ✨ Яқинда яна янги марралар ва қайноқ постларга қайтамиз. Ҳозирча эса ҳаммага даладан салом!☀️
📚 Bir qiziq tajriba... ChatGPT'dan: "Men haqimda kitob yozilsa, nomi nima bo'lardi?" deb so'radim. U esa kitob nomini "YO‘L HALI DAVOM ETADI" deb tanladi. Tagiga esa: "Bir talabaning orzudan maqsad sari yo‘li." Rostini aytsam, bu nom menga juda ma'qul bo'ldi. Chunki har bir erishilgan yutuq — bu hali yo'lning oxiri emas, balki yangi bosqichning boshlanishi. Sizningcha, bu kitobning birinchi bobi qanday nomlanishi kerak? 📖
без подписи
#Tayinlov Berdiyorova Shoyira Xayitovnani yangi mas'uliyatli lavozim — Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax viloyati hududiy markazi direktori etib tayinlanganliklari bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🤝✨ Shoyira Berdiyorova ushbu tayinlovga qadar Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali Talabalar turar joyi (TTJ) tarbiyachi-pedagogi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan edilar. Xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, og'ir vaziyatga tushgan ayollarga ko'maklashishdek ezgu va juda mas'uliyatli yangi faoliyatingizda Sizga sihat-salomatlik, kuch-g'ayrat, sabr va ulkan zafarlar tilaymiz! 🏔️💼 Yangi cho'qqilarni zabt etishda omad va muvaffaqiyat hamisha yor bo'lsin! 👏🚀 Yangi lavozim muborak bo'lsin, Shoyira Xayitovna! 🥳
без подписи
Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин, ҳурматли Президент! Бугун, 24 июль куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев таваллуд топган кунлари. Бугунги қутлуғ айёмда мамлакатимизнинг барча интилувчан, шижоатли ва фаол ёшлари номидан Юртбошимизга энг самимий тилакларимизни йўллаймиз! Биз — Ўзбекистон ёшлари, бизга кўрсатилаётган юксак ишонч, яратиб берилаётган кенг имкониятлар ва порлоқ келажакка бўлган эътибор учун чуқур миннатдорлик билдирамиз. Юртимиз тинчлиги ва халқимиз фаровонлиги йўлидаги олижаноб ва фидокорона меҳнатларингизда Сизга мустаҳкам соғлиқ, туганмас куч-ғайрат ва улкан зафарлар ёр бўлишини тилаймиз. Халқимизнинг чин меҳри, юксак ишончи ва қўллаб-қувватлаши Сизга доимо ҳамроҳ бўлсин! Ватанимиз дунёдаги энг ривожланган ва қудратли давлатлар қаторидан мустаҳкам ўрин эгаллаши йўлида Сиз билан елкадош бўлишдан фахрланамиз!
Qozon, senga rahmat! Men hali albatta qaytaman!💔👋 Yozgi Universitet loyihasi doirasidagi 14 kunlik unutilmas sarguzashtimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi. Bu vaqt men uchun shunchaki safar emas, katta hayot maktabi bo‘ldi: ✨ Yangi do‘stlar: Dunyoning turli chekkalaridan kelgan ajoyib insonlar bilan tanishdim. 📚 Katta tajriba: O‘z bilimimni sinab ko‘rdim, tinmay harakat qildim va kutilgan natijalarga erishdim. 🗺 Unutilmas sayohatlar: Qozon shahrining go‘zal ko‘chalari, sirli orollar va moviy ko‘l bo‘yidagi sayrlar umrbod yodda qoladigan bo‘ldi. 🕌 Boy tarix: Tataristonning qadimiy va boy tarixi bilan yaqindan tanishdim. Ushbu safarni men uchun qadrli qilgan barcha do‘stlarimga va ustozlarimga kattakon rahmat! Men sizlarni va go‘zal Qozon shahrini hech qachon unutmayman.Yana ko‘rishguncha! 🎓✈️
без подписи
🏆 Yana bir quvonchli yangilik! Bugun yana 2 ta loyihada muvaffaqiyatga erishdik. 🥉 Birinchi loyihada jamoamiz bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdik. 🥇 Ikkinchi loyihada esa men uchun kutilmagan natija bo‘ldi — 1-o‘rin sohibi deb e'lon qilindim. Eng quvonarlisi, ushbu loyihada ishtirok etgan 25 ta davlat vakillari orasidan atigi 4 nafar ishtirokchi 1-o‘rin bilan taqdirlandi. Shukrki, men ham ana shu g‘oliblar safidan joy oldim. Ushbu yutuq evaziga biz Qishgi RosAtom xalqaro loyihasining 10 kunlik dasturida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Bu men uchun katta sharaf va unutilmas tajriba bo‘ladi. Oldinda yanada katta marralar sari! 🚀
Bir yarim yillik tanaffusdan soʻng, mutlaqo boshqa shaharda qadrli ustozim bilan koʻrishish nasib qildi. Katta quvonch va unutilmas lahzalar! Viktor Andrevich 🤝
без подписи
без подписи
Mening yangi qo‘l mehnatim: Mashhur "Qozon mushugi" (Кот Казанский)! 🐈⬛
без подписи
Bugun Qozon shahridagi muhtasham Galiaskar Kamal teatrining yangi binosiga sayohat qildik. ✨
без подписи
Rassom bolmasamda quldan kelganicha harakat qildim😀
Bugun hayotimdagi eng aziz inson – onajonimning tugʻilgan kunlari! ❤️ Dunyoga kelishimga sababchi boʻlgan, oq yuvib, oq taragan, har bir yutugʻimdan mendan koʻproq quvongan mehribonim! Sizning borligingiz — mening eng katta baxtim, xonadonimizning fayzi va chirogʻisiz. Allohim sizga uzoq umr, mustahkam sogʻliq va cheksiz baxt ato etsin. Dadajonim bilan birga biz farzandlaringizni kamolini koʻrib, doimo boshimizga toj boʻlib yuring. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, dunyodagi eng goʻzal Onajonim! 🥳🎉 Sizdek duogoʻyim borligiga shukr!
без подписи