tgindex
ERTAKTERAPIYA

RoviTalk, sizlar uchun maxsus, davolovchi ertaklarni taqdim etadi. Bu ertaklar bolalardagi nozik kasalliklarga, tarbiyaga oid muammolarga va asab kasalliklarining yechim sifatida taqdim etiladi. Murojaat uchun: Tel.: +998900981166 @ertakterapiya_admin

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Психология (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 447
−10 за 4 дн.
Сутки
−5
−0,34%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 088
21 постов
Вовлечённость
282,5%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
455
1/48двое суток
521
1/72трое суток
562

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ​​​​🔊 FAQAT ERKAKLAR UCHUN! - O'G'IL TARBIYASIDA OTANING O'RNI. →

  • 13 авг.4661711

    Boladagi asabiylikning asosiy sabablari  ​Ota-ona va oiladagi muhit . Bola ota-onasining gapi va xatti-harakatiga taqlid qiladi. Oiladagi Baqir-chaqir, janjal va ota-onaning o'zidagi surunkali stress bolaning asab tizimiga bevosita o'tadi.  ✅️​Axborot va ekran toliqishi : Telefon, kompyuter va shovqinli gajetlar bolaning miyasini tezkor va ortiqcha axborot bilan toliqtiradi. Natijada miya bu yuklamani ko'tarolmay, tajovuzkorlik va injiqlik bilan javob qaytaradi.  🚫🚫​Chegaralarning yo'qligi yoki haddan tashqari qattiqqollik: Bolani o'ta erkalatib yuborish ham, har bir qadamini nazorat qilib tazyiq o'tkazish ham uning ruhiyatida ichki qarshilik hamda xavotirni keltirib chiqaradi.  🫢🫢🥲​Tuyg'ularini ifoda eta olmaslik: Kichik yoshdagi bolalar ichki charchoq, qo'rquv yoki ehtiyojlarini so'z bilan aytib bera olmagani uchun xarakterida tajovuz va yig'i paydo bo'ladi.  ​✅✅❤️Asabiylikni bartaraf etish yollari ​Ota-ona avvalo o'zini va muloqot tilini o'zgartirishi: Boladan tinchlanishni talab qilishdan oldin ota-ona o'z ovoz tonini va emotsiyasini jilovlay olishi kerak. Bolaga baqirib tarbiya berib bo'lmaydi — "Chiroyli so'zlang va shu holingiz bilan namuna  bo'ling".  ​Ekran va raqamli vositalarni cheklash: Gadjet va televizor vaqtini sekin sekin kamaytirib, o'rniga jismoniy harakatlar (sayr, sport, o'yinlar) va kitob o'qishni ko'paytirish kerak.  Bu albatta siz bilan bolsin Jismoniy harakat orqali ortiqcha energiya va ichki bosim chiqib ketadi.  ​"Tushunish va qabul qilish" uslubi: Bola asabiylashganda va baqirganda unga baqirmang yoki jazolamang. Aksincha, bag'ringizga bosib, tuyg'usiga nom bering: "Sening jahling chiqayotganini tushunib turibman, charchadingmi?" deb uning holatini tan oling.  ​Tartib va kun tartibi: Bolaning uyqu, ovqatlanish va dam olish vaqtlarini bir maromga solish lozim. Uyqusi va oziqlanishi yetarsiz bo'lgan bolaning asab tizimi juda mo'rt bo'lib qoladi.  ​ Bolaning asabiyligi — bu uning yomon xulqi emas, balki ichki yordam so'rab qilayotgan chaqiriqdir. Uni bosim bilan emas, mehr, aniq chegaralar va ota-onaning o'z xotirjamligi orqali davolash mumkin.

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг.6311511

    без подписи

  • Устоз Муслим Холдаров Эртактерапия курси буйича..

  • 11 авг.6842018

    👫ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ Бола тарбиясида «-ма» қўшимчасидан фойдаланмасликка ҳаракат қилинг: тегма — синдирасан, қилма — барибир қўлингдан келмайди, чопма — йиқиласан. Ўз болангизни инкор этувчи ҳаракатларга ўргатманг. Яхшиси, бундай денг: «Пиёлани стол четидан нарироққа суриб қўй», «Секинроқ югур! Тиззаларингни авайла!», «Уриниб кўр! Агар қийинлик қилса, мени чақир» ва ҳоказо; Фарзандингизни бошқалар билан солиштираверманг. Уни ўзи билан таққосланг: «Кеча иккита сўзни ўқиб ёдлагандинг, бугун эса учтасини. Баракалла!»; Болажонингизнинг камчиликлари ҳақида бошқа бировга унинг ёнида гапирманг. Бола нима биландир банд бўлиб, ҳеч нарсани эшитмаяпти, деб ўйласангиз, қаттиқ янглишасиз!

  • 10 сент. 2025 г.10,7 тыс5940

    Bizning ongimizda o‘yin o‘ynash bekorga vaqt o‘tkazish bo‘lib shakllangani uchun uni faqat bayramlarda o‘ynash mumkin degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Ammo, Gari Lendret aytganidek, «qushlar uchadi, baliqlar suzadi va bolalar o‘ynaydi». Boshqacha qilib aytganda, bu dunyodagi bolaning eng ajralmas rivojlanish ehtiyoji o‘yindir. Shu sababli, biz bolalarimizni maktab vaqti yoki biror bayram bo‘lmasa ham, iloji boricha o‘ynashga undashimiz va o‘zimiz ularga hamroh bo‘lishimiz kerak. Shunday qilib, biz bolamizning rivojlanish ehtiyojlarini qondiramiz, u bilan aloqa o‘rnatamiz va uning dunyosida mehmon bo‘lamiz. Hech kim mehmonni xafa qilishni xohlamaydi. Farzandimizning dunyosiga qanchalik ko‘p kira olsak, rishtalarimiz shunchalik mustahkam bo‘ladi. Hadicha Kubro Tongar @ertak_terapiya

  • 🌅 Ertalabki eng katta sinovlardan biri — bolalarning bog‘cha yoki maktabga borishni istamay, xarxasha qilishi. Ko‘pchilik ota-onalar buni boshdan kechirgan va bu holat butun kunlik kayfiyatga ham ta’sir qilishi sir emas. Ba’zan turli usullarni sinab ko‘ramiz, ammo natija ko‘rinmay qoladi. Shu paytda oddiygina, lekin ta’sirchan yo‘l ham borligini ko‘pchilik bilmaydi. ✨ Ertakterapiyada aynan shu muammoga yordam beradigan maxsus ertaklar tayyorlangan. Bola ertakni tinglar ekan, nafaqat xotirjam bo‘ladi, balki ertalabki kayfiyat ham asta-sekin ijobiy tomonga o‘zgaradi. 📌 Batafsil ma’lumot uchun: @ertakterapiya_admin1 @ertak_terapiya

  • O‘qituvchi va ota-ona bir tomonda, bola esa boshqa tomonda bo‘lishi kerak emas. Uy vazifasini bolaga jazolash yoki qo‘rqitish vositasi sifatida ishlatish emas aksincha, bolani tushunib, uni qo‘llab-quvvatlash, his-tuyg‘ularini ifoda etishiga imkon yaratish ota-onaning burchidir. Bolaning salbiy munosabatini kuchaytiradigan gaplardan saqlanish, uni ruhlantirish va yordam berish lozim. Ya’ni ota-ona va o‘qituvchi raqib emas, bir jamoa bo‘lib bola o’sishiga hissa qo‘shishi zarur. #Maktab #Dars @ertak_terapiya

  • Hozirgi vaqtda bolalar texnologiya davrida ulg‘aymoqda va ular uchun planshet, telefon, kompyuter tabiiy hol. Shuning uchun ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida uy vazifasi va texnologiyadan foydalanish masalasida ziddiyatlar tug‘iladi. Muammoning yechimi - oilada umumiy kelishuvga kelish, bolalarning yoshi va kun tartibini inobatga olgan holda planshet, telefon va televizor uchun adolatli vaqt belgilashdir. Vaqt oralig‘i aniqlangandan so‘ng, masalan kuniga bir soat ekran vaqtiga qaror qilingandan so‘ng, bola bu soatdan uy vazifasidan oldin yoki keyin foydalanishini o‘zi hal qilishi kerak. Maktabgacha yoshdagi davrdan tashqari, har bir bola o‘z hayotida bu qarorni qabul qilish uchun yetarli darajada so‘z aytishga loyiq. Bu o‘rinda u ajratilgan soatdan qachon foydalanishidan ko‘ra balki unga ajratilgan vaqtdan oshib ketmasligini tekshirish ota-onaning vazifasidir. Agar o'sha vaqtdan o‘tib ketilmasa uy vazifasini bajarishdan oldin yoki keyin qo‘llaniladigan texnologiya katta muammo emas. @ertak_terapiya

  • Farzandimizning uy vazifasini bajarishga moslashishi biz, ota-onalarning uy vazifasiga qanday ma’no berishimizga bog‘liq. Agar biz buni uy vazifasini qilib qo‘yish kerak bo‘lgan yumush sifatida, «darhol uy vazifangga o‘tir, bo‘lmasa o‘ynamaysan» degan tahdid vositasi sifatida taqdim qilsak, farzandimizdan bolalik quvonchini tortib olgan bo‘lamiz. Bolaning uy vazifasini o‘rganish, yangi narsalarni kashf qilish va bilimini mustahkamlash jarayoni sifatida tushunishi uy vazifasini bajarishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Shuni unutmasligimiz kerak: Uy vazifasi ham farzandimizning xonasini ozoda saqlash, idish-tovoqni idish yuvish mashinasiga qo‘yish, jamoat joylarida boshqalarga xalaqit bermaydigan ohangda gapirish kabi vazifalardan bittasi hisoblanadi. Albatta, uy vazifasi (o‘qish) ni muntazam bajarish qobiliyati insonning hayotiy muvaffaqiyatiga muhim hissa qo‘shadi, ammo buni hayotning yagona haqiqat deb hisoblash bizni va bolamizni stress holatiga duchor qiladi. Xadicha Kubro Tongar @ertak_terapiya

  • Bolalar tabiatan yangiliklarga qiziquvchan, energiyaga to'la, o'rganishga ishtiyoqi baland bo'ladi. Unda nega dars qilgisi, uy vazifasini bajargisi kelmaydi? @ertak_terapiya

  • Maktablar boshlandi. Ota-onalarning har kunlik so'zlashuviga esa "uy vazifangni bajar " so'zi yana qaytdi😄 @ertak_terapiya

  • Jismoniy zo‘ravonlik – 18 yoshga to‘lmagan bolaga yoki o‘smirga ota-ona, tarbiyachi yoki ular bilan birga ijtimoiy hayotda ishtirok etayotgan kattalar tomonidan ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan biror narsa ishlatib (yoki ishlatmasdan) urish, itarish, silkitish, kuydirish, tishlash, yoki shikast yetkazish kabi jismoniy shikastlanish xavfi bo‘ladigan holatdir. Shu nuqtai nazardan, biz bolamizni har safar urganimizda, kaltaklaganimizda, shippak otganimizda, chimchilaganimizda, qo‘lidan tortganimizda, turtganimizda yoki itarganimizda uning jismoniy mahramligiga xavf solib, o‘zini himoya qilish qobiliyatini pasaytirib yuboramiz. Bolani kaltaklash unga: «Men sendan kuchliman. Men senga xohlaganimcha munosabatda bo‘laman, men seni xafa qila olaman» degandek tuyuladi. Darhaqiqat, tajovuzkorlar va zo‘rlovchilar ham aynan shunday deydi. Xadicha Kubro Tongar @ertak_terapiya

  • Bolaga shirinlik iste’mol qilishni qanday taqiqlash kerak? Hozirgi bolalarda shirinlikka bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani hammamizga ma’lum. Shirinliklar zararli ekanligini bilsak-da, ulardan butunlay voz kechish qiyin. Ko‘plab ota-onalar bolalarining shirinlik iste’molini nazorat qilishga harakat qilsa-da, bayramlar yoki ta’til paytida bu cheklovlar o‘z kuchini yo‘qotadi. Buning sababi oddiy: biz, kattalar ham, shirinliklardan voz kecha olmaymiz, bolalarimiz esa bizdan o‘rnak olishadi. Bolada odatni shakllantirish Ota-ona sifatida vazifangiz bolangiz iste’mol qiladigan shirinlik miqdorini tartibga solishdir. Bolani to‘liq cheklash yoki shirinliklardan butunlay mahrum qilish esa teskari natija berishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qat’iy taqiqlar kelajakda psixologik bog‘liqliklar va haddan tashqari istaklarga olib keladi. Shuning uchun iloji boricha ertaroq bolaga to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish kerak. Shirinliklar o‘rniga tabiiy shirin mahsulotlar (mayiz, asal) va mevalarga o‘rgating. Ularni eng mazali va foydali yeguliklar sifatida taqdim eting. Ovqatni oddiy qabul qiling Shirinliklarni taomning eng muhim qismi sifatida ko‘rsatmaslik lozim. Ularga bonus yoki mukofot deb qarash noto‘g‘ri yondashuvdir. Axir biz ovqatni faqat mazali ta’m olish uchun emas, balki organizmga foydali moddalarning kirishini ta’minlash uchun iste’mol qilamiz. Shirin ta’mdan tashqari boshqa taomlar ham lazzat baxsh etishini bolaga tushuntirish kerak. Ota-onaning ovqatlanish madaniyatiga yondashuvi bolaning kelajakdagi odatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun shirinliklarga haddan tashqari qiziqishning oldini olish ota-onalarning mas’uliyati hisoblanadi.

  • FARZANDINGIZ UCHUN NAMUNA BO‘LING 0–6 yoshli bola uchun eng samarali o‘rganish usuli bu «modellashtirish»dir. Bolaning xarakteri va shaxsiyatiga 80 foiz ta’sir ko‘rsatadigan ota-onasini xuddi videokamera singari tinimsiz kuzatadi va ularning voqea-hodisalarga nisbatan pozitsiyasini, reaksiyasini, nuqtai nazarini o‘rganib, o'zlashtiradi va ongiga modellashtirish orqali o‘z hulq-atvorini, tabiatini shakllantirib boradi. @ertak_terapiya

  • Bolalar televizor qarshisida odatdagidan ko‘proq, ortiqcha qiyinchiliksiz va tezroq ovqatlanishadi. Buning sababi muntazam almashib turuvchi harakatli va rangli ekran tasviri bolaning qisqa muddatli diqqatining davomiyligini ta’minlaydi. Algoritm shunday yuz beradi: qisqa muddatli diqqat sohibi bo‘lgan bolalar ekran qarshisiga o‘tkaziladi, televizordagi davomiy harakatlar bola diqqatidagi qisqa muddatni uzaytiradi va bola o‘zi payqamagan holda og‘zini ochadi. Onalar bu qulay fursatdan ustalik bilan foydalanib vitaminga boy sho‘rvadan qoshiqcha olib, bolaga ichirib yuboradi. Keyin navbatdagi qoshiq, so‘ngra yana bir qoshiq va nihoyat oxirgi qoshiq sho‘rva ham orqama-ketin ichilib, bolakayning oshqozoni bilan topishadi. Shu tariqa kosadagi butun ovqat osongina va hatto «o‘ynab-kulib» tugatiladi. Ammo sog'lom ovqatlanish ko'nikmalariga ega bo'lish uchuun bola tanovul vaqti kelganini hamda taom yeganini bilishi zarur. Bu esa bolaning o'zi his qilgan holda, o'zi sinab ko'rgan holda egallanadigan malakadir.

  • Ertakterapiya foydalanuvchilarining fikrlari😊 Murojaat uchun: 👇👇👇 @ertakterapiya_admin1 @ertak_terapiya

  • Ba'zi ota-onalarning farzandlariga zararli yegulik berayotganini sabablaridan biri «Baribir u hech narsa yemayapti, agar shuni ham bermasam, butkul och qoladi», deb o‘ylashidir. Sog‘lom ovqatlanish tartibini yo‘lga qo‘ya olmagan bolalarning onalari ularga tayyor piroglar, pechenye, chips berib qorinlarini to‘yg‘azishga urinashadi. Sababi so‘ralganida esa «Axir nima qilishim kerak, bolam faqat shuni yeydi, bo‘lmasa och qoladi-ku», deya o‘zlarini oqlashadi. Holbuki, javob oddiydir: ha, to‘g‘ri, bola och qolishi kerak, chunki jismoniy bir muammosi bo‘lmagan har qanday inson ochiqqanini his etishi bilan tanovul qilish taraddudiga tushadi. Bu vaziyatda esa bolasiga nosog‘lom yeguliklar emas, balki sog‘lom taomlar taqdim etgan onalar farzandi uchun eng to‘g‘ri qadamni tashlagan bo‘ladi. @ertak_terapiya