Energiya samaradorligi milliy agentligi
Статистика📍Energiya samaradorligi milliy agentligi 🇺🇿 Energiya samaradorligini oshirishga oid rasmiy yangiliklar va foydali maslahatlar Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi 🌐 https://gov.uz/esma
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 212
- 1/48двое суток
- 242
- 1/72трое суток
- 262
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Olmaliq shahrida 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumida aholini barqaror va sifatli issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, isitish infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. O‘rganishlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi rahbari Ziyoviddin Badriddinov, “Issiqlik ta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom Turayev va Olmaliq shahar hokimi Barhayot Meliyev ishtirok etdi. Tashrif davomida shahardagi issiqlik ta’minoti infratuzilmasining holati, ko‘p qavatli uy-joylarning ichki isitish tizimlari hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi. Mavjud tizimlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, issiqlik tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kuz-qish mavsumida issiqlik ta’minotining barqarorligini ta’minlashda energiya samaradorligi muhim omil bo‘lib, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Shu bois, zamonaviy energiya samarador texnologiyalarni joriy etish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Batafsil Kanallarimizga ulaning: 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #42 🪟 Quyosh tushadigan oynalarni himoyalang. Jazirama kunlarda quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonaga tushishi ichki haroratning tez ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kunning eng issiq vaqtida quyoshga qaragan derazalar orqali xonaga katta miqdorda issiqlik kirishi mumkin. 🏙 Derazalardan kiradigan issiqlikni kamaytirish uchun qalin pardalar, jalyuzilar, rolik pardalar yoki quyoshdan himoyalovchi boshqa vositalardan foydalanish mumkin. Bu xona haroratini nisbatan barqaror saqlashga va konditsionerning ortiqcha ishlashining oldini olishga yordam beradi. ❗️Quyosh nurlarining xonaga kamroq kirishi — xonaning kamroq qizishi va sovutish qurilmalariga tushadigan yuklamaning kamayishiga yordam beradi. ✅ Imkon bo‘lsa, quyoshdan himoyalovchi oynalar yoki maxsus qoplamalardan foydalaning. Kechqurun havo salqinlashganda derazalarni ochib, xonani tabiiy shamollating. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_42 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Kanallarimizga ulaning: 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #41 🫥Ventilyatordan samarali foydalaning 💨 Jazirama kunlarda ventilyator xonadagi havoni harakatlantirib, insonda salqinlik hissini hosil qiladi. Biroq ventilyator xona haroratini konditsioner kabi pasaytirmaydi. Shuning uchun undan oqilona foydalanish muhim. ❕Agar xonada hech kim bo‘lmasa, ventilyatorni yoqib qo‘yish ortiqcha elektr sarfiga olib keladi. Xonada bo‘lgan paytda esa ventilyatorni inson tomon yo‘naltirish va zarur bo‘lmaganda o‘chirib qo‘yish mumkin. Kechasi yoki xona nisbatan salqin paytlarda deraza orqali tabiiy havo almashinuvini tashkil etish ham samarali usullardan biridir. ❗️Ventilyatorni faqat zarur bo‘lgan vaqtda ishlating va xona bo‘shaganda uni o‘chiring. Ventilyator havoni sovutmaydi, balki havo oqimi orqali tanadagi issiqlik almashinuvini tezlashtirib, salqinlik hissini beradi. ✅ Imkon qadar tabiiy shamollatishdan foydalaning. Ventilyatorni muntazam tozalab turing. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_41 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #40 ☀️Uyda ortiqcha issiqlik hosil qilmang Jazirama kunlarda uyda ishlatiladigan ayrim elektr jihozlari qo‘shimcha issiqlik chiqaradi. 🌟🥘♨️Elektr pech, duxovka, dazmol, quritgich kabi qurilmalarni kunning eng issiq vaqtida uzoq ishlatish xona haroratining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada konditsioner ko‘proq ishlaydi va elektr energiyasi sarfi ortadi. 🔠 Jazirama paytda uyda ortiqcha issiqlik hosil qiladigan elektr jihozlaridan foydalanishni kamaytiring.Ovqat tayyorlashda esa imkon qadar kamroq issiqlik chiqaradigan usullardan foydalanish mumkin. ‼️Xonadagi issiqlik manbalari kamaytirilsa, konditsionerga tushadigan yuklama ham kamayadi. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_40 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #39 🔌Telefon zaryadlagichini rozetkada qoldirmang 📱Telefon, planshet yoki boshqa mobil qurilma zaryadlanib bo‘lgach, zaryadlagichni rozetkada qoldirmaslik tavsiya etiladi. Zamonaviy zaryadlagichlar elektr energiyasini juda kam miqdorda iste'mol qilsa-da, ular rozetkaga ulangan holda kutish (standby) rejimida qoladi. Bir dona zaryadlagichning sarfi juda kichik bo‘lsa ham, uyda bir nechta zaryadlagich va boshqa qurilmalar doimiy ravishda tarmoqqa ulangan bo‘lsa, yil davomida ortiqcha energiya sarfi yig‘ilib boradi. 🔋Bundan tashqari, foydalanilmayotgan zaryadlagichni uzib qo‘yish elektr xavfsizligini oshirishga ham xizmat qiladi. ⚡️ Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) ma'lumotlariga ko‘ra, kutish (standby) rejimidagi qurilmalar uy xo‘jaliklarida iste'mol qilinadigan elektr energiyasining bir qismini tashkil etadi. Zamonaviy telefon quvvatlagichlarining kutish rejimidagi iste'moli odatda juda past bo‘lsa-da, ko‘plab qurilmalar doimiy ulangan bo‘lsa, umumiy energiya sarfi ortadi. Foydalanilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘yish energiya samaradorligini oshirishning eng oddiy choralaridan biridir. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_39 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
🧠 President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat. ℹ️ President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov. Ishtirok etish uchun: 🔸 3–8 kishidan iborat jamoa; 🔸 ishlayotgan MVP; 🔸 loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch; 🔸 GitHub repositoriysiga havola; 🔸 PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi. ❗️Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! Kanallarimizga ulaning: 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
🥇 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Batafsil malumot uchun: https://t.me/PresidentTechAward 👉 Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. Kanallarimizga ulaning: 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #38 👍Muzlatgichning muz qatlamini o‘z vaqtida eritib turing 🧊 Muzlatgichning muzxona qismida vaqt o‘tishi bilan muz qatlami hosil bo‘lishi tabiiy holat. Biroq muz qatlami qalinlashib borgani sari sovuq havoning aylanishi qiyinlashadi va issiqlik almashinuvi yomonlashadi. ⚡️ Natijada kompressor belgilangan haroratni saqlash uchun uzoqroq va ko‘proq ishlaydi, bu esa elektr energiyasi sarfini oshiradi. Muz qatlamini o‘z vaqtida eritib turish qurilmaning energiya samaradorligini saqlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash va muzlatgichning xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi. ❗️Agar muzlatgichingiz No Frost tizimiga ega bo‘lmasa, muz qatlamining qalinlashishiga yo‘l qo‘ymang. Uni muntazam tekshirib, o‘z vaqtida eritib turing. ‼️5 mm va undan qalin muz qatlami issiqlik almashinuvini yomonlashtirib, kompressorning ko‘proq ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. ✔️Muzlatgich eshigini uzoq vaqt ochiq qoldirmaslik va rezina zichlagichning soz holatda bo‘lishi muz hosil bo‘lishini kamaytirishga yordam beradi. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_38 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #37 📌Elektr choynakdan to’g’ri foydalanish elektr energiyasini tejashning oddiy, amo samarali usullaridan biridir. Choynak qopqog’i ochiq yoki to’liq yopilmagan holatda ishlatilsa, issiqlikning bir qismi tashqi muhitga chiqib ketadi. ⚡️Natijada suvni qaynatish uchun ko’proq vaqt va elektr energiyasi talab etiladi. ❗️Qopqoqni mahkam yopib ishlatish issiqlikni ichkarida ushlab qoladi, suv tezroq qaynaydi va qurilma samaraliroq ishlaydi. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_37 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #36 ⚡️Energiya samaradorligi faqat texnologiyalar emas, balki kundalik odatlardan ham boshlanadi. ❗️O'zingiz qo'llayotgan oddiy va foydali tavsiyalarni oila a'zolari, qo'shnilar, do'stlar va hamkasblar bilan bo'lishish energiyadan oqilona foydalanish madaniyatini kengaytiradi. ⚡ Chiroqlarni o'z vaqtida o'chirish, energiya samarador maishiy texnikadan foydalanish yoki tabiiy yorug'likdan unumli foydalanish kabi kichik odatlar ko'plab insonlar tomonidan qo'llanilganda sezilarli energiya tejalishiga xizmat qiladi. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_36 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
😊“180 kun – 180 maslahat” #35 🏙 Ochiq rangli pardalardan foydalaning 🪟 Uy yoki ish joyida ochiq rangdagi pardalardan foydalanish tabiiy yorug‘likdan samarali foydalanishga yordam beradi. Oq, krem, och kulrang yoki och bej rangdagi pardalar quyosh nurlarini yaxshiroq o‘tkazib va qaytarib, xonaning yanada yorug‘ bo‘lishini ta'minlaydi. 💡 Natijada kunduzgi vaqtda elektr chiroqlarini yoqishga ehtiyoj kamayadi. Tabiiy yoritishdan oqilona foydalanish elektr energiyasi sarfini qisqartirish bilan birga qulay va yorug‘ muhit yaratishga ham xizmat qiladi. ✅ Qiziqarli fakt Ochiq rangdagi pardalar to‘q rangli pardalarga nisbatan tabiiy yorug‘likni yaxshiroq aks ettiradi va xonaning yorug‘ligini oshirishga yordam beradi. 🪟 Deraza oynalaridagi chang va kir tabiiy yorug‘likning xonaga kirishini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Tabiiy yoritishdan samarali foydalanish kunduzgi vaqtda sun'iy yoritishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va elektr energiyasini tejashga xizmat qiladi. ❗️Ochiq rangli va yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan pardalarni tanlang. Kunduz kuni derazalarni to‘sib turadigan qalin pardalarni ochib qo‘ying. Deraza oynalarini muntazam tozalab turing. Deraza oldiga baland mebel yoki yorug‘likni to‘sadigan buyumlarni qo‘ymang. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_35 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Xalq qabulxonasida sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samarador texnologiyalarni joriy etish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Mazkur tadbir yuzasidan tayyorlangan videolavhada seminar jarayoni, mutaxassislarning tavsiyalari va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin. Kanallarimizga ulaning: 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #34 😊 Konditsionerning tashqi blokini toza saqlang. Konditsionerning tashqi bloki issiqlik almashinuvi jarayonida muhim vazifani bajaradi. Vaqt o'tishi bilan uning radiator qismida chang, barg, momiq va boshqa chiqindilar to'planishi havo aylanishini cheklaydi. Natijada qurilma xonani sovutish yoki isitish uchun ko'proq ishlaydi, elektr energiyasi sarfi ortadi va kompressorga ortiqcha yuk tushadi. ⚡️Tashqi blokni muntazam parvarish qilish konditsionerning energiya samaradorligini saqlash, xizmat muddatini uzaytirish va nosozliklarning oldini olishga yordam beradi. ✅ Konditsioner tashqi blokining atrofini doimo toza saqlang. Havo erkin aylanishiga xalaqit beradigan barglar, chang va boshqa buyumlarni muntazam olib tashlang. ❗️ Konditsionerning tashqi blokida havo almashinuvi qanchalik yaxshi bo'lsa, qurilma shunchalik kam elektr energiyasi sarflaydi. Chang va iflosliklar bilan qoplangan radiator issiqlikni tashqi muhitga yomonroq uzatadi, natijada kompressor uzoqroq ishlaydi. Muntazam texnik xizmat va tozalash konditsionerning sovutish samaradorligini saqlashga hamda xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi. ✔️ Tashqi blok atrofida kamida 30–50 sm bo'sh joy qoldiring. Radiator panjaralarini barg, chang va boshqa chiqindilardan muntazam tozalang. Tashqi blokni buyumlar yoki dekorativ panellar bilan to'sib qo'ymang. Yiliga kamida bir marta konditsionerni malakali mutaxassis tomonidan profilaktik texnik ko'rikdan o'tkazing. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_34 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #33 🧺 Kir yuvish mashinasining filtrini muntazam tozalang 💛 Kir yuvish mashinasining filtri suv bilan birga keladigan mayda chiqindilarni ushlab qoladi. Vaqt o'tishi bilan filtrning ifloslanishi suvning erkin oqishiga to'sqinlik qiladi. ⚡Natijada mashina suvni chiqarish uchun ko'proq vaqt va energiya sarflaydi, nasosga ortiqcha yuk tushadi hamda qurilmaning ishlash samaradorligi pasayadi. Filtrni muntazam tozalash mashinaning barqaror ishlashini ta'minlaydi, elektr energiyasi va suv sarfini me'yorda ushlab turishga yordam beradi. ⚡️ Kir yuvish mashinasi filtrini ishlab chiqaruvchi yo'riqnomasiga muvofiq tozalang. Ifloslangan filtr suv chiqarish nasosining yuklamasini oshiradi, natijada yuvish dasturi uzoqroq davom etishi mumkin. Filtrning toza bo'lishi suvning erkin aylanishini ta'minlab, mashinaning samarali ishlashiga yordam beradi. Muntazam texnik parvarish kir yuvish mashinasining xizmat muddatini uzaytiradi va nosozliklar ehtimolini kamaytiradi. ✅ Filtrni har 1–2 oyda bir marta yoki ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan muddatlarda tekshirib, tozalang. Kiyim cho'ntaklarini yuvishdan oldin tekshirib, tangalar, kalitlar va boshqa mayda buyumlarni olib tashlang. ❗️Suv chiqarish filtrini tozalashdan oldin mashinani elektr tarmog'idan uzing. Zarurat bo'lsa, kir yuvish mashinasining ichki qismlarini ham davriy profilaktik tozalashni amalga oshiring. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_33 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook
😊“180 kun – 180 maslahat” #32 ♨️ Qozon tagini olovga mos tanlang 😀 Gaz plitasida ovqat tayyorlashda idishning o‘lchamini gorelka (olov) hajmiga mos tanlash energiyadan samarali foydalanishning muhim omillaridan biridir. Kichik qozon yoki tova uchun katta gorelkadan foydalanilganda olovning bir qismi idish chetidan tashqariga chiqib ketadi. ⚡️Natijada issiqlik havoga tarqaladi, gaz behuda sarflanadi va oshxona harorati ortadi. Idish tagining diametri gorelka o‘lchamiga mos bo‘lsa, issiqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri idishga uzatiladi, taom tezroq pishadi va gaz sarfi kamayadi. ♨️ Gaz plitasida olov idish chetidan tashqariga chiqsa, issiqlikning bir qismi foydasiz ravishda atrof-muhitga tarqaladi. ❗️Diametri mos idishdan foydalanish issiqlik uzatilishini yaxshilaydi va taomning tezroq pishishiga yordam beradi. Qopqoq bilan pishirish va mos gorelkadan foydalanish gaz sarfini yanada kamaytiradi. ❗️ Kichik idishlar uchun kichik, katta idishlar uchun esa katta gorelkadan foydalaning. Olovni idish tagidan tashqariga chiqmaydigan darajada sozlang. ✅ Har bir kichik odat katta natijaga olib keladi. ⚪️ Bizni kuzatib boring va foydali maslahatlarni yaqinlaringiz bilan ham ulashing! #180kun_180maslahat #N_32 Kanallarimizga ulaning 🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 YouTube 📱 Facebook