Milliy sertifikat darslari.
СтатистикаKanal yaratilgan sana: 22.01.2025. Bizda: 1. MS doir savollar va testlar. 2. Badiiy asarlar savol - javobi. 3. Badiiy san'atlar bo'yicha numunalar. 4. Esse haqida ko'nikmalar. Natija @natijalar_milliy_sertifikatdan ☎️Bog'lanish: @Umidaxon0904
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 23
- 1/48двое суток
- 26
- 1/72трое суток
- 28
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈
Kanal egasining shaxsiy kanali, ya'ni "Umidaning dunyosi" sizlarga qiziq boʻlsa.
B𝗶𝘇 𝗯𝗶𝗹𝗮𝗻 𝗯𝗶𝗿𝗴𝗮𝗹𝗶𝗸𝗱𝗮 𝗠𝗶𝗹𝗹𝗶𝘆 𝘀𝗲𝗿𝘁𝗶𝗳𝗶𝗸𝗮𝘁 𝗼𝗹𝗶𝗻𝗴. Ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat olmoqchimisiz❓ Ammo qanday tayyorlanishni bilmayapsizmi❓ ➡️ Unda sizni kuzdagi oylik onlayn kursimizga taklif qilamiz. Darslarimiz davomida: 1️⃣. 0 dan grammatikani to'liq o'rganasiz 2️⃣. Matn va Gʻazal tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirasiz 3️⃣. Xilma-xil mavzularda esse yozishni boshlaysiz. 4️⃣. Tavsiya etilgan asarlarni o'qib, dunyoqarashingizni kengaytirasiz. Xullas, kuzda bo'ladigan navbatdagi imtihonga tayyor bo'lasiz, In Shaa Alloh. ✅ Darslarimiz haftada 4 kun 2 soatdan bo'ladi. 👩🏫 Darslar ustoz Turdiyeva Umida tomonidan oʻtiladi. ➡️ Natijalarni koʻrish: @natijalar_milliy_sertifikatdan ✅ Kurs narxi oyiga: 200 ming soʻm 📞 Murojaat uchun. @Umidaxon0904
Kerakli.
📚ASARLARGA qo'yilgan EPIGRAFLAR. ➡️ Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoniga - Nazrul Islomning "Tug'ilgansan ozod, mudom Ozod bo'lib qol" misralari ➡️Abdulla Qahhorning "O‘g‘ri" hikoyasiga - "Otning o‘limi - itning bayrami" (maqol) ➡️ Ibroyim Yusupov "Qadrdon so'qmoqlar" she'riga - "Har kimning tug'ilgan yeri -Misr shahri" (maqol) ➡️Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasiga - "Osmon yiroq, yer qattiq" (maqol) ➡️ Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romaniga - "Bu kitob jism-u fig'onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening" arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" kitobidan ➡️ Cho'lponning "Kecha va kunduz" romaniga - "Hamal keldi, amal keldi".
#Foydali O'zbek tilida xatoliklar asosan 4 turga bo'linadi: 1. Imloviy. 2. Punktuatsion. 3. Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik). 4. Kelishiklarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik. Keling, ularga birma-bir to'xtalib o'tamiz. 1. 👉Imloviy xato - ko'pchilikka ayonki, noto'g'ri yozilgan so'zlar imloviy xatoliklar sirasiga kiradi. Masalan, ilim, mexr va hokazo. 2. 👉Punktuatsion xato deyilganda 10 ta tinish belgi bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar tushuniladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu, hasharda hamma faol qatnashsin. Yuqoridagi gapda shu ko'rsatish olmoshidan keyin ikki nuqta qo'yilishi kerak. 3. 👉Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik) esa bir so'z o'rnida shu so'z talaffuz va imlo jihatdan yaqin bo'lgan boshqa so'zni qo'llash tushuniladi. Masalan, Men kecha soat 22:00 da uhladim. Ushbu gapda uhlamoq(uh demoq) va uxlamoq(yotib dam olmoq) so'zlarining ma'nosini ziyrak abituriyent allaqachon anglagan bo'lsa kerak. 4. 👉 Qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik so'zlashuv uslubida juda keng tarqalgan. Masalan, Oyimlar uyga o'tiribdilar gapini aslida Oyimlar uyda o'tiribdilar tarzida ishlatish maqsadga muvofiq. Yoki buxoroli yigit birikmasini buxorolik yigit tarzida qo'llashimiz kerak. ❗️❗️❗️Testlarda mana shu jihatlarga asosiy e'tibor berishimiz kerak. Ayrim testlarda paronimlik xatolik, ayrim testlarda imloviy xatolik, ayrim testlarda esa punktuatsion xatolik so'raladi. Ayrim testlarda ham imloviy, ham punktuatsion xatolik so'raladi. Masalan, uning hayoli kimda ekanligini bilmayman gapini ko'pchilik abituriyentlar e'tiborsizlik natijasida imloviy xatolik deb o'ylashadi.(Ayrim o'quvchilarimdan nega bu tarzda javob berdingiz deb so'rasam, -Ustoz xayoli so'zi xato yozilgan-ku deya javob berishadi). Aslida o'y ma'nosida chuqur til orqa yozilishi to'g'ri. AMMO SHUNI YODDA TUTISHIMIZ KERAKKI, IMLOVIY XATOLIKKA HISOBLASHIMIZ UCHUN, O'ZBEK TILIDA SIZ IMLOVIY XATO DEB HISOBLAYOTGAN SO'ZNING YOZILISHI UMUMAN MAVJUD BO'LMASLIGI LOZIM. Vaholanki, hayoli (ibo, iffat) so'zining yozilish holati (garchi ma'nosi to'g'ri kelmasa ham) mavjud. Shuning uchun bu so'z paronimlarni xato qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik sirasiga kiradi. ❕Ukam sher yodlash maxsadida kitob sotib oldi gapida ham imloviy xatolik, ham punktuatsion xatolik mavjud. Men ilim olishga qiziqaman gapi esa ilim so'zi imloviy xatolik sirasiga kiradi, boisi ilim degan so'zning yozilish holati o'zbek tilida uchramaydi.
📝Paronimlar📝 Dafina – xazina Dafna – xushbo‘y daraxt Daha – shaharning ma’muriy qismi Daho – dohiy, olim Dala – ekin maydoni Dalla – axloqi buzuq Dala – ekin maydoni Dara – jarlik Dard – azob Dart – qarg‘ish so’z Darz – yoriq Dars – mashg‘ulot Davo – shifo Da’vo – qat’iy talab Davr – vaqt Dovur – qadar Dazmol – kiyim tekislashga mo‘ljallangan buyum Dastmol – idish-tovoq, qozonlarni yuvish uchun ishlatiladigan latta Devon – she’rlar to‘plami Divan – mebel @esse_darslari
📝Paronimlar📝 Dafina – xazina Dafna – xushbo‘y daraxt Daha – shaharning ma’muriy qismi Daho – dohiy, olim Dala – ekin maydoni Dalla – axloqi buzuq Dala – ekin maydoni Dara – jarlik Dard – azob Dart – qarg‘ish so’z Darz – yoriq Dars – mashg‘ulot Davo – shifo Da’vo – qat’iy talab Davr – vaqt Dovur – qadar Dazmol – kiyim tekislashga mo‘ljallangan buyum Dastmol – idish-tovoq, qozonlarni yuvish uchun ishlatiladigan latta Devon – she’rlar to‘plami Divan – mebel @esse_darslari
Esse mavzusi "Bolalarga ismni ota-ona qoʻyishi kerakmi, yo davlatmi" degan mavzu tushgan edi. "Umuman yozolmadim ustoz" deb chiqqan oʻquvchimni natijasi.☺️ Malades, Shirin senga ishongandim. @esse_darslari
93 keyin 56 bilan 11 majburiy bilan 160 boʻlyapti. 160 balling tayyor,Ra'no👍
Bugungi imtihonga kiradigan barcha òquvchilarimizga omad yor bòlsin. Alloh yuzingizni yorugʻ qilsin. In Sha Allah barchangiz talaba bòlish baxtiga sazovor bòlinglar.
⚠️ Tasviriy ifodalar (parafrazalar). 🔆 Tasviriy ifoda – bir narsaning boshqacha bir nom bilan tasvirlab aytilishi. Ular, asosan, ot turkumida kuzatiladi. archa – o’rmon malikasi sher – hayvonlar podshosi pilla – kumush tola paxta – oq oltin 🔆 Omonim tasviriy ifodalar: Qora oltin – ko’mir, neft Ilm maskani – maktab, kollej Asr vabosi – OITS, giyohvandlik 🔆 Sinonim tasviriy ifodalar: Fasllar kelinchagi, uyg’onish fasli – bahor So’z mulkining sultoni, o’zbek tilining asoschisi – Alisher Navoiy Po’lat ot, dehqonning qanoti – traktor 🔆Zamon jihatdan keyin paydo bo’lgan tasviriy ifodalar: oynayi jahon, aql mashinasi, o’rgimchak to’ri, asr vabosi .
📝📝Test boshlandi. Majburiy ona tili. Ishlab koʻramiz.
❇️Oʻxshash soʻroqlar❇️ 🔰Gap boʻlaklarida ham oʻxshash soʻroqlar bor. Masalan, toʻldiruvchi va holda: 👉 nima uchun? — hol 👉 nlma uchun? — toʻldiruvchi 🔰 Gapda ikkalasini ajratish qiyin emas: 👉 Otim uchun egar oldim — toʻldiruvchi 👉 Oʻqiganim uchun talaba boʻldim — hol ♻️Oson yoʻli, hol boʻlganda "uchun"ni, -dan chiqish kelishigi bilan almashtirish mumkin, toʻldiruvchi boʻlganda esa yoʻq. Hol va aniqlovchida: 👉 Tez(qanday) yugurdi — hol 👉 Yaxshi(qanday) odam — aniqlovchi 🔰Farqi: Aniqlovchining feʼl bilan uncha oldi-berdisi yoʻq, hol esa apoq-chapoq. Demak qanday soʻrogʻi harakat-holat(feʼl)ning qandayligini koʻrsatayotgan boʻlsa demak u hol, aks holda aniqlovchi boʻladi. Taqqoslang: 👉U juda sekin oʻqiydi — hol 👉U beozor odam — aniqlovchi 🔰Hol oʻz nomi bilan harakatning hol-ahvolini koʻrsatadi, aniqlovchi esa ot va otlashgan soʻzlarning belgisini yoki egasini aniqlaydi. PS. Istisnolar ham koʻp uchraydi, albatta, biz qanchalik haq boʻlmaylik darslik gapiradi
#ona_tili_vaqti 🔖🔖BO'G'IN🔖🔖 ✔️ Bo'g'in bir havo zarbi bilan aytiluvchi tovush yoki tovushlar yig'indisidir. ✔️ Bo'g'in ko'chirish va bo'g'inga ajratish hodisalarini farqlash lozim. Bo'g'inga ajratish fonetik hodisa bo'lib, unda so'z talaffuzidagi havo zarblari asosida ajratiladi. Bo'g'inning asosini unli tovush tashkil qiladi. O'zbek tilida bo'g'inning quyidagi shakllari mavjud. 🔹 bir unlidan iborat bo'g' in o-ta, a-na, - 🔹 bir unli va bir undoshdan iborat bo'g in: bo-la, ti-la: 🔹 ikki undosh va bir unlidan iborat bo'g'in: tas-diq, mak-tab, 🔹 uch undosh va bir unlidan iborat bo'g'in: port-lash, g'isht-ni 🔹 to'rt undosh va bir uniidan iborat bo'g'in: trans-port, sport-chi. 🔍🔍BO'G'IN TURLARI, So'zning qanday tovush bilan tugashiga ko'ra bo'g'inlarning ochiq bo' g' in va yopiq bo'g'in turlari farqlanadi. ✔️ Ochiq bo'g'in- bir unlidan iborat yoki unli bilan tugagan bo'g'indir a-ra-va, mu-o-ma-la, ma-na, Bu-xo-ro. ✔️ Yopiq bo'g'in- undosh bilan tugagan bo'g'indir ach-chiq, is-siq, mak-tab.
Charchashga haqqingiz yoʻq. Chunki....
🔖-ar Zamon bn -ar Nisbatini qanday farqlasa boʻladi👇 🌱-ar qo‘shimchasidan keyin edi, emish, ekan qo'shimchalarini tiklay olsangiz zamon: U har kuni ko'chaga chiqardi - chiqar edi 🌱-ar qo'shimchasidan keyin edi, emish, ekan qo'shimchalarini tiklay olmasangiz orttitma nisbat: Sumkasidan kitobni chiqardi- chaqar edi deyolmaymiz 🌱Harakatni bajarishga da'vat ma'nosi bo'lmay, balki gumon- taxmin ma'nosi bo'lsa zamon: Menimcha, uyiga borar 🌱Harakatni bajarishga da'vat ma'nosi bo'lsa, orttirma nisbat: Qarzingni vaqtida qaytar 🌱Ish harakat to'la yakunlanmagan bo'lsa zamon: U har kuni ko'chaga chiqardi (bugun ham, ertaga ham chiqishi mumkin) 🌱Ish harakat to'la yakunlangan bo'lsa nisbat : Kitobni sumkasidan chiqardi(chiqarib bo'ldi).
Fe'llarning nisbat shakllari. 🔖Orttirma nisbat ✓Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa bir shaxs yoki narsa tomonidan amalga oshirilgan harakat-holatni ifodalovchi fe’l nisbati orttirma nisbat deyiladi . ✅Orttirma nisbat oddiy nisbat shaklidagi fe’llarga -t, -it , -ir , -ar , -iz , -dir , -tir , -giz , -kiz , -qiz , -g’iz , -sat , -kaz , -qaz , -gaz , -g’az kabi shakl yasovchilarni qo’shish bilan hosil qilinadi . ⚡️ -t shakli unli bilan tugagan ko’p bo’g’inli fe’llarga qo’shilib , orttirma nisbat yasaydi : ishla+t , o’qi+t , tingla+t , uxla+t , to’la+t , o’yla+t ⚡️Diqqat!!! ko’pay , kengay , qisqar , eskir kabi fe’llarga ham -t qo’shimchasini qo’shib , orttirma nisbat hosil qilish mumkin . Ⓜ️Masalan , ko’pay+t , kengay+t , qisqar+t , eskir+t ⚡️ -dir shakli unli tovush bilan hamda jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qilinadi. Ⓜ️ Masalan , ye+dir , de+dir ; yoy+dir , buz+dir , sin+dir , kul+dir , qol+dir , to’l+dir , ol+dir ⚡️-tir shakli jarangsiz undosh bilan tugagan hamda r , n , y , l jarangli undoshlari bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi . Ⓜ️Masalan , top+tir , yop+tir , ayt+tir , uq+tir , ilin+tir , oqar+tir , kiyin+tir , ko’pay+tir , kuchay+tir , kel+tir ⚡️-ir , -ar , -iz shakllari undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi . Ⓜ️Masalan , bot+ir , qoch+ir , shosh+ir , ich+ir , qot+ir , osh+ir , tush+ir , pish+ir , ko’ch+ir , o’ch+ir ; oq+iz , em+iz , tom+iz ; chiq+ar , qayt+ar @Onatiliquiztest ⚡️ -giz , g’iz , -gaz , -g’az shakllari jarangli undosh bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi . Ⓜ️Masalan , yur+giz , kir+giz , tur+g’iz , ko’r+gaz , yur+g’az , tur+g’az ⚡️ -kiz , -qiz , -kaz , -qaz shakllari jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qiladi . Ⓜ️Masalan , ket+kiz , o’t+qiz , o’t+qaz , o’t+kaz , yut+qiz , yut+qaz ⚡️yur+it , kir+it , ko’r+sat Diqqat!!! Bir fe’lga bir necha orttirma nisbat qo’shimchasi ketma-ket qo’shilishi mumkin . Bunda orttirma nisbat ma’nosi kuchaytiriladi , ta’kidlanadi . Ⓜ️Masalan , yoz+dir+tir , o’qi+t+tir
↗️TIL BO'LIMLARI HAQIDA 📔Fonetika - Bu bo‘limda nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiya (ohang) o‘rganiladi. 📒Grafika - Harf, alifbo, harf va fonema o‘rtasidagi munosabat, harflarning yozilish shakllari, turlari va so‘zlardagi o‘rni o‘rganiladi. 📕Orfografiya - So‘zlarning to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladi. 📗Orfoepiya - Nutq tovushlari va so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari o‘rganiladi. 📘Leksikologiya - So‘zlarning atash (lug‘aviy, leksik) ma’nolari o‘rganiladi. 📙Leksikografiya - Bu bo‘limda lug‘at turlari o‘rganiladi. 📚Frazeologiya - Bu bo‘limda ko‘chma ma’noli birikmalar, ya’ni iboralar o‘rganiladi. 📖Dialektologiya - Bu bo‘limda til shevalari, ularning fonetik, lug‘aviy va grammatik xususiyatlari o‘rganiladi. 🔖Punktuatsiya - Bu bo‘limda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash qoidalari o‘rganiladi. ⁉️Tinish belgilar 10 ta . , ; : … “” () – ? 📓Morfemika - Morfema (so‘z tarkibi – asos, qo‘shimchalar) so‘zning morfemik tuzilishi o‘rganiladi. 📃Grammatika - (grek. grammatika – “harf o‘qish va yozish san’ati”, “harf”) 📄Morfologiya - Bu bo‘limda so‘z turkumlari o‘rganiladi. 📛Sintaksis - Bu bo‘limda so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklar o‘rganiladi. ✏️Uslubiyat (Stilistika) - Og‘zaki va yozma nutq uslublarini o‘rganuvchi. Bizdan uzoqlashmang 😌